Kirish Truba


Download 15.75 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1075980
Bog'liq
Kirish


Kirish


Truba — diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik boʻlgan ichi boʻsh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli kismi. Asosan, suyuklik, bugʻ, gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga eltish uchun ishlatiladi. Truba mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng kullanadi. Truba kora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yogʻoch, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Poʻlat va choʻyan Trubalar keng tarqalgan. Choʻyan Truba quyish yoʻli bilan, poʻlat Truba esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Trubalarning kesimi aylana, toʻrtburchak, oval va boshqa shakllarda boʻladi. Aylana (doyra) kesimli Trubalar koʻproq ishlatiladi. Trubalar choksiz va chokli kilib ishlab chiqarilishi mumkin. Truba diametri: d — poʻlat Trubalar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), oʻrta (114–480 mm) va katta (480–2500 mm va bundan katta); b— choʻyan Tlar (ichki diametri) — 65 – 1000 mm va bundan katta.
Vodoprovod Truba si poʻlat, choʻyan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chikariladi. Kdysi materialdan tayyorlangan Trubani tanlash vodoprovodning kanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashki yuklar va boshqa omillarga bogʻliq. Poʻlat va choʻyan Trubadan shoxobchalar ajralib chiqishi yoki yoʻnalishini oʻzgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi. Metall Truba zanglamasligi uchun sirtiga kora moy (gudron) surkaladi.
Bugʻ, gaz va xavo oʻtkazuvchi Truba, asosan, poʻlatdan tayyorlanadi. Kanalizatsiya Trubasi choʻyan, sopol, asbotsement, beton, temirbeton, gʻisht va yogʻochdan ishlanadi. Tutun Trubasi(murilar) gʻisht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa Trubalar, asosan, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarida qoʻllanadi. Asbotsement va temirbeton Trubalar sugʻorish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni Truba (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida qoʻllanadi.
Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling