Kirish zarba biomexanikasi


Download 0.77 Mb.
bet1/6
Sana26.05.2022
Hajmi0.77 Mb.
#708426
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Gandbol zarbasining biomexanikasi aniqlash”
1654224281 (1), 10-Mavzu

Gandbol zarbasining biomexanikasi aniqlash”
MUNDARIJA

KIRISH




1. Zarba biomexanikasi




2. Himoyada to`p bilan muomala qilish uslublari





3. Hujumda to`p bilan muomala qilish uslublari




4. Gandbolda zarba berish texnikasi




XULOSA VA TAVSIYALAR




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI





KIRISH
Gandbol 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan sport turi hisoblanadi. Daniyalik Holger Nielsen ixtiro etgan Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325—475 g, aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 soniyagacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga 106 mamlakat aʼzo. 1972-yildan erkaklar, 1976-yildan ayollar gandboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-yildan erkaklar oʻrtasida, 1956-yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda gandbol 1923—24-yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926-yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning gandbol rivojlanishida katta hissasi bor.
Gandbolda asosiy maqsad raqib darbozasiga to`p kiritish va o`z darbozasini dahilsizligini saqlab qolishdan iboratdir. Har bir harakat qo`l bilan bajarilaganligi bois o`yin qo`l to`pi deb nomlanadi. O’yin xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Unda yugirish, sakrash va uloqtirish harakatlari mujassamlashgandir. Harakatlar raqibni aldash, to`pni oshirish, qabul qilish, olib yurish va darbozaga uloqtirishdan iboratdir. Himoyachilar hujumchilar harakatiga to`sqinlik qilish darbozaga hujum xavfini qaytarishdan iboratdir. Harakatlarning xilma-xilligi o`yinchilarning harakatchanligini maydonning kengligi o`yinchilarning jismoniy tayyorgarligi juda yuqori bo`lishidan dalolat beradi. Ko`pchilik harakatlar sakrash, qulashlardan iboratki bu o`yinchida yuqori darajada chaqqonlikni talab qiladi. O’yinda jamoa bo`lib harakatlar o`yinchida irodani, o`zo`zini boshqarishni, intizomni va jamoa uchun kurashish kabi sifatlarni rivojlantiradi. Gandbol o`yini murakkab anjomlar talab qilmaydi. O`yinni ochiq havoda maydonda tashkil qilish mumkin, bu katta gigienik ahamiyatga egadir. Bularning hammasi gandbolning tarbiyaviylik va jismoniy tayyorgarlik ahamiyati kattaligidadir. Bu sport turini tashkillashtirish uchun juda kata mablag’ va harakatlar talab etilmaydi shuning uchun bu turdagi musobaqalarni mahallalarda, korxonalarda tanaffus paytlarida ham tashkil etsa bo’ladi. Bunday harakatlar ommaviy sportni rivojlantirishga yana bir turtki bo’ladi. Bu sport turida o`yin boshlanishidanoq har bir o`yinchi faol va to`laqonli ishtirokchi bo`lib qoladi. Gap shundaki gandboldagi har bir harakat inson bolaligidan boshlab o`rganadigan harakatlarga juda yaqindir. Yani: yurish, yugirish, sakrash, uloqtirishlar kabi harakatlar o`yin mazmunini tashkil qiladi. To`p uchun kurash, g`oliblik o`rinlari, yaxshi natija uchun intilish bular o`yin mazmunini to`ldiruvchi faoliyatlar bo`lib hisoblanadi. Gandbol bilan shug`ullanish tezlik, kuch, chaqqonlik, qo`rqmaslik kabi sifatlarni tarbiyalaydi, bilim va qo`nikmalarni mustahkamlaydi. O’yinda har bir ishtirokchi yaxshi tomondan o`z qobilyatini ko`rsatishga harakat qilishi lozim. Gandbol jamoa o`yini bo`lganligi sababli, o`yinchilar harakati jamoa manfaatiga bo`ysundiriladi. Shu bois o`yinchi unga o`zini to`la bag`ishlashi kerak. O’yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik, faollilik, intizom, maqsadga intilish, o`zini tutish, hissiyotini jilovlash kabilar ham tarbiyalanadi. Shular qatori, o`yinchida kuzatuvchanlik, e’tiborlilik ijodiy tafakkur kabi hislatlar ham shakillanadi. Gandbol o`yinida ham boshqa o`yinlarga o`xshab belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda raqib darbozasiga ko`proq to`p kiritish va o`z darbozasi dahlsizligini saqlash lozim. Ko`p to`p kiritgan jamoa o`yinda g`alaba qiladi. 1898 yil - qo`l to`piga asos solingan yil hisoblanadi. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o`qituvchisi X.Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog`inli havoda zalda o`ynasa bo`ladigan yangi sport o`yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to`pni uzatish va otish faqat qo`l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda «Gandbol» yuzaga keladi va keyinchalik tezgina butun jahonga tarqab ketadi. Bunga o`xshash «cheshska xazena» nomli o`yinni 1892 yilda Chexiyada ham o`ynashgan. 1904 yili birinchi bo`lib Daniya qo`l to`pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili Kopengagen shahrida qo`l to`pi o`yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham Xolgern Nilsondir. O’yinni rivojlanishi jarayonida o`yinchilar soni o`zgarib turdi. Shunday o`yin variantlaridan birida 10 ta o`yinchi va 1 ta darbozabon har bir jamoa tarkibida bo`lib, o`yin futbol maydonida o`ynalib, futbol darbozasiga to`p otishgan. 11 o`yinchidan iborat bo`lgan bu o`yin varianti 1915 yil Germaniyada tashkil qilingan. Bunday o`yinni tashkil qilish va o`ynash muvaffaqiyatli bo’lmadi. Yevropada gandbolning rivojlanishi 1928 yillarga to`g`ri keladi. Butun jahon havaskorlar federatsiyasi IAGF ni tashkil qilishga sabab bo`ldi. Shu vaqtning o`zida Pragada qizlar o`rtasida xalqaro turnirda 7:7 o`yin varianti ilgari surildi. 1934 yilda birinchi xalqaro o`yin qoidalari tasdiqlandi. Birinchi erkaklar turniri 1936 y. Berlin olimpiadasida bo`lib o`tdi, bunda har bir jamoda 11 o`yinchidan o`ynashdi. 1938 yilda Germaniyada bo`lib o`tgan jahon birinchiligida bir vaqtda 11:11 va 7:7 o`yin variantlari sinab ko`rildi. Jahon urishi boshqa sport turlari kabi bu sport turini ham rivojlanishiga to`sqinlik qildi. Ammo 1946 yili yana xalqaro gandbol federatsiyasi IGF qayta tashkil qilindi. Urishdan keyingi yillarda asosan 11:11 o`yin varianti qo`llanib shu variantda musobaqalar o`tkazilib kelindi. 1950 yildan boshlab esa 7:7 uyin variantiga o`tila boshlandi. Shundan beri bu variantda o`ynab kelinmoqda. 1954 yili erkaklar, 1957 yili esa ayollar o`rtasida musobaqalar kichik maydonda o`ynala boshlandi. 1972 yili Myunxen olimpiadasida erkaklar jamoalari olimpiada o`yinlarida o`ynay boshlagan bo`lsa, 1976 yili Monreal olimpiadasida ayollar jamoalari qatnasha boshlashgan. O’yindagi jo`shqinlik, yuqori darajadagi tezlik va atletlik tomoshabinlarda bu o`yinga bo`lgan qiziqishlarni o`yg`otdi. Sobiq Ittifoqda qo`l to`pi bo`yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o`tkazilgan. 1955 yilda Butunittifoq qo`l to`pi federatsiyasi tashkil topgan. 1962 yildan boshlab erkaklar va ayollar o`rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o`tkazilib turgan. Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123 davlati a’zo bo`lib, jami 7 million kishi gandbol bilan shug`ullanmoqda. Har bir jamoada 10 ta o`yinchi va 2 ta darbozabon bo`ladi. O’yinda maydonda 6 ta o`yinchi va bitta darbozabon harakat qiladi, qolganlari zaxirada bo`lib uyinchilarni o`yin to`xtatmasdan o`yinchilar sonini to`liq saqlab almashishlari mumkin. Jamoa tarkibida 5 o`yinchi bo`lsa, o`yin boshlashga ruxsat beriladi. O’yinchi biron sababga ko`ra maydondan chetlashtirilsa ham o`yin to`xtatilmaydi. Darbazabon o`yinchilarni almashtira olmaydi, ammo o`yinchilar darbozabonning o`rniga turishlari mumkin. O’yin 16 yoshdan yuqorilar uchun 30 daqiqadan ikki taym davom etadi (orada 10 minutlik tanaffus bo`lib maydonlar almashtiriladi). 12-16 yoshlilar uchun o`yin 25 daqiqadan 2 taym davom etadi, 8-12 yoshlilar uchun esa o`yin davomiyligi 20 daqiqadan 2 taym (orada 10 daqiqalik tanaffus bo`lib maydonlar almashinadi). Gandbol maydoni 20 x 40 m dan iborat bo`ladi. Darvozaning hajmi 2 x 3 metr bo`ladi. Darvoza ikki xil rangda bo`yyaladi, oq va qora yoki qizil, xavo rang bo`lishi mumkin (chiziqlar 20 sm. dan bo`yaladi). Darvoza maydoni 6 metrlik (yaxlit chiziq bilan belgilanadi), erkin to`p urish chizig`i 9 metr qilib belgilanadi (jarima to`pi 7 metrdan uriladi). U darvoza to`g`risidagi 6 m li chiziqdan 1 metr narida joylashadi. Gandbol to`pining aylanasi, og`irligi quyidagicha bo`ladi: - erkaklar va o`smirlar uchun to`pning aylanasi 58-60 sm, og`irligi 425-475 g ( 16 yoshdan kattalar). - ayollar, qizlar uchun (14 yoshdan kattalar) va o`smirlar uchun (12-16 yoshlar) to`pning aylanasi 54-56 sm, og`irligi 325-375 g. - qizlar uchun (8-14 yoshlar) va o`smirlar uchun (8-12 yoshlar) to`pning aylanasi 50-52 sm, og`irligi 290-330 g. Qo`l to’pi o`yinida to`p bilan va to`psiz usullar bajariladi. Qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun o`yinda qo`llaniladigan xilma-xil maxsus usullar ig`indisi qo`l to`pi texnikasini tashkil etadi. Texnik usullar - bu qo`l to`pi o`yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko`p jihatdan gandbolchilarning ana shu xilmaxil vositalarni qanchalik to`liq bilishiga, raqib jamoa o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llashiga bog`liq. Qo`l to`pi texnikasini yaxshi bilish gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas kismidir. O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o`zgarishlar ro`y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11 o`yin o`rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o`yinchilar vujudga keldi. O`yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To`pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To`p yo`lini to`sish, uni tutib olish, urib kaytarish va darvozabon uyin texnikasi himoyasida qo`llaniladi. Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda fintlar usuli o`yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat - turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko`pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina buqilib, oralig`i bir qadamga teng, gavda sal oldinga egilib, qo`llar bukilgan holatda tutiladi. Qaysi o`yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o`sha o`yinchi ko`proq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o`yinchi tez start olishni, yugurayotib yo’nalishni o`zgartirishni, to`xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart. Qo`l to`pi o`yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga bo`lishdan iborat. O`yin faoliyati tavsifiga qarab gandbol texnikasida ikkita yirik bo`lim ajratiladi: maydon o`yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo`lim harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi bo`limchalariga bo`linadi. Kichik bo`limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan - harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o`yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo`lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.

1. Zarba biomexanikasi




Zamonaviy gandbolda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun sportchidan jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda oqilona harakat texnikasini mukammai egallab olish talab etiladi. Gandbolda zarba berish texnikasi eng muhim ahamiyatga ega, chunki o‘yin natijasi hujum harakatlarining muvafTaqiyatli yakunlanishiga bogliq. Zarba berish texnikasini o‘rganish harakatning biologik mexanizmlarini o‘rganishga asoslanadi. Gandbolda to‘p bilan zarba berish, biomexanikada qabul qilingan tasniflashga muvofiq (D.D. Donskoy, V.M Zatsiorskiy, 1979), siljituvchi harakatlar toifasiga kiradi. Nomlanishidan kelib chiqilsa, bunga o‘xshash harakatlarning vazifasi qandaydir jismni siljitishdan iborat. Gandboldagi zarbaning biomexanik tavsiflarini tadqiq qilgan ko‘pgina mualliflarning fikricha, hamma uloqtirish harakatlari uchun umumiy bo‘lgan to‘p uzatishlar mexanizmlari, harakatlar miqdori gandbolda zarba berishdagi barcha uloqtirish harakatlari uchun ham umumiy hisoblanadi (S.N. Doroxov, 1983; A.A. Danilov, 1974; V.P. Ivashchenko, 1982; I.V. Petracheva, 1986). Sportda uloqtirish nazariyasining asosiy qoidalari V.N. Tutevich (1968) tomonidan yoritib berilgan. Ushbu nazariyaga muvofiq, sportchi “Uloqtiruvchi-snaryad” tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Uloqtirish harakati esa uchia bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda butun “Uloqtiruvchi-snaryad” tizimiga tezlik beriladi, buning natijasida tizim ma’lum bir harakat soniga ega bo‘ladi Bu bosqichda tizim, asosan, ovoqlar kuchi va tezkoriigi hisobiga tezlashadi. Ikkinchi bosqichda “Uloqtiruvchi-snaryad” tizimining yuqori qismiga, ya’ni tana va snaryadga tezlik beriladi. Bu, birinchi navbatda, mushaklar ishi hisobiga, shuningdek, to'plangan quwatni gavdaning pastki qismidan (buning uchun ularning harakat tezligi qat’iy to‘xtatilgan boMishi lozim) yuqori qismlari va snaryadga o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Gavda bo‘g‘inlarini pastdan-yuqoriga ketma-ket to'xtatib borish harakatlanayotgan spoitchi gavdasi massasining kaniayishiga va oqibatda gavdaning yuqori qismi hamda to‘p tezligining oshishiga olib keladi (S.I. Doroxov, 1983; I.V. Petracheva, 1986). Uchinchi bosqich snaryadga tezlanish berish uchun sa’yharakatlarini yo‘naltirish zaruriyati bilan tasniflanadi. Gandbolda zarba berish haqida to‘xtalganda, to‘pga tezlik berishning uchta bosqichiga zarba berishning uchta fazasi muvofiq keladi. Zarbalarni fazalar bo‘yicha ajratishda ko‘pchilik muatliflarning fikrlari, garchi ular har xil mamlakatlardan bo‘lsa ham, birbiriga mos keladi (A.A. Danilov, 1974; T.P. Ivanova, S.I. Doroxov, 1985; V.P. Ivashenko, 1982; V.Ya. Ignatova, 1983; I.V. Petracheva, 1986). Zarbaning tuzilishi masalalari yuzasidan ko‘pchilik mualliflarning tadqiqotlarini umumlashtirgan holda jadval tuzdik (6- jadval). Gandbolchining zarba berishida harakat sonini to‘pga o4kazish mexanizmlari sof holda har doim ham uchramaydi. Ular o‘yin faoliyatining o‘zgaruvchan ishtirokchilariga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, gandbolda zarba berishni tuzishning o‘ziga xos mexanizmlari mavjud: - zarba berishda harakat sonini to‘pga o‘tkazish mexanizmi; - o‘yinchining zarba berish paytida tayanch bilan o‘zaro ta’siri mexanizmi; - kinematik zanjir halqalarining qat’iy ravishda to‘liq bajarilishini tartibga solish mexanizmi; - zarba berishda harakatlami tuzishdagi strech-refleks mexanizmi; - zarba berishda barmoqlarning to‘p bilan o‘zaro ta’siri mexanizmi.
Zarba berish texnikasini nazorat qilish muammosi tadqiqotchilar tomonidan uzoq vaqtdan beri o‘rganib kelinadi. 1949-yildayoq B.I. Ivaxin shuni ta’kidlab o‘tganki, gandbolda to‘p bilan zarba berish samaradorligi uning aniqligi, kuchi (to‘pning uchib chiqish tezligi) va zarba berish vaqti bilan baholanadi. G.P. Ivanova, S.I. Doroxov ushbu fikrga qo‘shilgan holda shuni qo‘- shimcha qiladilarki, kuch va aniqlik qiymatlari maksimal namoyon qilinishgacha yaqinlashishi, bajarish vaqti esa minimumgacha bo‘lishi iozim. Zarba berishda ushbu shartlami bir vaqtning o‘zida uyg‘unlashtirish favqulotda (ekstremal) holatlarda mumkin emas. Chunki zarbani kam vaqt bajara turib, uning kuchini bir xil darajada ushlab bo‘lmaydi. 0 ‘yinchi zarba kuchini oshirayotib, uni bajarish vaqtidan ortiq qoladi, zarbani tezroq amalga oshirayotib esa to‘pning uchib chiqish tezligida yutqazadi. Gandbolchi muayyan o'yin vaqtida zarbani bajarish sharoitlaridan kelib chiqqan holda hamma zarba berish texnikasi parametrlari uyg‘uniigining ma’lurn bir variantini tanlaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, biomexanikada gandboldagi zarba berish siljituvchi harakatiar toifasiga kiradi. Siljituvchi harakatlardagi harakat kuchi, odatda, bir zumlik kinematik zanjiming yakuniy bo‘g‘ini kabi namoyon boiadi (V.ML Zatsiorskiy, 1979). Agar harakatga faqat zarba berayotgan qo‘l mushaklarigina emas, balki oyoqlar, tana mushaklari ham jalb etilsa, ushbu holda kinematik zanjirning yakuniy bo‘g‘ini maksimal kuchni namoyon qilishi mumkin. Harakat “Qamchi” mexanizmi bo‘yicha yoki tezlikni bo‘g‘indanbo‘g‘inga ketma-ket uzatish orqali quriladi (D.D. Donskoy, V.N. Tutevich, 1969). Gandbolda zarbaga tezlik berishning qat’iy ketma-ketligi mavjud: boldir, son, tana, yelka, bilak, to‘p tutgan qo‘l panjasi (N.A. Yankeiich, 1987). Quyidagi hollarda uloqtiruvchi kinematik zanjirning yakuniy bo‘g‘ini tezligi eng yuqori bo‘ladi: - agar har bir bo‘g‘iniar massasiga eng kattasidan boshlab navbatma-navbat tezlik berishga amal qilinsa; - agar oldingi massaning tezligi maksimum darajaga yetgan paytda, keyingi massaga tezlik berish boshlansa;
-a g a r keying! bo‘g‘im mushaklarimng kuchi oldingi mushaklar kuchi nolga teng bo‘lgan paytda ishga tushsa. Shunday qilib, zarba berishda to'p tezligi gavdaning alohida bo‘g4inlari: oyoqlar, tana va qo‘llar tezligining yig4indisi natijasi hisoblanadi, Har bir keyingi bo‘g4in, oldingisi maksimal tezlikka erishganda, o4z harakatini boshlaydi. Sportchilar rnalakasi oshib borgan sari gavdadagi alohida bo‘g4inlaming (tos-son bo'g‘inidan boshlab to‘p uioqtiruvchi qo‘I o‘rta barmog‘ining distal bo‘g‘inigacha) maksimal tezligi qiymatlari ortadi. Oqilona zarba berish texnikasining belgisi nafaqat bo4g‘inlami maksimal tezlikkacha tezlashtirish, balki ulami ketma-ket to‘xtatish hisoblanadi. Biron-bir bo‘g‘inning vaqtliroq yoki kechroq maksimal tezlik olishi natijani pasaytiradi. Turli xil malakadagi sportchilar maksimal tezliklar hamda to‘pning uchib chiqishiga qadar ularga erishish vaqtining qiymatlari bo4yicha ajralib turadilar. Yuqorida bayou qilingan zarba berish mexanizmlaridan tashqari, bizningcha, o‘yinchining tana bilan hamda gandbolchi barmoqlarining to‘p bilan o‘zaro ta’siri mexanizmlari ham muhim ahamiyatga ega.
Gandbolda zarba berishda kinematik zanjirning yakuniy halqasi gandbolchining zarba berayotgan qo‘l panjasi hisoblanadi. Bilakdan barmoq uchiga tezlik uzatish bo‘g‘indan-bo‘g‘inga harakat soni mexanizmi yordamida amalga oshiriladi, lekin, bundan tashqari, o‘zi mavjud bo‘lgan tezlikka qo'shimcha qiiish hamda to‘pning uchish yo‘nalishini boshqarish uchun qo‘l panjasining o‘zi bilan bajariladigan harakat muhim. Zarba berish paytida to‘pga beriladigan umumiy tezlikka qo‘l panjasining qo‘shadigan hissasi qo‘ldan chiqarib yuborilgan paytdagi to‘p tezligining gorizontal tarkibi va bilak-panja bo‘g‘imi tezligining gorizontal tarkibi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqiladi. S.L Doroxov (1983) ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘l panjasi tomonidan to‘pga berilgan tezlik vaqo‘ldan chiqarib yuborish paytidagi to‘p tezligi o‘rtasida mavjud korrelatsiya koeffitsiyenti 0,595-0,879 atrofida bo‘ladi. Bannoqlaming uzunligi va ular tomonidan kuchning ketma-ket namoyon qilinishi to‘pning barmoqlardan ketma-ket chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori malakali gandbolchilarning zarbalarida zarba kuchi oshishi bilan barmoqlarningto‘pgata’siri hissasi kamayadi. Shunday qilib, gandboldagi zarba berish - bu murakkab koordinatsiyali texnik usul boMib, uni bajarish uchun kinematik zanjirning hamma halqalari ishga tushiriladi. Zarba berish harakatlari umumiy bo‘lgan tamoyillarga asoslanib quriladi. Lekin umumiy tamoyillar bilan bir qatorda to‘pga tezlik berishning o‘ziga xos rnaxsus mexanizmlari mavjud, Gandbolda zarba berish texnikasini baholashning eng muhim mezoni to‘pning uchish tezligi, ya’ni to‘pning u chiqarib yuborilgan paytdan boshlab, to nishonga tekkunga qadar bo‘lgan uchish tezligi hisoblanadi. Aslida to‘pning uchib chiqish tezligi eng muhim belgilovchi omil hisoblanadi, to‘pning uchish tezligi esa uchish davomida o‘zgarishi mumkin. Lekin gandbolda hamma yirik musobaqalar yopiq binolarda o‘tkaziladi va to‘pning bosib o4tadigan masofasi uzoq etnas (o‘rtacha 8,5 m), tezlikning o‘zgarishi shunchalik kam boMadiki, uni e’tiborga olmaslik ham mumkin. Sport o‘yinlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zarba berilgandan so‘ng, to^pning yuqori tezligi himoyachilar va ayniqsa, darvozabonga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun darvozaning ishgkol etilishi ehtimolini oshirish omili hisoblangan zarbaning shiddatini takomillashtirishga katta e’tibor beriiadi. Tabiiyki, agar zarba shiddati (va buning natijasida, to‘pning uchish tezligi) ma’Ium miqdordagi mashg‘ulotlarning maqsadiga aylansa, unda ushbu maqsadga erishishni nazorat qilish zaruriyati tug'iladi. Buning uchun bu tezlikni o‘lchay bilish lozim. Ilmiy maqolalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, gandbolda mazkur masala bcfyicha uzoq vaqtdan beri shug‘ullanib keladilar, lekin yuqori malakali sportchi tomonidan bajarilgan zarbalardan so‘ng to'pning uchish tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir-biriga zid.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling