Kiruvchilar uchun registon o`quv markazi savollar kitobi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana04.10.2022
Hajmi0.64 Mb.
#830870
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5206384095222826917, 2 5206384095222826917, 2 395888116587561035, Fizika Referat2, 2 маъруза Миф, афсона, ривоят, нақл , Gazlarni qayta ishlash, 1 seminar Dem, 1 seminar Dem, 1-Laboratoriya, 1 laborotoriya, annotatsiya tayyorlash, annotatsiya tayyorlash, annotatsiya tayyorlash, 640-19Umarov Husanboy, узбекча


OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA
KIRUVCHILAR UCHUN
Registon o`quv markazi
SAVOLLAR KITOBI
SAVOLLAR KITOBI RAQAMI:
008553
BLOKLAR:
Majburiy fan1 (1.1)
Majburiy fan2 (1.1)
Majburiy fan3 (1.1)
Tarix (3.1)
Ingliz tili (2.1)
Test topshiruvchi:
F.I.O.
IMZO
DIQQAT !
Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir fan bo’yicha savollar soni
to’liqligini tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa yoki savollar kitobi raqami bilan javoblar varag’idagi
“savollar kitobi raqami” bir xil bo’lmasa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling.
Savollar kitobida va javoblar varag’ida test topshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
to’ldirilganligiga va imzosi qo’yilganligiga e’tibor qarating!
TOSHKENT – 2022


MAJBURIY FAN1
1. Qaysi javobda bir xil shakldagi so‘z yasovchi qo‘shimchalardan hosil qilingan yasama fe’llar berilgan?
A) gullatmoq, so‘zlamoq, bog‘lanmoq
B) suhbatlashmoq, gaplashmoq, tanlashmoq
C) ochiq, tiniq, siniq
D) gapirmoq, ichirmoq, qochirmoq
2. Yordamchi so‘zlarnig uchala turi ham qatnashmagan gapni belgilang.
A) U hamma qishloq bolalari kabi yoshlikdan  meh- natga kirishgan bo‘lsa-da, ammo o‘yinga ham vaqt topar
edi.
B) Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo
C) Men ham sen kabi eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da, jo‘ra
D) Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo
qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman.
3. Qaysi qatorda yasama payt ravishi qatnashgan?
A) Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
B) O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga harakat qil.
C) Tog‘ga yaqinlashgach, havo aynib, shamol turdi.
D) Aka-uka maslahatlashib, tong otguncha shu yerda qolishga qaror qilishdi.
4. Ayol borki, bola kulgisi, bola ingasi kabutar kabi olam uzra qanot qoqib jahon kezadi. 
Ushbu gap haqida to‘g‘ri hukmni toping.
A) Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan ot so‘z turkumiga oid so‘z qatnashgan.
B) Ushbu gapda modal so‘z ishtirok etmagan.
C) Ushbu gapda 3 ta shaxs nomi qatnashgan.
D) Ushbu gapda ikkita sof ko‘makchi ishtirok etgan.
5. Qaysi gapda ma’no jihatdan ravishning bir turga mansub ravishlar qatnashgan?
A) – Keyin u yoqqa o‘tamiz, – deb o‘ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi.
B) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo‘rtib ketishibdi.
C) Bular piyoda asta-sekin O‘rdaga bordilar
D) Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela
boshladi.
6. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan sifat qatnashgan?
A) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabgi yillaridanoq o‘zbek  tilining muhofazasi va taraqqiyoti
uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi.
B) Uning hushmuomalaligini aytmaysizmi?!
C) O‘tloqdagi chirsilayotgan olov,  chaylaga to‘shalgan o‘t-o‘lanlarning shirin, yoqimli, toza isi bilan  aralash-
quralash bo‘lib ketgandekman.
D) Gulzorga to‘kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo‘lib, jigarrang tus olgan.
7. Quyidagi ma’nodosh so‘zlardan qaysi biri tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish,
sarflanish kabilardan ehtiyotlanish” ma’nosini beradi?
A) Ardoqlamoq B) E’zozlamoq
C) Avaylamoq D) Ayamoq
8. Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek
turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi.
B) O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni,
avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun ushunish ham, oqlash ham qiyin.
C) Toshkentning qayeriga qaramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda.
D) Akmal aka xurjunga boshini qo‘yib bir pas cho‘zildi.
8553
Registan Test Service
Registon o`quv markazi
1/12


9. Yomon gap – bosh qozig‘i, Yaxshi gap – jon ozig‘i.
Ushbu gapda tire tinish belgisining qo‘llanilish sababi qaysi javobda berilgan.
A) Ot kesim bog‘lamasiz qo‘llanilgani uchun
B) Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalanganligi uchun
C) Qo‘shma gap qismlari orasida zidlash munosabati ifodalanganligi uchun
D) Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelganligi uchun
10. Qaysi gapda yopiq bo‘g‘inlar tarkibidagi jarangsiz undoshlar soni ko‘proq?
A) Go‘yo quyoshning botishini birinchi marta ko‘rayotgandek, ko‘zlarida hayrat aks etdi.
B) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong‘i tushguncha loy tashishdi.
C) Poyezddan tushgan uch-to‘rt yo‘lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining o‘zi qoldi.
D) Ularning to‘rtdan uch qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling