Kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui


Download 18.21 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi18.21 Kb.
#138615
Bog'liq
7-seminar


7-seminar

Topshiriq

1 - Jamiyat – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi.

2- Abu Ali Ibn Sino insonlarning jamiyatdagi o‘rni –

Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb e’tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo‘lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e’tiborga molikdir. Unga k o’ra , sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab), shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida birinchilardan bo lib kuzatuv va tajribaga muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko‘magida xastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi, inson va atrof-muhit o‘zaro munosabati muammolarini hal etishga urindi.

3- Tarix falsafasi ontologiyasi - Tarix falsafasi ontologiyasi – bu tarix falsafasining tarixiy borliq muammolari, chunonchi: tarixning mazmuni va yo‘nalishi, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi o‘rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi va hokazolarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy qismi.

4- Tarix falsafasi gnoseologiyasi - Tarix falsafasi gnoseologiyasi asosiy e'tiborni tarixiy bilish muammolariga, aniqroq aytganda, tarixiy faktlar va voqyealarni o‘rganish, tahlil qilish va tushuntirish, tarixiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.

5- Tarix falsafasi tarixi - Tarix falsafasi tarixi tarix falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi, tarix falsafasi predmetining shakllanishi muammolarini, tarix falsafasining turli yo‘nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab bo‘lgan ichki differensiatsiyalanish jarayonini o‘rganadi. Tarix falsafasi mazkur bo‘limining muhim muammolari qatoriga tarixiy jarayonni davriylashtirish, boshqa ijtimoiy fanlar orasida tarix falsafasining o‘rnini aniqlash masalalari ham kiradi.

6- Tarix falsafasi antropologiyasi - Tarix falsafasi antropologiyasi insonning tarixiy jarayondagi o‘rnini, bu jarayonda tarix subyektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga keltiradi?», degan savolga javob beradi. Odatda, tarix falsafasining turli yo‘nalishlari tarixiy jarayon subyektlari qatoriga xalq, millat, omma, olomon, ijtimoiy sinflar va atoqli shaxslarni kiritadi va qo‘yilgan savolga har xil javob beradi.

7- Tarix falsafasi antropologiyasi - Tarix falsafasi antropologiyasi insonning tarixiy jarayondagi o‘rnini, bu jarayonda tarix subyektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga keltiradi?», degan savolga javob beradi. Odatda, tarix falsafasining turli yo‘nalishlari tarixiy jarayon subyektlari qatoriga xalq, millat, omma, olomon, ijtimoiy sinflar va atoqli shaxslarni kiritadi va qo‘yilgan savolga har xil javob beradi.

8- Tarix falsafasining quyidagi funksiyalari mavjud:


  1. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi

  2. Tarix falsafasining nazariy funksiyasi

  3. Tarix falsafasining metodologik funksiyasi

  4. Tarix falsafasining prognostik funksiyasi

9- Ijtimoiy ong –

Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqyelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo’lgan umumiy his-tuyg’ular, kayfiyatlar, qarashlar, g’oyalar, nazariyalar majmuidir.

Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o’z-o’zini anglashi sodir bo’ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy o’zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o’zgarib rivojlanib boraveradi. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy voqyelikdagi o’zgarishlargagina bog’liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy ong o’z taraqqiyotida nisbiy mustaqillik xarakteriga va ijtimoiy voqyelikka faol aks ta’sir eta olish xususiyatiga ham egadir.

10- sivilizatsiya soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.



11- Madaniyatning ichki tuzilishi - Madaniyat (xalq madaniyati) ichki tuzilishi va xususiyatlari, ijtimoiy borliqda namoyon bo‘lishi va tashkil etilishi, ma'naviy-tarbiyaviy hayotdagi o‘rni bilan murakkab, ko‘p qirrali, sotsiodinamik hodisadir. Etnik madaniyat esa ushbu xodisaning ma'lum bir xalq, millat ijtimoiy-tarixiy, ma'naviy hayoti, turmush tarzi bilan bog‘liq, etnosning tarixiy-madaniy paradigmasiga aylangan o‘zak qismidir.
Download 18.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling