Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi


Download 116.4 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi116.4 Kb.
#161318
Bog'liq
Китобхонлик

Buyuk dramaturg Viliyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi : “Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.”


«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

   Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.

   Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.

   Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.

   Joriy yilda  O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan "kitob o’qigan «Spark» minadi"   shiori ostida eng yaxshi kitobxonlarga  Prezident sovg'asi  «Spark» avtomashinasi taqdim etildi. Bu orqali ko'p yoshlarni kitob o'qishga qiziqishi ortdi desam mubolag'a bo'lmaydi.  Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizning barcha kutubxonalari kitobxonlar bilan to'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Tan olaman, oldinlari men ham ba'zi yoshlar singari virtual olamda "suzganman" . Lekin xozirgi paytda menda ham kitobga bo'lgan qiziqish juda ortdi.

Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so‘rovnoma o‘tkazilgan ekan. Bu so‘rovnomada ishtirok etganlar o‘zlari mo‘jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan : olov, dvigatel , atom bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar ichidan 6- sinf o‘quvchisining “Eng zo‘r kashfiyot – kitob” deb bildirgan javobi hay’at a’zolariga ma’qul tushgan ekan . Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u “Qolganlarning fikrlari ham to‘g‘ri, lekin kitob bo‘lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku”, deb javob bergan.

Buni qarangki, ko‘pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakam haqiqat ekanligi asta – sekin o‘z isbotini topib boryapti . Kitob haqiqatdan ham , mo‘jiza , unda keltirilib o‘tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish , unga ruhiy ta’sir o‘tkazish , aqliy o‘stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir .

Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi , uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi , shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin .  Kitob o‘qishdan maqsad bu – uning mazmunini anglab yetish , unga singdirilgan ma’no-mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin .

Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o'qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.

agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.

KITOB-bilimlar xazinasi.


реферат предназначается для учеников старших классов, для повышения интереса к литературе


Просмотр содержимого документа
«KITOB-bilimlar xazinasi.»


KITOB-bilimlar xazinasi. Reja: 1. Kitob-kelajak yo`lboshchisi. 2. Kitob-inson ruhining tarbiyachisi. 3. Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.

 Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo`lboshchisi. Kitobni ma'naviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og`ir betob bo`lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar to`la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo`lga kiritishni afzal ko`rgan edi.


Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin duelda yaralanib, vafot etar chog`ida, unga “Do`stlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javoniga termulib, “Xayr, mening do`stlarim!”, deya jon bergan ekan.
Kitob – bilim manbai, ilm shamchirog`i, ma'naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o`rinlidir: quyosh insonning jisman ulg`ayishi uchun qanchalik muhim o`rin tutsa, kitob ma'nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. O`qish davomida kitobni mutolaa qilish jarayonining o`zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shakllana boradi. Kitobning o`zi bir olam. Uni takror va takror o`qish davomida yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan odam undan o`zgacha taassurotlar oladi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning “Jon haqida” deb nomlangan asariga o`z qo`li bilan: “Men bu asarni 200 marta o`qidim”, — deb yozib qo`ygan ekan.
Kitobdan shunchaki ermak, zerikishda qo`l keladigan bir vosita sifatida foydalanish yaramaydi.

Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, shaxsni shakllantiradi. Kitob odamdan mutolaada nafaqat ko`z va aql, shuningdek, ko`ngil ham birdek ishtirok etishini talab qiladi. Kitob o`qishdan maqsad aql-tafakkur bilan uni mantiqiy muhokama etishgina emas, balki chin yurakdan zavqlanish, ta'sirlanish, o`zlikni, haqiqatni izlab topish hamdir.


Faylasuf Yan Mindan do`sti so`radi:
— Kitob o`qigandan so`ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?
Van Yan Min dedi:
— Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvalo, kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz.
Kitoblarga ularni yozgan shaxslar o`z ruhiyati, tafakkuri, jismu jonini baxshida etadilar. Olamda neki alloma, donishmand, avliyolar, faylasuflar yetishib chiqqan bo`lsa, ularning barchasi kitoblar tufaylidir.

Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.


Ilm-fan misli ko`rilmagan darajada rivoj topdi. Cheksiz bilimlar mohiyati, asriy sir-sinoatlar tilsimi hozirgi davrga kelib bashariyatga oshkor bo`lmoqda. Qadimda kitoblarni xattotlar ming bir mashaqqat bilan ko`chirishgan bo`lsa, bugungi kunda texnika yutuqlari tufayli ular millionlab nusxalarda chiqarilib, butun dunyo bo`ylab tarqatilmoqda. Biroq tezkor zamonning tezkor sur'atlarida hayot kechirayotgan odamzod shunchalik shoshadigan, betoqat bo`lib qoldi-ki, uning bir muddat xotirjam tin olishga imkoniyati yo`q, eng qayg`ulisi, bunga uning xohishi yo`q. Vaqt ayni zamonda oltindan ham yuqori qiymatga ega bo`ldi. Insonning ongi fikrlar, ma'lumotlarga to`la, ammo u fikrlashga layoqatsiz bo`lib bormoqda. Uning diqqati bir joyda jam emas, shoshganidan shoshadi-ki, kitoblar turfa xil va son jihatdan ko`p bo`lgani bilan uni mutolaa qilishga, teran fikrlashga fursati yo`q. Kitobning o`zini emas, uning syujeti, mohiyati to`g`risidagi qisqagina annotatsiya-ma'lumotlarni o`qish, aniqrog`i, ko`z yugurtirish afzal bo`lib qoldi. Kitobning hayotdagi o`rnini axborot deb atalgan hissiz va ruhsiz ashyo egallab oldi, natijada odamzod tinimsiz axborot qabul qilishga moslashib qoldi. Axborot oqimi shu qadar shiddatli-ki, uni qayta ishlashga, fikr yuritishga ulgurib bo`lmaydi. Dunyo kitobdan uzoqlasha boshladi, vaholanki, dunyoni shu yuksak taraqqiyot pog`onalariga olib chiqqan bilimlar manbai o`sha — kitob edi. Axborotlashuv omili global dunyo uchun birlamchi vazifaga, axborotga egalik hukmronlik belgisiga aylandi. Inson axborotga ega bo`lish ishtiyoqi tufayli kitobdan uzoqlashishi bilan birga tabiatdan, hayotning go`zalligidan, o`zligidan uzoqlasha boshladi. Moddiy, nafsoniy ehtiyojlar beqiyos darajada ortib ketishi, qalb va ruhning ma'naviy ehtiyojlari qondirilishiga to`siq bo`ldi. Bu borada ma'rifat fidoiylaridan birining kuyunchaklik bilan aytgan gapi bor: “Bilim deb hikmatdan, axborot deb ma'rifatdan ayrildik!..”.
Texnikaviy taraqqiyotning eng yuksak cho`qqisiga chiqqan odamzod ko`rdi-ki, uning ortida ma'naviy qadriyatlar, ruhiy xotirjamlik va qalb istaklarining boy berilishi oqibatida vujudga kelgan tubsiz jarlik mavjud ekan. Dunyodagi, ayniqsa, g`arb olamidagi taraqqiy etgan mamlakatlar jamiyatlarining ijtimoiy-ma'naviy hayotida sodir bo`layotgan “ommaviy madaniyat” niqobidagi axloqsizlik, vatanfurushlik, sotqinlik, jinoyatchilik, narkotrafika, korrupsiya kabi illatlarning keng urchishi, bu — ruhiy-ma'naviy inqirozning belgilaridir. Moddiy quyosh bilan birga ma'naviy quyosh hisoblanmish kitob ham bo`lmas ekan, dunyo zulmatga aylanadi.
Zamonamiz analiz-sintez — mushohada zamoni. U bizdan shiddat bilan kechayotgan lahzalarda oxir-oqibatda qayerga borishi va nimaga erishishini bilmagan holda tinmay shoshishni emas, balki insoniyat o`tmishi, sirlari va yutuqlarini chuqur o`rganish, teran fikrlash asosida o`zlikni anglash hamda kelajak tomon mas'uliyat bilan qadam tashlashni talab qilmoqda. Biz ruhiyatimiz, qalbimiz, ya'ni o`z olamimiz va tabiat bilan qayta til topishmoqchi ekanmiz, kitoblar mutolaasiga qaytishimiz zarur.
Shunisi ham borki, kitoblarning barchasi ham o`qib-o`rganilishi muhim bo`lgan bilimlar manbai sirasiga kirmaydi. Ular orasida ma'nisiz, maqsadsiz va yovuz g`oya-mafkuralarni targ`ib etadiganlari ham uchraydi. Inson asl kitoblar, durdona asarlarning keraklilarini tanlay olishi, uni aqli va qalbi bilan idrok etib, zavqlanib, ta'sirlanib hamda qiziqib o`qishi darkor. Kitobni shunchaki o`qib qo`yish bilangina ruhning, qalbning pok bo`lishiga erishib bo`lmaydi. Har bir kitobxon kitobdagi bilimlarni ongiga jo qilib, uni hayotiy faoliyatida munosib qo`llay olsagina, bu chinakam muvaffaqiyatdir.

Insoniyat bu yorug’ olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tafakkuri, ya’ni fikrlash qobilyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Odamzod yaralibdiki doimo hayotini yaxshilashga, osonlashtirishga va hayotdan lazzatlanishga harakat qilib kelgan. Bugun siz-u biz ana shu harakatlar mevasidan bahramandmiz. Lekin, bizning hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan so’ngi aloqa va ko’ngil ochar vositalari bizni haqiqiy insoniylik xazinamizdan uzoqlashtirmayaptimi? Men o’sha, insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi tafakkur xazinasi bo’lmish kitoblarni nazarda tutmoqdaman. Kitob azaldan insonning eng yaqin hamrohi bo’lgan. U ajdodlarning avlodlarga qoldirgan eng buyuk, qimmatli va betakror merosidir. Kitobga bundayin tariflar bejiz emas, zeroki barchamizga ma’lum va mashhur “Avesto” dan tortib to “O’tkan kunlar”gacha, “Tib qonunlari”-yu “Xamsa”, hattoki “Quron” ham bizgacha kitob shaklida yetib kelgan. Bu asarlar nafaqat xalqimiz tarixi, balkim butun osiyo, o’z o’rnida butun dunyo tamaddunining tamal manbaalaridandir. Aynan shu kabi asarlar insoniyatning bugungi kungacha bo’lgan dunyo qarashi, madaniyati, ma’naviyati va ahloqini shakllantirib kelgan.
Endi yuqoridagi savolga qaytsak, hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan so’ngi aloqa va ko’ngil ochar vositalari bizni haqiqiy insoniylik xazinamizdan uzoqlashtirmayaptimi?. To’g’ri, biz bugungi kunda kitobni kamroq mutolaa qiladigan bo’ldik, ko’proq mobil telefonda gaplashishni yoki bizga kerakli ma’lumotni internetdan qisqa muddat ichida topishni kitob o’qishdan ko’ra anchayin abzal ko’ramiz. Biroq bu yerda hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan so’ngi aloqa va ko’ngil ochar vositalarini mutlaq ayblash ham xatodir. Bu kabi vositalarning o’z vazifasi bordir, ularning bu vazifalaridan bizning o’zimiz noto’g’ri foydalanmayapmizmi? Xo’sh, siz-u bizni kimdir mana shu vositalardan foydalanishga majbur qilmoqdami yoki bizga o’qish uchun ortiq kitob qolmadimi? Yo’q, albatta, barcha gap o’zimizda. Agar biz kitob o’qishni istasak hech kim bizga to’sqinlik qila olmaydi, faqat buni o’zimiz astoyidil istasak kifoya. Keling tajriba sifatida kitob va XXI asr texnologiyalarining imkoniyatlarini solishitirib ko’raylik:
Kitob o’qigan odam Internet/mobil telefon va b.dan foydalangan odam
Tasavvuri kengayadi Aksincha, tarif berilayotgan narsaning tasviriga o’rganib qoladi, natijada tasavvuri torayadi
Mustaqil fikrlashga o’rganadi Tayyor yoki noto’g’ri chiqarilgan xulosalarga o’rganib qoladi, chalg’iydi
Sabr toqatli bo’ladi Shoshqaloq bo’lib qoladi
Badiiy, ijodiy va ilmiy tushunchalari kengayadi Faqat konkret faktlarni qidirish natijasida, ma’lumotning boshqa badiiy, ijodiy tomonlariga e’tibor bermaydi
Madaniyati, ma’naviyati, ahloqi va odobi shakllanib, mustahkamlanadi Aksariyat hollarda sayoz, ahloqsizlik va odobsizlikni targ’ib etuvchi ma’lumotlarga uchraydi, natijada ma’naviyati past shaxsga aylanadi
Asardagi qahramonlar, asar muallifi bilan suhbat quradi, asarda o’z qahramonini kuzatadi, uning dardi va shodligiga sherik bo’lib zavqlanadi Yaqinlari, do’stlari bilan suhbat quradi (holbuki suhbat uchun internet yoki telefonning bo’lishi shart emas, jonli suhbatga nima yetsin!)
Moddiy arzon Har bir sarflangan daqiqa va megabayt uchun pul to’laydi
Ko’rinib turibdiki internet kabi so’ngi texnologiyalar nimaiki abzalliklarga ega bo’lmasin inson kamolotida kitobchalik tafakkur manbayi bo’la olmaydi. Bu bilan zamonaviy texnologiyalardan foydalanmaylik deyish fikridan yiroqman, biroq biz uchun qadrdon hisoblanmish tafakkur manbaalarining hayotimizdagi rolini oshirmasak, kelajakda ma’naviyati sust, irodasi bo’sh va mafkurasi kuchsiz avlodlarga aylanib qolmog’imiz hech gap emas. Buning uchun esa avvalo oilada ota-ona farzandida kitobga bo’lgan qiziqishni shakllantira olmog’I kerak. Farzandni bir kitobga qiziqtirish mumkin, lekin uni shu kitobni o’qishga majburlash eng katta xatodir. Buning natijasida bola nafaqat siz istayotgan kitobni, balkim boshqa kitoblarni o’qishdan ham ko’ngli sovub qolishi ruhshunoslar tomonidan bir necha bor takidlangan. Oila jamiyatning boshlang’ich bo’g’inidir, shunday ekan har bir yosh avlodning kitobga bo’lgan qiziqishi oiladan boshlanadi. Bu masalada ota-onaning ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorligi bolaning tarbiyasi, uning kitobga bo’lgan qiziqishida ijobiy natijalar beradi. Bir so’z bilan aytganda barcha narsa, o’z taqdirimiz, o’z kelajagimiz, o’z baxtimiz o’zimizning qo’llarimizda!
“Men kitobni sevaman: kitoblar mo’jizadir, yozuvchi misoli afsungar, men kitoblar haqida to’lqinlanmay va shodlanmay gapira olmayman!” – Maksim Gorkiy.
Download 116.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling