Kitob tumani tarixi Reja


Download 33.88 Kb.
bet1/10
Sana29.01.2022
Hajmi33.88 Kb.
#554947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kitob tumani
Ректификацион қурилмаларни автоматлаштириш lotin, 3 avtomatikaДонадарлаш минораси ҳисоби билан аммоний нитрат ишлаб, 1 кириш, Quryazov TJA, 1,2.3 Variantlar javoblari bilan. 2020 yil aprel, 1, Laboratoriya ishi, Kirish Maruza 1, 6-Maruza (3), gggggggggg, 66tvlQi3NTMjL5vPluIrOu3xD6EIwynWivr1U6ij, 66tvlQi3NTMjL5vPluIrOu3xD6EIwynWivr1U6ij, 7-MA`RUZA., 11-mavzu tuzlar gidrolizi, 9


Kitob tumani tarixi
Reja:

1.Kirish.


2. Kitob tumani tarixi;
3.Kitob tumani ziyoratgohlari;
4.Xulosa

Kirish
Kitob tumani -Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Qashqadaryo bilan Oqdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob styasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).
Viloyatning shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob shahri Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi. Tumanning maʼmuriy markazi. 
Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Kitob oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini bir-biriga bogʻlagan yirik karovon yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda Kitobning janubiy-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. IX-XVII asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. XVIII asrda Kitob beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda Kitobda 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. Hozir Kitob Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va boshqa korxonalar mavjud. Kitob kenglik styansasi jahondagi 5 ta shunday st-yasiyaning biridir (qarang Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi). Kitobda tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼlim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor. Kitob katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.[1]
Tabiati. Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻʼtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% ba-hor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va boshqa yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000).
Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 90 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internat, 2 kasbxunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, Shon-shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-akusherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik amboʻlatoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2300 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935-yildan "Kitob tongi" tuman gazitasi chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Download 33.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling