Kitobi eng ko‘p bosilayotgan adib


Download 31.16 Kb.
bet1/4
Sana10.09.2022
Hajmi31.16 Kb.
#803914
  1   2   3   4
Bog'liq
Tohir Malik (2)
Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (2), file, 345804, Mavzu 61 (1), 11, 2 5465239712568445444, The acoustic classication of English vowels, The acoustic classication of English vowels, 7-sinf-kimyo-fanidan-testlar-11, 2 5474332892773485782, Asosiy va qoshimcha adabiyotlar, 2 5193118397239395604, 2 5193118397239395604, 21 мактаб кутубхона.xlsx


Kitobi eng ko‘p bosilayotgan adib

Tohir Malik O‘zbekistonning mustaqillik yillarida kitobi eng ko‘p nashr etilgan va eng ko‘p o‘qilgan yozuvchi sanaladi. Uning "Shaytanat" asari o‘n minglab nusxalarda qayta-qayta nashr etildi va tez tarqalib ketdi. "Devona", "So‘nggi o‘q", "Talvasa" asarlari ham zamonaviy kitobxonlar orasida ko‘p o‘qilishi ma‘lum.
Lekin, qizig‘i, garchi yozuvchi bilan yozgan asarlari, adabiy qarashlari, hayotga munosabati kabi mavzularda tez-tez suhbatlar o‘tkazib turilsada, uning ijodi borasida adabiyot-shunoslar tomonidan yozilgan kengqamrovli tahliliy maqolalarni uchratish qiyin.
Jinoyat olamining past-baland ko‘chalarida
Kitobxonlar esa, "Shaytanat" borasida tez-tez fikr bildirishadi, bahslashishadi.
Bundan birmuncha muqaddam internet saytlaridan birida "Shaytanat"da ijobiy qahra-mon kim" mavzuida bahs uyushtirilgandi.
Navoiylik Alisher Ashurov: Avvalo "Hozirgi paytda mukammal (ijobiy, hech qanday kamchiliklari yo‘q ma‘nosida) insonning o‘zi bormi?" degan savolga javob olish kerak, menimcha. Bu asarda hayotimizda uchraydigan barcha qusuru kamchiliklar bor bo‘y-basti bilan tasvirlangan. Deyarli hech bir qahramon kamchiliksiz emas. Shuning uchun, menimcha, har bir o‘quvchi o‘ziga nisbatan yaqinroq bo‘lgan asar qahramonini ijobiy deb baholaydi," deya fikr bildirgandi.
Omon ismli kitobxon esa, "Quruq, shunchaki ma‘lumot beradigan, faqat qotilliklar-ni-jinoyatni tasvirlaydigan asarda o‘rnak oladigan deyarli hech nima bo‘lmaydi. O‘quvchi-ni o‘ylantirishga majbur qiladigan, yig‘latadigan, kuldiradigan, o‘zining bir qismini topa oladigan asargina chin asar hisoblanadi. Bundan kelib chiqkan holda, o‘sha asardagi voqealarda yaxshilikka chorlovchi qahramon obrazi bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman…" , deya yozgandi.
Bu kitobxon fikricha:
"Shaytanat"ning o‘zgachaligi ham mana shunda. Yozuvchi salbiy qahramonlarning ham ijobiy tomonlarini yaxshi ochib bera olgan. Aslida Asadbek, Mahmud, Jamshidlarni ijobiy qahramon deb bo‘lmaydi. Lekin ularning bir qancha ijobiy tomonlari ko‘rsatil-gan. Shaytanatdagi eng ijobiy qahramon Abdurahmon tabib, Muhiddin ota, Manzuralar bo‘lsa kerak, menimcha. Lekin ular asosiy qahramonlar bo‘lmagani uchun orqa planda qolib ketishgan…"
Lekin "Shaytanat" to‘g‘risida boshqa fikrdalar ham yo‘q emas.
"Umuman olganda esa, men "Shaytanat"ni yuqori saviyada yozilgan asar deya olmayman… Asarning 4-kitobigacha o‘qiganman. Bu to‘g‘rida muallif bilan ham ko‘p suhbatlarda bo‘l-ganman, fikrlashganman. Kamchiliklari ko‘p, faqat o‘zbek adabiyotida unga raqobat bo‘lma-gani va o‘quvchilarning, boshqa shu janrdagi o‘zbekcha asarlar bilan tanishmaganliklari uchun bo‘lsa kerak, uni eng yaxshi asarlar ro‘yxatiga kiritishadi…"
Yuqoridagi fikrlar Mas‘ul Maqsudov ismli kitobxonga tegishli.
Men "Shaytanat"ning dastlabki kitoblari o‘quvchilar qo‘liga borib tekkandan keyin bir jarayonni kuzatganman. Birdaniga "Shaytanat"ga ergashib yozadiganlar ko‘payib ketdi. "Shaytanat" kabi kitobi tez va ko‘p tarqalishi uchun ne-ne mualliflar jinoyat olamining past-baland ko‘chalari qolmay yozib chiqishdi. Ha, aynan ularning ko‘pchiligi yozib chiqish-di. Tasvirlashmadi. Qahramonning ruhiy holati bilan ishlari bo‘lmadi.
"Shaytanat"da esa kuchli tasvirlar, chuqur ruhiy holatlar asarning chinakam badiiy asar ekanligini ko‘rsatib turdi.
Xuddi shu o‘rinda garchi "Shaytanat" hamon o‘quvchilar qo‘lidan tushmayotgan bo‘lsada, Tohir Malikning o‘zi asaridagi kamchiliklarni tan olishini eslatib o‘tmoq o‘rinli.
"Qaysi yo‘nalishga kirmayin maqsadim bir, o‘quvchi bilan hayot muammolari haqida g‘oyibona suhbat qurish. Zulmning ildizini quritib, saodatli umrga yetishish yo‘llarini izlash. "Shaytanat"ni yozishdan maqsad ham shu edi. Soxta kamtarlik qilyapti, deb o‘yla-mang, lekin bu asar g‘oyatda hayratlanarli darajada emas. Hamkasb do‘stlarimdan mening ortiq joyim yo‘q. Kamchiliklarim bor, buni o‘zim ham bilaman. O‘zim sezmayotgan kamchi-liklarimni xolisanilloh aytib turishsa minnatdor bo‘laman. Asarning ma‘lum ma‘noda shuhrat topishiga sabablardan biri-bu mavzu o‘quvchilar uchun yangiroq edi. Ikkinchi sababi keyingi yillarda hamkasblarimiz kitobxonlarni yangi asarlar bilan tez-tez quvontirib turish an‘anasiga sodiq qolmayaptilar," degan edi adib u bilan uyushtirilgan suhbatlardan birida savolga javob berayotib.

Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling