Kitobxonlik — bizning benihoya yuksak darajada mashinalashgan zamonamizda standartlashtirish va jo‘nlashtirishga qarshi eng yaxshi vositadir


Download 37.5 Kb.
Sana28.12.2021
Hajmi37.5 Kb.
#539183
Bog'liq
E Vohidov maqola
Biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar, Biologiya-test-5-9-sinf, Dars jadvalini gigienik baholash, ZOOLOGIYA, Abdurahmon Jomiy. Salomon va Absol, Til nimaga berilgan, Assalomu, ko'payish rep, Destination B2 A5, Dam olish daqiqasi, Mavzu Adabiy til me’yorlari-fayllar.org, O`tkan kunlar romani, tasdiqlayman, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word

Kitobxonlik — bizning benihoya yuksak darajada mashinalashgan zamonamizda standartlashtirish va jo‘nlashtirishga qarshi eng yaxshi vositadir. O‘qish — bizning hayot haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi, boshqa odamlarning fe’l-atvorlari va ehtiyojlari to‘g‘risidagi tushunchalarimizni kengaytiradi, kitob odamga o‘zining «men»i hududidan tashqariga chiqishga haddan tashqari yordam beradi.

O‘YLAB KO‘RING:

Adib yuqorida tasvirlagan holatga hech guvoh bo‘lganmisiz yoki shunday holatlar tasvirlangan asarlarni o‘qiganmisiz? Bunday holatda qanday yo‘l tutgan ma’qul deb o‘ylaysiz?

... Endilikda biz nimaiki paydo bo‘lsa, hammasini shodiyona xitoblar bilan xursand bo‘lib kutib olaveradigan bo‘lib qoldik, shekilli. Paydo bo‘layotgan kitoblar tevaragida shov-shuv ko‘tariladi, natijada sho‘rlik kitoblar kashfiyot reklamalariga qaraganda jinday ortiqroq umr ko‘rsa ko‘radi, bo‘lmasa — yo‘q. Kamdan-kam kitobni «durdona asar», «ulug‘ asar» deb atashmaydi. Qarabsizki, «durdona» asarlar, «iste’dodli asarlar» maymunjon yanglig‘ gurkirab o‘sib ketaveradi, keyin esa ular kompotdan boshqa narsaga yaramasligi ma’lum bo‘ladi. Mayli, bugun-erta bo‘lmasin, biroq vaqti kelarki, noshirlar ham, taqrizchilar ham «ulug‘», «iste’dodli», 97

Jon Golsuorsi. «ADABIYOT VA HAYOT»

«yorqin» kabi ta’rif-u sifatlarni eng xolis va eng ziyrak hakam — Vaqtning ixtiyoriga qoldirgan ma’qul ekanini anglab yetadilar. Vaqt haddan tashqari ziyrak va uddaburon soliq yig‘uvchiga o‘xshaydi — daromadlaringni har qancha yashirishga urinma, uni aldayolmaysan!

Odamlarning ko‘pchiligi baxt deganda o‘zining o‘z ishi bilan, tuyg‘ulari yoki fikrlari bilan doimiy bandligini tushunadi. Biz biron narsaga yoki ishga butun vujudimiz, butun jon-tanimiz bilan berila bilmasak, o‘zimizni chinakamiga baxtli deb hisoblay olmaymiz. Men o‘zimiz o‘zimiz bilan andarmon bo‘lib, o‘zimizga o‘zimiz mahliyo bo‘lib yotganimizda juda ham baxtsiz bo‘lib ketamiz demoqchi emasman, lekin bunaqa paytlarda biz yarim darajada tirikmiz, xolos-da! Tolstoy aytgan ekan — inson ko‘zguda o‘zini-o‘zi tomosha qilayotganda aslida borichalik chiroyli ko‘rinmaydi. Biz Tolstoyning kishini larzaga soluvchi bu kashfiyotni qanday qilganini hali chuqurroq o‘ylab ko‘rmog‘imiz kerak. Tolstoyning ko‘pgina boshqa falsafiy mulohazalari kabi bu fikri ham bir qarashda ko‘ringanchalik jo‘n emas. Har holda, nima bo‘lganda ham, o‘z-o‘zini esdan chiqarish fidoyilik — haqiqiy baxtga eltuvchi kalitdir. O‘zining «men»ini unutishning ham har xil yo‘llari bor.

Ha, o‘z-o‘zini unutishning yoxud fidoyilikning usullari haddan tashqari xilma-xildir va shulardan biri go‘zallikni tomosha qilishdir. Men Arizonada Grand-Kanyonni suqlanib tomosha qilganimda, Aysedora Dunkan shogirdlarining raqsini huzur qilib ko‘rganimda, Vashingtondagi Rok-Krik qabristonida Sent-Godensning «Nirvana»sini ko‘rganimda yoxud Misrda oy nuriga cho‘mgan sahro o‘rtasida turganimda olamdagi hamma narsani paqqos unutib yuborgan edim.

Go‘zallikni kuzatishga qodir odam o‘zi Hayotga go‘zallik olib kirishga ehtiyoj sezadi: u me’yor tuyg‘usiga ega bo‘lgani uchun shu tuyg‘uga muvofiq tarzda ish yuritishga ehtiyoj sezadi. Go‘zallik va me’yor tuyg‘usi bizni qanday yo‘llardan olib

Grand Kanyon milliy parki, AQSh

Lev Tolstoy (1828-1910) rus adibi

Aysedora Dunkan (1877-1927) – mashhur raqqosa100

Adabiyot. 11-sinfi

yurmasin, bu hamisha butun insoniyat jamiyatining foydasiga xizmat qiladi, chunki ular bizni ochko‘zlik va zo‘ravonlik botqog‘idan ajratib turadi.

...Aftidan, go‘zallik deganda bir odam bir narsani, ikkinchi odam boshqa narsani anglaydi, shekilli. Shunday ekaniga qaramay, har birimiz o‘ziga go‘zal bo‘lib tuyulgan narsani ko‘rganida, eshitganida yoki o‘qiganida, boshqalar nimaiki his qilsa, shuning o‘zini, ya’ni benihoya qimmatli va ko‘tarinki tuyg‘uni his qiladi. Uning his qilgani bilan boshqalarning hissiyotlari o‘rtasidagi farq bu hislarning darajasidagina bo‘ladi. Xorda yangragan bola tovushi, to‘lqinlarni yorib suzib borayotgan yelkanli kema, gul yozayotgan g‘uncha, tun qo‘ynidagi shahar, to‘rg‘ayning xonishi, yaxshi she’r, yaproqning soyasi, yoqimtoy go‘dak, yulduzli osmon, ibodatxona, bahorda gullagan olma, adirlar qo‘ynida o‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zilarning bo‘ynidagi qo‘ng‘iroq ohangi, ariqchaning jildirashi, kapalak, hilol, yana boshqa minglab narsalar, tovushlar, so‘zlar, xullas, bizda go‘zallik haqida fikr uyg‘otadigan narsalarning hammasi — qalbimizni qurg‘oqchilikdan asraydigan ne’mat yomg‘irining tomchilaridir. Balki biz bu sokin, kishining bahri-dilini ochuvchi, ruhini yengillatuvchi ne’matni payqamasmiz, lekin u hamisha biz bilan. ...



Go‘zallik — kurrayi zaminning chehrasidagi tabassumdir, hammaga atalgan tabassumdir va uni ko‘rmoq uchun faqat ko‘zga ega bo‘lmoq kerak, his qilmoq uchun kayfiyat zarur, xolos!

Biz umrimizda atigi bir martagina Noma’lumlik bekatiga chipta sotib olamiz. Boshqacha aytganda, haddan ziyod mashinalashgan bu asrda mashinasiz kun ko‘rmoq uchun faqat bir martagina sharros yog‘ib turgan jala yoxud Quyoshning qizdiruvchi nurlari ostida Hayot bo‘ylab safarga chiqamiz.



Agar o‘ylab ko‘rilsa, biz hammamiz sargardonu sargashta daydilarmiz, hech qaysimiz bugungi kun bizga nima olib kelishini va tun qora pardasini yoyganda qayerdan panoh topishimizni bilmaymiz. Biroq agar biz o‘z yaqinlarimizga ko‘maklashishni o‘rganib olsak, mardligimizni yo‘qotmasak, butun qalbimiz bilan berilib, o‘zimizni unutib, o‘z ishimizni yaxshi ado etsak, agar biz Hayotdan lazzat ola bilsak-u, loaqal shuning o‘zi bilan uning chiroyiga chiroy qo‘shsak, agar biz tinchlikka intilsak va uni ta’minlashni o‘rganib olsak, agar biz taft tortmay Sirning yuziga tik qarashni o‘rganib olsak va ayni choqda bu yorug‘ dunyoda Ruhning mangu harakatini his qilishni o‘rganib olsak, bilingki, unda bizning Hayotimiz zoye ketmapti. Ha, unda bizning hayotimiz chindan ham zoye ketmapti.

(Ozod Sharafiddinov tarjimasi)

Foydalanilgan adabiyotlar

Vohidov Erkin Tanlangan asarlar.-T.:”sharq”, 2016-696 bet uch balo 95-bet
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling