Kiyim, kiyim-kechak


Download 383.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi383.81 Kb.
#229424
  1   2
Bog'liq
Kiyim - Vikipediya



Kiyim

Kiyimkiyim-kechak deb badanni

yopib turuvchi har qanday mato

parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi,

toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan

tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad

avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-

sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh

nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir.

Bundan tashqari kiyim ijtimoiy

sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy




aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu

ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra

kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib

tayyorlanadi (masalan, boshqa

odamlarni jalb qilish, ularga yoqish

uchun).


Tarixiy kiyimlar.


Kiyim — inson tanasini tashqi muhit

(iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh

nuri va b.) taʼsiri va turli mexaniq

taʼsirlardan asraydigan vositalar

toʻplami; estetik vazifani bajaradi

hamda jins, yosh, milliylik va b.

xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng

maʼnoda "Kiyim" tushunchasi bosh

Kiyimlar, oyoq Kiyimlar (poyabzal),

qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi.

Kiyim turiga koʻra — ichki Kiyim, ustki

Kiyim, bosh Kiyimlar, oyoq Kiyimlar

(poyabzal); vazifasiga koʻra—

kundalik, uyda, dam olish paytida,

bayram va toʻy marosimlarida



kiyiladigan (kishilik) Kiyimlar, ish

Kiyim (jomakor), sport Kiyim, rasmiy

Kiyim (forma)lar, maxsus Kiyimlarga

boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar

Kiyimlariga ajratiladi.

Kundalik Kiyim, odatda, xalqning

madaniyati, kishining didiga mos

boʻlib, turli modada, turli xil

matolardan tikiladi; unda kasb, etnik

va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz

ifodasini topadi. Dam olish paytida

kiyiladigan Kiyim yumshoq va mayin

matodan, erkin harakat uchun qulay

qilib tikiladi. Bayram, marosim

(kishilik) Kiyimlari milliy uslubda,



qimmatbaho matolardan tayyorlanadi,

turli bezaklar (kashta, munchoq va b.)

bilan boyitiladi. Ish Kiyimi (jomakor)

oddiy matolardan mehnat jarayoniga

mos qilib tikiladi (mas, oʻt

oʻchiruvchining ish Kiyimi oʻtga

chidamli brezentdan, baliqchilarning

Kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan

tikiladi, traktorchining ish Kiyimi

kombinezondan, tibbiyot xodimi,

sartarosh, oshpazlarning ish Kiyimi

asosan, oq xalatdan iborat va h.k.).

Sport Kiyim jismoniy tarbiya va sport

bilan shugʻullanish uchun qulay qilib

tikiladi. Rasmiy Kiyim (forma) harbiy

Kiyim, matros, militsioner, aloqachi va




rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning

maxsus nizomda belgilangan

Kiyimlari. Maxsus Kiyim homilador

ayollar, bemorlar va b. kiyadigan

Kiyimlar. Bolalar K . i rang-barang

pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular

turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak,

kashta tikib, quroq usulida bezatiladi.

Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins,

yoshga moslashtirilgan, eng muhimi

qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi

lozim. Kiyimni bichish va tikish katta

sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy

(paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy

(sintetik) matolardan tanlanadi,

tikuvchilar uyda, atelyelar va




fabrikalarda Kiyim tikishadi. Buning

uchun avval matoni bichib olish kerak.

Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga

modelyer rassom Kiyim rasmi

(modeli)ni chizib beradi. Xullas Kiyim

bitib magazinga tushguncha bir necha

kishi mehnat qiladi.

Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik

sanoatining jadal rivojlanishi kishilar

didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar

orasidagi aloqalarning kuchayishi

Kiyim modasining tez-tez oʻzgarib

turishiga olib keladi; hayot ham shuni

taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar

Kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib



turadi. Hozir Kiyim inson tanasini

tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita

boʻlish bilan birga oʻziga va

atrofdagilarga estetik zavq

bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga

ham aylanib bormokda. Kiyim tikishda

turli-tuman bezak materiallardan,

kashtalardan foydalaniladi.

Kiyim inson yaratgan turar joy kabi

eng qad. ixtirolardan; soʻnggi paleolit

davridayoq mavjud boʻlgan Kiyim

geografik muhit, xoʻjalik shakli,

ijtimoiy munosabatlar, madaniyat,

etnik qatlamlar va b.ga bogʻliq holda

taraqqiy etgan. Paleolit davri



yodgorliklari orasida terini ishlaydigan

tosh va tikadigan suyak ignalar

topilgan. Kiyim uchun matodan

tashqari barglar, oʻtlar, daraxt

poʻstloqlari ham xom ashyo vazifasini

oʻtagan. Ibtidoiy odamlar hay-von

terilari, daraxt poʻstloklari va barglarini

suyak va hayvon shoxidan ishlangan

"ignalar" bilan shunchaki chatib,

badanlariga "ilib" olishgan. Neolit

davrida ip yigirish va mato toʻqish

sanʼatini oʻzlashtirgan inson

Kiyimtikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik

tolalaridan foydalangan, chorvachilik

va dehqonchilikning rivojlanishi mato

tayyorlash uchun uy hayvonlarining




juni va madaniy oʻsimliklarning

tolalaridan foydalanish imkonini berdi.

Barcha Kiyim turlari 2 boshlangʻich

koʻrinishdan — yelkaga tashlab

qoʻyiladigan teri, oʻt, barg va parlardan

toʻqilgan yopqich va bel(boksa)

bogʻlamlari (belbogʻ) dan rivojlanib

shakllangan. Keyinchalik yopqichlar

yopinchiq(plashch), koʻylak, kaftan

kabi, bel bogʻlamlari ishton, yubka,

fartuk kabi turli xil shakllarga ega

boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab

turgan bir parcha hayvon terisi eng

sodda qad. poyabzal turi boʻlgan,

shuningdek, poyabzal uchun daraxt

poʻstlogʻi va daraxtdan ham




foydalanilgan.

Estetik xususiyatlarga ega dastlabki

Kiyim Qadimgi Misr Kiyimlaridir.

Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga

mato yoki teri bogʻlagan) va ayollar

(bogʻichli toʻgʻri koʻylak) K.larida

burma (drapirovka)lar qoʻllanilgan;

keyinroq nozik mato i.ch.ga

erishilgach, plissirovka keng

tarqalgan. Turli rangdagi nozik

matodan tayyorlanib kashtalar bilan

bezatilgan K.ni, odatda, hukmron

tabaqa vakillari kiygan, qullar dagʻal

mato yoki teridan tayyorlangan Kiyim

kiygan. Qad. ossuriyaliklarda uzun



koʻylak va hoshiya bezakli yopinchiq

rasm boʻlgan. Yunonlar xiton (yengeiz

koʻylak), tunika (kalta yengli koʻylak),

gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu

Kiyimlar inson qiyofasiga ulugʻvor

soddalik baxsh etgan, inson

tanasining egiluvchanligini kursatgan

(ular, asosan, oq jun va kanop

matolardan tayyorlangan),

toʻgʻnogʻich, belbogʻ va b. bilan

boyitilgan. Oyoq Kiyim vazifasini

boldirni oʻrab turadigan tasmali

shippaklar bajargan. Qad. Rim Kiyimi

ham yunonlarniki kabi burmali

boʻlgan. Erkaklarning asosiy ustki

Kiyimi togʻa (yarim aylana yoki oval




shaklidagi mato boʻlagi) boʻlgan.

Erkak va ayollarning ichki Kiyimi

vazifasini tunika bajargan, ayollar

uning ustidan stola(xiton

koʻrinishidagi keng uzun Kiyim) va

palla (gimatiyga oʻxshash) kiyishgan.

Vizantiyada diniy tarkidunyochilik

taʼsirida Kiyim qatʼiy, qomatni yashirib

turadigan shaklga ega boʻlib, mato

(parcha, shoyi) qalin, ogʻir, yirik gulli

boʻlgan.

14—15-asrlarda Gʻarbiy Yevropada

chizmachilik ilmining taraqqiyoti

hozirga qadar mavjud boʻlgan

andazalarning barcha turlarini



yaratilishini taʼminladi, matolarning

nafisligi, iplarining joylashishi

bichishni mukam-mallashtirdi. Bu

yutuqlar Kiyimni aniq loyihalash va

qomatga mos nafis Kiyimning paydo

boʻlishida muhim ahamiyatga ega

boʻldi.

Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning

kengayishi natijasida Kiyim bichimlari

bir mamlakatdan ikkinchisiga

tarqalgan. Mac, 11 — 14-asrlarda

Gʻarbiy Yevropaga fransuz, 14— 16-

asrlarda Flandriya va Burgundiya, 16-

asr 2-yarmidan ispan, 17-asr 2-

yarmidan yana fransuz modalari



tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda

tayyorlangan zarboft, kimxob toʻnlar,

zardoʻzi telpak va b. buyumlarni juda

qadrlashgan (mas, Monomax telpagi).

14-asrda Kiyim taraqqiyotiga maʼlum

darajada meʼmorlik va tasviriy

sanʼatdagi uslublar taʼsir etgan. Mac,

10— 12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada

Kiyim bichimida roman uslubi aks

etgan, yaʼni uzun koʻylak va yelkaga

tashlab yuriladigan yopinchiq urf

boʻlgan; 12—15-asrlarda gotika

uslubida tikilgan kalta va tor Kiyim

kiyishgan. Uygʻonish davri (15—16-

asrlar) da kalta, lekin keng bichimdagi

Kiyim rasm boʻlgan, 16— 18-asrlarda




barokko, 18-asrda rokoko uslubidagi,

yaʼni murakkab bichimli Kiyimlar kiyila

boshlangan. Kiyim toʻr, burma,

bantiklar bilan bezatilgan. 18-asr

fransuz inqilobi davrida yuzaga kelgan

erkaklar libosi Yevropa erkaklar

Kiyimini shakllanishida muhim rol

oʻynadi. 19-asrda yagona Yevropa

Kiyimi shakllanishi yakunlandi, 19-asr

2-yarmidan Kiyimlarni ommaviy i.ch.

natijasida quyi qatlamlar orasida ham

yangi modali Kiyimlar keng tarqaldi.

Angliya erkak Kiyimi yaratishda

yetakchi boʻlib qoldi.

20-asrda texnika taraqqiyoti va oʻnga



bogʻliq holda oʻzgargan hayot tarzi,

tikuvchilik sanoatining oʻsishi Kiyim

tarixida yangi davrni ochib berdi,

avtomobil va mototsiklda yurishning

keng tarqalishi tufayli erkaklar

Kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta

shim, kurtka, rangli koʻylak, bosh

Kiyim — keplar paydo boʻldi. 20-

yillardan erkaklar yagona bichimdagi

Kiyim kiya boshladi. 50-yil lardan erkin

harakatga qulay boʻlgan Kiyim yuzaga

keldi, ancha yengil va shaklan nafis

Kiyim yaratildi, yenglari yaxlit bichimli

koʻylaklar, pochasi tor shimlar paydo

boʻldi, sport Kiyimlari keng tarqaldi.



Ayollar Kiyimida 20-asr 10-yillar Kiyim

shaklidagi bejamdorlik, chiziklar va

bezakdagi asimmetriya yoʻqoldi,

koʻylaklarda elastik matolarning erkin

bur-malari bilan hosil qilinadigan

chiziqlarning oquvchanligi paydo

boʻldi.

Urush yillarida kundalik Kiyim — yubka

va bluza boʻlib, koʻylaklar kaltalashdi.

Bu Kiyimda paypoq muhim oʻrin tutdi.

30— 40-yillarda nozik shaklda (egri ip

yoʻnalishida bichilgan mato qomatga

mos yotadi) qarbiy Kiyim xususiyatlari

(yelkaning keng va balandligi

boʻrttirilgan va b.) koʻzga tashlanadi,



poyabzal qalin taglikka (platformaga)

ega boʻldi; 50-yillarda ayollar Kiyimida

uslubiy oʻzgarishlar roʻy berdi: qatʼiy

shakldan mayin oquvchan chiziqlarga

ega boʻlgan yangi bichim yaratildi;

yengi bilan yaxlit bichimli qomatga

mos Kiyimturi (beli va yubkasi tor

koʻylak) va uchli, nafis va ingichka

poshnali poyabzal yuzaga keldi. 60-

yillar boshida yubkalar oʻrnini egʻallay

boshlagan shimlar keng tarqaldi.

60-yillarda oyoq Kiyimda oʻzgarishlar

roʻy berdi: sport uslubidagi keng va

oʻrtacha baland poshnali poyabzal

paydo boʻldi. Qishki poyabzallardan



etiklar keng tarqaldi. 60-yillardan

erkak va ayollar Kiyimidan yoshlar

libosi ajralib turadi: oʻsmir yigit va

qizlar Kiyim bi-chimining oʻxshashligi

deyarli bir xil boʻlgan buyumlar

yaratishga olib keldi.

70-yillardan Kiyim turi va uning

shakllari juda rang-baranglikka ega.

Modelyerlar ana shu xilma-xillikda

ayrim qismlarni uygʻunlashtiruvchi

oʻziga xoslikni koʻradilar.

Kiyim modelini yaratishda zamonaviy

Kiyimlarni loyihalash markazi

shakllangan Fransiya yetakchi oʻrin

egʻallaydi (G. Shanel, K. Dior, P.



Karden va b.). 20-asr 2-yarmidan

Angliya (M. Kuant), Italiya (opa-singil

Fontanalar, Valentino), shuningdek,

AQSH, Yaponiya va b. firmalar ular

bilan erkin raqobatlashadi. ‘MDH

hududida matodan tikilgan Kiyim

neolit davridan maʼlum. Mil. av. 1-

ming yillikda skif-sarmat

qabilalarining erkaklari koʻylak va

kaftan, uchli qalpoq, etik, ayollar keng

koʻylak, ustki (yopinchiq) Kiyim

kiyishgan. Rus, ukrain va beloruslar

toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, kamzul,

poʻstin, moʻynali qal-poq, etik, piyma,

boshmoq, lapta (chipta kavush)

kiyishgan. Kavkazliklar (arman, gruzin,




ozarbayjon) uzun koʻylak, cherkaska

(kamzul), burka, papaxa, ayollar

beligacha tor, etagi keng koʻylak,

ixcham qalpoqcha kiyib, yupqa roʻmol

oʻrab yurishgan. Oʻrta Osiyo xalqlari

toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, yaktak,

chopon, doʻppi, salla, roʻmol, moʻynali

qalpoq, mahsi, kavush, etik vab. Kiyim

kiyishgan.

Oʻzbek milliy Kiyimi. Oʻzbekiston

hududida mahalliy Kiyim qadimdan

iqlim, turmush sharoitlari va urugʻ-

qabila anʼanalari asosida shakllangan.

Respublika hududidan topilgan

arxeologik yodgorliklar, devoriy



rasmlar, yozma manbalar, qoʻlyozma

kitoblarga ishlangan moʻʼjaz tasvir

(miniatyura)larda oʻzbek milliy

Kiyimining boy tarixi namoyon boʻladi.

Sharq Uygʻonish davrida barcha

sohalarda boʻlgani kabi liboslarga tus

berishda ham gʻoyat ilgarilab ketilgan.

Kishi qomatining goʻzalligini aniq

koʻrsatadigan beli qisma liboslar

tarqalgan. Biroq Kiyimning kishi

qomatiga qarab bichish usuli bu yerda

uncha rivojlanmagan. Kiyim shakli

estetik ideal, ijtimoiy-iqtisodiy hayot,

xususan, din, axloq bilan

chambarchas bogʻliqdir.



19-asr Kiyimlari (toʻn, koʻylak, yaktak,

chopon va b.) keng , uzun, yaxlit

bichimi, odam qomatini berkitib erkin

toʻkilib turishi kabi qad. xususiyatlarni

saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol

va bolalar Kiyimlari bir xilligi, shakli va

bichimi yaqinligi bilan ajralib turadi: oq

yoki malla boʻzdan koʻylak, qalami

yaktak yoki toʻn, olachi chopon, doʻppi

oʻzbek erkaklari uchun, ayollar uchun

keng koʻylak, uzun lozim, nimcha,

kaltacha asosiy milliy Kiyim

hisoblangan. Turmushga chiqmagan

oʻzbek qizlari bilan ayollari Kiyimlari

bichimida ayrim tafovutlar boʻlgan.

Mas., qizlar koʻylagi yoqasi koʻndalang




ochilib, chetlariga boshqa rangli

matodan oʻqa yoki jiyak hoshiya

tikilgan; ayollar koʻylagi yoqasi

taxminan 25 sm uzunlikda boʻylama

ochilgan. Oʻrta Osiyo Rossiyaga

qoʻshib olingach, tik yoqa (noʻgʻoy

yoqa)li koʻylaklar paydo boʻldi

(Zarafshon vodiysida qozoqi koʻylak

deb yuritilgan). Yosh juvonlar birinchi

farzandlarini tuqqunlariga qadar

parpara yoqali (yoki jimjima tik yoqali)

koʻylak kiygan. 19-asr oxirlarida

koʻkrak burma ayollar koʻylaklari

paydo boʻldi, bunday bichimli

koʻylaklar hozir ham milliy Kiyim

sifatida asosiy oʻrin tutadi.




Erkaklar toʻgʻri bichimli koʻylak, yaktak,

toʻn, chakmon kiygan. Toʻnlar

avraastarli yoki paxta solib qavilgan,

oldi ochiq, uzun boʻlgan. Astarli toʻnlar

baʼzi xrllarda kalta va keng yenglik

qilib ham tikilgan. Toʻnlar avrasi

beqasam, kimxob, baxmal, shoyi, qora

satin, chit va b. matolardan, astari chit

yoki satindan tikilgan. Turli

viloyatlarda turlicha toʻnlar kiyilgan.

Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va b.

joylarda toʻnlar qimmatbaho

matolardan tikilib, yokasi, etagi, yeng

uchlariga turli xil rangdagi zar iplarda

kashta tikib, atroflariga toshlar qadab

bezatilgan. Bunday toʻnlarni xon va




amirlar boy va amaldorlarga yaxshi

xizmatlari eva-ziga inʼom etishgan.

Umuman hurmatli kishilar — ustozlar,

qudalar, kuyovlar va sh.k.ga toʻn

kiygazish udumi hozirgi koʻngacha

saqlangan.

Aslzodalarning bayram Kiyimlarida

belbogʻ — kamarlari toʻqali,

baxmaldan tayyorlangan yoki zardoʻzi

kashtalar bilan tikib bezatilgan.

Kundalik Kiyimlar ustidan uzun

qoʻshoq va chorsi qiyiklar bilan

bogʻlangan. Erkaklar ishtoni keng ,

uzun boʻlib, pochasi tomon torayib

borgan. Bosh Kiyimlardan doʻppi,



kuloh kiyilgan, ustidan salla oʻralgan,

(aslzodalarning bosh Kiyimlari zar va

kumush iplar bilan bezatilgan). Qish

faslida moʻynali telpaklar kiyishgan.

Oʻzbek xalqi orasida eng koʻp

tarqalgan yengil bosh Kiyim doʻppidir.

Asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin

kabi matogʻa ip, ipak, zar bilan kashta

tikib tayyorlangan.

Oyoq Kiyimlaridan uzun qoʻnjli,

poshnasiz, tag charmi yumshoq

boʻlgan kavush bilan kiyiladigan

mahsi, zodagonlar orasida uch qismi

qayrilgan baland poshnali etik kiyish

urf boʻlgan.



Ayollar Kiyimlari koʻylak, lozim,

kamzul, nimcha va sh. k. toʻgʻri

bichimli boʻlgan. Ayollar lozimi keng ,

uzun, past (pocha)ga tomon torayib

boruvchi shaklda boʻlib, ochiq rangli

matolardan tikilgan. Lozimning

pochasi jiyaklar bilan bezatilgan.

Kelinchaklar oʻzgacha jiyak taqishgan.

Bosh Kiyim sifatida asosan roʻmol

oʻralgan. Yoshi va mavkeiga, oilaviy

ahvoliga qarab turli xil roʻmol — doka

roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol va b.

xil roʻmollar oʻralgan, oʻralish usuli

ham turlicha boʻlgan. Qizlar uchun

qulay bosh Kiyim doʻppi hisoblangan.



Doʻppilardan iroqi chorgul,

yoʻrmadoʻzi, munchoq gulli, zardoʻzi,

iroqi doʻppilar mashhur. Bosh

Kiyimlari ustidan chiroyli naqshlar

bilan bezatilgan tillaqosh, boʻyinga

ularga mos boʻyintumor, zebigardon,

qoʻlga bilaguzuk, uzuk va b.

taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi

matodan tikiladigan, ayol qomatiga

yopishib, koʻylak etagidan bir oz

yuqoriroq turadigan avra-astarli

paxtalik chopon ham kiyishgan.

Choponning yoqa oʻymasi chuqurroq,

bagʻri tugmachasiz boʻlgan. Ayollar

shariatga koʻra, begona kishilardan oʻz

yuzlarini yashirishgan. Shuning uchun




ular chodra, keyinchalik paranji

yopinishgan.

Bolalar Kiyimi, asosan, kattalar Kiyimi

shaklini takrorlaydi. Chaqaloqning

birinchi Kiyimi "chilla koʻylak" boʻlgan.

2—3 yoshidan boshlab koʻylak-ishton,

choponcha kiydirilgan. Bola 6—7

yoshga kirgandan soʻng uning Kiyimi

kattalar Kiyim i bichimida tikilgan.

Ayrim urugʻ, tuman, viloyatlarning

Kiyimlari (doʻppi, roʻmol, chopon va

b.)da va uning bezaklarida ham farq

boʻladi. Viloyatlardagi aholining

kundalik Kiyimlarigina emas, bayram

Kiyimlari ham farqlangan. Zarafshon



vodiysi ayollarining yalang qavat

delegay, rumchasi, toshkentliklarning

mursagi, Shahrisabzning kaltachasi

bayram va tantanalarda kiyiladigan

kishilik liboslari hisoblangan.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qariyb

barcha viloyatlarda kamzul, nimcha

urf boʻldi, biroq turli viloyatlardagi

xotin-qizlar ularni oʻziga xos bezaklar

bilan boyitishgan. Hoz.

takomillashgan Kiyimlarda ham mana

shu oʻziga xoslikni farqlash mumkin.

19-asrning 80-yillarigacha Kiyimlar

toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim

shakllari milliy yoʻl-yoʻl, sidirgʻa va gulli



matolar bilan moslashgan, oldi, etagi,

yeng uchi, yoqasi gulli jiyaklar bilan

hoshiyalangan.

80—90-yillarda boy xonadonlarning

Kiyimlarida qomatga moslab bichish

kabi nafis oʻzgarish kuzatiladi. Shu

davrda urf boʻlgan burama (koketkali

—koʻkrak burma) koʻylaklar hozirgi

kunda ham barcha oʻzbek ayollar

koʻylagining asosini tashkil qiladi.

Shuningdek, rus va tatarlar Kiyimi

taʼsirida bichimning qomatga mos

shakli yuzaga keldi, bichim

murakkablashdi, biroq keng omma

orasidagi Kiyim shakli kam



oʻzgarishlarga uchradi, avvalgidek

erkin toʻgʻri bichimli shakl saqlanib

qoldi. Oʻzbek milliy Kiyimlari bichimi,

asosan, 3 turga boʻlingan: Buxoro —

Samarqand; Fargʻona — Toshkent;

Xorazm turlari. Bu turlar bichimining

keng-torligi, yengining uzun-qisqaligi

va b. bilan birbiridan farq qiladi.

20-asrning 20—30-yillarida Kiyim

bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan

2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi.

Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida

yevropacha bichimda tikilgan Kiyim-

bosh rasm boʻla boshladi. Milliy

Kiyimga yevropa Kiyim



xususiyatlarining kiritilishi milliy

koʻylakni shim b-n, ayollar koʻylaklarini

nimcha bilan kiyilishiga olib keldi.

Kiyimdagi avvalgi uygʻunlik yoʻqoldi.

Bu tarixan hayot sharoitininng

oʻzgarishi va ommaviy sanoat

i.ch.ning hunarmandlikdan ustunligi

tufayli kelib chikdi. Shu bilan birga

qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot

sharoitlari belgilagan milliy Kiyim

shakllari ham oʻsib bordi. Milliy

bichimdagi Kiyimlar qomatning

nisbatlariga yaqinlashdi, ayol

koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi,

ilgariroq yuzaga kelgan koʻkrak burma

(koketkali) va qaytarma yoqali




koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi,

yengi kaltalashdi. Roʻmol bilan bir

qatorda bosh Kiyim sifatida chiroyli

doʻppilar keng tarqaldi.

Erkaklarning ish Kiyimida ham

oʻzgarishlar boʻldi. Umuman olganda,

ommaviy milliy Kiyim tarkibiga kura

soddaroq va chiroyli boʻlib bordi.

40—50-yillar boshida Kiyim sanʼatida

avvalgidek 2 yoʻnalish kuzatiladi.

Kiyimning umum yevropa shakli

qomatning qatʼiyligi va nisbatlar

munosabatining umumiyligi bilan

belgilandi: erkaklar Kiyimini toʻgʻri

yelkali qomatga moslangan pidjak,



keng shimlar, ayollar koʻylagini toʻgʻri

yelkali erkin kesma lif, etakka tomon

kengaygan yubka tashkil etdi.

50-yillarning oʻrtasida Kiyimni

modellashda yangi xususiyatlar

yuzaga keldi. Kiyim qomatga

toʻligʻicha moslandi, qomatga mayin

yopishib, oquvchan qomat chizigʻini

hosil qildi. Biroqumumiy yoʻnalish

bilan birga milliy Kiyim ham urfdan

qolmadi. Uning oʻziga xosligi shaklida

va milliy mato koloritida namoyon

boʻldi. Bu jihatdan ayollarning keng

yozgi koʻylagi va erkaklarning ishchi

Kiyimi diqqatga sazovor. Keksa



odamlar orasida toʻnning saklanib

qolishi anʼanaviy tus oldi. Modellar

uyining ishga tushishi (1949) bilan

andazalash sanʼati yuzaga keldi.

Milliylikni saqlagan holda Kiyimning

umumiy shakli yil sayin keng tarqala

bordi.

Oʻzbek Kiyimi rang-baranglikka ega.



Unda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida

yaratilgan milliy Kiyim turlarini,

shuningdek, eng soʻnggi andazadagi

Kiyimlarni babbaravar koʻrish mumkin.

60-yil lardan an-dazalarni rejalash

boshlandi. Rassomlar bilan

hamkorlikda Kiyimni modellash va



loyihalash, andazalash sanʼati

taraqqiyoti yangi yoʻldan bormokda.

Moda yoʻnalishi modelyer

rassomlarning eng yaxshi yutuqlariga,

asosan, yilning maʼlum mavsumini

hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Turli kasbdagi kishilar uchun qulay

ishchi Kiyim i yaratishga katta

ahamiyat beriladi. Oʻzbek modelyer

rassomlari yangi sharoitga toʻgʻri

keladigan ifodali Kiyim shakllari ustida

izlanmokda.

Shuningdek, xalq orasida muqim

saqlangan anʼanaviy milliy Kiyim

shakli ustida ham ishlanmokda. 20-



asr Boshida yuzaga kelgan yangi

shaklli ayollar koʻylagi ayrim

qismlaridagina oʻzgardi. Anʼanaviy

milliy Kiyimning saqlanib qolishida

tabiiy iqlim sharoitiga mosligi, har bir

ayol uchun ijro usulining qulayligi,

bichimining soddaligi, tikilishining

osonligi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek

modelyer rassomlari ishlarida

andazalashda milliylik va baynalmilal

xususiyatlar oʻz uygʻunligini

topmoqda.

Sodiqova N. S, Oʻzbek kiyimi, T.,

Adabiyot



2002; Zanyatiya i bit narodov

Sredney Azii, L., 1971; Abdullayev T.

A., Xasanova S. A., Odejda oʻzbekov

(XIX — nachalo XX v.), T., 1978;

Kostyum narodov Sredney Azii, M.,

1979; Suhareva O. A., Istoriya

sredneaziatskogo kostyuma.

Samarqand (2-pol. 19 - nach. 20-v.),

M., 1982; Raximova 3. I.,

Sredneaziatskiy jenskiy kostyum na

miniatyurax Maverannaxra XVI—

XVII v. (Kultura Srednego Vostoka),

T., 1990; Underova L. V.,

Oʻzbekskaya narodnaya odejda

konsa XIX-XX v., T., 1994.



Sayyora Mahkamova.

[1]


Xavfsizlik kiyimlari ham mavjud, ularni

oʻt oʻchiruvchilar, harbiylar, ishchilar,

shifokorlar va boshqa kasb egalari

kiyishadi.

Bosh kiyimi

Sport kiyimi

Harbiy kiyim

Maktab formasi

Kiyim turlari




Download 383.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling