Kiyinish etiketi. Shaxsiy did va gigiena
Download 17.15 Kb.
|
Кийиниш этикет
Kiyinish etiketi.Shaxsiy did va gigiena. Reja: 1.Kiyinish madaniyati. 2.Did va ichki madaniyat. 3.Moda va ommaviy madaniyat. Kalit so‘zlar: To‘g‘ri kiyim tanlash,turli tadbirlarga xos kiyimlar.Kiyiniskiyimlar.Kiyinish madaniyati.Madaniyatli inson gigiyenasi.Estetik did.Kosmetikadan o'rinli foydalanish tartibi. Kiyinish madaniyati- insonning tashqi ko‘rinishi,ma'naviy dunyosi, estetikasi,ahloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi.Kiyinish madaniyatiga bo'lgan qarash insonning go'zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki , bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo'lgan e'tibor va talab ham o'zgarib bormoqda. Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib,kishining mashg'uloti, voqea,muhit va shu kabilar bilan muvofiq,hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin. Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh kishilar orasida ularning tabiga,didiga mos kiyinish odatining ma'lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi.Moda liboslarning o‘zgarishigina bo'lib qolmay,o'ziga xos estetik uslubni qidirib topish yurish-turish tarzi did va ichki madaniyatning namoyon bo‘lishi hamdir. rasm Moda uzoq tarixga ega.Ko‘pgina mutaxassislar moda XlV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar.Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim :do‘ppi, ro'mol;oyoq kiyimi:mahsi,kavush;ichkiyim, kuylak,ust kiyim, kamzul, nimcha,chopon bo'lgan.Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda-ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli"o‘zbekcha" ko'ylak hisoblanadi.Buning afzalligi shundaki,issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi.Shuning uchun ham ko‘krak burma kuylak hech qachon modadan qolmaydi. rasm Faqat ayrim detallari o‘zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.Chiroyli atlas tovor kabi matolar qadimdan o'zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir.Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham bu matolardan o‘z davriga moslab,yarashtirib xoh o‘zbekcha xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir.Qaddi qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri mos kelishi mumkin. To‘ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo'lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi.Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari kerak.Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko'ylak kiyganlari ma'qul.Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan ko‘ylaklar yarashmaydi.Erkak kishilar kastyumiga qora klassik formadagi teridan tayyorlangan tasma yoki metalli braslet ko‘proq yarashadi. Rasm Bazalarga borayotganda galstukka marvaridli to‘g‘nog‘ich,soatga tilla braslet taqilishi mumkin.Erkaklar ayollardan farqli o'laroq qo‘lqoplardan ko'chada foydalanishadi. Kiyinish qoidalari: 1.Kastyum tagidan hamisha yengi uzun ko‘ylak kiying. 2.Ko‘ylaginingiz sizga qanday ko‘rinish berayotganligiga e'tibor bering. 3.Galstugingizning uchi shimingizning kamarigacha yetib borganligiga ahamiyat bering. 4.Paypog‘ingizni uzunroq qilib kiying. Rasm 5.Agar siz amerikacha uslubdagi kastyum kiygan bo‘lsangiz,barcha tugmalaringizni qadab oling.Mabodo yevropacha uslubdagi kastyumda bo‘lsangiz uning ikkita yoki uchta tugmasini qadab oling. 6.Tovoni yeyilib ketgan tuflidan voz keching. 7.Sof charmdan yoki metalldan ishlangan soat taqing. Shim va pidjakning ranglari bir-biriga qanchalik mosligiga e'tibor bering:to‘q kulrang shim,to‘q ko‘k rangli pidjak va kulrang ko‘k galstuk. Qora tufli,oq rasmsiz ko‘ylak,qora paypoq kiyiladi. Download 17.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling