Klassik cholg‘u musiqasining


Download 79.14 Kb.
bet1/4
Sana10.09.2022
Hajmi79.14 Kb.
#803929
  1   2   3   4
Bog'liq
Yozef Gaydn ASARLARI
Dolzarb mavzuga tezis, shveysar faoliyatini tashkil etish ishchi dastur, Mavzu-5, Fillips egri chizig’i, 3412118569-1, aziza kurs ishi, Sonli usullar va algoritmlar, 2.7. Bir jinsli chiziqli tеnglаmаlаr sistеmаsi, Madinabonu kurs ishi, TKLT 3 amaliy, Qo‘shma gaplar bo‘yicha savоllar, Оралиқ назорат ТЕСТ, Zoya, ееее, umum hisobot

Yozef Gaydn haqli ravishda klassik cholg‘u musiqasining asoschisi hisoblanadi, u zamonaviy simfonik orkestrning qaror topishiga yо‘l ochgan ijodkordir. Gaydn ijodida simfoniya, torli kvartet, fortepiano sonatasi janrlari mukammal shakllandi. Kompozitor opera, diniy musiqa, kantata va oratoriyalar ham yaratgan, ammo aynan cholg‘u musiqasi uning nomini asrlarga muhrladi.
Yozefning ovozi о‘zgarishi bilan uni xordan haydaydilar, shu tarzda Gaydnning musiqiy ta’limi tugaydi. U ozgina bо‘lsa-da pul topish uchun istalgan ishni bajaradi: musiqadan dars beradi, notalarni kо‘chiradi, mehmonxonalarda, hatto chorrahalarda skripka chaladi. Kechqurunlari tom ostidagi hujrada о‘tirib, buyuk kompozitorlar asarlarini о‘rganadi, ba’zan buyurtmalar ham olish imkoni paydo bо‘lar edi. Shu davrda Gaydn о‘zining birinchi simfoniyalarini, kvartetlari, “Yangi chо‘loq iblis” nomli musiqiy komediyasini yaratadi.
Xizmat davrida Gaydn kvartet va simfoniyalarining asosiy qismini yaratdi, u ijodiy faoliyati davomida 104 ta simfoniya yozdi.
Nashrga berilgan barcha asarlariga esa Gaydn shunday qо‘l qо‘yishi kerak edi: “Knyaz Estergazilarning kapelmeysteri Y.Gaydnning asari”
Olamning yaratilishi” va “Yil fasllari” nomli ikkita ulug‘vor oratoriyalarni yaratadi. Bu ikki oratoriya kompozitor ijodining yakuni bо‘ldi.
Klassik simfoniya 4 qismdan iborat bо‘lib, ijro davomida qismlar orasida kichik tо‘xtalishlar qilinadi. Birinchi qism musiqasi simfoniyaning xarakterini belgilaydi. U quvnoq, hazilkash, dramatik yoki qahramonona bо‘lishi mumkin, ammo doimo harakatchan bо‘ladi. Simfoniyaning birinchi qismi sonata shaklida yoziladi. Unda uchta asosiy bо‘lak mavjud bо‘lib, birinchi bо‘lak ekspozitsiya deyiladi. Ekspozitsiya bosh va yordamchi deb nomlangan ikki о‘zaro kontrast mavzularni kо‘rsatishga asoslanadi. Sonata shaklining ikkinchi bо‘lagi rivojlov bо‘lib, unda asosiy mavzular yanada rivojlantiriladi, о‘zgartiriladi, tonallik beqaror bо‘ladi, alohida jumla yoki iboraga bо‘linadi, о‘zaro jadal munosabatga kiradi. Rivojlovga yangi musiqay lavha – epizod ham kiritilishi mumkin. Sonata shaklining uchinchi qismi repriza deyiladi. Repriza bо‘limi rivojlanishga yakun yasaydi, unda ekspozitsiyadagi barcha mavzular asosiy tonallikda qaytariladi. Simfoniyaning ikkinchi qismi odatda vazmin, og‘ir tempda bо‘lib, о‘zida lirik va о‘ychan fikrlarni aks ettiradi. Simfonik turkumning uchinchi qismi tinglovchilar diqqatini tashqi dunyo, maishiy turmush, raqs obrazlariga kо‘chiradi. Gaydn va Motsart simfoniyalarida uchinchi qismga kо‘pincha menuet, Betxoven asarlarida esa skerso kiritilgan. Tez tempdagi, harakatchan bunday asar hazil, grotesk, dramatik yoki ertak-fantastik xarakterga ega bо‘ladi. Tо‘rtinchi qism – final butun asarga xotima yasaydi. Final uchun quvnoq harakatli kayfiyat xos bо‘lib, u rondo, sonata yoki variatsiya shaklida yozilishi mumkin. Ba’zan kompozitorlar simfoniyaga xor yoki alohida vokal ovozlar ham kiritadilar. Simfoniyani roman, tragediya, drama, lirik poema yoki qahramonlik epopeyasiga tenglashtirish mumkin. Drama yoki roman adabiyotda qanday о‘rin tutsa, simfoniya ham musiqada shunday о‘rin tutadi.
Cholg‘u musiqasining eng yuqori kо‘rinishi sifatida simfoniya insonning turfa his-tuyg‘ulari va eng yuqori maqsadlarni о‘zida aks ettirishi mumkin. Ijodiy merosi: 30 ta opera 2 ta oratoriya 14 ta messa, kantata va motetlar 104 ta simfoniya Fortepiano uchun 52 ta sonata 59 ta divertisment Turli cholg‘ular va orkestr uchun 50 ta konsert 83 ta kvartet 199 ta trio 445 ta xalq qо‘shiqlarini qayta ishlash

Download 79.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling