Ko'chirib yozuv uchun so'z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
Ko'chirib yozuv mashqlari grammatik. leksik yoki so'z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo'ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o'stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.
Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir. O'quvchilarning og'zaki yozma nutqini o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o'z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.
Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |