Ko‘chirma 15-mart, 2022 yil Qatnashdilar


Download 10.6 Kb.
Sana03.08.2022
Hajmi10.6 Kb.
#790336
Bog'liq
Ochiq DARS bayonnomasi
adabiyot 10, 4-sinf.NI-, 4-sinf.NI-, 10.17240-aibuefd.2017.17.28551-304617-291973, Ramka tayyor 2, TO’PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Diqqat, Tekislikda to’g’ri chiziq tenglamasi., Tekislikda ikkinchi tartibli chiziqlar gepirbola va porabola, Tekislikda Ikkinchi tartibli chiziqlar., Kartografik gernerralizatsiya, Relyativistlik hám relyativistlik emes kvant mexanika tusinigi, princip hám metodologiyaliq tiykarlari, MINERALLARNING XOSIL BULISHI SHAROITLARI, аренда тех, устама журнал

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti I Ingliz tili fakulteti xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo’nalishi talabasi ochiq darsi - Bayonnomasidan


KO‘CHIRMA

15-mart, 2022 yil



Qatnashdilar: fan o’qituvchisi, amaliyot guruhiga biriktirilgan o’qituvchi


KUN TARTIBI:
Ingliz tili fan o’qituvchisi, amaliyot guruhiga biriktirilgan o’qituvchi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlili


ESHITILDI: Talaba Boltayeva Gulrux Erkin qizining Ingliz tili fanidan 11.03.2022 da 10-“A” sinfi ishtirokida o‘tkazgan ochiq darsi muhokamasi.
SO‘ZGA CHIQDI: Samiyeva S.N.
Boltayeva Gulrux Erkin qizi 2019- yil 4-sentabrdan buyon O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti I Ingliz tili fakulteti xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo’nalishida tahsil olib keladi. 10-"A" sinfida o‘tgan darsida esa talabalar oldida erkin, talabalarga dars vazifalarini to‘g‘ri taqsimlay oladigan,darsga ijodiy yondasha oladigan, va tushuntirish uslubi ravon ekanini kuzatdim.
Dars fan o’qituvchisi va men tomonimdan kuzatildi. Dars mobaynida guruh talabalarining aksariyati faol ishtirok etdilar. Guruh ingliz tili bilish jithatidan kuchli emas. Fikrimcha, G. Boltayevaning darsi talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va ular o‘zlariga kerakli ma’ulotlarni o‘rgandilar.
U o‘z darsida zamonaviy pedtexnologiyalardan: aqliy hujum (brainstorming), klaster (cluster), solishtirish (comparative principle), ha/yo'q so'rovlari (Yes/No questions), turli xil o’yinlar (GBA), qo’shimcha topshiriqlar (TBA) kabilaridan foydalandi.
G. Boltayevaning katta qiziqish bilan kuzatildi va darsdan so‘ng muhokama qilindi. Dars yakunida talabalarning darsga nisbatan munosabati tinglandi.
Darsdagi kuzatilgan kamchiliklar: 1. O'qituvchi mashg'ulot mobaynida texnik muammolarni hal qilish uchun bir oz ko'proq vaqt sarfladi. 2. Guruhdagi 3 nafar talaba darsda faol qatnashmadi.

SO‘ZGA CHIQDI: Xusheva S. darsining ijobiy tomonlari haqida gapirib, quyidagi jihatlarini ta’kidlab o‘tdi:
1. S. Samiyeva darsda talabalarning bandligini ta'minlash hamda mavzuni o'zlashtirishini mustahkamlash maqsadida qo'shimcha mashqlardan samarali foydalandi. 2. Darsning barcha bosqichlari amaldagi vaqt me'yorlariga rioya qilib olib borildi. 3. Talabalar mashg'ulot davomida o'tilgan mavzu bo'yicha bergan barcha mashqlarni bajardilar. 4. Dars ingliz tilida olib borildi va guruhdagi talabalarning barchasiga darsda faol qatnashish imkoni berildi.


Kamchilik sifatida quyidagilar ta’kidlandi:
Vazifalarni o’quvchilar juft-juft bo’lib bajarish jarayonida o‘zaro gaplashganda ham ingliz tilida gaplashishlari nazorat qilinmadi. Beshta juft o’quvchi bunga rioya qildi, lekin ikki juft o’quvchilar o‘zaro o`zbek tilida gaplashdi.
QAROR QILINDI:

  1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti I Ingliz tili fakulteti xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo’nalishi talabasi G. Boltayevaning 9.03.2022 da 7-“D” sinfi ishtirokida o‘tkazgan ochiq darsi ijobiy deb topilsin.

Download 10.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling