Ko'chirma gapli qo'shma gaplar


Download 18.64 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi18.64 Kb.
#285068
Bog'liq
KO
geografiya-ish-reja (1), geografiya-ish-reja (1), markazdan qochma nasoslar nazariyasi, markazdan qochma nasoslar nazariyasi, markazdan qochma nasoslar nazariyasi, markazdan qochma nasoslar nazariyasi, TEST, Majmua 1111, Majmua 1111, 1, РОМАН АННА КАРИМОВА, СТЕПНОЙ БАРИН, 1599729486713 Larsen Freeman 2000 Chapter 2, ДАРС ЖАДВАЛИ 1 kurs

KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLAR

Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. Juda oddiy mavzu.

Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa.

Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir.

Ergashgan qo'shma gaplarning bosh gap qismi va ergash gap qismi turlicha joylashgani kabi Ko'chirma gapli qo'shma gapning KO'CHIRMA GAP qismi va MUALLIF GAPI qismi turlicha joylashadi.

ya'ni quyidagicha to'rt xil holatda joylashadi: 1.holat. M gap va K gap 2.holat. K gap va M gap 3.holat. M gap K gap M gap 4.holat. K gap M gap K gap

Bu to'rt xil ko'rinishning ichida tinish belgilarining qo'llanilishi ham turlicha va buni alohida - alohida o'rganamiz.

BIRINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak, yoki buyruq gap bo'lsa, yopilgan qo'shtirnoqdan keyin NUQTA qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida UNDOV va SO'ROQ belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: M: "K". M: "K?" M:"K!" Oxirgi ikki qolipdan keyin nuqta qo'yish xato. Endi qoliplarga mos misollarni keltiraman. Yozuvchi dedi: "Xalq yaxshilarni qo'llab-quvvatlaydi". O'rtog'im dedi: "Kim shaharga ketmoqchi?" Yig'layotgan bolakay dedi: "Unutmayman sizni hech qachon!"

IKKINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin VERGUL qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida SO'ROQ yoki UNDOV tinish belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: 1."K",--- M. 2."K?" --- M. 3."K!" --- M. ikkinchi va uchinchi qoliplarda qo'shtirnoq va tire o'rtasida VERGUL qo'llash xato. Qoliplarga mos misollar keltiraman. 1."Insonlarga yaxshilik qilishni yoqtiraman", --- dedi Sohiba. 2."Topshiriqlarni qachon bajarasiz?" --- dedi muallim. 3."Haydamang meni uyingizdan!" --- dedi Mustafo.

Hurmatli bo'lajak talabalar! Shu yergacha kunduzi yozib ulgurdim. Hozir yana ikki bosqichini yozib yuborishga harakat qilaman. Ulgurolmasam uzr.

UCHINCHI HOLAT. Ko'chirma gap muallif gaplarining orasida kelganida ko'chirma gapdan oldingi muallif gapidan so'ng IKKI NUQTA qo'yiladi. Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida, bosh harfda yozib boshlanadi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin(ya'ni tiredan oldin) VERGUL qo'yiladi. Agar his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, UNDOV yoki SO'ROQ kabi tinish belgilari qo'shtirnoq ichida qo'yiladi. (bunday holda qo'shtirnoq va tire orasida vergul qo'yilmaydi)
1. M : "K", --- M.

2. M : "K?" --- M.

3. M : "K!" --- M.

Masalan:


Guruhimiz sardori: "Baholanganlar uylariga ketaversin", --- dedi sekin ovozda.

Bosh vrachimiz: "Sizning jiyaningiz qaysi palaga joylashgan?" --- dedi otamga qarab.

[In reply to Mirzabek]

shuni to'g'rilayman, 8-gapning boshidagi so'z "Elga" dEb yozilgan, texnik xato uchun uzr.

Kenja singlim: "Sog'inib ketdim uyimizni !" --- dedi jahl bilan.

Yuqoridagi qoliplarga misollar keltirdim.

TO'RTINCHI HOLAT.

K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi

Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida QO'SHTIRNOQLAR har doim gapning BOSHIDA ochilib, gapning OXIRIDA yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, TIRE tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin VERGUL yoki NUQTA qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)

Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap SO'ROQ gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, BOSH HARF bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)

Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku".

"Sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?"

Tushunyapsizlarmi? Sizlar ham shunaqa misollarning miqdorini ko'paytiringizlar.

Anaaaa, endi mavzuning muhim joyiga yetib keldik. Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'ni TIREdan oldin) haaar doim VERGUL qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap BOSH harfda ham, KICHIK harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin NUQTA yoki VERGULNING qo'llanilishI ikkinchi ko'chirma gapning BOSH harfda yoki KICHIK harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap KICHIK harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap BOSH harfa davom etadi.

Masalan:

"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi Hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".

"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi Hakim bobo. --- Boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".

Birinchisida muallif gapidan keyin VERGUL va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi.

Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin NUQTA va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi.

K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi

Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida QO'SHTIRNOQLAR har doim gapning BOSHIDA ochilib, gapning OXIRIDA yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, TIRE tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin VERGUL yoki NUQTA qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)

Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap SO'ROQ gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, BOSH HARF bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)

Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku".

"Sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?"

Tushunyapsizlarmi? Sizlar ham shunaqa misollarning miqdorini ko'paytiringizlar.

Anaaaa, endi mavzuning muhim joyiga yetib keldik. Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'ni TIREdan oldin) haaar doim VERGUL qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap BOSH harfda ham, KICHIK harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin NUQTA yoki VERGULNING qo'llanilishI ikkinchi ko'chirma gapning BOSH harfda yoki KICHIK harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap KICHIK harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap BOSH harfa davom etadi.

Masalan:

"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi Hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".

"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi Hakim bobo. --- Boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".

Birinchisida muallif gapidan keyin VERGUL va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi.

Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin NUQTA va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi.

Endi shunday bir qolip qoldikI, juda oddiy, mana qarang:

Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap NOTUGAL bo'lsa, muallif gapidan oldin ham, keyin ham VERGUL va TIRE qo'yiladi va ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda yozib boshlanadi. (Atoqli ot bilan boshlansa, bosh harf bilan yozilushi hech kimga muammo bo'lmasa kerak-a?)

Masalan:


"Bugungi topshiriqlarni, --- dedi ustoz jahl bilan, --- hech biringiz to'g'ri bajarmagansiz!"

"Bugungi topshiriqni, --- dedi ustoz jilmayib, --- Anvarjongina to'g'ri bajaribdi".

Manaaa, TO'RTINCHI HOLAT va undagi tinish belgilarining qo'llanilishi haqidagi ma'lumotlarni ham bilib oldik.

To'rtinchi holatdagi misollaringizning oxirida SO'ROQ, UNDOV yoki NUQTA kabilarning qay biri qo'llanilishi o'zingizga bog'liq, ya'ni misolingizning oxiri his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoq ichiga so'roq va undov belgilarini qo'yasiz, aksincha, misolingizning oxiri his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin nuqta qo'yasiz, vassalom.

ESLAB QOLING: Agar ko'chirma gap alohida abzas ko'rinishida yangi qatordan berilgan bo'lsa, qo'shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan TIRE qo'yiladi.

Buni ko'rgan Hakimjon dedi: --- Yurtimizda yoshlar uchun shunaqa imkoniyatlar yaratilgan.

Yangi mavzu: KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLARNING O'ZLASHTIRMA GAPGA AYLANISHI

Ikki kundan beri ko'chirma gap nima ekanligini bilib oldik, shunday bo'lsa-da, qoidasini takrorlayman: Hech bir o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o'zganing gapi KO'CHIRMA GAP deyiladi. Mazmuni saqlanib qolgan, biroq shakli o'zgartirilgan o'zganing gapi esa O'ZLASHTIRMA GAP deyiladi.

Mana bu ikkiala gapni solishtiring:

"Muzaffar har kuni shaharga borib keladi" , --- dedi Mashhura.

Mashhura Muzaffarning har kuni shaharga borib kelishini aytdi.

Bu ikkisini o'qigach ko'chirma gap hamda o'zlashtirma gap haqidagi tushunchangiz aniq bo'ldi, menimvha.

Endi ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda qanday sintaktik o'zgarishlar bo'lishini ko'rib chiqamiz.

1 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganida ko'chirma gap tarkibida mavjud bo'lgan kirish so'zlar va undov so'zlar tushirilib qoldiriladi, ya'ni o'zlashtirma gapda ifodalanmaydi.

Masalan: "Ohoo, Murodjon yana to'lib-toshib kelyapti" , --- dedi mahallamiz raisi. Mahallamiz raisi Murodjonning yana to'lib-toshib kelayotganini aytdi.

Ko'rdingizmi? "Ohoo" undov so'zi tushib qoldi.

Muallim kinoya bilan dedi: "Muhtaram o'quvchilarimiz bugun ham kechikishadi, shekilli". Muallim bugun ham muhtaram o'quvchilarimizning kechikishini kinoya bilan aytdi.

Ko'rdingizmi? "shekilli" so'zi tushib qolgan.

2 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap tarkibida UNDALMA mavjud bo'lsa, o'sha undalma o'zlashtirma gapga jo'nalish yoki chiqish kelishigidagi VOSITALI TOLDIRUVCHI ga aylangan holda o'tadi.

Masalan:


Keksa donishmand dedi: "BOLALAR, Vatanni asrash har bir fuqaroning burchidir!" Keksa donishmand Vatanni asrash har bir fuqaroning burchi ekanligini BOLALARGA aytdi.

"DO'STIM, qachon shaharga qaytasiz?"--- dedi Muzaffar. Muzaffar DO'STIDAN qachon shaharga qsytishini so'radi.

Ko'rdingizmi? Undalmalar to'ldiruvchilarga aylandi.

3 - QOIDA. Bu qoida muallif gapining egasi va kesimi haqida. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda muallif gapining egasi va kesimi O'zlashtirma gapda ham ega va kesim vazifasini bajaraveradi. (faqat muallif gapining kedimi o'zlashtirma gapda "aytdi" , "so'radi" holatida bo'ladi)

Misollari yoqurida: dedi Muzaffar. Muzaffar so'radi. Keksa donishmand dedi. Keksa donishmand aytdi.

tushundingizmi?

To'liq yozishga ehtiyoj yo'q, menimcha.

4 - QOIDA. Bu qoida ko'chirma gapning egasi va kesimiga bag'ishlanadi. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganida ko'chirma gapning egasi va kesimi o'zlashtirma gapga qaratqich va qaralmish munosabatida o'tadi, ya'ni ko'chirma gapning egasi o'zlashtirma gapga qaratqich aniqlovchi bo'lib o'tadi, kesimi esa unga qaralmish holatida o'tadi va bu QARALMISH, albatta, VOSITASIZ TO'LDIRUVCHI vazifasizni bajaradi.

Qisqaroq aytish joiz bo'lsa, ko'chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchi vazifasida, kesimi esa vositasiz to'ldiruvchi vazifasida O'ZLASHTIRMA GAPGA o'tadi.

Masalan:


"Muxtor bu hikoyani opasidan eshitibdi", --- dedi otam.

Ushbu jumladagi MUXTOR so'zi --- ega, ESHITIBDI so'zi --- KESIM. Endigi o'zlashtirma gapga e'tibor bering.

Otam Muxtorning bu hikoyani opasidan eshitganini aytdi.

MUXTORNING --- qaratqich aniqlovchi, ESHITGANINI --- vositasiz to'ldiruvchi.

bu ikki so'z avval ega va kesim munosabatida edi, endi-chi, qaratqich - qaralmish munosabatida. Shunga ham e'tiborli bo'linglar, hurmatli abituriyentlar.

iltimoooos, Jumladan MUXTORNING OPASI dega so'z birikmasini izlaaaab mening ham o'zingizning ham asablaringizni buzmang, xopmi? So'z birikmasi mavzusida kuyyydirib yuborgansizlar o'zi.

Shuni eslab qolingki, ko'chirma gapning kesimi OT KESIM bo'lsa, o'zlashtirma gapga "-lik, ekanlik" holatida o'tadi(oxirida egalik va kelishik qo'shimchadi ham bo'ladi)

Shuni bilingki, ko'chirma gapning kesimi FE'L KESIM bo'lsa, O'zlashtirma gapga HARAKAT NOMI va SIFATDOSH holatida o'tadi(bularning ham oxirida egalik va tushum kelishigi mavjud bo'ladi)

Guruh rahbari dedi: "Shukurov --- insofli fuqaro". Jumlasida ko'chirma gapning kesimi OT KESIM. E'tibor bering: Guruh rahbari Shukurovning insofli fuqaro EKANLIGINI aytdi.

"Sen bu topshiriqlarni ertaga bajarasan", --- dedi Muxlisa. Jumlasining kesimi FE'L KESIM. E'tibor bering. Muxlisa mening bu topshiriqlarni ertaga BAJARISHimni aytdi.

Mana bunda FE'L KESIM harakat nomi bo'lib o'tgan edi.

Yuqoridagi qoidalarning isbotini tushundingizlarmi?

5 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap ifoda maqsadiga ko'ra SO'ROQ GAP yoki BUYRUQ GAP bo'lsa ham, o'zlashtirma gap ifoda maqsadiga ko'ra DARAK GAP bo'laveradi.

"O'g'lim, ukangni nonushtaga chaqir", --- dedi Qodir. Jumladagi ko'chirma gap --- BUYRUQ GAP. E'tibor bering. Qodir o'g'liga ukasini nonushtaga chaqirishini aytdi. Endi DARAK GAP.

"O'g'lingiz qachon keladi?"--- dedi muallim. jumladagi ko'chirma gap --- SO'ROQ GAP. E'tibor bering. Muallim o'g'limning qachon kelishini so'radi? Endi DARAK GAP.

Anaaaa, mavzumiz tugadi. Sizlardan iltimos, shunday KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLAR borki, ularni o'zlashtirma gapga aylntirsanfiz, juddda g'aliz chiqadi. Shunaqa gaplarni CHAT guruhda muhokama qilb o@tirmanglar, iltimos. Siz o'zlashtirma gapga aylantirolmadingizmi, demak, boshqalar ham o'zlashtirma gapga aylantira olmaydi.

ASOSIY TOPSHIRIQ: Hech kitobdan dars o'tmas edim, bilasizlar-aaa? Shu sabab hozir qiyin mavzularga kuch beribman-u, juda sodda mavzular, ya'ni BOG'LOVCHISIZ QO'SHMA GAPLAR va BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR degan mavzular qolib ketibdi. 🙈🙈🙈. Yuqorida 9-sinf ona tili PDF darsligini tashlaganman. Toping va shu ikkita mavzuni mustaqil o'qing, xopmi? Biroz chalg'itadigan joylari bor, ularni "ASOSIY IZOH" deb shu guruhda ertangi darsda tushuntirib beraman.

Hozir qo'shma gaplarning testini tashlayman. Xohlovchilar bugun ochsin. Xohlovchilar ertaga ochsin. Chunki hammasi RASMLI. 😝😝😝



Testning ichida MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR mavzusiga taalluqli savollar ham bor: BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR; BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR; ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAOLAR; QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR. Xohlovchilar yechsin, xohlovchilar tashlab o'taversin.
Download 18.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling