Ko‘hna Xorazm Najmiddin Kubro milodiy 1145-yilda


Download 33.26 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi33.26 Kb.
#1109184
  1   2   3
Bog'liq
najmiddin kubro


Najmiddin Kubro

Reja




  1. Ko‘hna Xorazm

  2. Najmiddin Kubro milodiy 1145-yilda

  3. Najmiddin Kubro o‘z ta’limotida inson omili



Ko‘hna Xorazm azaldan ilm-u irfon beshigi, fan va madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lgan. Ushbu zaminda o‘tgan buyuk insonlarning nomlarini ulug‘lash, ularning bebaho merosini har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etish ma’naviy qudratimizga qudrat qo‘shishi shubhasiz.
“Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning ushbu qismida mashhur tasavvuf shayxlaridan biri, kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro haqida so‘z yuritamiz. Shayx Najmiddin Kubroning to‘liq ismlari Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al-Xevaqiy al-Xorazmiy bo‘lib, “Najmiddin”, “Kubro”, “Abuljannob”, “Valiytarosh” – u zotga berilgan laqab, unvon va kuniya hisoblanadi.
Ali Akbar Dehxudoning mashhur “Lug‘atnoma”sida keltirilishi-cha, “u kishining Kubro deb atalishlariga sabab shuki, behad ziyrakliklari va tuganmas zakovatlari tufayli har qanday muammoli masala so‘ralganda hal qilib berar edilar va har kim u kishi bilan bahs-munozara qilsa, g‘olib chiqar edilar”. Shuningdek, u kishini Tammatul Kubro, ya’ni buyuk balo va qazolarning oldini oluvchi, xaloskor deb ham atashgan. Abul-Jannob deb atalishlariga sabab esa u kishining dunyoviy ikir-chikirlardan uzoq turganliklaridir. Ul zotni “Valitarosh” (valiylarni parvarishlab yetishtiruvchi) deb ham atashgan. Chunki umrlari davomida o‘n ikki kishini o‘z muridliklariga qabul qilganlar va ularning barchasini shayx darajasiga yetkazganlar. Ular qatorida mashhur shayxlardan Farididdin Attorning otasi Majididdin Bag‘dodiy (vafoti 1219) va Jaloliddin Rumiyning otasi Bahouddin Valad, Najmiddin Doya Roziy, Sa’diddin Hamaviy, Sayfiddin Boharziy va boshqalar.
Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul uns” asarida qayd etilishicha, Ahmad yoshligidan ilm-donishga qiziqqan qobiliyatli kishi bo‘lgan ekan. U islom asoslari, shariat ilmlarini juda tez o‘zlashtirib olib, Xorazmning manman degan ulamolaridan o‘zib ketadi va ilmiy bahslarda barchadan g‘olib chiqadi. Shu bois unga “Tammatul kubaro”, ya’ni ulamolarning yetugi, ulug‘vori va ilm balosi degan laqabni oladi. Buning yoniga “Najmiddin” – “dinning yulduzi” degan martaba-unvon qo‘shilib, Ahmad bin Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo‘lib ketadi.

Download 33.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling