Ko’k no’xat Tili: O’zbek


Download 0.51 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185824
Bog'liq
Ko’k no’xat Uzbek



Ko’k no’xat



Tili:O’zbek


Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bu o‘simlik O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, juda kadimdan ekilib keliiadi. No‘xat turli suyoq ovqatlarga ishlatiladi, konservalar tayyorlanadi. Bug‘doy uniga 10-15 % no‘xat qo‘shib non, makaron va konditer mahsulotlari tayyorlashlarida ularning to‘yimliligi oshadn.
No‘xat unidan yosh bolalarga sutli ovqatlar tayyorlash mum­kin. Xali pishib yetnlmagan no‘xat urug‘larini sabzavot mahsulotlari sifatida iste’mol qilish mumkin.
No‘xat chorvachilikda ayniqsa, chuchqachilikda oqsilli omixta em sifatida ishlatiladi.
Ularning ovqatlariga no‘xat donidan qushish sigir sutini ko‘paytiradi, yosh buzoq va chuchqa bolalarining o‘sishini tezlashtiradi, tovuqlarning tuxum qilishi ortadi. Yem uchun no‘xatning kung‘ir rangli urug‘lari ishlatiladi, ularni maydalab yorma holida omixta yemlarga qushiladi.





No‘xat issiqqa talabchan o‘simlik ammo urug‘lari 3-4°C da una boshlaydi, 5-6°C da unib chiqadi. Havo harorati 25-26°C bo‘lsa, 56 kunda unib chiqadi.
No‘xatning yosh maysalari -5-6° sovuqqa chidamli. Bahori sovuqlarda juda kam zarar ko‘radi. Unib chiqqan no‘xat maysalari issiqqa talabchan. Ayniqsa gullash va meva hosil qilish davrida havo harorati 20°C dan past bo‘lmasligi kerak. O‘simlik unib chiqqandan hosil berguncha foydali harorat 1800-2000°C bo‘lishi zarur. Ammo havo harorati nisbatan past bo‘lgan yillarda ham no‘xat urug‘lari pishib yetiladi.






No‘xat eqiladigan yerlar kech kuzlda agdarilmay haydalganda begona o‘tlar tezroq ko‘karib chiqadi, ekish oldidan ishlov berilganda unib chiqqan begona o‘tlarning tomirlari kesilib yer begona o‘tlardan ancha toza bo‘ladi. Kuzda haydalgan yerlarni boronalash kerak emas. Ekish oldidan shudgor gozpanja urnatilgan osma kultivatorlar yordamida 5- 7 sm chuqurlikda yomshatiladi. Namni saqlab qolish uchun shudgorlangandan so‘ng darhol qor va yomgir suvlarini saqlab qolish uchun kundalangiga egat olib quyish zarur. Egatlarni kultivatorlarda olish ham mumkin. Buning uchun kultivatorga kengligi 60-70 sm bo‘lgan oquchnik (jiyak tortgich) urnatib 12-15 sm chuqurlikda egat olish lozim. Bu ishni maxsus pluglarda bajarish mumkin..





Yetishtirish usuli. No‘xat uchun don, poliz ekinlari va kungaboqar. shuningdek no‘xatning uzi ham yaxshi utmishdosh ekinlardan hisoblanadi. Almashlab ekishda no‘xat ko‘p vaqt don yoki polizdan keyin ekilganda, hosildorligi 23 s yoqori bo‘ladi, kasallik va zararkunanda hasharotlar juda kam tushadi. Agarda lalmi yerga beda yoki no‘xatdan keyin ekilsa, kasallik va zararkunanda ko‘p bo‘ladi. Lalmikor yerlarda tuproqning yegingarchilikdan yetarlicha nam to‘plashi har yil sodir bulavermaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling