Kombinatda ishlayotgan to‘quvchi ayol zamonaviy dastgoh yordamida bir ish kunida 120 m gazlama to‘qiydi. To‘quvchi ishni bir xil maromda davom ettirsa, u oy (30 kun)da necha metr gazlama to‘qiydi


Download 30.38 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi30.38 Kb.
#1224188
Bog'liq
test.16.01.23


1. Kombinatda ishlayotgan to‘quvchi ayol zamonaviy dastgoh yordamida bir ish kunida 120 m gazlama to‘qiydi. To‘quvchi ishni bir xil maromda davom ettirsa, u 1 oy (30 kun)da necha metr gazlama to‘qiydi? Agar to‘quvchi 1 m to‘qilgan gazlama uchun 300 so‘mdan ish haqi olsa, to‘quvchi ayol 1 oyda necha so‘m maosh oladi?
Javob______________________
2. .A shahardan D shaharga qarab yo‘lga chiqqanavtomobil A dan B gacha bo‘lgan masofani 90km/soat tezlik bilan 2 soatda, B dan C gacha bo‘lgan masofani 70 km/soat tezlik bilan 2 soatda va C dan D gacha bo‘lgan masofani 60 km/soat tezlik bilan 3 soatda o‘tgan bo‘lsa, mashinaning o‘rtacha tezligi va A, D shaharlari orasidagi masofani toping.
Javob__________________________
3. (25 • 185 - 21 • 45 - 405) • +74 ifodani qiymatini toping
Javob_____________
4. va Qaysi ksar kichik Javob__________
5. Issiqxonada pomidor va karam ko‘chatlari yetishtirildi. Karam ko‘chatlari 1700 ta pomidor ko‘chatlari karam ko‘chatlaridan 243 ta ortiq. Agar karam ko‘chatlari 150 so‘mdan va pomidor ko‘chatlari karam ko’chalaridan 20 so’m ga qimmatroq bo’lsa, necha so‘mlik ko‘chat sotilgan? Javob______________________
6. . 756 va 420 sonining umumiy bo’luvchilari nechta ? Javob______________________
7. Aziz bir son o’yladi So’ngra bu songa 1 qo’shib ,uni 2 ga ko’paytirdi
Ko’paytmani 3 ga bo’ldi va bo’linmadan 4 ni ayirdi.Naijada 6 hosil bo’ldi
U qanday son o’ylagan ?
Javob______________________
8. Markaziy archa yonida turgan qorbobo va qorqiz bilan rasmga tushish narxi 10000 so’m . 2 hafta davomida 3 ming ga yaqin bolalar rasmga tushishdi.Ular bog’ ma’muriyatiga 6 million so’m to’lov qilishadi 2 million
Oylikli haydovchi necha oyda qorbobo va qorqiz topgan pulni topadi. Javob______________________

9.To’g’ri to’rtburchakning uchta tomonining uzunligi 24 sm bo’lsa agar uning bitta tomonining uzunligi 10 sm bo’lsa to’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping ? Javob______________________


10.Turist uch kunda 47 km yo’l bosdi. U 1- va 2-kuni 33 km, 2- va 3-kuni 30 km yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi?


11. Navoiy shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki avtomashina yo’lga chiqdi. 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa 720 km bo’ldi. Agar birinchi avtomashinaning tezligi soatiga 95 km bo’lsa, ikkinchi avtomashinaning tezligini toping? Javob______________________


12. . 18·(3x+15)-270=162 tenglamaning yechimini toping ?
Javob______________________
13. . Yozgi tatilda 3 dugona Hafiza, Nozima va Dildoralar do‘ppi tikishdi. Hafiza 74 ta, Nozima 68 ta va Dildora 18 ta do‘ppi tikdi. Agar tikilgan har bir do‘ppi uchun 1200 so‘mdan ish haqi to‘lansa, ular qanchadan maosh olishgan?
14. qismini toping ? Javob______________________
15. Maktab ma’muriyati bitiruvchi o’quvchilar uchun sovg’a qilish uchun 470 ta gul olgan bo’lsa va har bir o’quvchiga 3 tadan gul berilgan bo’lsa nechta gul ortib qoladi nechta o’quvchi bor
Javob______________________
16. Jahon maktabga avtobusda borib ,Piyoda qaytib kelsa u jami 3 soat yo’lda bo’ladi.Agar Avtobusda ikki tomoni ham yursa , 2 soat yo’lda bo’ladi.Agar u maktabga piyoda borib piyoda qaytsa qancha vaqt yo’qatadi ?
Javob_________________________
17. Odil, Farrux va Behzodda birgalikda 49 ta daftar bor. Odilda Farruxga qaraganda 6 ta kam, Behzodda esa Farruxga qaraganda 3 ta ko‘p daftar bor. Bolalarning har birida nechtadan daftar bor?
Javob_____________
18. Yo'lni ta’mirlash uchun 2000 t shag‘alni 3 ta yuk mashinasi tashidi. Birinchi mashina 220 t. Ikkinchisi undan ikki marta ko‘p yuk tashidi. Uchinchi yuk mashinasi ikkinchisidan necha tonna ko‘p yuk tashigan?
Javob______________________
19.Behzod va Murodjonda 1600 so‘m, Murodjon va Nargizada birgalikda 1720 so‘m, Behzod va Nargizada birgalikda 1620 so‘m pul bor. Bolalarning har birida necha so‘mdan pul bor?
Javob______________________
20. Do’konda 480kg un bor edi . 3kg dan qilib bir nechta paketlarga solib chiqilgandan keyin do’konda 90 kg un qoldi , Nechta paketga un solingan
Javob______________________
21. Bir cho‘ponda 208 ta, ikkinchisida 2 Marta ko‘p, uchinchisida esa birinchi va ikkinchi cho‘ponda birgalikda nechta qo‘y bo‘lsa, shuncha qo’yi bor. Agar bu qo‘ylarning har biridan o'rtacha 1 kg 200 gr dan jun qirgib olish mumkin bo‘lsa, hamma qo‘ylardan gancha jun girqib olinadi?
Javob_____________
22. = 8 tenglamaning nomalum hadini toping ?
Javob_____________
23. Fermerda 450 ta parranda bor. Ularning yarmi tovuqlar. Uchdan bir qismi o‘rdaklar. Qolgani g‘ozlar. Xo‘jalikda har bir parrandadan nechtadan bor?
Javob______________________
24. 2 o’ram bir xil sim xarid qilindi. 1-o’ram 3060 so’m, 2-o’ram esa 1904 so’m turadi. Agar 1-o’ram 2-o’ramdan 17 m uzun bo’lsa, har bir o’ramda necha m sim bor Javob_________________________

25. Do’konda un yog’ va shaker mahsulotlari bor agar shakarning og’irligi unning og’irligidan 12 kg ga yengil bo’lsa lekin yog’ning og’irlidan 5 kg og’ir bo’lsa va ularning ummumiy og’irligi 111 kg bo’lsa unda ularning har birining og’irligi necha kilogramdan


Javob_____________

26. Turist paroxodda 141 km, poyezdda paroxoddagidan 2 marta ko’p yo’l bosdi. Qolgan yo’lni piyoda bosdi. Agar turist hammasi bo’lib 560 km yo’l bosgan bo’lsa, necha km yo’lni piyoda yurgan?


Javob_________________________

27. Ifodaning qiymatini toping ? Javob_____________


28. Berilgan beshta soning har biri 3 ga ko’paytirilb , so’ngra hosil bo’lgan sonlarning har biriga 2 qo’shildi . Hosil bo’lgan sonlar yig’indisi 70 ga teng bo’lsa , berilgna sonlar yig’indisi nechag teng ?
Javob_____________
29. Kamayuvchi ayriluvchi ayirmaning yig’indisi 624 ga teng . Kamayuvchini toping ?
Javob_____________

30. Uchta vazada 27 ta chinni gul bor. Birinchi vazadan ikkinchi 5 ta chinni gul olib qo’yilgandan so’ng , hamda ikkinchidan uchinchisiga 3 ta olib qo’yilgandan keyin barcha vazalarda chinnigullar soni bir xil bo’ldi.Dastlab 2-vazada nechta chinnigul bo’lgan ?


Javob_________________


Download 30.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling