Komilning kompyuter moslamalari sotish do‘koni Komil kichik shaharchadagi kollejning yosh informatika fani


Download 68.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.04.2022
Hajmi68.64 Kb.
#634062
Bog'liq
5 topshiriq Komil case
Презентация1 D Abduqodirov Introduction Enterepreneurship, Бми Музаффар ака, дарс тахлил, ribonuklein kislotalar, 9


1. 
Komilning kompyuter moslamalari sotish do‘koni 
Komil kichik shaharchadagi kollejning yosh informatika fani 
o‘qituvchisi. Bu yerga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgandan 
keyin, Komil ko‘p kishilar bilan do‘stlashdi. Unga hamma yaxshi 
munosabatda bo‘lardi, shu bois mahalliy jamoaning ko‘p 
tadbirlarida faol ishtirok etardi. Komil ko‘proq pul topish 
maqsadida o‘z ishini boshlash haqida o‘ylardi. 
Тurmush o‘rtog‘i muallimlikka nisbatan ko‘p daromad keltirishi 
mumkin bo‘lgan bu hayotiy oqimdagi uning intilishlarini qo‘llab-
quvvatladi. Komil shaharchada kompyuter uskunalari katta 
miqdorda sotuvga qo‘yilganligini do‘stlaridan eshitdi. Bu 
uskunalar tegishli bo‘lgan do‘kon egasi vafot etgandi. Komilga bu 
uskunalarni 30 mln. so‘mga olishni taklif qilishdi. O‘z
shaharchasining imkoniyatlarini o‘rganib, u ikkita chakana savdo 
do‘koni o‘rtasidagi bo‘sh do‘konchani ijaraga olishi mumkinligini 
aniqladi. Ularning biri oziq-ovqat do‘koni, ikkinchisi esa 
elektronika buyumlari, jumladan, ilgaridan kompyuterlar 
sotadigan do‘kon edi. Ularga o‘rta yoshlardagi tajribali 
biznesmen egalik qilardi. Bankir Komilga kollejdagi o‘qituvchilikni 
tashlamaslikni maslahat bergan bo‘lsa-da, u 50 mln so‘m 
miqdoridagi jami jamg‘armasini olib, kompyuter uskunasi 
savdosi bilan shug‘ullanishni boshladi. 
Shaharchadagi 
boshqa 
tadbirkorlar 
yangi 
dilerning 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari uncha yuqori emas, deb 
hisoblashardi. Mahalliy tijoratchilarning biri bu shaharchada 


kompyuter texnikasini sotadigan ikkita do‘konning mavjud 
bo‘lishi uchun shart-sharoit yo‘q, deb aytgandi. 
Do‘kon ochilgandan so‘ng Komil oynaga «Bu do‘kon soat 06 00 
dan 22 00 gacha ochiq. Xo‘jayin boshqa muassasalar yopiq 
bo‘lganda, unga tashrif buyurishni taklif qiladi», degan e’lonni 
osib qo‘ydi. Komil shu yo‘l bilan o‘ziga qo‘shni shakllangan 
do‘kon bilan muvaffaqiyatli raqobat qilish mumkin, deb 
hisoblardi. Haftaning barcha kunlari mobaynida Komilning 
kompyuter do‘koni soat kechki oltidan keyin ochiq bo‘lgan 
shahardagi yagona muassasa edi. 
Do‘konning uzoq ishlashi mobaynida Komil uncha ko‘p 
bo‘lmagan narsa sotdi. Kreditga layoqati o‘ta past bo‘lgan bir 
necha shaxs Komil jalb qila olgan yagona xaridorlar bo‘lishdi, ular 
kompyuter tizimlarining yangi qismlarini kreditga olishardi, 
qo‘shni do‘kondagi kabi ular naqd pulga narsa olishmasdi. Komil 
tezda o‘z zaxiralari bo‘shab qolganligini aniqladi. Yangi zaxirani 
shakllantirish uchun, uskunalar sotib olish uchun pul 
yetishmasdi. Korxonani bir maromda ushlab turish uchun qarz 
olish imkoniyati yo‘q. 
Qo‘shni do‘konda savdo yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va raqobat kuchli 
bo‘lgani tufayli Komilning korxonasi atigi o‘n bir oy faoliyat 
ko‘rsatdi. Qolaversa, boshidanoq unda muvaffaqiyatga 
imkoniyat yo‘q edi. Shaharchada ikki kompyuter do‘konining 
mavjudligini ta’minlash uchun bu yerda kompyuter uskunalari 
bozori juda kichik edi. Hatto o‘ta tajribali menejer ham Komilning 
do‘konida muvaffaqiyatga erishishi mumkin emasdi. Agar Komil 


o‘z biznesini ochishdan avval, biznesning barcha ikir-chikirlarini 
puxta o‘rganganida yaxshi bo‘lardi. Ehtimol, uning uchun 
o‘qituvchi oyligini muntazam olib turish unchalik yomon emasdi. 
1. 
Nega Komilning kompyuter do‘koni inqirozga uchradi? 
2. 
Komil o‘z biznesini boshlamasdan oldin nima qilishi kerak 
edi? 

Download 68.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling