Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.11.2020
Hajmi1.14 Mb.
#154100
  1   2   3   4   5
Bog'liq
multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik vositalari tahlili


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI  

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

URGANCH FILIALI 

 

 



 

Ish ko„rib chiqildi va himoyaga qo„yildi 

―Axborot ta‘lim texnologiyalari‖ kafedrasi  

mudiri __________f-m.f.n. Mamedov Q. 

«____» ______________2017-yil 

 

 

Amanbayeva Dilnoza Saparbayevna 



 

 

“Multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik 



vositalari tahlili” 

mavzusidagi 

 

5350400-―AKT sohasida kasb ta‘limi‖ yo‗nalishi bo‗yicha 



bakalavr darajasini olish uchun 

 

   

 

 

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISHI 

 

 



 

 

 



Bitiruvchi 

 

 



Amanbayeva D. 

 

(imzo) 



 

 

Rahbar 



 

 

dots, t.f.n Sobirov B. 



 

(imzo) 


 

 

Maslahatchi 



 

 

ass. Allaberganova D. 



 

(imzo) 


 

 

Taqrizchi 



 

 

kat. o‗q. Razzaqov B. 



 

(imzo) 


 

 

 



Urganch – 2017  

 

Mundarija 

Kirish 

I BOB. TA‟LIMDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN 

FOYDALANIB DARS O„TISHNING SAMARADORLIGI 

1.1.  Multimediani ta‘limda qo‗llashning asosiy afzalliklari 

1.2.  Multimedia vositalarini ta‘limda qo‗llashda yaratiladigan 

imkoniyatlar 

1.3.  O‗quv qo‗llanmalari yaratishda multimediani qo‗llash 

1.4.  Masalani qo‗yilishi 



II BOB. MULTIMEDIA ILOVALARINI YARATISHNING 

ZAMONAVIY AMALIY VA TEXNIK VOSITALARI TAHLILI 

2.1. Multimedia ilovalarini yaratishda zarur texnik vositalar 

2.2. Multimedia ilovalarini yaratishga mo‗ljallangan dasturiy vositalar 

2.3. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari 

2.4. AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanib Zamonaviy o‗quv texnik 

vositalar  fani bo‗yicha multimedia ilovasini yaratish 



III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA 

3.1. Ishlab chiqarishda xonalarga qo‗yiladigan mikroiqlimining gigienik 

normalari 

3.2. Mikroiqlimni sharoitlari 

3.3. O‗zbekistonda ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

Ilova 


 

Kirish 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  jamiyatimiz  rivojlanishiga  ta‘sir 

etuvchi  eng  muhim  omillardan  biri  hisoblanadi.  Hozirda  rivojlanib  borayotgan 

multimedia  texnologiyalari  insoniyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  mavjud 

bo‗lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatida yetakchi o‗rin egallamoqda.  

Bugungi 


kunda 

ilg‗or 


pedagogik 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  keng  ko‗lamda  joriy  etish  bo‗yicha  chora-tadbirlarni  ishlab 

chiqish taqozo etilmoqda. 

Hozirgi davrda ko‗plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, 

treninglar 

va 

boshqa 


tadbirlarni 

o‗tkazish  uchun  turli  kompyuter 

texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va 

ko‗rgazmali  bo‗lishi  uchun  ko‗proq  multimedia  texnologiyalari  ishlatiladi.  Bular 

matn,  grafika  va  ovoz  kabi  ma‘lumotning  turli  shakllarini  qayta  ishlashga  imkon 

beruvchi  multimedia  apparat  vositalari  bo‗lish  bilan  birga  amaliy  dasturlar 

paketlari ham. Multimedia bir necha ta‘rifga ega: 

•  Multimedia  –  turli  ma‘lumotlarni  ishlab  chiqish,  ishga  tushirish,  qayta 

ishlash vositalarini qo‗llash tartiblarini ta‘riflovchi texnologiya; 

•  Multimedia  –  kompyuter  apparat  ta‘minoti  (kompyuterda  kompakt- 

disklar  o‗qish  qurilmasi  –  CD-Rom  Drive,  uning  yordamida  ovozli  va 

videoma‘lumotni  eshittirishga  yordam  beradigan  ovoz  va  videoplata,  joystick  va 

boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi); 

•  Multimedia  –  bu  bir  necha  ma‘lumot  taqdim  etish  vositalarining  bir 

tizimga  birlashishi.  Odatda  multimedia  deganda  matn,  ovoz,  grafika, 

multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma‘lumot taqdim etish 

vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi.  

Multimediali texnologiya (multi – ko‗p, media – muhit) bir vaqtning o‗zida 

ma‘lumot  taqdim  etishning  bir  necha  usullaridan  foydalanishga  imkon  beradi: 

matn, grafika,  animatsiya, videotasvir va ovoz.  Multimediali  texnologiyaning  eng 



muhim  xususiyati  interfaolik  –  axborot  muhiti  ishlashida  foydalanuvchiga  ta‘sir 

o‗tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. 

Oxirgi yillar davomida ko‗plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi 

va  yaratilmoqda:  ensiklopediyalar,  o‗rgatuvchi  dasturlar,  kompyuter  taqdimotlari 

va boshqalar. 

Kompyuter  taqdimotlari  (Kompyuter  vositasida  tayyorlangan  taqdimotlar) 

Ma‘ruza,  doklad  yoki  boshqa  chiqishlarda  odatda  ko‗rgazmali  namoyish  etish 

vositasi  sifatida  plakatlar,  qo‗llanma,  laboratoriya  tajribalaridan  foydalaniladi.  Bu 

maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi 

slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo‗lishi 

ma‘ruzachi  nutqini  ovoz,  video  va  animatsiya  jo‗rligida  sifatli  tashkil  etishning 

barcha  zaruriy  jihatlarini  o‗zida  mujassam  qilgan  ko‗rgazmali  materiallarni 

taqdimot  sifatida  tayyorlash  va  namoyish  etishga  imkon  berdi.  Ma‘lumki,  inson 

ma‘lumotning  ko‗p  qismini  ko‗rish  (~80%)  va  eshitish  (~15%)  organlari  orqali 

qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyada undan samarali 

foydalaniladi).  Multimediali  texnologiyalar  ushbu  muhim  sezgi  organlarining  bir 

vaqtda  ishlashiga  yordam  beradi.  Dinamik  vizual  ketma-ketlik  (slayd-shou, 

animatsiya,  video)ni  ovozli  tarzda  namoyish  etish  orqali  insonlarning  e‘tiborini 

ko‗proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni 

maksimal  samarali  tarzda  taqdim  etishga  imkon  beradi.  Videodan  farqli  ravishda 

multimediali  texnologiyalar  axborotlarni  boshqarishga  imkon  beradi,  ya‘ni 

interfaol  bo‗lishi  mumkin.  Multimediali  taqdimot  ma‘lumotni  to‗g‗ridan  to‗g‗ri 

qabul qilishni ta‘minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma‘lumotlarni 

ko‗radi va o‗zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma‘lumotni qabul qilish 

katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar 

ko‗pmodallidir,  ya‘ni  ular  bir  necha  sezgi  organlariga  bir  vaqtda  ta‘sir  qilgani 

uchun auditoriyaning qiziqishi va e‘tiborini tortadi. 

Multimedia  ilova  mazmuni  muallif  tomonidan  ssenariy  tayyorlash  paytida 

atroflicha  o‗ylanadi  va  texnologik  ssenariyni  ishlab  chiqishda  aniqlashtiriladi. 

Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‗lgan animatsiya elementlari va ovoz 



jo‗rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‗rganilayotgan 

materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, 

ta‘lim  oluvchining  bilim  olishga  bo‗lgan  faolligini  oshirib,  predmetlar  haqida 

aniqroq va to‗laroq tushunchaga ega bo‗lishini ta‘minlaydi. 

Multimedia  vositalari  yordamida  shaxsga  yo‗naltirilgan  ta‘limni  amalga 

oshirish jarayoni zamonaviy, ko‗ptarmoqli, predmetga yo‗naltirilgan multimediali 

o‗quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. 

Mavzuning  dolzarbligi.  Hozirgi  davrda  har  bir  sohada  shu  jumladan, 

ta‘lim  tizimida  ham  bilim  berish  jarayoni,  tadbirlarni  o‗tkazish  uchun  turli 

kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanilmoqda.  Ma‘lumot  mazmunga  boy,  esda 

qoladigan  va  ko‗rgazmali  bo‗lishi  uchun  ko‗proq  multimedia  texnologiyalari 

ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta 

ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo‗lish bilan birga amaliy 

dasturlar  paketlari  ham.  Multimedia  vositalarini  yaratish  jarayonida  zamonaviy, 

amaliy  va  texnik  vositalarini  to‗g‗ri  qo‗llay  bilish  va  shu  asosida  o‗quvchilarga 

ta‘lim berishni yo‗lga  qo‗yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  —  multimedia  mahsulotlarining  

yangi  shakllarini  (ilovalar)  ishlab  chiqish,  multimediani  ta‘lim  va  boshqa 

sohalarda  qo‗llash,  multimedia  texnologiyalarini  ishonchlilik,  xavfsizlik  va 

unumlilik ko‗rsatkichlarini oshirishni takomillashtirishdan iborat.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  vazifalari  –  multimedia  ilovasi  yaratish 

jarayonida  zamonaviy,  amaliy  va  texnik  vositalarni  to‗gri  hamda  samarali 

qo‗llashni  o‗rgatish. Multimedia ilovasi  yaratish.  

Bitiruv  malakaviy  ishi  ob'ekti:Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  muassalari 

talabalariga multimedia ilovalarini o‗qitish jarayoni. 



Bitiruv malakaviy ishi predmeti: Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassalari 

talabalariga multimedia ilovalarini o‗qitish jarayonini  tashkil etish. 



 

Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati:  Hozirgi  kunda  multimedia 

ilovalarini  tayyorlash,  elektron  darslik  va  elektron  qo`llanmalar  yaratish, 

multimedia  texnologiyalari  imkoniyatlaridan  foydalanish  har  qanday 

S

darajadagi 



foydalanuvchilarning zaruriy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Multimedia ilovalarini 

yaratishda mazkur bitiruv malakaviy ishidan ham foydalanish mumkin. 

 

BMI  tuzilishi  va  hajmi:  Kirish,  uchta  bob,  xulosa,  foydalanilgan 

adabiyotlar ro‗yhati va ilova qismi. 



 

 I  BOB.  TA‟LIMDA  MULTIMEDIA  TEXNOLOGIYALARIDAN 

FOYDALANIB DARS O„TISHNING SAMARADORLIGI 

1.1.  Multimediani ta‟limda qo„llashning asosiy afzalliklari 

Multimedia  texnologiyalariga  qiziqish  amerikalik  kompyuter  mutaxassisi 

biznesmen  Bill  Geytsning  nomi  bilan  bog‗liq.  80  yillarga  kelib  u  ("National  Art 

Gallery.  London")  nomli  dasturiy  mahsulotni  yaratgan.  Bu  multimedia  dasturida 

muzeyning  ma‘lumot  omborlaridan  foydalanilgan.  Bunda  turli  muhitlardan  – 

tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan. 

Aynan  mana  shu  multimedia  dasturi  o‗z  ichiga  multimedianing  uchta 

asosiy tamoyilini qamrab olgan. 

-  Axborotni  odam  qabul  qila  oladigan  bir  nechta  muhit  yordamida 

tasvirlash. (multi –ko‗p va media - muhit); 

Foydalanuvchi 



tomonidan 

―mustaqil  qidiruv‖  asosida  dastur 

chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o‗zining mustaqil usullarini qo‗llash; 

-Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish. 



Multimedia injiniringi – bu multimediali dasturiy maxsulotning interfeysi 

va  imkoniyatlarini  foydalanuvchi  talabidan  kelib  chiqqan  holda  aniqlash 

jarayoniga  aytiladi.  Multimedia  injiniringi  bir  vaqtning  o‗zida  ma‘lumot  taqdim 

etishning  bir  necha  usullaridan  foydalanishga  imkon  beradi:  matn,  grafika, 

animatsiya,  video  va  audio.  Multimedianing  eng  muhim  xususiyati  interfaolik  – 

axborot  muhiti  ishlashida  foydalanuvchiga  ta‘sir  o‗tkaza  olishga  qodirligi 

hisoblanadi. 

Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, animatsiya 

va  boshqa  vizual  effektlar  bilan  ta‘minlangan  dasturiy  vositalarni  yaratishdan 

iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o‗z ichiga interfaol interfeys va 

boshqarish 

mexanizmlarini 

qamrab 

oladi. 


Undan 

tashqari 

multimedia 

texnologiyasidan  foydalanuvchi  o‗zi  dizayn  bilan  shug‗ullana  olishiga  imkon 

beradi,  shuningdek  statik  (xarakatsiz)  va  dinamik  (xarakatlanuvchi)  tasvirlarni 


yaratishi  hamda  o‗z  ijodiy  ishining  natijalarini  aloqa  kanallari  orqali  tashqi 

muxitga tarqatishi mumkin. 

Multimedia  texnologiyalarining  asosiy  afzalliklari  va  xususiyatlariga 

quyidagilar tegishli: 

-bitta  axborot  tashuvchisida  katta  xajmli  turli  ma‘lumotlarni  saqlash 

imkoniyati  (  20  ta  tomga  yaqin  matnlar,  2000  va  undan  xam  ko‗p  yuqori  sifatli 

tasvirlar, 30 – 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma‘lumotlari); 

-ekranda  tasvirni  yoki  uning  ayrim  fragmentlarini  kattalashtirish 

imkoniyati. (rejim ―lupa‖). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha 

kattalashtirish  mumkin.  Bu  imkoniyatdan  tarixiy  xujjatlar  va  san‘at  asarlarini 

taqdimotidan foydalanish mumkin; 

-tasvirlarni  taqqoslash  va  turli  dasturiy  vositalar  yordamida  ularni  qayta 

ishlash; 

-film 


va 

videotasmalardagi 

videofragmentlardan 

va 


―stop-kadr‖ 

effektlaridan foydalanish; 

-ma‘lumotlar  omborini  disk  mundarijasiga  kiritish,  obrazlarning  qayta 

ishlash usullari va animatsiya imkoniyatlari; 

-Internet tarmog‗iga ulanish imkoniyati; 

-turli matn, grafika va tovush muharrirlari va kartografik ma‘lumotlar bilan 

ishlash imkoniyatlari; 

-avtomatik  ravishda  dasturiy  mahsulotning  umumiy  mundarijasini  ko‗rib 

chiqish  (―slayd-shou‖)  yoki  animatsiya  va  tovush  bilan  ta‘minlangan 

―yo‗lboshlovchi‖, ya‘ni ―gid‖ni yaratish; 

Hozirgi  vaqtda  multimedia  texnologiyalari  inson  faoliyatining  biznes, 

ta‘lim,  tibbiyot  va  boshqa  shu  singari  turli  sohalarida  qo‗llanilishini  ko‗rish 

mumkin. Ushbu faoliyat yo‗nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun 

keng ko‗lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. 

Ulardan  ba‘zilari  multimedianing  alohida  komponentlari  bilan  ishlashga 

mo‗ljallangan. 



Multimedia 

texnologiyalaridan 

oddiy 

foydalanuvchilar 



ko‗plab 

maqsadlarda foydalanishi mumkin. Ular quyidagicha: 

-O‗qitish dasturlarida – bunda o‗qitish jarayonida turli rasmli animatsiyalar, 

elektron darslik, elektron kitob va elektron o‗quv qo‗llanmalar bo‗lishi mumkin. 

-Ensiklopediyalar  –  bu  biror–bir  atamani  yoki  ilovani  tushuntirishda  turli 

multimedia ilovalarini qo‗llash. 

-Ma‘lumotnomalar  –  berilayotgan  ma‘lumotni  turli  shaklda  keltirish  va 

tushinishni osonlashtirish. 

-Grafik paketlar – turli grafik ilovalar ustida ishlash imkoniyatini beruvchi 

dasturlar. 

-Musiqa tahrirlovchilar – musiqa fayllari ustida turli amallar bajarish. 

Talab  darajasida  to‗g‗ri  ishlab  chiqilgan  multimedia  mahsulotlari  matnli 

axborotga qaraganda birmuncha ilg‗or usul bo‗lib, o‗quvchilarda aniq va samarali 

mental  model  (tasavvur)  shakllanishiga  yordam  beradi.  O‗tkazilgan  kompleks 

tadqiqot  natijalariga  ko‗ra  (Shephard  –  Shepard)  to‗g‗ri  ishlab  chiqilgan 

multimedia mahsulotlari bir qancha afzalliklarga ega: 

1. Muqobil istiqbollar 

2. Faol ishtirok 

3. Tezkor ta‘lim olish 

4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‗llay olish 

5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‗nikmalari 

6. Tizimli ravishda tushuna borish 

7. Yuqori darajadagi tafakkur 

8. Mustaqillik va e‘tiborlilik 

9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish 

10. Qo‗llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari 



 

1-rasm:  Matn  va  videoning  onlayn  usulidagi  trening  jarayonida  birga 

ishlatilishi. 

Multimedia  materiallarining  potensial  afzalliklari  haqida  Meyer  (Mayer) 

ham  aytib  o‗tgan.  Tinglovchiga  video  va  audio  axborotlarni  qabul  qilish 

imkoniyatini  yaratgan  holda,  alohida  olingan  ushbu  imkoniyatlarning  har  biridan 

ham ko‗ra multimedianing ma‘lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul 

qilish  kanallarining  bir-biridan  keskin  farq  qilishiga  qaramasdan,  ularning 

multimediadagi  kombinatsiyasi  juda  ham  muvaffaqiyatli  chiqqan,  chunki  bunda 

ikkala  tizimning  ham  afzalliklaridan  samarali  foydalaniladi.  Matn  va  grafika 

o‗rtasidagi  aloqalar  mavzuni  chuqurroq  tushunishga  va  mental  model 

(tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. 

1-rasmda  Learning  Peaks  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  sotuv 

bo‗yicha  onlayn  usulidagi  trening  ekrani  ko‗rsatilgan.  Ushbu  misolda  ekranning 

o‗ng  tarafidagi  matnda,  videoda  ko‗rsatilayotgan  jarayonga  qisqacha  sharh  berib 

o‗tilgan. 

Multimedianing  samaralilik  prinsiplariga  ko‗ra  (Meyer  bo‗yicha), 

ta‘limning muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga 

yonma-yon joylashgan bo‗lishi zarur. 


Quyidagi  Xede  va  Xede  (Hede  and  Hede)  modelida  multimedia  resurslari 

vositasida  o‗qitish  jarayoniga  ta‘sir  etuvchi  omillar  va  ularning  o‗zaro  ta‘siri 

ta‘riflangan (2-rasm). 

 

2-rasm: Multimedianing ta‘limga ta‘sirini ta‘riflovchi model. 



2-rasmdagi matn bloklari (yuqoridan pastga): 

Video (matn, rasm, video, animatsiya) 

Audio (suxandon ovozi, yo‗riqnomalar, replikalar, musiqa) 

Diqqat. 


Ishchi  xotira  (ma‘lumotlarga  ishlov  berish)  (modal  effektlar,  ikkilik 

kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish) 

Davomli xotira (me‘yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga 

oid bilimlar) 

O‗qitish.– doira ichida: 

O‗quvchilarni  (o‗quv  jarayonini)  boshqarish  (vazifa  uchun  vaqt,  o‗zaro 

faollik, navigatsiya) 

Motivatsiya (tashqi, ichki). 



O‗qitish  stili  (yuzaki/chuqur,  tashqi  omillarga  bog‗liq/tashqi  omillarga 

bog‗liq emas, faol/sust, vizual/verbal, ―Kolb‖ning 4 stili). 

Kognitiv jalb etish. 

Salohiyat (umumiy, spetsifik) 

Refleksiya 

Ushbu  model  ishlab  chiqaruvchilarga  qaysi  omillar  multimedianing  ta‘lim 

jarayoni  uchun  u  yoki  bu  darajada  samarali  bo‗lishini  hisobga  olishda  yordam 

beradi. Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‗qitish natijalarining 

to‗laqonli  bo‗lmasligi  va  ushbu  nomukammallik  modelning  ko‗pgina  omillari 

bo‗yicha  yuz  berishi  mumkinligini  ko‗rsatdi.  Multimedia  resurslarining 

samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining ta‘sir 

etishi  mumkinligi  bois,  Layoning  xulosalari  umumiy  pedagogik  dizaynning 

qanchalik muhimligini ko‗rsatmoqda. Ta‘kidlash mumkinki, multimedia resurslari 

ta‘lim  jarayoniga  juda  ham  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatadi,  lekin  ushbu  resurslarni 

yaratishga e‘tibor bilan yondashish zarur. 

Ta‘lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi? 

Samarali ishlab chiqilgan ta‘lim muhiti (shu jumladan, multimediali ta‘lim 

muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‗z ichiga qamrab oladi: 

1. Axborotlarni aks ettirish. 

2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‗yicha qo‗llanma. 

3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar. 

4.  O‗tilganlarni  takrorlash  yoki  keyingi  bosqich  (qadam)ga  o‗tish 

zarurligini aniqlash uchun o‗zini baholash. 


 

Meyer bo‗yicha multimedianing samaraliligi  tamoyillari. 

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va 

eng  zamonaviy  shakllaridan  biri  hisoblanadi.  Multimediali  taqdimot  matnli 

ma‘lumotlar,  rasmlar,  slayd-shou,  diktor  jo‗rligidagi  ovoz  bilan  boyitilgan, 

videoparcha  va  animatsiya,  uch  o‗lchamli  grafika  tarzidagi  dasturiy  ta‘minot 

bo‗lishi  mumkin.  Taqdimotning  ma‘lumot  taqdim  etishning  boshqa  shakllaridan 

asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya‘ni belgilangan 

shaklda  o‗zgarishga  moyilligi  va  foydalanuvchi  faoliyatiga  munosabatini 

bildirishidir.  Bundan  tashqari,  taqdimot  Sizning  saytingiz  kaliti  ham  bo‗lishi 

mumkin. Ya‘ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‗lgan paytda sichqonchani 

bir  martagina  bosish  orqali  taqdimotni  ko‗rib,  kompaniya  saytidan  eng  yangi 

ma‘lumotni olish mumkin 

Multimedia  dasturlari  orqali  o‗qitish  o‗quv  materialining  mazmuniy 

komponentlarini  keng  ko‗lamda  tizimga  keltirishga  ko‗maklashadi,  ta‘lim 


oluvchilarga  ta‘limning  to‗liq  yoki  qisqartirilgan  variantlarini  erkin  tanlash  va 

o‗tish imkonini beradi. 

Ta‘lim  vositalarining  yangi  shakli  nafaqat  muloqot,  axborotlarni  uzatish 

uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an‘anaviy ta‘lim va ma‘lum 

ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‗zgacha 

o‗rin  olgan  yangi  muammolarning,  echimlarning,  yangi  kesishish  nuqtalarining 

vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. 


 

1.2.  Multimedia  vositalarini  ta‟limda  qo„llashda  yaratiladigan 

imkoniyatlar 

 

Multimedia  mahsulotlari  barcha  sohalarda  ilg‗or  qadam  tashlamoqda. 



Multimedia  texnologiyasining  tadbiq  etish  sohalaridan  asosiysi  keng  ma‘noda 

ta‘limdir: ya‘ni videoensiklopedia, interaktiv yo‗naltirgich, trenajerlar, intellektual 

o‗yinlar,  kompyuter  o‗qitish  tizimi  va  masofaviy  ta‘lim  yo‗nalishlaridir. 

Multimedia tizimini nafaqat oliy va o‗rta ta‘lim tizimda bundan tashqari malakali 

mutaxasislar  tayyorlash  markazlarida,  maktabgacha  tarbiya  korxonalarida  ham 

muvafaqiyatli  qo‗llash  mumkin.  Multimedia  qurilmalari  va  dasturlari  hamda 

interaktiv  doska  bilan  ta‘minlangan  kompyuter  tizimi  inson  faoliyatida  va  bilim 

soxalarida  sekin  asta  universal  o‗qitish  yoki  axborot  vositalari  bo‗lib  qolmoqda. 

Multimedia  platasi  o‗rnatilgan  shaxsiy  kompyuterlar  amalda  deyarli  hamma  soha 

bo‗yicha  universal  o‗qituvchi  va  axborot  vositalariga  aylanadilar.  Buning  uchun 

shu  soha  bo‗yicha  CD  –  ROMdan  o‗qiladigan  darslik  disklar  bo‗lishi  yetarlikdir. 

Multimedia  texnologiyalari  ta‘limning  turli  soxalarida  maktab,  litsey,  kollej, 

institut va universitetlarda keng miqyosda o‗z o‗rnini egallamoqda. 

Multimedia  maxsulotlarini  pedagogik  jarayonda  foydalanishning  ikki  xil 

yo‗lda amalga oshirish mumkin. 

1.Bozorda mavjud dasturiy maxsulotlardan o‗qitiladigan fan doirasiga mos 

keladiganlaridan  foydalanish.  Tajriba  ko‗rsatadiki,  tanlash  masalasi  ancha 

murakkab,  chunki  mavjud  maxsulotlar  o‗tiladigan  fan  dasturiga  mos  bo‗lishi, 

pedagog  tomonidan  qo‗yilgan  ma‘lumotlarning  ishonchlilik  talablariga,  qabul 

qilinish  darajasiga,  to‗liqligiga  javob  bera  olishi  lozim.  Bu  esa  ko‗pgina  xollarda 

maxsulotni  yaratish  jarayonida  o‗rganilayotgan  soxadan  kerakli  bilimga  ega 

bo‗lgan mutaxasis-pedagog ishtirok etmaganligidandir. 

2.O‗qituvchi  tomonidan  o‗qitiladigan  fan  maqsadiga  va  ko‗riladigan 

masalalar  doirasiga  mos  multimedia  maxsulotini  yaratish.  Buning  uchun  fan 

o‗qituvchilari  multimedia  texnologiyalari  bo‗yicha  malakalarini  turli  kurslarda 


oshirishi,  shuningdek  kompyuter  imkoniyatlarini  batafsil  o‗rganib  chiqishi, 

qo‗shimcha tasvirlarni ko‗rsatish vositalari va interaktiv doskaning imkoniyatlarini 

bilishlari lozim. 

Ikkala ko‗rsatilgan yo‗l multimedia texnologiyalari soxasi bo‗yicha yuqori 

kasbiy  bilimga  ega  bo‗lishlikni  talab  etadi,  shuningdek  apparat  va  dasturiy 

vositalardan  samaraliy  foydalanish  bo‗yicha  yaxshi  tayyorgarlikka  ega  bo‗lish 

lozim. 

Asosan multimedia tizimining ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma 



to‗plamiga  ega  bo‗lgan  shaxsiy  kompyuter  asosidagi  va  ikki  tomonlama  axborot 

almashuvi  orqali  o‗qitishning  elektron  doskasi  (interaktiv  doska)  proektor  va 

tizimli  blok  asosidagi  turlari.  Multimedia  vositalarini  ta‘limda  qo‗llash 

quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 

-ta‘limning gumanizatsiyalashuvini ta‘minlash; 

-o‗quv jarayonining samaradorligini oshirish; 

-ta‘lim  oluvchining  shaxsiy  fazilatlarini  rivojlantirish  (o‗zlashtirganlik, 

bilimga chanqoqlik, mustaqil ta‘lim olish, o‗zini o‗zi tarbiyalash, o‗zini o‗zi kamol 

toptirishga  qaratilgan  qobiliyatlilik,  ijodiy  qobiliyatlari,  olgan  bilimlarini 

amaliyotga  qo‗llay  olishi,  o‗rganishga  bo‗lgan  qiziqishi,  mehnatga  bo‗lgan 

munosabati); 

-ta‘lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 

-kompyuter  vositalari  va  axborot  elektron  ta‘lim  resurslari  yordamida  har 

bir  shaxsning  alohida  (individual)  ta‘lim  olishi  hisobiga  ochiq  va  masofaviy 

ta‘limni  individuallashtirish  va  differensiyalash  imkoniyatlari  tez  suratlarda 

kengaydi; 

-ta‘lim  oluvchiga  faol  bilim  oluvchi  sub‘ekt  sifatida  qarash,  uning  qadr- 

qimmatini tan olish; 

-ta‘lim oluvchi o‗quvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini 

hisobga olish; 

-mustaqil o‗quv faoliyatini olib borish, bunda ta‘lim oluvchi mustaqil o‗qib 

va rivojlanib boradi; 



-ta‘lim oluvchilarda, o‗zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish 

uchun  hozirgi  tez  o‗zgaruvchan  ijtimoiy  sharoitlarga  moslashuviga  yordam 

beradigan  zamonaviy  ta‘lim  texnologiyalaridan  foydalanish  ko‗nikmalarini  hosil 

qilish.  

Multimediali  vositalarni  tasniflashda  bir  nechta  yondashuvlar  mavjud. 

Ko‗p  hollarda  ular  funksional  yoki  uslubiy  maqsadi  (vazifalari)  bo‗yicha 

tasniflanadi.  Multimediali  o‗quv  vositalarini  funksional  maqsadlari  bo‗yicha 

tasniflash. 

-Ta‘lim  beruvchi  o‗quv  axborotini  taqdim  etadi  va  o‗quvchi  egallagan 

bilimi, imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta‘lim olishini yo‗naltiradi; 

-Tashxis  vositalari  o‗quvchining  ongi  va  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash 

uchun mo‗ljallangan; 

-Jihozlar,  dasturiy  vositalar  ishlab  chiqish,  o‗quv-uslubiy  materiallarni 

tayyorlash uchun mo‗ljallangan; 

-Fanga yo‗naltirilgan, modellashtirish uchun mo‗ljallangan;  

-Boshqaruv  vositalari,  ishni  bajarish  jarayonida  o‗quvchilar  faoliyatini 

boshqarish uchun mo‗ljallangan; 

-Ma‘muriy  vositalari,  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etish,  hujjat  tayyorlash  va 

almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan; 

-O‗yin vositalari, turli xil o‗yin va o‗yinli o‗quv faoliyatlarini ta‘minlaydi. 



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling