Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi1.71 Mb.
#154896
Bog'liq
KT must


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI                  

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

 

Kampyuter tarmoqlari fani 

 

 

 

 

 

Mustaqil ish 

Mavzu: Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurish usullari. 

 

 

 

 

 

 

Bajardi: 132-18 - guruh talbasi 

Rakhimjonov Rustam 

Tekshirdi: _________________ 

 

 

 

 

Toshkent – 2020. 

 

Mavzu: Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurish usullari.. 

 

Reja : 



 

 

1.  Lokal tarmoqlar va ularning ulash usullari. 

2.  LANning qurish usallari 

3. Amaliy ish 

4.  Xulosa. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.  Lokal tarmoqlar

Lokal  (mahalliy)  tarmoq  kichik  bir  hududda  joylashgan  abonentlarni 

birlashtiradi,  ya’ni  lokal  tarmoqlar  bir  binoda  yoki  bir  –  biriga  yaqin 

binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini 

beruvchi  tarmoq  hisoblanadi.  Bunday  tarmoq    odatda  aniq  bir  joyga 

bog’langan  bo’ladi.  Masalan,  biror  korxona  yoki  tashkilotga.  Mahalliy 

tarmoqning  uzunligini  2—3  km  bilan  cheklash  mumkin.  Bunday 

tarmoqlarda  axborot  almashinish  aloqa  kabellari  (ba’zan,  telefon  tizimi 

yoki  radiokanal)  orqali  amalgam  oshiriladi.  Bunda  foydalanuvchilar 

tarmoqqa  ulangan  kompyuterlardagi  ma’lumotlarni  ayirboshlash  va 

dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda 

foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. 

Global,  mintaqaviy  va  mahalliy  tarmoqlar  birlashmasi  ko’p  tarmoqli 

ierarxiyani  tashkil  etish  imkonini  beradi.  Masalan,  Internet  kompyuter 

tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, 

ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini 

bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning 

tarkibiga  erkin  ravishda  birlashgan  tarmoqlar  kiradi.  Internet  alohida 

tarmoqlarni  birlashtirgan.  Shuning  uchun  u  katta  imkoniyatlarga  ega. 

O’zining  shaxsiy  kompyuteri  orqali  Internetning  ixtiyoriy  abonenti 

axborotni 

boshqa 

shaharga 



uzatishi, 

Vashington 

kongressi 

kutubxonasidagi  adabiyotlar  katalogini  ko’rib  chiqishi,  Nyu-Yorkdagi 

metropoliten  muzeyining  eng  so’nggi  ko’rgazmasining  rasmlari  bilan 

tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki 

o’yinda  ishtirok  etishi  mumkin.  Internetning  asosiy  yacheykasini 

mahalliy  kompyuter  tarmoqlari  tashkil  etadi.  Elektron  aloqa  –  bu 

internetning  eng  ko’p  xizmat  ko’rsatish  turi  bo’lib,  ma’lum  elektron 

manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud: 

•  Halqasimon 

•  Shinali 

•  Yulduzsimon 



Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan 

bo’ladi.  Tarmoqning  kirish  qismi  chiqish  qismi  bilan  ulangan  bo’ladi. 

Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi. 

 

Tarmoqning  shinali  boglanishida  ma'lumotlar  uzatuvchi  kompyuterdan 



shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi. 

 


Yulduzsimon  bog’lanishda  markaziy  kompyuter  mavjud  bo’lib,  unga 

qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo’ladi. 

 

2.  LAN ning qurish usullari. 

Komp'yuter  tarmoqlarini  qurishda  -  quyidagi  kommunikatsion 

qurilmalardan foydalaniladi: 

•  - kontsentratorlar, 

•  - kommutatorlar (Ko‘priklar), 

•  - marshrutizatorlar. 

Lokal  komp'yuter  tarmoqlarida  qo‘llaniladigan  kommunikatsion 

qurilmalarning  eng  oddiysi  -  kon-tsentrator  deb  ata-ladi  (1-Rasm). 

Kontsentratorlar  lokal  komp'yuter  tarmoqlarining  barcha  asosiy 

texnologiyalari tarkibida qo‘llaniladi. Bu texnologiya­lar quyidagilardir:  

Ethernet,  Fast  Ethernet,  Gigabit  Ethernet,  (ArcNet,  Token  Ring,  FDDI, 

l00VG-AnyLAN). 



 

1-rasm. Lokal tarmoq kontsentratori. 

Har  qanday  lokal  komp'yuter  tarmog‘i  texnologiyasiga  tegishli  bo‘lgan 

kontsentratorlar­ning ishlashida o‘xshash tomonlari mavjud, bu ularning 

bir 

portiga 


kelgan 

signallarni 

(Kadrlarni) 

boshqa 


portlarida 

takrorlashlaridir. Biroq ular signallarni qaysi port-larida takrorlashlariga 

qarab bir-birlaridan ajralib turadilar. Masalan ierarxik yulduz topologiyasi 

asosida  qurilgan  Ethernet  texnologiyasi  kontsentratori  (2-Rasm,  a)  bir 

portiga  kelgan  signal­larni  o‘zining  boshqa  barcha  portlarida  takrorlab 

beradi.  Halqa  topologiyasi  asosida  qurilgan  Token  Ring  yoki  FDDI 

texnologiyasi  kontsentra-torlari  esa  (2-Rasm,  b)  bir  portiga  kelgan 

signalni o‘zining halqa bo‘yicha keyin ulangan komp'yuteriga bora­digan 

portidagina takrorlab beradi. 

 

2-rasm. Turli xil texnologiyalarning kontsentratorlari. 



Kontsentratorlar  har  doim  lokal  komp'yuter  tarmog  ‘ining  fizik 

topologiyasini  o  ‘zgartiradi,  ammo  uning  mantiqiy  topologiyasi  esa  o 

‘zgarmay  qolaveradi.  Fizik  topologiya  deganda,  kabellarning  bo‘laklari 

yordamida  hosil  qilingagan  bog‘lanishlar  shakli  (Konfiguratsiyasi), 

mantiqiy  topologiya  deganda  esa  tarmoqda  mavjud  komp'yuter-lar 

orasidagi  axborotlar  oqimi  yo’llarining  shakli  (Kon­figuratsiyasi) 

tushuniladi. 

Lokal 


komp'yuter 

tarmoqlarining 

uzunliklarini 

(Diametrlarini), 

kontsentratorlar  yordamida  oshirish  mumkin,  bu  tarmoqni  fizik 

strukturalash  deb  ataladi.  Tarmoqni  fizik  strukturalash  ko  ‘pgina 

jihatlardan  foydali  bo  ‘lsada,  borracha  va  katta  o  ‘lchamlardagi  lokal 

komp'yuter  tarmoqlarini  qurishni  esa  mantiqiy  strukturalashsiz  amalga 

oshirib  bo‘lmaydi.  Negaki  tarmoqning  har-xil  segmentlari  orasida 

uzatilayotgan  trafikni  taqsimlash  muammosini,  fizik  strukturalash 

yordamida  hal  qilish  mumkin  emas.  Katta  tarmoqlarda  axborotlar 

oqimining bir tekis bo`lmasligi tabiiy holdir. Katta lokal tarmoq ko ‘pgina 

ishchi  guruhlarining,  bo‘limlarning,  korxona  filiallarining  va  boshqa 

maъmuriy  tuzilmalarning  nisbatan  kichikroq  tarmoq  osti  tarmoqlaridan 

(subnet-Lardan) iborat bo‘ladi. 

Barcha  fizik  segmentlari,  ma’lumotlarni  uzatish  uchun  birgalikda 

foyda-laniladigan  yagona  muhit  (Kanal)  sifatida  qaraladigan  ti-pik 

(SHina,  yulduzsimon  yoki  halqa)  topologiyali  tarmoq  tuzi-lishi,  katta 

tarmoqdagi  maъlumotlar  oqimi  uchun  to‘g‘ri  kel­maydi.  Masalan, 

umumiy shinali lokal tarmoqda maъlumot­larni uza­tish muhiti, ixtiyoriy 

ikki  komp'yuterlarni  axborot  almashi-nishi  uchun  ketgan  hamma  vaqt 

davomida egallab turilishi kerak bo’ladi. Komp'yu­terlar sonining oshishi, 

tarmoqning  intensiv  axborot  almashinish  imko-niyatini  ancha  cheklab 

qo‘yadi.  Bu  holni  tushuntirish  uchun  3-  rasmda  kelti-rilgan  misollarga 

muro-jaat qilamiz. 


 

3-rasm. Tarmoqning fizik va mantiqiy strukturalari 

ko‘rinishining bir xil emasligi. 

3 a) – rasmda keltirilgan lokal tarmoqning fizik tuzilishi alohida-alohida 

segmentlar ko’rinishida bo’lsa ham, axborot uzatish muhiti yagonaligicha 

qolgan. Negaki kontsentratorlar, har qanday kadrni barcha segmentlarga 

ba-ravar  uzatib  beradi-lar.  SHuning  uchun  A  komp'yuterdan  V 

komp'yuterga  yubo-rilgan  kadr,  2-Nchi  va  3-Inchi  bo‘limlar 

komp'yuterlariga kerak bo’lmasada, u bu segmentlarga ham kelib tushadi. 

Bunda  V  kom-p'yuter  unga  yuborilgan  kadrni  kabul  qilib  olmaguncha, 

boshqa  komp'yuterlar  tarmoq  bo’ylab  maъlu­motlarni  uzata  olmaydi. 

Bunday  bo‘lishiga  sabab  tarmoqning  mantiqiy  strukturasi  o;zgarishsiz 

qolganligidir,  ya’ni  barcha  komp'yuterlarning  axborot  almashinish 

imkoniyatlari teng bo‘lib qolaveradi (3. b – rasm). 

Biror-bir  segment  komp'yuterlari  uchun  yuborilgan  maъlu­motlarni, 

yaъni  trafikni,  faqatgina  shu  segment  chegarasida­gina  tarqatish  

(Uzatish)  –  tra-fikni  lokalizatsiyalash  deb  ata-ladi.  Tarmoqni  mantiqiy 

strukturalash  de-ganda  esa  –  tarmoqni  lokalizatsiyalangan  trafikli 

segmentlarga ajratish (Bo‘lish) tushuniladi. 


Lokal  komp'yuter  tarmog‘ini  mantiqiy  strukturalash  uchun  quyidagi 

kommunika­tsion  qurilmalar  ishlatiladi:  ko‘priklar,  kommutatorlar  va 

mar-shrutizatorlar. 

Ko’prik (bridge) – tarmoqda barcha komp'yuterlar tomonidan birgalikda 

foydalaniladigan  maъlumotlar  uzatish  muhitini  mantiqiy  segmentlarga 

ajratadi.  Ko‘prik  bir  segmentdan  boshqa  segmentga  axborotni  uzatish 

kerak bo‘lsagina uzatadi, yaъni ax-borot yuborilayotgan komp'yuterning 

adresi o‘sha segmentga te­gishli bo‘lsagina axborot ko‘prikdan o‘tadi, aks 

holda esa o‘tmaydi. 4-Rasmda yuqorida keltirilgan tarmoqdagi markaziy 

kontsentra-tor  o‘rniga  ko‘priklar  qo‘yilib  hosil  qilingan  tarmoq 

keltirilgan. 

 

4-rasm. Ko‘priklar yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy strukturasi. 



Kommutator (switch, switching hub) - maъlumotlarni (Kadr­larni) ishlash 

tamoili bo‘yicha ko‘prikdan farq qilmaydi. Kom­mutatorning ko‘prikdan 

farqli joyi shuki, u o‘ziga xos kommu­nikatsion mul'tiprotsessor bo‘lib, 

uning  har  bir  porti  ko‘prik  singari  maъlumotlarni  ishlash  algoritmi 

aso-sida  mustaqil  ishlaydigan  maxsuslashtirilgan  protsessorlar  bilan 

taъmin­langan.  5-Rasmda  esa  lokal  tarmoq  kommutatorlaridan  biri 

keltirilgan. 


 

6-rasm. Lokal tarmoq kommutatori. 

Lokal  komp'yuter  tarmog‘i  kommutatorlarining  har  bir  portiga, 

kelayotgan  maъlumotlar  oqimini  ishlash  uchun,  ko‘prikda  qo‘llanilgan 

algoritm asosida ishlovchi maxsus protsessorlar o‘rnatilgan. Kommutator 

deganda  o‘zining  ixtiyoriy  ikkita  portlari  o‘rtasida,  kadrlarni  parallel 

ravishda  uzatib  bera  oladigan  ko‘pprotsessorli  ko‘prikni  tushunish 

mumkin. 


Kommutator  tarkibida,  portlarining  protsessorlari  bilan  birga,  markaziy 

protsessor  ham  o‘rnatilgan  bo‘lib,  u  portlar  ishini  muvofiqlashtiradi, 

harakatlantirish  jadvalini  qurishga  javob  beradi,  hamda  kommutatorni 

konfiguratsiyalash  va  boshqarish  vazifalarini  bajarilishini  taъminlab 

beradi.  Keyingi  kommutatorlar,  tarmoq  texnologiyalari  rivojlanishi 

natijasida  paydo  bo‘la  boshlagan  ko‘pgina  qo‘shimcha  vazifalarni  ham 

bajara olish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda  ishlab chiqarila boshladilar. 

Bu  vazifalar  sirasiga  –  virtual  tarmoqlarni  hosil  qila  olish,  aloqa 

chiziqlarini agregatsiyalash, trafikning qaysinisi qanday ahamiyatga ega 

ekanligini aniqlay olish va shularga o‘xshash boshqa vazifalarni kiritish 

mumkin. 

Kommutatorlarni  qo‘llash  natijasida  tarmoqning  unumdorligini 

oshishiga, bir nechta kadrlarni parallel ishlash bilan ham erishilar ekan (7-

Rasm).      



 

7-rasm. Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish. 

Bunda,  kommutator  uning  portlariga  ulangan  har  bir  stantsiyaga  yoki 

segmentga unda qo‘llanilayotgan protokolning erishishi mumkin bo‘lgan 

o‘tkazish qobiliyatini taqdim etadi – deb ataladi. 

Amaliy ish. 

LAN tarmogini Cisco packet tracer dasturida qurish. 

 


 

Xulosa. 

Mahalliy tarmoq (LAN) - bu bitta jismoniy joyda, masalan, bino, ofis 

yoki uy kabi birlashtirilgan qurilmalar to'plami. LAN kichik yoki katta 

bo'lishi mumkin, bu bitta foydalanuvchidan iborat uy tarmog'idan, ofis 

yoki maktabdagi minglab foydalanuvchilar va qurilmalari bo'lgan 

korporativ tarmoqni tushundim. 



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling