Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.04.2020
Hajmi1.16 Mb.
1   2   3   4

Circuit/Zoom.  Sxema  o‟lchamlarini  orttirish  Zoom  IN    va  kamaytirish 

Zoom Out. 

Circuit/Schematic  Options.  Zanjirning  umumiy  ko‟rinishini  sozlaydi. 

O‟zgartirishlar faqat joriy zanjirga taalluqli bo‟ladi.  

 

 

 



Schematic Options dialog oynasida quyidagi bo‟limlar mavjud: 

  Grid; 



  Show/Hide; 

  Fonts; 



  Wiring; 

Favorites paneli

 


  Printing. 



Grid.  To‟rning  ko‟rinishini  va 

to‟rdan foydalanishni boshqaradi.  



Show/Hide. 

Zanjir  to‟g‟risidagi 

ma‟lumotlarni 

ko‟rsatish/berkitish. 

Dialog 

oynada 


belgilangan ma‟lumotlar ko‟rsatiladi. 

Fonts. 

Komponentlar 

metkalari va qiymatlarini ko‟rsatish 

uchun 


foydalaniladigan 

shriftlarning nomi va o‟lchamlarini o‟zgartirish. 



Wiring.  Sxema  komponentlarini  o‟zaro  bog‟lash 

usulini tanlash. 



Manual  route  wires  –  bog‟lovchi  chiziqlar  qo‟lda 

hosil qilinadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda 

kerakli joygacha suriladi va qo‟yib yuboriladi. CHiziqning keyingi qismini chizish 

uchun  yuqoridagi  harakatlar  qaytariladi.  Bunda 

bog‟lovchi  liniyalarni  ixtiyoriy  troektoriya  bo‟yicha 

chizish mumkin. 



Auto-route  wires  –  bog‟lovchi  liniyalarning 

troektoriyasini  Electronics  Workbench  dasturining 

o‟zi hosil qiladi.  

Printing. Bosmaga chiqarish. 

For  printing,  zoom  to  –  bosmaga  chiqarish 

masshtabini tanlash.  



Use  visible  page  breaks  for  main 

workspace – bosmaga chiqariladigan sahifalarni 

bir-biridan 

ajratib 

turuvchi 

chiziqlarni 

ko‟rsatish/berkitish; 



Use visible page breaks for subcircuits - 

ostsxemalar  uchun  bosmaga  chiqariladigan  sahifalarni  bir-biridan  ajratib  turuvchi 

chiziqlarni ko‟rsatish/berkitish.  

 

Bosmaga  chiqarish  uchun  File  menyusining  Print  bo‟limidan  ham 



foydalanish mumkin. 

1.4.  Sxemalarni 

tuzish

 

 

Sxemalarni tuzish jarayoni uch bosqichdan iborat. 



1-  bosqich.  Asboblar  panelidan  elementlarni  ishchi  sohaga  o‟tkazish  va 

ularni joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap 

tugmasi  bosiladi  va  zarur  element  ishchi  sohaga  surib  o‟tkaziladi.  Zarur  bo‟lsa 

elementlarni burish knopkalaridan ham foydalaniladi (1.3-rasm). 

 

 

1.3-Rasm. Elementlarni burish knopkalari 

 

2-bosqich. Elementlarni o‟z-aro ulash. Buning uchun: 

  Sichqonchaning  kursori  elementning  chiqishiga  kontaktning  qora 



nuqtasi paydo bo‟ladigan qilib yaqinlashtiriladi;  

 



 

Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va bosilgan holatda bog‟lanish 

hosil  qilinishi  kerak  bo‟lgan  elementning  chiqishida  qora  nuqta  hosil 

bo‟lguncha suriladi;  

 



 



Sichqonchaning chap tugmasi qo‟yib yuboriladi. 

 

Zarur hollarda qo‟shimcha tugunlar hosil qilish mumkin.  



 

Buning 


uchun  

element ishchi sohaning kerakli joyiga joylashtiriladi. 

 

3-bosqich.  Elementlarning  nominallarini  o‟rnatish.  Elementning  ustida 

sichqonchaning  chap  tugmasi  to‟xtovsiz ikki  marta  bosilsa  uning xossalar oynasi 



ochiladi.  Xossalar  oynasining  mazmuni  tanlangan  elementga  bog‟liq  ravishda 

o‟zgarib  turadi.  Hamma  xossalar  oynalarida    Label  (elementning  nomi)  va  Fault 

(elementdagi nosozliklar) bo‟limlari bo‟ladi.  

Element  yoki  zanjir  uchastkasini  yo‟qotish  uchun  u  ajratiladi  va  Delete 

hamda Enter klavishalari bosiladi. 

Sxemalarni loyihalashda ko‟pgina amallar sichqonchaning chap tugmasidan 

foydalanib  bajariladi.  Sichqonchaning  o‟ng  tugmasi,  asosan,  elementlar  va 

o‟lchash priborlari xossalarining kontekst menyularini chaqirish uchun ishlatiladi.  

Zanjir tuzish uchun quyidagi amallar bajariladi: 

-  kerakli elementlarni topish va tanlash; 

-  elementlarni sxema oynasining ishchi sohasiga joylashtirish

-  elementlarni bir-biriga simlar yordamida ulash

-  elementlar parametrlarining qiymatlarini o‟rnatish. 

Kerakli elementlarni topish va tanlash dastur oynasining yuqoridan ikkinchi 

qatoridagi  belgilarning  ustida  sichqonchaning  chap  tugmasini  bosib  va  tanlangan 

elementni  sxema  oynasiga  surish  yo‟li  bilan  amalga  oshiriladi.  Sxema  tarkibiga 

albatta  korpus  (erlanish)  qo‟shilishi  kerak.  Yerlanish  bo‟lmasa  sxemaning  to‟g‟ri 

ishlashi kafolatlanmaydi.  

EWB  dasturida  o‟zgaruvchan  rezistorar,  kondensatorlar  va  g‟altaklar 

mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida ko‟rsatilgan klavishalarni bosish yo‟li 

bilan  o‟zgartirish  mumkin.  Parametrlarni  sxema  ishlayotgan  vaqtda  ham 

o‟zgartirish  mumkin.  Lekin  bu  holda  hisoblashlarning  aniqligi  kafolatlanmaydi, 

natijalarni dasturni qaytadan ishga tushirib tekshirib ko‟rish kerak. 

Sxema  oynasidagi  elementlarni  yangi  joyga  surish  uchun  ularning  ustida 

sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi. 

Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil qilish uchun 

sichqonchaning  chap  tugmasi  element  chiqishining  ustiga  olib  kelinadi,  doira 

shaklidagi tugun hosil bo‟lishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi 

elementning  ulanadigan  tuguni  ko‟rinishi  bilan  qo‟yib  yuboriladi.  Hosil  qilingan 

simlarni sichqoncha yordamida surish ham mumkin.  



Sxema  oynasida  boshqa  elementlarga  ulanmagan  element  qolishi  mumkin 

emas.  


Elementning  parametrlarini  o‟zgartirish  uchun  uning  ustiga  kursor  olib 

kelinadi va sichqonchaning o‟ng tugmasi bosilib hosil bo‟lgan kontekst menyudan 

kerakli punkt tanlanadi. Bundan tashqari, elementning ustida sichqonchaning chap 

tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusidan tanlab  Component Properties 

ost  menyusini  ochish  mumkin.  Hosil  bo‟ladigan  dialog  panelda  kerakli  parametr 

o‟rnatiladi.  Rezistorlar,  kondensatorlar  va  induktivlik  g‟altaklari  uchun  paneldagi 

Value  bo‟limidan  foydalaniladi.  Murakkab  va  aktiv  elementlarning,  jumladan, 

diodlar,  tranzistorlar  va  uzun  liniyalarning  parametrlari  Models  bo‟limidagi 

Default  va  Ideal  bo‟limlarini  yoki  bibliotekadan  elementning  tipini  tanlash  yo‟li 

bilan o‟rnatiladi. Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi.  

Elementni  sxemadan  yo‟qotish  uchun  uning  ustida  sichqonchaning  o‟ng 

tugmasi bosiladi va hosil bo‟lgan menyudan Delete punkti tanlanadi. 

Sxema  ko‟rinishining  qo‟shimcha  parametrlarini  o‟rnatish  uchun    Circuit 

menyusining  Schematic  Option  punkti  tanlanadi  (1.4-rasm).  Ushbu  punktdan 

ko‟pchilik hollarda tugunlarning tartib raqamlarini ko‟rsatish uchun foydalaniladi. 

Buning uchun Show/Hide bo‟limidagi Show nodes punkti belgilanadi.  

 Electronics  Workbench  dasturida  katta  sxemaning  bir qismini  ost  sxemaga 

aylantirish  mumkin.  Buning  uchun  sxemaning  bir  qismi  sichqonchaning  chap 

tugmasi  bosilgan  holatda  surilib  ajratiladi  va  Circuit  menyusining  Create 

Subcircuit  punkti  tanlanadi.    Favorites  oynasida  yaratilgan  ost  sxemaning  tasviri 

hosil  bo‟ladi.  Ost  sxemalardan  foydalanish  murakkab  qurilmaning  kompakt 

sxemasini olish imkoniyatini beradi. 



 

 

1.4-rasm. Sxema ko’rinishining qo’shimcha parametrlarini o’rnatish   (Circuit 

menyusining Schematic Option punkti) 

 

 

Bundan tashqari dasturda bir nechta elementlari panellari mavjud. Masalan, 

Sources; Basic; DiodesTransistorsLogic GatesDigital; Indicators va boshqalar. 



Sources  elementlar  panelida  Ground,  Battery,  Voltage  kabi  elementlar 

mavjud. 


 

 

1.3-rasm.



 

Sources elementlar paneli. 

 

Basic elementlar panelida Connector, Resistor, Capacitor, Inductor, Switch 

kabi elementlar mavjud. 

 

 



1.4-rasm. Basic elementlar paneli. 

 

Diodes elementlar panelida diodlar turlari mavjud. 



 

 

1.5-rasm. Diodes elementlar paneli. 



 

Transistors elementlar panelida tranzistorlarning turlari mavjud. 

 

 



1.6-rasm. Transistors elementlar paneli. 

 

Logic  Gates  elementlar  panelida  AND,  OR,  NOT,  NAND,  NOR,  XOR, 

XNOR kabi elementlar (mantiqiy elementlar) mavjud. 

 

 



1.7-rasm. Logic Gates elementlar paneli. 

 

Digital elementlar panelida Half-Adder, Full-Adder, RS Flip-Flop, JK Flip-

Flop, D Flip-Flop, Multiplexers, Demultiplexers, Encoders, Decoders, Arithmetic, 

Counters, Shift Registers kabi elementlar mavjud. 

 

 

1.8-rasm. Digital elementlar paneli. 



 

Indicators  elementlar  panelida  Voltmeter,  Ammeter,  Bulb,  Proub,  Seven-

Segment Display, Decoded Seven-Segment Display kabi elementlar mavjud. 

 

 

1.9-rasm. Indicators elementlar paneli. 



 

Hisobot mazmuni. 

 

1.  Laboratoriya  ishi  bo„yicha  har  bitta  talaba  variant  raqami 

bo„yicha  quyidagi  jadvalda  berilgan  elementlar  panellarida  joylashgan 

elementlarning to„la tavsiflarini keltirsin. 

 

1-jadval. 



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



1. 

Sources 

elementlar 

paneli 



Logic Gates elementlar 



paneli

 

2. 



Basic elementlar paneli  9 

Digital elementlar paneli

 

3. 



Diodes 

elementlar 

paneli 

10 


Indicators elementlar 

paneli


 

4. 


Transistors  elementlar 

paneli 


11 

Controls elementlar 

paneli


 

5. 


Analog ICs elementlar 

paneli 


12 

Miscellaneous 

elementlar paneli

 

6. 


Mixed  ICs  elementlar 

paneli 


13 

Instruments elementlar 

paneli


 

7. 


Digital  ICs  elementlar 

paneli 


14 

Analysis Graphs 

elementlar paneli

 

 

 



Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 

 

1.  Electronics Workbench dasturi qanday maqsadda qo‟llaniladi? 



2. 

 belgisi qanday amalni bajaradi? 

3.  Electronics Workbench dasturining interfeysi nimalardan tashkil topgan? 

4.  File menyusida qanday buyruqlar joylashgan? 

5. 

belgisi qanday vazifani bajaradi? 



6.  Edit menyusida qanday buyruqlar keltirilgan? 

7. 


belgisi funksiyasi nimadan iborat? 

8.  Circut menyusida qanday buyruqlar berilgan? 

9. 

belgisi qanday maqsadda qo‟llaniladi? 



10. Analysis menyusi qanday buyruqlardan tashkil topgan? 

11.   belgisi vazifasi nimadan iborat? 

12. Window menyusi qanday buyruqlar asosida tuzilgan? 

13. Help menyusi qanday buyruqlardan iborat? 

 

 

 



2-Laboratoriya ishi. HAM va YOKI mantiqiy elementlarni tadqiq etish 

 

Laboratoriya  ishining  maqsadi.  HAM  va  YOKI  mantiqiy  elementlarini  tadqiq 

etish.  Sxemada  belgilanishi.  Rostlik  jadvali.  HAM  va  YOKI  MElari  yordamida 

2YOKI-EMAS ME va n-YOKI ME larini yasashni o„rganish. 

 

Laboratoriya ishi topshirig‘i.  

2.1. HAM va YOKI mantiqiy elementlarini sxemada belgilanishi o„rganish. 

2.2. HAM va YOKI mantiqiy elementlarini rostlik jadvalini tuzish. 

2.3. Berilgan funksiyani sxemasini HAM va YOKI MElari yordamida yasash. 

 

Uslubiy ko‘rsatmalar 

 

HAM  mantiqiy  elementi.  2.1-rasmga  asosan,  x  va  y  kalitlari  ketma-ket 

ulangan hamda P va Q nuqtalarini birlashtiradi. 

 

2.1-rasm. x va y o‘zgaruvchilarining ketma-ket ulanishi. 

 

Kalitlar  holati  2ta  A  va  B  Bul  o„zgaruvchilari  yordamida  ifodalangan 



bo„lsin. Agarda x kalit ochiq bo„lsa, unda A=0 bo„ladi, agar yopiq bo„lsa, u holda 

A=1  bo„ladi.  SHu  tarzda  y  kalitning  ochiq  yoki  yopiq  holatida  B=0  yoki  B=1 

bo„ladi. Bitta kalit qo„llanilgan holatdagidek PQ ulanish holati f Bul o„zgaruvchisi 

yordamida  ifodalanadi.  Uning  qiymati  P  va  Q  nuqtalari  orasida  ulanishning 

mavjudligiga bog„liq. 

Ko„rilayotgan  holatda  A  va  B  o„zgaruvchilari  qiymatining  4ta 

kombinatsiyasi mavjud. Ularning rostlik jadvali 2.1-jadvalda keltirilgan. Masalan, 

agar  x  va  y  kalitlar  ochiq  bo„lsa,  u  holda  A=0  va  B=0  bo„ladi  hamda  P  va  Q 

nuqtalari orasida ulanish mavjud emas. SHu tariqa f=0 bo„ladi. Boshqa tomondan, 

agarda x va y kalitlar yopiq bo„lsa, u holda A=1 va B=1 bo„ladi. 

 

2.1-jadval. 













 

2.1-jadvalda ko„rsatilgan rostlik jadvali HAM funksiyasining rostlik jadvali 

hisoblanadi.  Ayrim  hollarda  uni  Bul  ko„paytirish  funksiyasi  deb  ataydi  va  f=A·B 

algebraik  ko„rinishda  yoziladi.  Bu  erda  «  ·  »  belgisi  HAM  tarzda 



interpretatsiyalanadi.  Odatda  nuqta  belgisi  yozilmaydi  va  tenglama  f=AB 

ko„rinishda  yoziladi.  Bul  ko„paytirishining  qoidasi  ikkilik  ko„paytirish  qoidasi 

bilan mos keladi. Ular 2.2-rasmda keltirilgan. 

2.2-jadval. Ikkilik ko„paytirish qoidasi. 

 

 

Raqamli  tizimlarda  HAM  funksiyasi  HAM  elementi  deb  ataluvchi  elektron 



sxema  yordamida  amalga  oshiriladi.  2.2-rasmda  HAM  elementining  belgilanishi 

ko„rsatilgan.  Bu  elementning  chiqishida  mantiqiy  «1»ga  ega  bo„lamiz,  agarda 

uning  2ta  kirishining  qiymati  mantiqiy  «1»  bo„lsa.  Barcha  boshqa  kirishlar 

kombinatsiyasida f funksiyasining qiymati mantiqiy «0» bo„ladi. 

 

2.2-rasm. HAM elementining belgilanishi. 

 

Quyida HAM funksiyasiga tegishli ayniyatlar keltirilgan: 



 

1. A * Ā = 0;  

2. 

A

A



3. A * A = A; 

4. A * 0 = 0; 

5. A * 1 = A; 

6. A * V = V * A; 

7. A * (V * S) = (A * V) * S. 

 

Bu  erda  1-3  ayniyatlar  idempotentlik  teoremasi;  4-5  ayniyatlar  birlashtirish 



teoremasi;  6  ayniyat  o„rin  almashtirish  teoremasi;  7  ayniyat  terish  yoki 

guruhlashtirish teoremasi hisoblanadi. 



YOKI  mantiqiy  elementi.  2.3-rasmda  x  va  y  kalitlari  parallel  ulangan 

hamda P va Q nuqtalarini birlashtiradi. 

 

2.3-rasm. x va y o‘zgaruvchilarining parallel ulanishi. 


 

Kalitlarning holati va PQ ulanish mos ravishda A, B va f Bul o„zgaruvchilari 

yordamida ifodalanadi. 2.3-jadvalda bu sxemaning rostlik jadvali ko„rsatilgan. 

2.3-jadval. 













 

Agarda 2ta x va y kalitlari ochiq bo„lsa, u holda A=0 va B=0 bo„ladi hamda 

P  va  Q  nuqtalari  orasida  ulanish  mavjud  emas,  ya‟ni  f=0  bo„ladi.  Boshqa 

tomondan, agarda x kalit yopiq va y kalit ochiq bo„lsa, unda A=1 va B=0 bo„ladi. 

Bunda  P  va  Q  nuqtalari  orasidagi  ulanish  x  kalit  yordamida  amalga  oshiriladi, 

ya‟ni f=1 bo„ladi. 

2.3-jadvalda  keltirilgan  jadval  YOKI  funksiyasining  rostlik  jadvali 

hisoblanadi. YOKI funksiyasini ayrim hollarda Bul qo„shuv funksiyasi deb ataydi. 

Rostlik  jadvalining  tahlili  shuni  ko„rsatadiki,  P  va  Q  nuqtalari  orasida,  agarda  x 

kalit  yopiq  yoki  y  kalit  yopiq  bo„lsa  yoki  2ta  kalit  yopiq  bo„lsa,  ulanish  mavjud 

bo„ladi,. 

2.4-jadvalda  ikkilik  va  Bul  qo„shuv  qoidasi  keltirilgan.  YA‟ni,  ushbu 

funksiyani ULOVCHI, YOKI sifatida deb aytish mumkin. Bu atamani quyidagicha 

tushuntirish  mumkin:  A=1  va  V=1  holatida  f=1  bo„ladi.  Keyinchalik  ISTISNO-

YOKI  funksiyasinida  A=1  va  V=1  holatda  ISTISNO,  ya‟ni  A=1  va  V=1  bo„lsa 

ISTISNO-YOKI funksiyasining qiymati «0»ga teng bo„ladi. 

 

2.4-jadval. Bul va ikkilik qo„shuv qoidalari. 



 

 

YOKI  funksiyasi  algebraik  ko„rinishda  f=A+B  deb  yoziladi.  Bu  erda  «+» 



belgisi  YOKI  tarzda  interpretatsiyalanadi.  Mantiqiy  qo„shuv  qoidasi  2.5-rasmda 

ko„rsatilgan.  Ularni  taqqoslashda  2ta  farq  mavjud.  Ikkilik  qo„shuvda  1+1=10 

bo„ladi,  bu  erda  0-qo„shuv  natijasi,  1-siljish  birligi  hisoblanadi  va  u  qo„shuv 

operatsiyasining  keyingi  bosqichida  qo„shilishi  kerak.  Bul  qo„shuvida  esa  1+1=1 

bo„ladi. 

Raqamli tizimlarda YOKI funksiyasi YOKI elementi deb ataluvchi elektron 

sxema  yordamida  amalga  oshiriladi.  2.6-rasmda  YOKI  elementining  belgilanishi 

ko„rsatilgan.  Bu  sxemaning  chiqishida  mantiqiy  «1»ga  ega  bo„lamiz,  agarda  A 

yoki  V  kirishida  yoki  A  va  V  kirishlarda  bir  vaqtda  mantiqiy  «1»  bo„lsa.  Barcha 

boshqa kirishlar kombinatsiyasida f funksiyasining qiymati mantiqiy «0» bo„ladi. 



 

2.6-rasm. YOKI elementining belgilanishi. 

 

Quyida YOKI funksiyasiga tegishli ayniyatlar keltirilgan: 



 

1.  A + Ā = 1;  

2. 

A

A



3. A + A = A; 

4. A + 0 = A; 

5. A + 1 = 1; 

6. A + V = V + A; 

7. A + (V + S) = (A + V) + S; 

8. A +VS = (A + V)(A +S); 

9. A(V + S) = AV + AS. 

 

Bu  erda  ham  1-3  ayniyatlar  idempotentlik  teoremasi,  4-5  ayniyatlar 



birlashtirish teoremasi, 6 ayniyat o„rin almashtirish teoremasi, 7 ayniyat terish yoki 

guruhlashtirish teoremasi va 8-9 ayniyatlar esa, taqsimlash teoremalari hisoblanadi. 

 

Hisobot mazmuni. 

 

2.  2-laboratoriya 

ishi 

bo„yicha  har  bitta  talaba  2tadan 



topshiriqlarni bajaradi. 

1-chi  topshiriqda  talabalar  berilgan  funksiyaning  elektron  sxemasini  HAM 

va  YOKI  mantiqiy  elementlari  yordamida  (Electronics  WorkBench  dasturida) 

yasab, rostlik jadvali tuziladi va hisobot elektron va qog„oz shakllarida topshiriladi. 

2-laboratoriya ishi bo„yicha 1-chi topshiriq variantlari quyidagicha: 

 

2.5-jadval.  



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



1. 

f=AC+BC+AB 

9. 

f=A+C+BD 



2. 

f=AB+C+D 

10. 

f=BD+AC+CD 



3. 

f=ABC+D 


11. 

f=ABC+ABD 

4. 

f=AB+CDE 



12. 

f=ABE+CDE+BC 

5. 

f=BC+AC+D 



13. 

f=BC+AB+AD+BD 

6. 

f=ABD+CE 



14. 

f=ABCD+BE+AE 

7. 

f=BD+A+CEB 



15. 

f=ABC+BCD+CDE 

8. 

f=AB+AC+CD 



16. 

f=AC+BE+BD+AD 

 

 


2. 2-chi topshiriqda talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM 

va  YOKI  mantiqiy  elementlari  yordamida  yasashi  (Electronics  WorkBench 

dasturida) va rostlik jadvalini (elektron shaklda) tuzishi kerak. 

2-chi  topshiriq  bo„yicha  laboratoriya  ishi  hisoboti  qog„oz  shaklda 

topshiriladi. 

2-laboratoriya ishi bo„yicha 2-chi topshiriq variantlari quyidagicha: 

 

2.6-jadval.  



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



Variant 

№ 

Berilgan funksiya 



1. 

f=(AC+B)(D+E) 

9. 

f=(AB+C+D)E 



2. 

f=A(CE+BD)+BC 

10. 

f=(A+CD)BE 



3. 

f=(A+C)(B+E)D 

11. 

f=(A+B)(C+DE) 



4. 

f=(A+BD)CE 

12. 

f=(A+BE)CD 



5. 

f=(AC+BC)D 

13. 

f=(BC+AD)E 



6. 

f=AB(C+D)+E 

14. 

f=(A+B)C+D 



7. 

f=(AB+C)DE 

15. 

f=(A+C)BD 



8. 

f=(AB+CD)E 

16. 

f=(AC+D)B 



 

Mustaqil bajarish (tayyorlanish) uchun savollar 

 

 



14. HAM  mantiqiy  elementi  Electronics  Workbench  dasturida  qanday 

tasvirlanadi? 

15. YOKI  mantiqiy  elementi  Electronics  Workbench  dasturida  qanday 

akslantiriladi? 

16. HAM  va  YOKI  mantiqiy  elementlari  yordamida    2HAM-EMAS  ME  i 

qanday yasaladi? 

17. HAM  va  YOKI  mantiqiy  elementlari  yordamida    n-HAM  EMAS  ME  i 

qanday yasaladi? 

18. HAM mantiqiy elementi sxemasi qanday ko„rinishda? 

19. YOKI mantiqiy elementi sxemasi qanday elementlari asosida yasaladi? 

20. YOKI funksiyasining rostlik jadvali tuzing. 

21. HAM funksiyasining rostlik jadvali tuzing. 

22. Bul qo„shuv funksiyasi deb qaysi funksiyaga aytiladi? 

23. Bul ko„paytirish funksiyasi deb qanday funksiyaga aytiladi? 

 

 

 



 


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling