Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


  Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.04.2020
Hajmi1.83 Mb.
1   2   3   4

1.1.  Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari. 

 

O’tgan  asr  90-yillarining  o’rtalarida  dunyoning  rivojlangan  mamlakatlari 



Kompyuter  va  internet  kabi  axborot-kommunikatsion  texnologiyalaridan 

foydalanib,  davlat  boshqaruvi  tizimida  islohot  o’tkazish  bo’yicha  harakatlarni 

boshlashgan. Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish va fuqarolarga 

davlat  xizmatlarini  ko’rsatish  darajasini  oshirish  uchun  islohot  o’tkazishning  eng 

kuchli  strategiyasi  sifatida  elektron  hukumat  belgilangan  va  shundan  boshlab 

elektron hukumat tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamdagi loyihalar boshlangan. 

Elektron  hukumat  loyihalarining  asosiy  maqsadi  –  hukumatning  boshqaruv 

va  ma’muriy  faoliyatida  ish  unumdorligi  va  samaradorligini  ko’tarish,  bular 

asosida fuqarolarga yuqori darajadagi davlat xizmatlarni taqdim qilish, tadbirkorlik 

sub’ektlari  faoliyati  uchun  maqbul  muhit  yaratish  hisoblanadi.  Bu  maqsadlarga 

erishish uchun eng avvalo hukumat idorolari faoliyatida innovatsiyani joriy qilish, 

keraksiz  biznes-jarayonlar  va  reglamentlarni  isloh  qilish  yoki  bekor  qilish, 

hujjatlarni  qisqartirish,  qarorlarni  elektron  tarzda  qabul  qilish,  standartlashgan 

hujjat  almashinuvi  orqali  davlat  idoralari  o’rtasida  ma’mulomotlardan  umumiy 



 

 

23 



foydalanishni yo’lga qo’yish, yagona oyna tizimiga o’tishni amalga oshirish kerak 

bo’ladi. Bu ishlarning amalga oshirilishi fuqarolarga tashqariga chiqmasdan, ya’ni 

uyda  yoki  ishda  bo’la  turib  bir  tugmachani  bosish  orqali  xoxlagan  murojaatni 

qilish,  ma’lumotnoma  va  boshqa  hujjatlarni  olish  yoki  tadbirkorlik  faoliyatini 

tashkil  qilish  imkoniyatini  beradigan  innovatsion  davlat  xizmatlarini  ko’rsatishni 

ta’minlaydi. 



Elektron hukumat tizimi uchta yo’nalishni qamrab oladi: 

  Davlat idoralarida ish unumdorligi va samaradorligini oishirish uchun ichki 



ish  jarayonlarini  axborotlashtirish:  ish  jarayonlarida  vujudga  keladigan 

barcha turdagi hujjat va ma’muriy ma’lumotlarni elektron tarzda tayyorlash, 

to’plash, ko’rib chiqish, saqlash; 

  Jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  interaktiv  davlat  xizmatlarini  taqdim  qilish 



(G2C, G2B); 

  Davlat  idoralari  o’rtasida  hamkorlikni  yo’lga  qo’yish:  ma’lumotlardan 



umumiy foydalanish. 

XXI  asr  global  raqobatdagi  axborotlashtirish  davridir.  Davlat  idoralari 

qanchalik  tez  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlarini  ko’rib  chiqib, 

ularning  ish  unumdorligini  oshiryapti?  Murojaatlarni ko’rib  chiqishda  korruptsiya 

darajasi  qanchalik  kamaygan?  Davlat  idoralarida  ish  jarayonlari  qanchalik 

tezlashgan?  SHu  kabi  savollarga  javoblar  mamlakatning  qay  darajada 

raqobatbardoshligini 

hozirda 


ko’rsatmoqda. 

Elektron 

hukumat 

tizimi 


muvaffaqiyatli  joriy  etilsa,  mamlakatning  imkoniyatlari  maksimal  darajada 

ko’tariladi,  korruptsiya  bartaraf  etiladi,  barcha  ishda  shaffoflik  va  oshkoralik 

ta’minlanadi.  Bularning  natijasida  xalq  ishonchi  oshadi,  tadbirkorlik  faoliyatiga 

keng  imkoniyatlar  ochilib  rivojlanadi,  mamlakat  esa  o’zining  imkoniyatlari  va 

raqobatbardoshlik darajasini dunyoga namoyish etadi. 

―Elektron hukumat‖ tizimi, mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarining 

kirib 

kelishi 


iqtisodiyotning 

rivojlanishini  tezlashtirish  imkonini  beradi,  ma’muriy  buyruqbozlik  asosida  kelib 

chiqadigan  sarf-xarajatlarni  kamaytiradi,  davlat  tashkilotlarining  ish  unumi  va 


 

 

24 



samarasini  oshiradi,  aholining  turli  axborotlarga  bo’lgan  ehtiyojini  qondirish 

hisobiga  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  bo’yicha  imkoniyatlarni  kengaytiradi, 

davlat  xizmatlarining  faoliyatidagi  shaffoflikni  yaratadi  va  byurokratik  to’siqlarni 

kamaytiradi. Uni shartli ravishda quyidagicha ta’riflash mumkin. 

  Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari. 



  Davlat tomonidan xizmat ko’rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish. 

  Davlat  boshqaruvida  axborotga  ishlov  berish,  uni  uzatish  va 



tarqatishni  hamda  hokimiyatning  barcha  darajalarida  davlat 

organlarining  fuqarolarga  xizmat  ko’rsatishini  elektron  vositalar 

asosida tashkil etish. 

  Davlat hokimiyati organlari va jamiyat o’rtasida axborotlashtirish-dagi 



o’zaro 

munosabatlarni 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari 

asosida tashkil etish. 

Quyidagi  asosiy  xizmat  va  vazifalarni  o’z  ichiga  olgan  avtomatlashtirilgan 

davlat xizmati: 

fuqarolarni kerakli davlat axborotidan erkin foydalani-shini ta’minlash; 

soliqlar yig’ish, patentlar va transport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish; 

davlat  apparati  uchun  zarur  material  va  jihozlarni  xarid  qilishni 

rasmiylashtirish hamda bitimlar tuzish.  

SHunday  qilib, ―Elektron hukumat‖  tizimi  quyidagi  asosiy  maqsadlarni  o’z 

ichiga oladi: 

aholi va biznesga davlat xizmatlarini ko’rsatishni optimallash-tirish; 

aholini davlat boshqaruvidagi ishtirok etish darajasini oshirish; 

fuqarolarning  o’z-o’ziga  xizmat  ko’rsatish  imkoniyatlarini  kengaytirish  va 

qo’llab-quvvatlash; 

geografik joylashish ta’sirini kamaytirish.  

―Elektron  hukumat‖  tizimini  yaratish  arzon  va  samarali  ma’muriy 

boshqaruvga  olib  kelishi  bilan,  jamiyat  bilan  davlat  o’rtasidagi  o’zaro 

munosabatlarni tubdan o’zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi 

mas’uliyati oshadi. 



 

 

25 



―Elektron  hukumat‖  tizimining  asosiy  tamoyillaridan  biri  har  bir  fuqaro 

hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkin bo’lishidir. YA’ni, 

―Elektron hukumat‖ fuqarolarni davlat bilan o’zaro munosabati va davlat xizmatini 

sutkasiga  24  soat,  haftasiga  7  kun  geografik  qaerda  joylashishidan  qat’i  nazar, 

ta’minlashi lozim.  

Hozirgi  vaqtda  fuqarolarga  axborot  etkazish  asosan  passiv  va  muntazam 

bo’lmagan  holda  ommaviy  axborot  vositalari  orqaligina  amalga  oshiriladi. 

Odamlar  yangi  qonunlar,  hukumat  qarorlari  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan 

gazeta,  televidenie  hamda  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  tanishadilar. 

Lekin  bu  hujjatlar  bilan  ular  haqiqatan  ham  zaruriyat  tug’ilganda  tanisha 

olmaydilar.  Masalan,  biror  davlat  idorasiga  murojaat  etilganda  axborot  izlash 

muammosi  bilan bog’liq xizmatlarga duch  kelinadi. Ma’lumotlarni har doim  ham 

e’lonlar  taxtasidan  topib  bo’lmaydi  va  bunday  hollarda  fuqarolar  kerakli 

ma’lumotlarni  berish  imkoniyatiga  to’liq  ega  bo’lmagan  xizmatchilarning 

maslahatlariga  muhtoj  bo’ladilar.  So’ngra  axborot  chanqoqligini  chala  qondirgan 

fuqaro  bundan  so’ng  bir  necha  marta  navbat  kutib,  saviyasi  past  xizmatga  duch 

keladi.  Bundan  tashqari,  davlat  xizmatlari  to’lovini  to’lashda  ham  fuqaro 

jamg’arma  bankida  navbat  kutishi  mumkin.  Axborotning  to’liq  bo’lmaganligi  va 

xizmat  ko’rsatishda  davlat  xizmatchilarining  sovuqqonligi  tufayli  fuqaro  o’ziga 

tegishli bo’lgan  imtiyozlardan bexabar  bo’lgan  holda  ulardan  foydalana  olmasligi 

mumkin.  Odamlar  o’z  huquqlarini  to’liq  bilmagani  tufayli  byurokrat  va  tartibot 

saqlash  organlarining  qurbonlariga  aylanadi.  Bu  muammolarni  hal  qilish  uchun 

barcha  davlat  muassasalari  xizmatlarining  tavsifi  va  ro’yxatlari  hamda  normativ-

huquqiy  axborotlar  fuqarolarga  etkazish  imkoniyati  mavjud  bo’lmog’i  zarur. 

Mamlakatda  axborotlashgan  jamiyat  shakllantirish  doirasida  bunday  axborotlar 

standartlashtirilgan bo’lib, Internet saytlarida e’lon qilinishi lozim.  

Lekin  ―Elektron  hukumat‖  Internet  orqali  axborot  almashinish  faoliyatini 

amalga  oshirishni  boshlamasdan,  balki,  davlat  xizmatlarini  shu  tizim  orqali 

bajarish imkoniyatini yaratishdan boshlanadi.  


 

 

26 



―Elektron  hukumat‖  tizimi  fuqarolar  bilan  hokimiyat,  turli  ijtimoiy 

xizmatlar,  qo’mitalar,  tashkilotlar,  umuman  olganda,  istalgan  darajadagi  rahbar 

xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi. 

―Elektron hukumat‖ tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni 

kamaytirgan  holda  davlat  xizmatidagi  mansabdor  shaxslar-ni  fuqarolar  bilan 

yaqinlashtirishni  ta’minlashdir.  Bundan  jamiyat  hech  bo’lmaganda  poraxo’rlik  va 

korruptsiyaning kamayishi ko’rinishida foyda ko’rishi mumkin.  

 SHunday qilib, ―Elektron hukumat‖ tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim 

sifatida  qaralmasdan,  balki,  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish  tamoyilining 

jamiyatni  axborotlashtirishdagi  keng  ko’lamli  elementi  ko’rinishida  qaralmog’i 

lozim. 

1.2.  Interaktiv davlat xizmatlari va  axborot resurslari. 

Bugungi  kunda  har  qanday  davlatning  rivojlanishi,  uning  jahon 

hamjamiyatida  tutgan  o’rni  ushbu  mamlakatda  AKT  xizmatlarining  rivojlanish 

darajasi, 

aholining 

turli 


guruhlari 

tomonidan 

ulardan 

foydalanishdagi 

imkoniyatlariga bevosita bog’liq desak, mubolag’a bo’lmaydi. 

Hozirgi vaqtga kelib, O’zbekistonda AKTni joriy etish va rivojlantirishga bir 

qator  Qonunlar,  Prezident  Farmoyishlari,  Prezident  va  Hukumat  Qarorlari,  davlat 

va  tarmoqqa  oid  standart  va  boshqa  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  mustahkam  asos 

bo’lib  xizmat  qilib  kelmoqda.  Oxirgi  yillar  mobaynida  davlat  organlarini 

kompyuter  texnikasi  bilan  ta’minlash,  ma’lumotlarni  lokal  va  korporativ  darajada 

uzatish,  Internet  tarmog’iga  ulanishi  (hozirda  barcha  davlat  organlari  bunday 

imkoniyatga ega) bo’yicha anchagina ijobiy  yo’nalishdagi ishlar amalga  oshirildi. 

Tahlillar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  oxirgi  10  yil  davomida  O’zbekiston  Respublikasi 

elektron  hukumatni  rivojlantirish  bo’yicha  katta  natijalarga  erishdi.  Bu  borada 

(―Elektron  hukumat  to’g’risida‖  2015  yil  9-dekabr)  bir  qator  muhim  qonunlar 

qabul  qilindiki,  ular  elektron  hukumatning  jadal  sur’atlarda  rivojlanishiga  turtki 

bo’ldi. 


 

 

27 



Elektron  hukumatni  rivojlantirish  jarayonida  ma’lumotga  boy  resurslar  va 

davlat  organlari  tizimi  yaratiladiki,  bunda  elektron  xizmatlar  faoliyati  yagona 

davlat portalidan (bunga interaktiv davlat xizmatlarining  yagona reestrini yaratish 

ham  kiradi)  amaliy  jihatdan  olib  borilishi  ta’minlanadi  va  saytga  joylashtirish 

bo’yicha keng ko’lamdagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Ammo 

bu  xizmatlarni  amalga  oshirish,  ya’ni  ma’lumotlarni  taqdim  etish  faqat  bir 

yo’nalishda,  ya’ni  davlatdan  -  fuqarolarga  tomon  shaklida ham  amalga  oshirilishi 

mumkin.  

Mamlakatimizda  2012-yilning  ikkinchi  yarmida  qabul  qilingan  qonun  va 

farmoyishlar  respublikada  elektron  hukumatni  rivojlantirishni  yanada  jadal 

sur’atlarda o’sishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi, natijada mamlakatimiz ushbu 

yo’nalishda  sezilarli  natijalarga  erishdi.  Bunday  yo’nalishdagi  ishlardan  eng 

muhimlarini  ajratib  ko’rsatish  mumkin,  ulardan  biri  davlat  axborot  tizimining 

yaratilgani  (GIS)  va  shuningdek,  bunda  davlat  hukumat  organlari  tomonidan 

tegishli  resurslarni  ma’lumotlar  bazasi/reestri  shaklida  jamlanishini  aytib  o’tish 

joiz.  Davlat  axborot  tizimining  shakllanishida,  ayniqsa,  2006–2007  yillardagi 

hukumat qarorlari muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 

 

2.1- rasm. Davlat ma’lumot rusurslarining tartibga solinishi. 



Bugungi kunda barcha davlat organlari tomonidan, doimiy ravishda, yangilanib 

turuvchi  web-saytlar  yaratilgan  bo’lib,  ular  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  davlat 

organlarining faoliyati va ular qabul qilayotgan qarorlari haqida keng ma’lumotlar 


 

 

28 



berib  bormoqdalar.  Davlat  organlari  tomonidan  foydalanuvchilarga  270  ortiq 

davlat  interaktiv  xizmatlarini  (my.gov.uz)  yagona  interaktiv  davlat  hizmatlari 

portali  orqali  hizmat  ko’rsatish  amalga  oshirilmoqdaki,  portalga  900  dan  ziyod 

tashkilot ulangan. 

 

 

2.1- rasm. Davlat interaktiv  xizmatlarini tartibga solinishi. 



Davlat  interaktiv  xizmatlari  yagona  portali  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga 

uchun  yagona  oyna  xizmatlarini  taqdim  qiluvchi  portal  sifatida  ―front  ofis  (front 

office)‖  funktsiyalarini  bajaradi.  Bu  portal  orqali  ―one  click‖  tarzda  xizmatlarni 

taqdim qilish uchun vazirlik va idoralarning ―bek ofis (back office)‖ funktsiyalarini 

bajaruvchi tizimlari yoki idoralararo tizimlar mukammal darajada bo’lishi kerak.  

Idoralararo  hamkorlik  uchun  axborot  tizimlarining  integratsiyasi  ham  juda 

muhimdir.  ―Bek  ofis  (back  office)‖  har  bir  vazirlik  va  idoralarda  boshqaruv 

faoliyati samaradorligi va unumdorligini oshirish va fuqarolar murojaatlarini ko’rib 

chiqishga  ixtisoslashgan  bir  qancha  axborot  tizimlaridan  tashkil  topgan.  Bunday 

tizimlarning texnik infrastrukturasini  yuqori tezlikdagi elektron hukumat tarmog’i 

tashkil  qiladi.  Shuningdek,  boshqaruv  faoliyada  korporativ  axborot  tizimi, 

qarorlarni  elektron  tarzda  qabul  qilish  tizimi  va  shu  kabi  boshqa  tizimlarni  joriy 

qilish zarur. 

―Bek ofis (back office)‖ni tashkil qiluvchii bunday kompleks axborot tizimlari 

quyidagilardir:  milliy geografik, avtotransport vositalari, sog’liqni saqlash, ta’lim, 

 


 

 

29 



nafaqa,  davlat  buyurtmalari,  bojxona,  soliq,  kommunal  xizmatlari  va  boshqa 

axborot tizimlari. 

Aholiga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni  olish, ma’lumotlar, ariza 

topshirish  va  hokazo  xizmatlardan  masofadan  turib  foydalanish  imkoniyatini 

yaratish  axborotlashgan  jamiyat  omillaridir.  Misol  tariqasida  aytadigan  bo’lsak, 

Koreya  Respublikasida  ko’chish,  tug’ilganlik  haqidagi  guvohnoma  va  boshqa 

4,997  turdagi  ma’lumotlar  fuqarolarga  100  %  onlayn  taqdim  etilmoqda. 

Kompaniyalarni ruyxatga olish va boshqa  3020  turdagi arizalarning 76 % i onlayn 

amalga  oshiriladi.  Fuqaroni  ro’yxatga  olish  ma’lumotnomasi  nusxasi  va  boshqa 

1208  turdagi  hujjat  olish  bilan  bog’liq  xizmatlarning  99  %i  internet  yordamida 

bitkazilmoqda.  Bugun    O’zbekiston  Respublikasida  aynan  mana  shu  natijalarga 

erishish ustida katta izlanishlar olib boryapti.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

30 



II BOB. WEB SAHIFA YARATISHGA MO’LJALLANGAN DASTURIY 

VOSITALAR 

2.1. Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning 

qiyosiy taxlili. 

Internetning  WWW  xizmati  asosan  web  saxifalarga  asoslanadi.  Web- 

sahifalar  asosan  HTML,  ASP,  PHP,  JSP,  texnologiyalari  yordamida  yaratilib, 

matn,  grafik,  dastur  kodi  va  boshqa  ma’lumotlardan  tashkil  topgan  bo’lishi 

mumkin.  

•  Web-sayt inglizcha ―site‖ so’zidan olingan bo’lib, joy, joylashish kabi 

ma’nolarni bildiradi.  

•  Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish mumkin bo’lgan va 

noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. 

•  Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.  

Bugungi kunda Internet tarmog’ida turli formatdagi va turli dizayndagi Web 

saxifalarni uchratishimiz mumkin. Ular maxsus Web saxifalarni dasturlashtirishga 

mo’ljallangan muxarrirlar yordamida tayorlanadi.  

Xar  bir  foydalanuvchi  WEB-sahifa  yaratish  uchun  o’ziga  qulay, 

imkoniyatlari  yuqori    bo’lgan  dasturiy  vositani  tanlaydi.  Bugungi  kunda  bunday 

dasturiy vositalarning bir nechasi Web dizaynerlarga katta xizmat qilib kelmoqda. 

Masalan    DataLife  Engine,  Allaire  HomeSite  Macromedia  Dreamweaver  va 

boshqalar.  Oddiy  Web  saxifalarni  yaratish  uchun  Windows  standart  ilovalaridan 

biri  bloknot  dasturidan  xam  foydalanish  mumkin.  Undan  tashqari  matn 

muxarrirlaridan uncha katta bo’lmagan sahifalar yaratishda foydalanish mumkin:  

Yuqorida  keltirib  o’tilgan  dasturiy  vositalarning  ayrim  imkoniyatlarini 

keltirib o’tamiz. 



DataLife  Engine  dasturini  o’rganish  oson  va  Web  -saytlar  yaratish  ham  qiyin 

emas. Web-sayt yaratish uchun server tarmog’i uchun dasturiy ta’minot o’rnatilgan 

bo’lishi  shart.  DataLife  Engine  odatda  aloxida  quyiladi  va  Mirosoft  Internet 

Explorer  ning  beshinchi  yoki  keyingi  versiyalari  o’rnatiladi.  Bundan  tashqari, 

o’rgatuvchi dastur o’rnatilishi shart.  


 

 

31 



 Shaxsiy Web-sayt barcha turdagi axborotlarni birgalikda ishlatish mumkin bo’lgan 

sahifalarning bir yoki bir nechtasining yig’indisi. 

Bu o’rgatuvchi dastur Web-sahifaga va web-saytni boshqarishga yordam beradi. 

Web sahifa yaratishda quyidagilarni bilish lozim: 

-     DataLife Engineni ishga tushirish

-     Web sahifa yaratish va  taxrirlash; 

-     Matn va giperaloka bilan ishlash; 

-     Rasm va fayllar qo’yish; 

   Format ruyxatlari

-     Pozitiya ob’ektlari; 

-     Teskari aloka formasini qo’shish; 

-     Fotografiyalar galereyasini loyihalash; 

-     Web sayt strukturasini yaratish; 

-     Qilingan ishlarni xotirada saqlash;   

 

1.1 rasm DataLife Engine dasturi interfeysi 



 DataLife  Enginening  asosiy  kamchiligi  HTML-kodning  kattaligi.  Shuning 

uchun sahifa katta bo’ladi va yuklanish tezligiga ta’sir qiladi.  



 

 

32 



 

1.2 rasm DataLife Engine da saxifalarni yaratish jarayoni 



 

Macromedia Dreamweaver dasturi 

Macromedia  Dreamweaver  kompaniyasi  WEB-saytlar  yaratuvchi  dasturlar 

ishlab  chikarish  buyicha  lider  va  bu  soxada  yangiliklar  yaratuvchi  kompaniya 

hisoblanadi. Bu kompaniyaning  HTML-muxarriri oxirgi versiyasi – WYSIWYG –

muxarrirlari  kategoriyasiga  kiruvchi  Dream  Weaver    bo’lib,  bu  paket  juda  ko’p  

afzalliklarga ega: qulay interfeys, funktsiyalar nastroykasi, katta loyihalarni qo’llab 

kuvvatlash  (va  Shock  Wave  texnologiyalarni),  FTP  orqali  fayllarni  olish 

imkoniyati, SSI ni qo’llash va boshqalar. 

 

1.3 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi bosh oynasi 



 

1.4 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi xususiyatlar oynasi 



 

 

33 



 

1.5 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi kod oynasi 

Bu  dasturda  ishlash  uchun  HTMLni  to’liq  bilish  shart  emas.   HOME  SITE 

2asosiy rejimdan iborat: Edit va Design.Design rejimi – WYSIWYG( HTML-kod 

chikaruvchi)  muxarririga  uxshash  bo’lib,  agar  begona  HTML-kod  yuklasangiz, 

HOME  SITE  uni  o’ziga  moslashtirib  o’zgartiradi.  Edit  rejimi  sahifacha  ustidan 

to’liq nazorat qilish imkonini beradi.  

 

 1.6 rasm    Home site dasturi interfeysi   



 

 

  



 

 

 

34 



2.2  Web-sahifalar  yaratishning umumiy tamoyillari. 

Web-sahifalarni yaratish bo’yicha tavsiyalar. Aytaylik, biz  WWW (World 

Wide 

Web 

dunyo 


tarmog’i)da 

o’z 


saxifamizni 

yaratmoqchi 

va 

joylashtirmoqchimiz. Uning qiziqarli, foydali va muximi ko’p kiriladigan bo’lishi 



uchun nimalar qilish kerak. Aniq javob berish kerak bo’lgan birinchi savol: Web-

saxifa  nima  uchun  yaratilayapti?  Bu  savolga  ko’p  narsa  bog’liq:  bezash  usuli, 

yaratish  va  keyingi  faoliyati  uchun  sarflanadigan  harajatlar,  Web  ga  o’rnatish 

uchun  ma’lumotlarni  tasvirlash  formati,  Web-serverning  va  Internet  aloqasi 

kanalining  dasturiy  ta’minotiga  bo’lgan  talablar  va  instrumentlar.  Bu  erda  bir 

necha variantlar bo’lishi mumkin. 

Agar  biz  qandaydir  maxsulotni  realizatsiya  qilayotgan  kompaniya  uchun 

Web-sahifa  yaratayotgan  bo’lsak,  u  holda  asosiy  maqsad  firma  to’g’risida 

ma’lumot  tarqatish  va  maxsulot  reklamasi  va  yana  Web-magazin  tashkil  qilish 

bo’ladi. Bunda quyidagi vazifalar echiladi:  

  kompaniya imijini o’zgartirish va obro’yini ko’tarish;  



  maxsulot markasini oldinga surish;  

  maxsulot  to’g’risidagi  ma’lumotlarning  etarliligi  va  xaridorlar  uchun 



narxlar;  

  dilerlar 



tarmog’ini 

qo’llab-quvvatlash, 

maxsulot 

to’g’risidagi 

ma’lumotlarning etarliligi va dilerlar uchun narxlar;  

  maxsulotni  Internetda  to’g’ridan-to’g’ri  sotish,  Web-magazin  tashkil 



qilish;  

  ofisdan tashqaridagi xodimlar uchun ichki ma’lumotlarning etarliligi.  



Boshqacha  variant  –  bu  internetda  tijorat  bilan  shug’ullanmaydigan,  balki 

ma’lumot  tarqatadigan  ilmiy  yoki  umumta’lim  tashkilotlari  uchun  Web-sahifa 

yaratish.  Bu  holatda  masala  qidiruvni  tashkil  qilish  va  unga  kirish  uchun  katta 

ma’lumotlar  massivlarini  yig’ish,  qayta  ishlash  va  Web-sahifaga  joylashtirish 

to’g’risida boradi.  

Va  so’nggi  variant  –  biz  o’zimizning  shaxsiy  sahifamizni  Internetga 

joylashtirmoqchi  bo’lsak,  qo’yilgan  savollarga  to’g’ri  javob  berish  uchun  Web-


 

 

35 



sahifa 

mo’ljallangan 

foydalanuvchilar 

kategoriyasini 

aniqlash 

lozim.  


Foydalanuvchilarni  jalb  qiluvchi  va  ularni  ushlab  turuvchi  ma’lumotlar  qurilmasi 

psixologiya asosida qurilishi kerak. Keyinchalik Web-sahifa bilan bog’liq bo’lgan 

har qanday harakatlarlarning maqbulligi sahifaga kiruvchilarni ularga nisbatan aks 

harakatlariga  va  bu  harakatlar  ko’zlangan  maqsadga  etishga  qanchalik  xizmat 

qilishiga ko’ra baxolanishi lozim. 

Maqsadlar  belgilab  va  foydalanuvchilar  kategoriyalari  aniqlab  olingandan 

keyin  tayorlangan  ma’lumotlarni  Web-xujjatlar  bo’yicha  taqsimlab  olish,  ular 

orasidagi bog’liqliklarni o’ylab ko’rish va qo’shimcha navigatsion imkoniyatlarni, 

masalan, Web-saxifa bo’yicha qidiruv tizimini ko’rib chiqish kerak. 

Firma Web-saytning tipik tuzilishi odatda quyidagicha tasvirlanadi

Kompaniya  to’g’risida  ma’lumot.  Firmaning  maqsadlari  va  ish  yuritishi 

usullari,  uning  tarixi  va  hakazo  to’g’risida  bayon  qilish  kerak.  Maxsulot  va 



xizmatlar  yuzasidan  ma’lumot.  Web-sahifaga  o’zingizning  maxsulotingizning 

rasmlarini  joylashtiring.  Uning  xususiyatlari  va  ustunliklarini  bayon  qiling  va 

undan  foydalanishga  misollar  keltiring.  Agar  maxsulotning  qog’ozdagi  katalogi 

mavjud  bo’lsa,  u  holda  uning  mazmunini  va  strukturasini  Web-sahifaga 

joylashtirish mumkin.  

Bu  katalogning  elektron  variantini  yaratish  va  yangilab  turishini 

engillashtiradi.  Agar  maxsulotga  yoki  xizmatlarga  Internet  orqali  buyurtmalar 

qabul qilish rejalashtirilayotgan bo’lsa, u holda elektron pochta orqali qabul qilish 

uchun buyurtma blankasini joylashtirish kerak. 

 Axborot  qo’llab-quvvatlash.  Bu  bo’limda  qo’shimcha  texnik  ma’lumotlar, 

ko’p  beriladigan  savollar,  noto’kisliklarni  bartaraf  qilish  uchun  maslaxatlar  va 

hokazolar e’lon qilinadi.      



Yangiliklar.  Xaridorlarni  firma  tomonidan  chiqarilayotgan  yangi  maxsulotlar 

va  ko’rastilayotgan  yangi  xizmatlar  to’g’risida  xabardor  qilib  turing,  press-

rilizlarni chop qiling va hokazo. 

Teskari  aloqa.  Siz  bilan  qanday  aloqaga  kirishish  mumkinligini  va  qaerda 

joylashganingiz  to’g’risida  xabar  bering.  Izoxlar  formasi,  mexmonlar  kitobi, 



 

 

36 



xaridor  o’z  fikrlarini  jo’natishi  uchun  elektron  pochta  adreslari  va  hakozolarni 

joylashtiring. 

Web-sahifani  to’ldirishda  doimo  ikki  tamoyilni  yodda  tutish  kerak:  o’ziga 

xoslik va e’lon qilinayotgan materiallarning ishonchliligi. 

O’ziga  xoslik  mazmunga  qo’iladigan  eng  birinchi  talabdir.  Saytda  shunga 

o’xshash  ko’plab  sahifalar  bo’lishi  mumkin.  Sizning  Web-sahifangiz  shunga 

o’xshash  mavzudagi  serverlardan  farq  qilishi  kerak,  xech  bo’lmaganda  diqqatni 

o’ziga  jalb  qilish  uchun.  O’ziga  xos  materialllarni  joylashtirilishi  sahifangizga 

kiruvchilar  sonini  orttiradi.  O’ziga  xos  ma’lumotlar  resursi  yaratish  uchun 

printsipial  jihatdan  yangi  narsani  yaratish  shart  emas,  mavjud  resurslarni 

boshqacha tartibda joylashtirish mumkin, lekin bunda xaridorga kerakli materialni 

qidirishda ko’p vaqt sarflashga majbur qilmaslik kerak.  

Resurslarning  o’ziga  xosligini  zamonaviy  qidiruv  tizimlari  yordamida 

tekshirib  ko’rish  mumkin.  Obro’  jihatdan  kelsak,  u  siz  ma’lumotlarni  qanchalik 

sinchiklab  tanlashingiz, tekshiringiz  va  o’z  vaqtida  yangilab  turishingizga  bog’liq 

bo’ladi.  

Web- saxifani yaratishda shu narsani esda tutish kerakki, uni tashkil qiluvchi 

alohida  xujjatlar  bir  xil  bezash  usuli  va  navigatsion  vositalar  bilan  birlashtirilishi 

kerak.  YAgona  bezash  usuli  –  bu  professional  Web-sahifani  havaskor  Web-

sahifalardan  farqlovchi  ko’rsatkichlardan  biridir.  Bir  xil  ko’rinishda  qilingan 

xujjatlar  tufayli  foydalanuvchilar  sizning  Web-saxifangizni  boshqalardan  ajrata 

olishadi  va  eslab  qolishadi.  Bu  xujjatlar  xuddi  ikki  tomchi  suvdek  bir-biriga 

o’xshashi kerakligini bildirmaydi, lekin umumiy g’oya, yagona usul doimo bo’lishi 

kerak. 


SHu  narsa  sahifalar  bo’ylab  navigatsion  vositalarga  ham  tegishli.  Web-

sahifaga kiruvchi uni xuddi siz kabi  yaxshi biladi deb  o’ylamaslik kerak. U hozir 

o’zining  qaerda  turganligini  va  boshqa  hohlagan  joyga  qanday  o’tishi 

mumkinligini  qiyinchiliksiz  bila  olishi  kerak.  Birinchi  sahifaga,  qidiruv  dasturiga 

yoki Web-sahifa sxemasiga o’ta olish imkoniyati ko’rib qo’yilishi kerak. 


 

 

37 



Bundan  tashqari  usulning  bir  xilligi  bezash  va  navigatsiya  (ma’lumotlar 

to’ldirmasdan)ning  faqatgina  oddiy  elementlariga  ega  shablon-sahifalardan 

foydalanish  imkoniyatini  yaratadi.  Ularning  yordamida  yangi  sahifalarni  tez  va 

unumli  tarzda  yaratish  va  uni  yaratishda  ishni  bir  necha  kishiga  taqsimlash 

mumkin.  

Tayyor  sahifani  olishda  shablondan  foydalanishda  unga  faqatgina  kerakli 

ma’lumotlarni  kiritiladi.  Ketma-ketlilik,  mantiqiylik,  doimiylik  –  yaxshi  Web-

sahifa  uchun  kerak  bo’ladigan  xususiyatlar.  HTML  da  paydo  bo’lgan  usullarning 

kaskadli  jadvallari  sizning  Web-saxifangiz  stilini  hosil  qilish  va  o’zgartirish 

bo’yicha  qilinadigan  ishlarni  anchagina  soddalashtiradi.  Ularning  ba’zi  bir 

imkoniyatlari to’g’risida quyida aytib o’tiladi. 

Struktura.  Bugungi  kunda  xujjat  strukturasi  to’g’risidagi  qarashlar 

qat’iylashdi. Web-xujjat o’zida quyidagi bo’limlarga ega bo’lishi kerak: sarlavha, 

kompaniya  nomi,  navigatsion  panel,  hususiy  mazmun,  kontakt  ma’lumotlari, 

yangilanish sanasi va vaqti, mualliflik xuquqi va xujjat statusi.  



Logotip.  Web-sahifani  yaratishda  firmaning  nomi  doimo  ekranda  bo’lishi 

to’g’risida qayg’urish kerak. Buning uchun har bir Web-xujjatning boshida odatda 

chiroyli qilib bezatilgan firma logotipi joylashtiriladi. Bundan tashqari kompaniya 

nomi barcha xujjatlarga kiruvchi ma’lumotlarda ham bo’lishi kerak.  



Navigatsion  panel.  Web-xujjatdagi  eng  muhim  bo’limlardan  biri  bu  

navigatsion  panel  yoki  boshqaruv  panelidir.  Undagi  gipermatnli  o’tishlar  e’lon 

qilinayotgan metriallar orasida bog’lanishlarni yuzaga keltirganligi hisobiga butub 

dunyoni egalladi. Lekin xuddi shu o’tishlar to’la xaos havfini ham yuzaga keltiradi, 

zanjir  bo’ylab  uch-to’rtta  xujjatni  o’gandan  keyin,  orqaga  qaytolmay  qolasiz. 

Sizning Web-saxifangiz aniq va intuitive tushunarli navigatsion yo’nalishlar bilan 

ta’minlashi kerak.  

Ko’plab o’tkazilgan izlanishlar ko’rsatadiki, Web-serverlarga kiruvchilar juda 

sabrsizdir  va  serverdagi  ma’lumotlar  bo’yicha  ikki  darajadadan  ortiq  ichkari 

kirishni  istashmaydi. 

SHuning  uchun 

katta 


hajmdagi 

Web-saxifalarini 

yaratayotganda  har  qanday  ma’lumot  bir-ikki  o’tishlardan  uzoq  joylashmagan 


 

 

38 



oraliq,  odatda  birinchi-ikkinchi  darajada  joylashuvchi  xujjatlarni  ko’rib  chiqish 

kerak.  


Sizning Web-saxifangizning navigatsion paneli har bir xujjatda bo’lishi kerak. 

Eng  avval  unda  Web-saxifa  strukturasidagi  qo’shni  xujjatlarni  ko’rsatuvchi 

―Oldinga‖-―Orqaga‖  (―Navbatdagi‖-―Oldingi‖)  tipidagi  yo’naltiruvchi  o’tishlar 

bo’lishi kerak. Yana boshqaruv panelidan Web-saxifaning barcha yirik bo’limlari – 

birinchi  darajali  bo’limlariga  o’tishlar  bo’lishi  kerak.  Foydalanuvchi  doimo  Web-

saxifaning asosiy sahifasiga qaytish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. O’tishlardan 

tashqari mahalliy qidiruv tizimiga va indeksga bo’lgan yo’lni ko’rsatish kerak.  

Mazmun. Eng oldin shuni ta’kidlash kerakki, Web-xujjatlar oddiy gazeta yoki 

jurnallarga  qo’yiladigan  talablarga  to’la  javob  berishlari  kerak:  Grammatik  va 

orfografik  xatolardan  holi  bo’lish,  berilayotgan  materiallarning  aniqligi  va 

ishonchliligi  va  boshqalar.  Bundan  tashqari  Web-xujjat  qanoatlantirishi  kerak 

bo’lgan ko’plab maxsus talablar paydo bo’ladi. 

Ko’pincha  xujjatning  o’chamlari  to’g’risida  savol  tug’iladi:  qanday  sondagi 

sahifalar  etarli  bo’ladi?  Javob  birinchi  qaraganda  g’alati  tuyulishi  mumkin:  bitta 

ekranli  oyna  yoki  xech  qanday  chegara  qo’yilmaydi.  Ko’plab  izlanishlar  shuni 

ko’rsatadiki,  foydalanuvchilar  brauzerning  yugurdakli  polosasi  bilan  ishlashni 

yoqtitishmaydi.  

Ularga  hammasidan  ko’proq  bitta  ekranga  sig’adigan  sahifa  yoqadi. 

Haqiqatdan  ham  siz  xech  qachon  foydalanuvchiga  bitta  sahifaga  joylashtirib 

yozilgandan  ko’proq  ma’lumot  bera  olmaysiz.  Agar  bitta  sahifaga  sig’dira 

olmasangiz, u holda yana bitta xujjat yarating. 

Bir ekranli sahifa ma’lumotlarni tasvirlash uchun mos o’lchov bo’lib chiqdi. 

Agar xujjatning o’lchami bitta sahifadan o’tib ketsa, ko’pchilik hollarda u har biri 

bitta sahifadan ortiq joy egallamaydigan bir nechta mantiqiy bo’laklarga bo’linishi 

mumkin.  

Agar ma’lumotni mantiqiy qismlarga bo’lishning iloji bo’lmasa, bayon qilish 

usulini,  ba’zan  esa  materialni  o’zini  ham  qayta  ko’rib  chiqish  kerak  bo’ladi. 

Hozirgi  vaqtda  Web-serverni  bir  ekranli  xujjatlar  asosida  qurish  kerak  degan 


 

 

39 



umumiy  fikr  hosil  bo’lgan.  Bu  qoidadan  ikki  holdagina  chekiniladi.  Unda  e’lon 

qilinayotgan  maqolalarga  qo’llanilmaydi  va  ikkinchi  hol-  bo’lishi  mumkin 

bo’lmagan anketa formalari.  

Grafika.  Web-sahifani  ishlab  chiqishda  grafik  va  matnli  materiallarning 

optimal  nisbatini  diqqat  bilan  tanlash  kerak.  Bitta  yahshi  rasm  ming  qator 

matnning o’rnini olishi mumkin, lekin u tarmoqda ming marta uzoqroq yuklanadi 

ham.  SHuning  uchun  grafikadan  extiyot  bo’lib  foydalanish  kerak.  SHu  narsadan 

kelib  chiqish  mumkinki,  sahifadagi  grafika  Web-ustasi  xohlagandan  ko’ra  ozroq 

bo’lishi kerak. Foydalanuvchilarda sabr etishmasligi mumkin va ular xujjatni to’la 

ochilmasidan turiboq yopib yuborishadi.  

SHuni  ta’kidlash  kerakki,  boshqaruv  paneli,  firma  nomi  va  logotipi  odatda 

grafik  elementlar  shaklida bajariladi. Maketini  yasagandan keyin  HTML  va   ning 

samonaviy  texnologiyalari  tomonidan  tavsiya  qilinadigan  boshqa  vositalar 

yordamida amalga oshirishni boshlash mumkin.  

Web-saxifani yaratib bo’lib, uni Internetga joylashtirish kerak. Bu erda ikkita 

variant  bo’lishi  mumkin:  birinchisi  –  Web-server  va  Web-saxifa  bilan  birga 

ofisingizda turgan kompyuterdan foydalanish va ajratilgan  yoki kommutirli liniya 

bo’yicha  Internetga  ulanish;  ikkinchisi  –  Web-saxifani  joylashda  maxsus 

tashkilotlar xizmatidan foydalanish. 

Ikkinchi  variantni  ko’rib  chiqamiz.  Web-sahifaga  kirishni  ta’minlovchi 

providerni  to’g’ri  tanlash  sizning  klientlaringizga  maksimal  qulaylik  bilan 

ma’lumotlarni  olish  imkoniyatini  beradi.  Bundan  tashqari  Web-server  tomonidan 

maxsus imkoniyatlar berilishi Web-saxifani ishlab chiqishni engillashtiriladi. 

Sizning  Web-saxifaingizni  o’z  serveriga  joylashtiradigan  provayderni 

tanlashda nimaga e’tibor berish zarur?  

Kanalning  o’tkazish  qobiliyati.  Sizning  xaridorlaringiz  sahifani  yuklanishini 

ko’p kutib qolmasliklari uchun provayder sekundiga 1-2 Mbit tartibidagi ishonchli 

yuqori tezlikdagi aloqaga ega bo’lishi kerak. 

 Server  tomonidan  SSI  (Server  Side  Inludes,  server  tomonidan  qo’yilma) 

provayderini 

qo’llab-quvvatlash. 

SSI 

dan 


foydalanish 

Web 


serverga 

 

 

40 



foydalanuvchiga 

jo’natilayotgan 

HTML-xujjatga 

kichik 


hajmli 

dinamik 


ma’lumotlarni bevosita qo’shish imkoniyatini beradi. So’ralgan HTML-sahifa SSI 

elementlarini  qidirib,  ―ko’rib  chiqiladi‖.  Bunday  elementni  topsa,  server  talab 

qilingan  dinamik  ma’lumotni  qo’shadi.  SSI  yordamida  bir  faylni  ikkinchisining 

ichiga  joylashtirish,  GI-tsenariyalarni  bajarishi  va  boshqa  ma’lumotlarni  uzatishi 

mumkin. SSI ning qanday funktsiyalari provayder serveri tomonidan qo’llanishini 

aniqlash lozim.  

Provayder  serveri  tomonidan  CGI-tsenariyalarini  qo’llab-  quvvatlanishi. 

CGI  (Common  Gateway  Interface,  umumiy  shlyuzli  interfeys)  —  Web-serverga 

ixtiyoriy  amaliy  dasturlarni  bajarishga  imkon  beruvchi  spetsifikatsiya.  Bunday 

dasturlarning  (tsenariya  yoki  ―skriptlar‖)  ishlashi  natijasida  HTML-xujjatlar 

yaratiladi.  CGI-tsenariyalar  yordamida  foydalanuvchidan  ma’lumotlar  qabul 

qilinishi,  Web-sahifalarda  muloqotni  tashkil  qilish,  ma’lumotlar  bazalariga 

so’rovlar  qilish  kabilarni  amalga  oshirish  mumkin.  CGI-tsenariyalarini  istalgan 

keng  tarqalgan  dasturlash  tillari:  Perl,  Basic,  C,  C++,  Pascal  va  boshqalar 

yordamida yaratish mumkin.  

O’z  vaqtida  qayta  kodlashtirishning  qo’llab-quvvatlanishi.  Afsuski,  turli  xil 

platformalar  (Windows,  Mac,  Unix  va  boshqalar)da  Internetda  ishlaganda  rus  tili 

uchun turli xil kodlashtirishlar qabul qilingan. Foydalanuvchiga sahifalarni ko’rish 

oson  bo’lishi  uchun  provayder  Web-serveri  tushayapgan  talabga  binoan  xujjatni 

avtomatik  tarzda  qayta  kodlashtira  olishi  kerak.  Aks  holda  yoki  sizning  Web-

saxifangiz ayrim- kiruvchilar uchun  o’qib bo’lmaydigan bo’lib qoladi, yoki Web-

saxifaning bir nechta nusxalarini – har bir kodlash usuli uchun bittadan- tayorlash 

kerak bo’ladi.  



Sahifani yangilab turish usuli.  Odatda sahifalar  FTP  (File  Transfer Protocol, 

Fayllarni  uzatish  protokoli)  protokoli  bo’yicha  yangilab  turiladi.  Ayrim  FTP-

klientlar  provayder  kompyuteridagi  fayllar  bilan  xuddi  o’zining  kompyuteridagi 

fayllar  singari  ishlash  imkoniyatini  beradi,  yani  nusxa  olish,  o’chirish,  qayta 

nomlash va hokazo. 


 

 

41 



Odatda Web-sahifani joylashtirish xizmatini provayder ozgina to’lov evaziga 

yoki butunlay bepul amalga oshiradi.  

Web-sahifa ostida elektron pochta adresi va boshqa xizmatlar bilan joy ajratadigan 

xizmatlar  mavjud.  Qoidaga  binoan  bunday  ―bepul‖  joylashtirishning  sharti  bu 

reklama  uchun  sizning  sahifangizdan  joy  olishdir.  Undan  tashqari  sizning 

fayllaringizning o’lchamlariga chegaralar qo’yiladi.  



  Xost kompyuterlar Internetning server xizmatini bajaruvchi kompyuterlardir.  

Server. Server —Internet tarmogi ulangan  Kompyuter. Bu Kompyuter orkali 

boshka komppyuterlar Internet tarmogida ma’lumotlar almashishda foydalanishadi. 

SHu  bilan  birgalikda  barcha  server  Kompyuterlar  boshka  IP  adreslari  buyicha 

kidiruvni  amalga  oshiradilar.  Bu  kidiruvga  asosiy  saba  shundan  iboratki 

kidiriladigan 

kompbyuterlarda 

mavjud  bulgan  ma’lumotlarni  uzlaridan 

indeksatsiya  kilishdan  iboratdir  bu  esa  foydalanuvchilar  uchun  katta  kulaylik 

yaratib  beradi.  B’zi  serverlar  bir  necha  IP  adreslariga  ega  bulishi  mumkin.  Bular 

esa  Internet  tarmogida  bir  nechta  sistema  kurinishida  chikishi  mumkin. 

Sereverlarning  yaxshi  tomoni  shundan  iboratki  ularning  sistemasida  barcha 

protokollarning bittadan ekzemplyarlar drayveri mavjuddir. 



 Uzel.  Internet  tarmogida  ulangan  xar  kaysi  Kompyuter  uzining  unikal  IP 

adresiga  egadir.  Adres  mavjud  bulmasa  uzel  xam  bulmaydi.  Uzel-  server  bulishi 

shart emas. Internet tarmogiga telefon tarmogi orkali chikuvchi Kompyuterni misol 

kilish  mumkin  kiska  kilib  aytadigan  bulsak  unikal  IP  adresga  ega  bulgan 

Kompyuterning uzeli  ham  bor. Internet tarmogini  juda kuplab tarmok uzellarning 

birlashi  sifatida  karashimiz  mumkin.  Bitta  sistemada  bir  nechta  uzellar  bulishi 

mumkin.  Masalan  bitta  uzel  fakatgina  WWW  uchun  xizmat  kilsa,  ikkinchisi  esa 

pochta xizmati, uchinchisida esa DNS-serveri ishlashi mumkin. 



Port.  Ba’zi  bir  dasturlar  Internet  tarmogidan  oladigan  ma’lumotlarni 

idenfikatsilashadi.  TCP  adresining  ikkinchi  ajralmas  kismi  bu  uning  porti.  Har 

kanday  dastur  tarmokda  ishlash  davomida  boshka  dasturga  ma’lumot  uzatishda 

kabul  kiluvchining  porti  bilishi  lozim.Misol  tarikasida  web-serverlarning  port  80, 

siz birorta bir adresni terishingiz bilanok shu port orkali shu adresga  bog’lanadi. 


 

 

42 



Tarmok  domeni.  Tarmok  domeni  —  bu  Web-serverga  ulangan 

foydalanuvchilarga xizmat kiluvchi dasturlar majmuasidir. Tarmok domeni-server-

dasturlaridir. Oddiy misol tarikasida — Web-server va FTP-yoki Telnet-serverlari.  

Provayder.  Provayder  —  Internet  tarmogiga  chikish  uchun  xizmat  kiluvchi 

tashkilot.  Bu  tashkilotda  asosan  foydalanuvchilar  uchun  internet    bog’lanishi 

amalga oshirib beradi.  

Xost.  Xost-Agar  biz  foydalanuvchi  tomondan  karasak  bu  tushuncha  uzel 

tushunchasi  bilan  bir  xil.  Bu  tushuncha  ba’zi  xollardi  chalkashtirib  yuboriladi. 

Bunga asosiy sabab xar kaysi uzel xost bulishi mumkin. Xost-bu uzel bulishi shart 

emas,  agarda  u  virtual  xost  bulmasa.  Ba’zida  xost  uzining  unikal  domen  ismiga 

egadir.  Uzeldan  farki  shundan  iboratki  u  virtualigidadir.  SHunday  kilib  uzel-bu 

xost, ammo xar kanday xost bu uzel emasdir.  



Virtual xost. Bu – unikal IP adresga ega bulmagan xostdir. Ammo tarmokda 

ishlashi uchun u kushimcha adresdan foydalanadi. Masalan DNS- ismlarni. Oxirgi 

vaktga kelib virtual kurinishdagi xostlar soni kupayib bormokda . 

Xosting-provayder (xoster). Internet tarmogida virtual va oddiy kurinishdigi 

xostlar yaratuvchi va ularni ma’lum bir mablag evaziga foydalanuvchilar sotadigan 

tashkilot.  Bu tashkilotlar bir-birilaridan xizmati uchun narxlari bilan, kursatadigan 

kushimcha xizmatlari bilan farklanadi. 



Xosting. Xostning-provayderlar tomonidan taklif etiladigan xizmat turi. 

 Sayt.  Sayt  —  bu  xostdagi  logik  maydon  bulib,  bir  yoki  bir  necha  saxifalar 

joylashtirligan  Xost  bir  vaktining  uzida  bir  nechta  saytlarni  uzida  joylashtirish 

mumkin. Bu asosan bir katolokning ichki kataloglarini misol qilish mumkin.  



HTML-xujjat. Ma’lumotlarning HTML- formatdagi kurinishi. 

 

 

43 



2.3  WEB sahifa yaratish texnologiyalari.  

Bugunki  kunga  kelib  Web-dasturlashtirishda  qo’llaniladigan  bir  qancha 

texnologiyalar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 

RNR  texnologiyasi  xakida  umumiy  ma’lumot.  PHP  kengaytmasi  sharli 

ravishda Personal Home Page -SHaxsiy saxifa singari tarjima kilingan. Bu til 1994 

yilda  Rasmusom  Lerdorfom  (Rasmus  Lerdorf)  tomonidan  uz  saxifasiga  kiruvchi 

foydalanuvchilarni  kuzatish  maksadi  yaratilgan  edi.  Keyinchlak  RNR  ni 

funktsional  imkoniyatlari  kengayishi  natijasida  web-dasturchilar  tomonida  bu  til 

orkal mukamal kurinishdagi web- saxifalarni yarata boshladilar va bu saxifalarning 

kengaytirmasi  sifatida  gepermatnli  preprotsessor  ingliz  tilidan  RNR:Hypertext 

Preprocessor olingan xolda ishlatila boshlandi. Bu tilning asosiy moxiyati shundan 

iboratki  qayta  ishlanuvchi  ma’lumotlar  HTML-saxifa  kurinishiga  kelgancha 

shaqillanib  bulishidadir.  RNR  serverli  platformalar  aro  HTML-tiliga  orkali 

yozilgan  saxifalarga  kushimcha  bir  obekt  sifatida  joylashtiriladi.  Bu  kirish 

mukamal  bulib  kurinish  mukin  agar  biz  ularni  kismlarga  bulib  chikadigan  bulsak 

bu juda oson kurinishga keladi. 

«Serverli»  tushunchasi  RNRning  ishlash  jarayoni  fakatgina  server  tomonda 

amalga  oshirilganligi  uchun  xam  shunday  nomlangan.  Foydalanuvchi  esa  shu 

server tomonidan qayta ishlangan natijalarni kuradi. Serev- bu maxsus Kompyuter 

bulib,  unda  foydalanuvchi  Navigator  yoki  Internet  Explorer  brozerlari  tomonidan 

buladigan  murojat  kiluvchi  saxifalar  joylashtirilgan  bulib  va  ular  shu  serverda 

saklanib  kelinadi.  «Platformalar  aro»  tushunchasi  esa  RNR  tili  Unix,Windows 

NT,Macintosh,OS/2  yoki  boshka  turdagi  operatsion  tizimlardan  foydalinishi 

tushuniladi.  RNR  tili  foydalanuvchi  operatsion  tizimi  kanday  turda  bulishiga 

boglik  bulmagan  xolda  ishlaydi.Siz  yozgan  RNR  dasturi  bir  platformadan 

boshkasiga kuchirgan takdiringizda xam ishlaveradi. Albatta RNR dasturlariini xak 

kanday  operatsion  tizimlarda  HTML-saxifalari  singari  ishlab  chikish  mumkindir. 

HTML-saxifaga  obe’kt  singari  kuyilish  degani  RNR  tilida  tayyorlangan 

stsenariylar  HTML-  kodga  kushilgan  xolda  bir  mukammal  saxifani  yaratilish 

degan  ma’noni  anglatadi.  Xakikiy  RNR  dasturlashtirish  HTML-ga  karaganda  bir 


 

 

44 



oz 

kiyindir. 

RNR  ma’lum  bir  kurinishdagi  stsenariylarni  yzishda 

dasturlashtirishdan keng foydalaniladi bu esa foydalanuvchi birorta bir forma yoki 

shunga uxshash surovni yuborgandan sung stsenariy ishga tushadi va surovni qayta 

ishlab foydalanuvchiga HTML-kurinishda takdim etadi. 



RNRning  afzalik  tomonlari.  Web  saytlarni  ishlab  chikish  davomida 

RNRning  altirnativ  bazasi  sifatida  HTML,  CGI-stsenariesi  (Common  Gateway 

Interface,kam xolarda) Perl tilida yozilgan dasturlar, ASP (Active Server Pages) va 

JSP (Java Server Pages) tilaridir. Ammo JavaScriptlar bilan ishlash imkoni mavjud 

emas. Asosiy sabasi ular HTML- saxifalarni shakllantira olmasligidadir. 

RNR  ning  HTML  dan  afzalligi  shundan  iborakti,  HTMLning  dinamik 

xususiyati  yukligidadir.Barcha  foydalanuvchi  statik  saxifalarni  tomoshi  kilishlari 

xam  mumkin.  Ammo  shunday  kursatgichlar  muvjudki(misol  uchun  vakt 

kursakgichi,  foydalanuvchining  operatsion  sistemasi)  ularni  ishlatmaslik  ilojisi 

umuman yuk. RNRning HTMLdan yana bir afzalik tomonlari shundan iboratki, bu 

ma’lumotlar  bilan  ishlash  imkoni,  ularni  qaytma  ishlash  va  foydalanuvchilarga 

takdim  etish  xususiyati  mavjudligidadir.Web-masterlar  shunga  amin  bulishdiki 

oddiy  HTMLdan  foydalangan  xolda  jozibali  va  universal  web  saxifalar  yaratish 

mumkin emasligi tushinishdilar. SHu sabali serverli texnologoyalar, CGI-stsenariy 

singarilar  keng  kamrovli  foydalana  boshlandi.  Bu  kurindagi  sistemalarning  eng 

afzalik  tomonlari  shundan  iboratki  yaratuvchi  dizaynerlar  mayda  kurinishdagi 

kamchiliklarni xisobga olgan xolda web-saxifalarni generatsiyalanish xususiyatini 

keltirib  chikardi.  Ma’lumotlar  bazasi  va  RNRni    bog’lanish  orkali  saytlarni 

yangilash  va  tez  amalga  oshirladi  .  HTML  bazali  saytlarda  esa  bu  kurinshdagi 

kulaylik mavjud emas. 



RNR ning yutuqlari va kamchiliklari. RNRning yutug’i. RNR — skript-til 

bulib,  u  orkali  HTML-  kodka  kushilgan  xolda  yoziladi  va  server  tomonidan  uz 

ishini  amalga  oshiradi.  PHP-skriptani  web-saxifaga  joylashtirgan  xolini  misol 

tarikasida kurib chiksak. 




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling