Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


III. Rasmiy web-saytning tarkibiga qo’yiladigan talablar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.04.2020
Hajmi1.83 Mb.
1   2   3   4

III. Rasmiy web-saytning tarkibiga qo’yiladigan talablar 

14.  Rasmiy  web-sayt  axborotlari  tarkibi  uning  faoliyati  xolisona  yoritilishini 

ta’minlashi kerak. 

15.  Rasmiy  web-saytga  joylashtirilgan  axborot  ishonchli  bo’lishi  kerak. 

Davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organi  rahbari 

rasmiy  web-saytga  joylashtiriladigan  axborotlarning  ishonchliligi  uchun  javob 

beradilar. 

16.  Rasmiy  web-saytga  joylashtiriladigan  axborot  ommaviy  axborot 

vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo’ladi. 

17.  Rasmiy  web-saytda  davlat  sirlariga,  xizmatda  foydalanishga  taalluqli  va 

qonun  hujjatlari  bilan  e’lon  qilish  va  tarqatish  taqiqlangan  boshqa  axborotlar 

bo’lmasligi kerak. 



3.2. Qamashi tuman hokimligi web saytining umumiy strukturasini ishlab 

chiqish.  

Qamashi  tuman  hokimligining  web  saytini    yaratishda  asosan  zamonaviy 

web  texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanildi. Web sayt Hokimiyat faoliyatini 

yorituvchi  bir  nechta  asosiy  saxifalardan  tashkil  topgan.  Saxifalar  biri-biri  o’zaro 

bog’langan.  NTML  tili,  RNR  tili,  JavaScript,  SS3,  CGI  va  boshqa 

texnologiyalardan  foydalanildi.  Ushbu  texnologiyalardan  foydalanish  usullari, 

ularning  imkoniyatlari  BMIning  xisob  tushuntirish  yozuvi  qismida  batafsil 

ma’lumotlar berib o’tildi.   



Web  sayt  quyidagi bo’limlardan  tashkil topgan: 

  Bosh saxifa  



 

 

57 



  Qamashi tumani 

  Hokimiyat  

  Kengashlar 

  Interaktiv xizmatlar 

  Murojatlar 

  Bog’lanish 

  Yangiliklar 

  E’lonlar 

  Qidiruv 

 

Web saytda Boshqaruv organi haqida: Faoliyati; Ustavi (o’zgartirishlar bilan 



birga)  va  boshqa  ma’lumotlar  keltirib    keltirib  o’tilgan    Tashkiliy  tuzilmasi:  

Rahbariyat(FISH,  biografik  ma’lumotlar  va  kontakt  ma’lumotlari,  fuqarolarni 

qabul  qilish  kunlari)  keltirib  o’tilgan.  Yangiliklar  Ommaviy  tadbirlar(majlislar, 

yig’ilishlar,  uchrashuvlar,  matbuot  konferentsiyalari,  seminar  va  brifinglar,  davra 

suxbatlari,  rasmiy  tashriflar);  Kundalik  yangiliklar;  Interaktiv  xizmatlar:  Bazaviy 

interaktiv  xizmatlar  (VM181  23.08.2007y.);  Qo’shimcha  interaktiv  xizmatlar; 

keltirib o’tilgan. Bulimlar mavjud bo’lsada ma’lumotlar to’liq to’ldirilmagan.  

 

 



3.2.1- rasm. Bosh saxifa oynasining umumiy ko’rinishi 

 

 

58 



 

  

3.2.2- rasm. Menyular strukturasi.  



 

 

3.2.3- rasm. Yangiliklar menyusi kurinishi 



 

 

59 



 

 

3.2.4-rasm. Qamashi tumanning geografik joylashuvi 



 

 

3.2.5-Rasm.  Qamashi tuman hokimiyat rahbariyati bo’lim sahifasi 



 

 

 

60 



 

3.2.8-rasm. Web sahifa bazasiga kiritilgan ma’lumotlar 

 

 

3.2.9-rasm. Yangi ma’lumotlar kiritish oynasi 



 

 

61 



3.3. Web saytni Web serverlarga joylashtirish va undan foydalanish. 

 

 



 

Web  saxifalar  servis  Web  server  deb  yuritiladi  va  unda  faqat  gipermatnlar 

saqlanadi.  Gipermatnlar  bilan  ishlash  uchun  Internet  provodnik  dasturlar  yoki 

brouzer dasturlar lozim.  

Ayrim  HTML  muxarrirlari  fayllarni  Web  serverlarga  etkazishning  ichki 

vositalariga  ega.  Web  serverda  axborotni  joylashtirish  uchun  shuningdek  boshqa 

zarur ishlarni bajarish uchun ma’lum xuquqlar zarur. yozilish xuquqini olish uchun 

Web  server  joylashgan  Kompyuterda  ro’yxatdan  o’tish  va  unga  axborotni  UNIX 

yozishi  uchun  parol  olish  kerak.  Bu  xuquqlar  UNIX    tizimi  ma’muri  tarafidan 

beriladi.  



 

 

62 



Fayllarni  Web  tugunda  joylashtirish  katta  e’tiborni  talab  qiladi.  WWW 

serverni  yaratishda  asos  bo’lgan  UNIX  amaliyot  tizimi  fayllar  nomidagi  registrga 

ko’ra  o’ta  sezgir,  shuning  uchun  fayllar  nomini  to’g’ri  terish  muxim.  HTML 

fallarini  Web  serverda  joylashtirishni  amalga  oshirish  uchun  ma’lumotlarni 

uzatishni FTP faylli protokoliga asoslangan ko’plab vositalar qo’llaniladi.  

Serverlarning eng muxim turlari quyidagicha: 

  WWW  serverlari ko’p tashuvchi axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini 



taqdim etish uchun mo’ljallangan; 

  Elektron pochta serverlari; 



  Fayllarni almashish uchun  mo’ljallangan FTP serverlari.  

  Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar 



  Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari    



DNS (Domain Name Service)- Domen nomlari tizimi xizmatidan foydalanish. 

Internetda  biror  saxifani  ochib  ko’rish  uchun  uning  manzilini  maxsus 

dasturlar  yordamida Kompyuterga  kiritiladi. Saxifani  topish  uchun dastur axborot 

resurslarini  taqdim  etish  xizmatini  ko’rsatuvchi  tashkiloti provayderda  joylashgan 

DNS xizmatidan foydalanadi.  

   DNS    server  Web  saxifa  manzilini  IP  (Internet  Protocol)  adresiga  almashtirib 

beradi. 

Xar  bir  Internetdagi  saxifa  o’z  tarmoq  adresiga  ega  va  bu  adreslarni 

takrorlanmaslini  maxsus  tashkilotlar  nazorat  etib  boradilar  .  Bu  tarmoq  adresiga 

URL (Uniform Resource Locator) manzili deyiladi. 

URL  manzili  giperma’lumotlarning  nom  iva  joylashish  katalogi  va  serveri 

domeni va server turini ko’rsatadi. 

  

URL manzili bir necha qismdan iborat xar bir qismi nuqta bilan ajratiladi va 



ular  domen  deb  ataladi.  Eng  so’ngi  qismi  yuqori  domen  (1-darajali  domen)  deb 

nomlanadi va u asosan mamlakatni bildiradi. 



 

 

63 



IV BOB HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI 

4.1. Xavfsizlik texnikasi 

yorug’lik  inson  xayoti  faoliyati  davomida  juda  muxim  rol  o’ynaydi  shuning 

uchun xam sanaot korxonalarini, Kompyuter bor xonalarni ratsional yoritish sifatli 

maxsulot  ishlab  chiqarishni  taminlash  bilan  birga  ishlab  chiqarish  sharoitini 

yaxshilaydi  ishchilarni  charchashdan  saqlaydi  va  mexnat  unumdorligini  oshiradi. 

Oqilona  yoritilgan  zonalarda  ishlayotgan  ishchilarning  kayfiyati  yaxshi  bo’ladi. 

Buning natijasi baxtsiz xodisalar keskin kamayadi. 

Bundan  kurinib  turibdiki,  Kompyuter  xonalarni  yoritish  faqatgina  gigienik 

talab quyilmasdan, balki  texnik – iqtisodiy talablar xam quyiladi.  

Kompyuter  xonalarida  yoritishning  mukammalligi  sifat va son  kursatkichlari 

bilan  tavsiflanadi.  Son  kursatkichlari  nur  oqimi,  yorug’lik    kuchi,  yorqinlik,  nur 

qaytarish koeffisientlari, yorug’lik kiradi. 

Kompyuter xonalarini yoritishga quyiladigan asosiy talablar. 

1.  Ish  joylarini  yoritish  sanitariya  –  gigiena  normalari  asosida  ish  toifalariga 

moslashgan  bulishi  kerak.  Ish  joylarini  maksimal  yoritish  albatta  ish  sharoitini 

yaxshilashga  olib  keladi.  Bundan  ish  olib  borilayotgan  ob’ektning  kurinishi 

yaxshilanadi,  natijada  ish  unumdorligi  ortadi.  Ba’zi  bir  aniq  ishlarni  bajarganda 

yoritilishni  50  lk  dan  100  lk  gacha  oshirish  bilan  ish  unumi  25  foizga  oshganligi 

ma’lum.  Ko’z  bilan  kurib  ishlash    unchalik  shart  bulmagan  ishlarni  bajarganda 

xam yoritilishi 50 lk dan 300 lk ga oshirish ish unumini 5 – 7 foizga oshirgan. 

2. Ish olib borilayotgan yuzaga va kuzga kurinadigan atrof muxitga  yorug’lik 

bir  tekis  tushadigan  bulishi  kerak.  Chunki  agar  ish  olib  borilayotgan  yuzada  va 

atrof  muxitda  uchatkalar  mavjud  bo’lsa,  unda  kuzning  jimirlashi  va  ma’lum  vaqt 

kunikishi kerak bo’ladi. Bu esa kuzning tez charchashiga olib keladi. 

3.  Yoritish  miqdori  vaqt  buyicha  uzgarmas  bulishi  kerak.  Yoritilishning 

ko’payib  kamayishi,  agar  u  uktin  uktin  ro’y  beradigan  bo’lsa,  ko’zga  zarar 

keltiradi,  chunki  ko’z  yorug’lik  uzgarishlariga  kunikishiga  to’g’ri  keladi.  Bu  esa 

ko’zning  tez  charchashiga  olib  keladi.  Yoritilishning  o’zgarmasligi  muxim 

o’zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo’li bilan erishish mumkin. 


 

 

64 



4.    Yoruglik  qurilmalari  qushimcha  xavf  va  zararlar  manbayi  bo’lmasligi 

kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishni 

maksimal kamaytirish zarur.  

5.  Yoritish  qurilmasi  ishlatish  uchun  qulay,  o’rnatish  oson  va  iqtisodiy 

samarador bulishi kerak.  

Yorug’lik  manbalari  yoritish  armaturasi  joylashadi  va  ular  birgalikda 

yoritgichlar    yoki  chiroqlar  deb  ataladi.  Yoritgichlar  konstruktsiyalariga  quyidagi 

talablar quyiladi:  

1)  Nur  oqimining  yo’nalishini  ishchi  yuzalar  tomonga  qayta  taqsimlanishini 

ta’minlash 

2)  Lampaning  nur  tarqayotgan  yuzalarining  yaraqlab  ko’zga  ta’sir 

kursatishidan muxofaza qilish;  

  lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan ximoya qilish;  



  lampani portlash, o’t olish xaflaridan muxofaza qilish.  

Xozirgi  zamon  texnika  taraqqiyoti  davrida  sanoat  korxonalarida  shovqinga 

Qarshi  kurash  masalalari  muxim  muammolar  qatoriga  kiradi.  Bu  -  asosan 

mashinasozlik  sanoati,  transport  vositalarini  ishlatishda,  energetika  sanoatida  va 

sanoat  korxonalarida  juda  jiddiy  muammo  bo’lib  turibdi.  shovqinning  oqibatlari 

ma’lum.  Katta  shovqin  ta’sirida  insonning  asab  tizimlari  charchab,  eshitish 

faoliyati  susayib  ketadi.  SHuning  uchun    xam  sanoat  korxonalarida  shovqinni 

kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson salomatligini saqlashdek juda muxim 

ishtimoiy axamiyatga molikdir.  

Elektr xafsizligini ta’minlash. 

Sanoat 


korxonalarida 

urnatilgan 

Kompyuter, 

yordamchi 

Mashina-

mexanizmlar,  shkaflar,  boshqarish  pultlari  xamda  elektr  asboblar  va  boshqa 

jixozlarning xammasi, agar ularni ishlatish uchun foydalanadigan Elektr quvvati 42 

V  dan  yuqori  kuchlanishga  ega  bo’lsa,  albatta  erga  ulangan  bulishi  shart.  Buning 

uchun  xar  qanday  Kompyuter  xonalari  erga  ulash  vositalari  qulay,  oson  va  engil 

bajariladigan  bo’lishi  kerak.  Bu  vositalar  erga  etarli  darajada  puxta  ulangan  yoki 



 

 

65 



nolga  ulangan  bo’lishi  shart.  Bu  vositalarda  erga  ulash  simlarini  osongina 

maxkamlash mumkin bo’lgan vintsimon qurilma yoki qisqich bo’lishi kerak. 



4.2. Yong’in xavfsizligi. 

Sanoat  korxonalari  binolarini  yong’indan  muxofaza  qilmish  uchun  

ishlatiladigan  asosii  texnik  qurilmalar  GOST  12,4009-75  asosida  aniqlanadi.  Xar 

qanday  yong’inni uchirishda  yong’inning  kuchayishiga olib kelayotgan omillarni 

va  sharoitni  aniqlash  muximdir.  Bunda  yonishning  davom  etishini  tuxtatuvchi 

sharoit  yaratish  katta  rol  uynaydi.  Yong’inni  uchirish  paytida  qattik  jismlar 

yonganda yong’inning  tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo’yicha esa 30 m/min 

bulishishini xisobga olish kerak.  

Yong’in (O’T) uchirish vositalari va usullari. O’t uchirish usullari quydagicha 

bulishi mumkin:  

Yonayotgan zonani ko’p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar  

Yordamida sovitish;  

Yonayotgan materiallarni atmosfera xavosidan ajratib quyish;  

Yonayotgan zonaga kirayotgan kislorod miqdorini kamaytirish;  

Maxsus kimyoviy vositalarni qullash;  

O’t uchirish vositalari sifatida, suv bug’lari, kimyoviy va mexanik ko’piklar, 

inert  va  yonmaydigan  gazlar,  qattik  kukunsimon  materiallar  va  aralashmalardan 

foydalanish 

Suv  bilan  o’chirish.  Suv  eng  ko’p  tarqalgan  arzon  va  shuning  bilan  birga  

deyarli  xamma  erda  mavjud  bo’lgan  o’t  o’chirish  vositasi-bo’lib,  suv  bilan  xar 

qanday sharoitdagi yong’inlarni uchirish mumkin.  

Bug’  bilan  o’chirish.  Bug’  bilan  uchirishning  asosiy  moxiyati  shuki, 

xonalarga  yuborilgan  bug’  kislorodga  boy  xavoni  siqib  chiqarib,  uning  urnini 

egallaydi.  Bug’ning  o’t  o’chirish  samaradorligi  uning  ma’lum  bir  xonaga 

yuborilgan mikdoriga bog’lik bo’ladi. 

Yong’inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o’t o’chirish uchun ishlatiladigan suv 

katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning 

uchun  etarli  bo’lgan  bosimni  shaxar  sharoitiga  umumiy  vodoprovod  tarmoqlari 



 

 

66 



orqali xosil qilinadi yoki bo’lmasa ba’zi bir erlarda maxsus tayorlangan xovuz va 

idishlardan foydalanish mumkin. 

Isitish va shamollatish tizimlari. 

Sanoat  korxonalari  odatda  markaziy  isitish  tizimi  orqali  isitiladi.  SHuning 

uchun  bunday  tizimlarning  yong’in  xafi  bo’lgan  uchastkalarida  isitish 

radiatorlarining  murakkab  turlaridan  foydalanish  tavsiya  etilmaydi.  Chunki 

changlar truba va radiator ustki qismlarida  yig’ilib qolishi, isitish natijasida qizib, 

yong’in chiqarish xafini kuchaytiradi.  

Xonalari  markaziy  usulda  isitilgan  sanoat  korxonalarida,  xavo  asosan 

koloriferlarda isitilib, undan keyin korxona xonalariga yuboriladi. Bunday xollarda 

isitilgan  xavoning  xarorati  660S  dan  oshmasligi  kerak.  Ammo  bunday  isitish 

tizimida  xavo  kanallar  orqali  xonalarga  tarqatilgani  sababli  yong’in  bo’lgan 

taqdirda  bu  kanallar  orqali  alanga  tarqatilishi  mumkin.  Chunki  alanga  va  tutun 

butun bino bo’ylab tarqalib ketishi tufayli yong’in xafi kuchayadi.  



4.3. Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun 

me’yorlar va  sanitariya qoidalari. 

1. Umumiy qoidalar 

Ushbu sanitariya qoida va me’yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan 

Kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning mehnatini tashkil 

etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yunaltirilgan. Talab va qoidalarning 

amalda  bajarilishi  mehnat  sharoitini  qulaylashtirib,  ish  qobiliyatini  oshirish  va 

ishlovchilarning sog’lig’ini saqlab qolishga yordam beradi. 

KT si ma’lumotlarni kiritish (to’plash), uni ishlash va natijani (uzatish)ga, TT 

ma’lumotlarning nusxasini olishga mo’ljallangan. 

KT  va  TTda  ishlovchilar  aqliy  mehnat  qiluvchilar  toifasiga  kiradi.  KT  da 

ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik-programmalovchi, boshqaruvchilar, 

muhandis-elektronchilar,  texnik  sozlovchilar,  rejalashtirish  va  hisob-kitob 

operatsiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo’lganlar. 

2. KT va TT ishlarining tarkibi 



 

 

67 



2.1.  KT  si  bilan  ishlaydiganlar  ishlab  chiqarish  muhitini  zararli  va  xavfli 

omillari hamda mehnat jarayoni ta’siriga uchrashi mumkin: 

—  elektromagnit  maydoni  —  EMM  (radiochastota,  past  quvvatli  rentgen 

nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish); 

— elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; 

— havoning ionizatsiyalanishi; 

—  kimyoviy  omil,  azon,  lazerli  printerlar  ishlatilganda  toner 

bo’yoq moddasining changi; 

 

—  meteorologik  omil:  joy  iqlimining  o’ziga  xosligi,  yil  fasli,  ventilyasiya 



hamda isitish tizimi va boshqalar

— mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo’ladigan shovqin; 

— elektr tokidan jarohatlanish xavfi; 

— ruhiy hissiyotlar zo’riqishining ortib ketishi; 

— ko’rish analizatorining zo’riqishi; 

—  barmoqlar  va  panjaning  muskuli  hamkorligida  tez  sur’atda  bajariladigan 

bir xil chegaralangan harakat; 

— tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya. 

TT  lar  bilan  ishlashda  havoning  ionlashuvi,  elektromagnit  maydonlarining 

kuchlanganligi,  azon,  bo’yoq  moddalarining  changi,  majburiy  ishchi  holat  zararli 

va xavfli omillar hisoblanadi. 

2.2.  Texnikaning  vazifasi  va  kasbga  qarab,  mehnat  tartibi  ishning 

alohidaligini  inobatga  olgan  holda  har  xil  bo’lishi  mumkin  (bir  yoki  ikki  smenali 

va  sutka  mobaynida).  Bir  smena  davomiyligi  6  soat,  36  soatlik  haftalik  smena 

mobaynida  ovqatlanish  uchun  tanaffus  40  daqiqadan  kam  bo’lmasligi  kerak. 

Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi. 

2.3. Mehnat sharoiti va mehnat tartibi, aqliy mehnatning zo’riqishi va boshqa 

yuklanishlar  KT  va  TT  da  ishlaydiganlarning  markaziy  asab  tizimi  funktsional 

holatining  o’zgarishiga,  tayanch-harakat  apparati  va  qo’l  panjalarining  o’ta 

zo’rqishiga  olib  kelishi  mumkin.  Gipokineziya  va  ishning  bir  xilligi  ishchining 

umumiy  toliqishini  (ish  qobiliyatining  pasayishi)  vujudga  keltiradi.  Bundan 


 

 

68 



tashqari,  displey  ekrani  oldida  uzoq  vaqt  bo’lish  ko’rish  analizatorining 

zo’riqishiga  hamda  toliqish  va  ko’rish  qobiliyatining  susayishiga  olib  keladi. 

Ishchilarda  tez-tez  asabiylashish,  uyquning  buzilishi,  charchoq,  ko’z,  bel,  bo’yin 

atrofi, qo’l va boshqa a’zolarda og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. 

2.4.  Kompyuter  texnikasida  ishlovchilar  mehnati  og’irligi  va  zo’riqishi 

bo’yicha  asosan  2-darajali  zararli  va  zo’riqish  mehnatiga  kiradi  (Mehnat 

sharoitlarining  ko’rsatkichlari  bo’yicha  gigienik  tasnifi  O’zbekiston  Respublikasi 

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). 

3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va 



ishlatishga qo’yiladigan talablar 

3.1.  KT  va  TT  ni  ishlatishga  mo’ljallangan  korxona  va  tashkilotlarning 

ma’muriy va maishiy binolari QM va Q  shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga 

olgan holda loyihalanadi. 

3.2.  KT  va  TT  ishlatiladigan  laboratoriyalar,  bo’limlar,  tsexlar,  uchastkalar 

alohida  xonalarda  joylanmog’i  lozim.  Smenada  ishlaydigan  ishchilarning 

ko’pligini  hisobga  olgan  holda  xonaning  yuzasi  bir  kishi  hisobiga  6,0  m2,  hajmi 

20,0 m3. dan kam bo’lmasligi kerak. 

Yuqorida  qayd  qilingan  xonalarni  vertulalarda  joylashtirishga    yo’l 

qo’yilmaydi. 

3.3.  Xonalarni  joylashtirishda  bajarilayotgan  ishlarning  bir  xilligiga  e’tibor 

berish,  ishchilarning  mehnat  sharoitini  yaxshilash  maqsadida  xonalarga 

videomonitorlar  o’rnatish  lozim.  Nusxa  ko’chirish  qurilmalari  va  disklar  uzoq 

muddat saqlanadigan xonalar himoyalangan bo’lmog’i kerak. 

3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan 

holda ish va o’tish joylari quyidagi o’lchamlarda bo’lmog’i lozim: 

— ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli 

orasi 1,2 m. dan kam bo’lmasligi; 

—  orqa  va  yon  tomonida  olinadigan  panel  va  boshqa  qurilmalariga  ega 

bo’lgan KT siga xizmat ko’rsatish oralig’i 0,8 m. dan kam bulmasligi; 



 

 

69 



— displeylarga ega bo’lgan ishchi o’rinlari orasidagi masofa 1,5 m. dan kam 

bo’lmasligi; 

— KT bir qatorlama joylashtirilganda devor orasidagi masofa 1,5 m. dan kam 

bo’lmasligi shart. 

3.5.  Yangi  ishga  topshirilayotgan  korxonalarning  KT  va  TT  o’rnatilgan 

bo’limlari,  tsex,  laboratoriyalari,  uchastkalari  ish  boshlashdan  oldin  maxsus 

komissiya  tomonidan  SanQ  va  M  no  0007-94  talablari  va  amaldagi  qoidalar 

hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim. 

3.6.  Komissiya  ob’ektning  ishga  qabul  qilinganligi  to’g’risida  ishni 

boshlashga ruxsat beruvchi hujjat dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomaning bir nusxasi 

SES ga beriladi, ikkinchisi shu ob’ektda qoladi. 

3.7.  KT  va  TT  lar  bilan  ish  bajariladigan  xonalarda  qulay  ish  sharoiti 

yaratilgan  bo’lishi  lozim.  Zararli  va  xavfli  omillarning  maqbul  darajasi  sanitariya 

me’yori  qoidalari  va  O’zbekiston  Respublikasining  gigienik  normativlariga 

muvofiq kelishi shart. 

3.8. KT va TT larda ish boshlashdan oldin xonalarda mehnat sharoitini tashkil 

etish va nazorat qilish hamda javobgar shaxs tayinlanishi lozim. 

3.9. KT va TT larda ishlovchilarning mehnat sharoiti bo’yicha zararlanish va 

xavfliligi darajasini baholash ish joylarini baholanish (attestatsiya) ma’lumotlariga 

asosan,  ya’ni  xo’jalik  rahbarining  buyrug’i  asosida  tuzilgan  komissiya  bergan 

ma’lumotlarga qarab olib boriladi. 

3.10.  SanQ  va  M  no  0,009-94  ga  asosan,  nurlangan  shaxslarning  toifaga 

kiritilishi,  SES  bilan  kelishilgan  holda  baholash  (attestatsiya)  komissiyasi 

tomonidan  ish  joyida  rentgen  nurlanish  miqdori,  quvvati  va  himoyalanish 

darajasini hisobga olingan holda aniqlanadi. 

4. Xonalarda ishchi o’rinlarini tashkil etish 

4.1.  KT  va  TT  ishlari  olib  boriladigan  xonalarda  ishchi  o’rinlarining  tashkil 

etilishi SanQ va M NeOO 1-94 ga asoslangan holda olib borilishi kerak. 



 

 

70 



Ishchi mebelining konstruktsiyasi ishchining bo’yi va gavdasiga mos bo’lishi 

lozim.  Tez-tez  ishlatib  turiladigan  mehnat  predmetlari  va  boshqarish  organlari 

ishchi uchun qulay bo’lishi kerak. 

4.2.  Ish  stolining  balandligi  580—760  mm  oralig’ida  saqlanishi  lozim,  agar 

bunga  imkon  bo’lmasa,  stolning  balandligi  720  mm  bo’lishi  kerak;  stol  ustining 

eng  qulay  ishchi    o’lchami  1600x900mm  hisoblanadi.  Ish  stolining  tagida 

balandligi  bo’yicha  600  mm,  eni  bo’yicha  500  mm  va  chuqurligi  bo’yicha  650 

mm.  dan  kam  bo’lmagan  oyoq  harakati  uchun  erkin  bo’shliq  bo’lishi  kerak.  Ish 

stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo’ljallanmog’i kerak, ko’z 

bilan  uning  oralig’i,  ko’zdan    klaviaturagacha  bo’lgan  masofadek  bo’lishi  lozim, 

bu ko’rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi. 

4.3.  Ish  stuli  (kreslo)  ko’tariladigan  -  buriladigan,  o’tiriladigan  va 

suyaniladigan  qismi  balandligi  bo’yicha  sozlanishi,  shuningdek,  uning 

kontruktsiyasi suyanchiq burilish burchagining o’zgarishini ta’minlovchi moslama 

bilan  jihozlangan  bo’lishi  kerak.  Kreslo  tirsak  qo’ygichga  ega  bo’lishi,  har  bir 

parametrlari engil sozlanishi va mustaqil bo’lmog’i lozim. 

O’tiriladigan qism  yuzasining balandligi 400—500 mm oralig’ida saqlanishi, 

eni  400  mm,  chuqurligi  380  mm  dan  kam  bo’lmasligi  lozim,  uning  gorizontal 

tekislikdagi  egilishi  400  mm  suyanchiqning  qiyalik  burchagi  o’tiriladigan  qism 

tekisligiga nisbatan 90—110° oralig’ida o’zgarishi darkor. 

Ish stulining ustki qismidagi qoplama materiali kirlanishdan oson tozalanishi, 

yarim  yumshoq,  sirpanmaydigan,  elektrolizatsiyalanmaydigan  va  qoplamasi  havo 

o’tkazuvchan bo’lishi maqsadga muvofiq. 

Ishchi o’rinda oyoq uchun taglik inobatga olinishi lozim. Uning uzunligi 400 

mm,  eni  350  mm.  ni  tashkil  etishi  kerak.  Taglikning  balandligi  0—150  mm  va 

qiyalik burchagi 0—20° oralig’ida bo’lishi, yuzasi taram-taram qoplamali bo’lishi 

kerak. 

5. Videomonitorga (videoterminalga — VDT) qo’yiladigan talablar. 



5.1. Videomonitor quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

— ekranning nurlanish ravshanligi 100 Kd m2.dan kam bo’lmasligi; 



 

 

71 



—  Yoritilayotgan  nuqtaning  eng  kichik  o’lchami  monoxronli  displey  uchun 

0,4 mm va rangli displey uchun 0,6 mm. dan katta bo’lmasligi; 

— belgi tasvirining keskin farq qilishi 0,8 mm. dan kichik bo’lmasligi;  

—  pozitiv  keskin  farq  qiluvchi  ishlarda  tasvirlash  regeneratsiyasining 

chastotasi, taktning ishlash tartibi 72 Gs. dan kam bo’lmasligi; 

— ekran yuzasi xiralanishdan saqlovchi qoplamaga ega bo’lishi; 

— ishlovchi ko’zidan ekrangacha bo’lgan oraliq 80 sm chegarasida bo’lishi; 

—  tasvirning  past  chastotasi  0,05—1,0  Gs,  titrashi  0,1  mm  chegarasida 

bo’lishi; 

—  ekran  o’lchami  diagonali  bo’yicha  31  sm.  dan,  ekrandagi  belgining 

balandligi 38 mm. dan kam bo’lmasligi lozim. 

5.2. Klavishlarning diametri 10  —19 mm  chegarasida, qarshiligi 0,25  — 1,5 

N.  Klavish  yuzasi  botiq,  ular  oralig’i  3  mm.  dan  kam  bo’lmasligi,  klaviatura 

qiyaligi 10—15° chegarasida bo’lishi lozim. 

5.3. Ekranning qiyalik burchagini o’zgartirishga va VDTni gorizontal hamda 

vertikal  tekisliklarda  qo’zg’atishga  imkon  beradigan  aylanma  tekislik  bilan 

jihozlangan bo’lishi kerak. 

5.4.  Matnli  ma’lumot  bilan  ishlaganda  (VDTga  ma’lumotlami  kiritish 

tartibida, matnni  tahrir  qilishda  va  ekrandan  o’qishda)  qora belgilarning  oq  fonda 

bo’lishi fiziologik tomondan qulay hisoblanadi. 

6.Kompyuter  texnikasi  bilan  ishlovchilarning    mehnat    qilish  va  dam  olish 

tartibi 


6.1.  Ishlovchilarning  eng  qulay  mehnat  qilish  va  dam  olish  sharoitlari  ular 

mehnatining  asabiy-ruhiy  zo’riqish  darajasi,  organizm  har  xil  tizimi  funktsional 

holatining  dinamikasi,  ish  qobiliyati  hamda  qat’  iy  belgilangan  ish  vaqti  va 

tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi: 

—  asosiy  tanaffus  tushlik  ovqatlanish  vaqti  hisoblanadi,  KT  va  TT  da 

ishlovchilar  ish  faoliyatining  alohidaligini  inobatga  olib,  dam  olish  tartibiga, 

qo’shimcha  ikki  —  to’rt  tartibli  mikrotanaffuslar  kiritilishi,  har  birining 

davomiyligi  10—15  daqiqadan  bo’lmog’i  kerak.  6  soatli  ish  kunida  ikki  tanaffus 



 

 

72 



va  12  soatli  ish  kunida  3-4  tanaffus  zarur.  6  soatli  ish  smenasida  tushlik 

oyqatlanish ish vaqtidan 3 soat keyin bo’lganda, qo’shimcha tartibli tanaffuslar ish 

boshlagandan 1,5-2 soatdan so’ng va tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart. 12 

soatli ish kunida tushlik oyqatlanish 5 soat ishlagandan so’ng, birinchi tanaffus ish 

boshlangandan  2  soat  keyin,  ikkinchisi  6  soatdan  so’ng,  uchinchisini  8  soat  va 

to’rtinchisi ish tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart;  

-  KT  bilan  ishlaganda  mehnat  va  dam  olish  tartibi,  bajarilayotgan  ishning 

uzluksizligi  va  xususiyatiga  bog’liq  bo’lishi  lozim:  ma’lumotlar  uzluksiz 

kiritilganda, dasturni tahrir qilishda, ma’lumotni ekrandan o’qishda, videomonitor 

bilan  ishlash  dayomiyligi  4  soatdan  oshmasligi  kerak.  Qolgan  vaqtni  boshqa 

ishlarga sarflamoq lozim.  

-  ishchi  harakatlarning  bir    xillik  miqdori,  smena  davomida  40000  dan 

oshmasligi kerak.  

6.2.  KT  va  KP  bilan  ishlaganda  haddan  tashqari  zo’riqish  va  toliqishning 

oldini olish maqsadida, o’z yaqtida tartibli mikrotanaffuslar va jismoniy mashqlar 

kompleksini bajarish zarur.  

6.3.  Asabiy-ruhiy,  ko’rish  va  muskul  zo’riqishini  kamaytirish,  toliqishning 

oldini  olish  maqsadida  psixofiziologik  kuchlanishni  kamaytirish  va  charchoqni 

yo’qotish seanslarini tanaffus yaqtlarida va ish kunidan keyin o’tkazish maqsadga 

muyofiq.  Bi  seanslar  maxsus    jihozlangan  xonalarda  olib    borilishi  lozim,  ruhiy 

charchoqni kamaytirish xonasi ish joyidan 75 t. dan uzoqda bo’lmasligi kerak.  

6.4.  Ishchilarning  zo’riqishini  kamaytirish  uchun  ularning  ish  bilan 

yuklanishini  bir  me’yorda  taqsimlash  va  ish  faoliyatining  xususiyatiga  qarab 

oqilona naybatlash lozim;  

6.5.  KT  va  PK  da  doimiy  ishlashga  bajarayotgan  ishi  bo’yicha  malakasi 

to’g’ri kelgan, mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitilgan, ishni olib borish usullari va 

mehnat  muxofazasi  bo’yicha  yo’l-yuriqdan  o’tgan  18  yoshga  to’lgan  o’smirlarga 

ruxsat etiladi;  

-  vaqtincha  ishga  jalb  qilingan  ishchilarga  ish  boshlashdan  oldin,  albatta,  

berilishi lozim.  



 

 

73 



6.6.  Ishga  ruxsatnomasi  bor    shaxslar,  doimiy  ravishda  KT  hamda      PT  da 

ishlaydiganlar,  ishga  kirishdan  oldin  va  keyinchalik  yilda  bir  marta  O’zbekiston 

Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligining  27.07.92-yildagi  NQ  400  buyrug’iga 

binoan davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. 

  

 


 

 

74 



Xulosa va takliflar. 

Mazkur  bitiruv  ishida  O’zbekiston  Respublikasida  ―Axborot  texnologiyalari 

rivojlantirish  holatini  baholash    tizimini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi‖  

Vazirlar  Mahkamasining  2013  yil 31-dekabrdagi   №355 qarori  talablari  doirasida 

Qamashi  tuman  xokimligining  web  sayti  Qashqadaryo  viloyati  hokimligi 

Kompyuterlashtirish markazi hamkorligida yaratildi.  

Bitiruv  ishda  serverlar,  ularning  ishlash  printsiplari,  web-dasturlash  keng 

tarkalgan  texnologiyalar  ularning  imkoniyat  va  kamchiliklari,  uning  dasturiy  va 

texnik  vositalari,  saxifalarni  yaratishga  qo’yiladigan  talablar,  uning  axamiyatini 

xamda  texnologiyalar  bilan  bog’lik  ko’pgina  amaliy  terminlar  haqidagi  fikrlar 

o’rganildi va batafsil yoritishga xarakat kilindi. 

 

Bitiruv malakaviy ishida quyida keltirilgan vazifalar bajarildi: 



1.  Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning 

imkoniyatlarini ko’rib chiqildi. 

2.  Web sahifa yaratish texnologiyasi o’rganildi. 

3.  O’rganilgan  amaliy  bilim  va  ko’nikmalar  asosida  Qamashi  tuman 

hokimligining ning Web sayti yaratildi va Internet tarmog’iga joylashtirildi. 

Bitiruv ishda yaratilgan  web sayt   VM №355 qarori barcha talablarini  o’z 

ichida  qamrab  ololmagan.  Davlat  interaktiv  xizmatlarining  bir  necha  turlari 

joylashtirilgan. Kelajakda Qamashi tuman hokimligi web saytini yuqoridagi qaror 

talablarida yaratish rejalashtirilgan.  


 

 

75 



Foydalanilgan adabiyotlar. 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  ―Elektron  hukumat  to’g’risidagi‖  qonuni, 

Toshkent, 2015 yil 9 dekabr.  

2.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  ―Milliy  axborot-

kommunikatsiya  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risi‖dagi 

PQ-1989-son , Toshkent, 2013 yil 27 iyun. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  21  mart,  PQ-1730-sonli 

―Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va 

rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarori. 

4.  O’zbekiston  Respublikasida  ―Axborot  texnologiyalari  rivojlantirish  holatini 

baholash    tizimini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi‖    Vazirlar 

Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi  №355 qarori  

5.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ-191-son 

―O’zbekiston  Respublikasining  jamoat  ta’lim  axborot  tarmog’ini  tashkil  etish 

to’g’risida‖  qarori. 

6.  O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi  Qonuni. T., 1997. 

7.  O’zbekiston 

Respublikasining:    «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 

to’g’risida»gi Qonuni. T., 1997. 

8.  Leshev  A.,  Sozdanie  interaktivnogo  web-sayta.  Uchebnыy  kurs.  Piter.  2003. 

544 s 

9.  Matrosov S.CH. I Dr., HTML 4.0 v podlinnike. BHV-SPb, 2000. 672 s.  



10. SHahgeldyan  K.  I.,  Kryukov  V.  V.,  Gmar  D.  V.  Sistema  avtomaticheskogo 

upravleniya  dostupom  k  informatsionnыm  resursam  vuza //Informatsionnыe 

tehnologii. 2006.-№2.-s.19-29. 

11. Ratshiller T., Gerken T. PHP4: razrabotka Web-prilojeniy. Piter, 2001. - 384 s. 

12. Koterev  D.,  Koterev  A..  PHP5.  naibolee  polnoe  rukovodstvo.  Sankt  Peterburg 

«BHV-Peterburg» - 2005.- 1120 s. 

13. Uilton P. JAVASCRIPT. Osnovы. Simvol-plyus. 2002. 1056 s. 

14. B.Artanov  ―Web-mastering  bez  postoronney  pomoщi  ‖  Uchebnie  posobie, 

2006g 


 

 

76 



15. Kris  Djameo,  Konrad  King,  Endi  Anderson  ―Effektivnie  samouchitel  po 

kreativnomu Web-dizaynu‖. 

16.  Raximov O.D. ―Hayot faoliyat xavfsizligi.‖ O’quv-uslubiy majmua. Toshkent, 

2012.   


 

Internet manbalar. 

1.  www.gov.uz 

2.  www.mitc.uz  

3.  https://my.gov.uz/ (272) 

4.  http://data.gov.uz/ (1048) 

5.  www.uz 

6.  www.Ziyonet.uz 

7.  www.library.tuit.uz 

8.  http://w-wb.com/cgi/    

9.  http://nagatino2000.narod.ru/web/cgi.htm  

10. http://webscript.ru/stories.php3?topic=5  

11. http://www.cgiarchives.com 

12. http://forum.ru-board.com/topic.cgi?forum=24&topic=2385 

13. http://www.vanta.ru/script/catalog.php?cat=17&clas=2 

14. http://perl.far.ru  

15. http://ru.perlmaven.com/perl-tutorial  



  

 

 



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling