O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuter arxitekturasi” fanidan
Bajardi: 20-04-guruh talabasi
Azimov B
Qabul qildi: Sobirov R.A
SAMARQAND – 2023
Mavzu:
Kompyuterlarning operatsion tizim satxi.
MUSTAQIL ISH-
№2
1.Operatsion tizim haqida tushuncha.
Operatsion tizim uchun rasmiy sana 1970 yil 1-yanvar deb hisobga oladilar.
Operatsion tizim amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini
ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot,
amaliy
dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar
bazalari va dasturlash
tillaridan iborat.
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan
dasturiy ta’minotning
asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va
tizimning
resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni
boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita.
Garchand operatsion
tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham
mumkin.