Kompyuter lingvistikasi


Download 13.26 Kb.
Sana08.10.2020
Hajmi13.26 Kb.

KOMPYUTER LINGVISTIKASI” FANIDAN MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
1-MA’RUZA: KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANIGA KIRISH

Reja:

  1. Kompyuter lingvistikasining fan sifatida rivojlanishida nazariy va amaliy tadqiqotlar

  2. Kompyuter lingvistikasining boshqa fanlar bilan aloqasi

  3. Etakchi maktablarda olib borilayotgan tadqiqotlar

Kurs ikki qismdan iborat: matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi.

1. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalari hamda aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.

2. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqishdir. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga o‘qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.



Kompyuter lingvistikasini tilning «sof munosabatlar sistemasi», ya'ni insondan tashqaridagi abstrakt sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo‘ladi. Klassik lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda talqin qilinadi, ya'ni klassik lingvistika uchun shaxs zaruriy. Kompyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida shaxsning ishtirokiga o‘rin qoldirmaydi, u ko‘proq kompyuterga moslashtirilgandir.

Til grammatikasining matematik modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun matematik lingvistika matematik mantiq asoslarini bayon qilishdan boshlanadi.
Download 13.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling