Kompyuter tarmoqlari” Fanidan mustaqil ish mavzu: Tarmoqlararo o‘zaro ishlash va qurilmalar tavsifi: takrorlagichlar, konsentratorlar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlar. Bajardi


Download 18.43 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1781686
Bog'liq
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

KOMPYUTER TARMOQLARI”


Fanidan


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Tarmoqlararo o‘zaro ishlash va qurilmalar tavsifi: takrorlagichlar, konsentratorlar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlar.
Bajardi: ABDUQAHHOROV SANJAR
Guruh: NWK004 Qabul qildi: Iskandarova Sayyora


 
Mavzu: Tarmoqlararo o‘zaro ishlash va qurilmalar tavsifi: takrorlagichlar, konsentratorlar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlar


REJA:
1.Kompyuter Tarmoqlari Va Ularda Ishlash Asoslari
2Kommutatorlar va Konsentratorlar Tavsifi
3 Marshrutizatorlar (Router). Lokal kompyuter tarmog‘iga ulangan qurilmalar
4 Ko‘priklarning vazifasi

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI


Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.

Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.


Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.


Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Kommutatorlar va konsentratorlar. Kommutator yoki svitch (switch) lokal tarmoqga ulanuvchi qurilmalar soni ikkitadan ortiq bo‘lganda ularni o‘zaro bog‘lanishlari uchun qo‘llaniladi. Demak lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil etishdagi kommutator asosiy kommunikatsiya qurilmasidir. Shuningdek unutmaslik kerakki, kommutator o‘rnida tarmoq konsentratorini ham qo‘llash mumkin. Konsentrator va kommutator asosida lokal tarmoqlarni tashkil etishning farqli xususiyatlarini quyida ko‘ribchiqiladi. Konsentratorning kommutatorga nisbatan afzalligi faqat uning portlarini signalni kuchaytirish imkoniyatiga egaligi va narxining arzonligidadir. Ammo lokal tarmoq tarkibidagi ulanuvchi qurilmalar soni 8 tadan ortgandan so‘ng konsentrator tarmoqning ishlash tezligini pasayishiga sabab bo‘ladi.

Kommutatorlar


Kommutatorlar turli portlarga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni 100 Mbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Fast Ethernet portlariga yoki 1 Gbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Gigabit Ethernet portlariga. Uy sharoitida qo‘llaniluvchi kommutatorlardagi portlar soni odatda 8 tadan oshmaydi.
Kommutatorlarni ikki guruxga ajratish mumkin: boshqariluvchi va boshqarilmaydigan. Boshqariluvchi kommutatorlarni maxsus dasturiy vosita yordami kompyuter qurilmasi yordamida sozlash mumkin. Ya’ni bunday kommutatorlarni yoki konsol kabeli yordamida kompyuterga ulab, so‘ngra kompyuterga o‘rnatilgan dastur yordamida kommutatorning sozlash oynasiga kirib uni sozlashni amalga oshirish mumkin.Ammo bunday kommutatorlar lokal tarmoqlarni tashkil etishda deyarli qo‘llanilmaydi, ularning narxi qimmatligi va lokal tarmoq qurishda qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi sababli. Lokal tarmoqlarni qurishda boshqarilmaydigan kommutatorlar qo‘llash eng samarali yechimdir.

Marshrutizatorlar (Router). Lokal kompyuter tarmog‘iga ulangan qurilmalarni (kompyuter, planshet, smartfon va boshqa tarmoqga ulanuvchi oxirgi qurilmalar) boshqa tarmoqga, masalan internet tarmog‘iga yagona kanal bo‘yicha ulanishlarini ta’minlovchi asosiy qurilmadir. Marshrutizatorlarga qurilmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlari yoki tarmoq kommutatorlari orqali ulanishlari mumkin. Lokal tarmoqlarni qurishda qo‘llaniluvchi marshrutizatorlarda lokal tarmoq qurilmalari ulanishlari uchun LAN portlari mavjud bo‘ladi va shuning uchun kommutatordan foydalanish zarur emas. Shuningdek marshrutizatorlarda boshqa tarmoqga ulanish uchun WAN (Wide Area Network) porti ham mavjud. Bu port asosan internet tarmog‘iga ulanish uchun qo‘llaniladi.


1.6-rasm. Lolak tarmoqlarda qo’llaniluvchi marshrutizator

Lokal tarmoqlarda qo‘llaniluvchi marshrutizatorlarning asosiy vazifasi lokal tarmoq qurilmalarini boshqa tarmoq bilan aloqasini (asosan internet tarmog‘i bilan) ta’minlashdir. Lokal tarmoqdagi turli qurilmalarni ulana olishlari uchun lokal tarmoq marshrutizatorlari ham Ethernet standarti ham Wi-Fi standarti bo‘yicha ulanishni ta’minlaydi.


Marshrutizatorning yana bir vazifasi tashqi internet tarmog‘idan lokal tarmoqga kirishni cheklaydi. Marshrutizatorning tashqaridan trafikni cheklash funsiyasi NAT mexanizmi orqali amalga oshiriladi. U lokal tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarni tashqi tarmoqga chiqishini ta’minlash uchun ularning lokal tarmoqdagi noyob IP (kulrang manzil) manzillarini internet tarmog‘ida ishlash uchun internet provayderi tomonidan berilgan IP manzil (oq rang manzil yoki ommaviy manzil) ga o‘zgartiradi. Internet tarmog‘idan ma’lumot qabul qilinish jarayonida esa aksincha o’ng rang IP manzilni lokal tarmoq chegarasida qo‘llaniluvchi kulrang IP manzillarga o‘zgartirish vazifasini bajaradi.
Odatda marshrutizatorlar lokal tarmoq qurilmalarini ulash uchun to‘rta LAN portiga ega bo‘aldi. Internet tarmog‘iga ulanish uchun bitta WAN porti mavjud. Agar lokal tarmoqda Ethernet standarti bo‘yicha (UTP kabeli orqali) ulanuvchi qurilmalarning soni 4 tadan ortiq bo‘lsa, u xolda marshrutizatorning LAN portlarining biriga kommutator ulash va boshqa lokal tarmoq qurilmalarini kommutatorga ulash etarli.

Ko‘priklarning vazifasi. Yaqingacha ko‘priklar tarmoqlarni qismlarga ajratishda asosiy qurilma vazifasini bajarar edi. Ular-ning narxi marshrutizatorlarning narxiga qaraganda arzon, tez-ligi yuqori, shuningdek, OSI modelining ikkinchi bosqich pro-tokollari uchun shaffofdir. Abonentlar tarmoqda ko‘prik borlig-ini bilmasliklari ham mumkin va ularning hamma paketlari tar-


moqdagi kerakli manzilga hech qanday muammosiz yetkaziladi.Ko‘prik odatda komp’yuterga ikkitadan to to‘rttagacha tarmoq adapteri o‘rnatilgan qurilma bo‘ladi. Bu adapterlarning har
biri tarmoq qismining bittasiga ulangan bo‘ladi. Ko‘prik ishla-tilgan tarmoq tuzilishi (konfiguratsiya) ancha murakkab bo‘lishi mumkin lekin ularda tutashgan yo‘nalishlar (pet-
lya) bo‘lishi kerak emas va paketlarning o‘tadigan yo‘li yagona bo‘lishi shart Aks holda tutashgan yo‘nalishdan keng o‘tkazish (øåðîêîâåøàòåëíûõ) paketlarining ko‘p maro-
taba o‘tishi natijasida tarmoqda yuklama oshishi hosil bo‘ladi va boshqa muammolar kelib chiqishi mumkin. Bunday holat yuza-ga kelmasligi uchun ko‘priklarda asosiy daraxt (Spanning tree, algoritmidan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bu algoritm mavjud ko‘priklar o‘rtasida muloqot olib borish natijasida, tutashgan yo‘nalish hosil qiluvchi ko‘prik portlarini o‘chirib qo‘yadi (masalan, 7.9-rasmdagi ikkinchi ko‘prikning
ikkala portini o‘chirib qo‘yadi). Bu xususiyat sharofati bilan ko‘priklar yordamida tarmoq qismlarini ulanishini takrorlash mumkin (ya’ni tugun hosil qilish), sababi, agarda biror aloqa
yo‘li ishdan chiqqan taqdirda tarmoqning yaxlitligini takroran ulangan (alternativ yo‘lni ulab) aloqa yo‘lini avtomatik ra-vishda ulash orqali tiklash mumkin bo‘ladi. Bu algoritm ba’zi
bir kommutatorlarda ham ishlatiladi, chunki ular ham tugunli tarmoqlarda ishlay olmaydi.
Ko‘prik bir vaqtning o‘zida birgina paketga ishlov (signalni
qayta tiklash) bera oladi, kommutator kabi bir nechta paketga ishlov bera olmaydi. Portlardan biriga kelgan har qanday paketni quyidagicha ishlov beriladi:
1. Ko‘prik paketni jo‘natgan abonent manzilini ajratadi va abonentlar manzillar jadvalidan uni qidiradi. Agarda bu man-zil jadvalda bo‘lmasa, u holda jadvalga kiritib qo‘yadi. Shun-
day qilib har bir tarmoq qismining ko‘prik portlariga ulangan abonentlar manzil jadvali avtomatik ravishda hosil bo‘ladi.2. Ko‘prik paketni qabul qiluvchining manzilini ajratadi
va hamma portlarga tegishli bo‘lgan manzillar jadvalidan uni qidiradi. Agarda paket o‘z kelgan segmentidagi abonentga man-zillangan bo‘lsa u qayta tiklanmaydi. Agarda paket tarmoq abo-
nentlarining hammasiga manzillangan bo‘lsa yoki ko‘p punktli bo‘lsa, u holda qabul qilingan qurilmadan tashqari hamma
Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling