O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“AXBOROT XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI
«KOMPYUTER TARMOQLARI XAVFSIZLIGI»
FANIDAN
LABORATORIYA
HISOBOTI
MAVZU: Linux operatsion tizimida proxy serverlarni sozlash va o’rnatish
5330300 – Axborot xavfsizligi(kompyuter tizimlari xavfsizligi)
Bajardi : Anvarov Sherzod
Tekshirdi : Aloyev R.
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………….……3
Nazariy qism
Linux operatsion tizimi haqida ma’lumot……………………………………5
1.2 Proxy server haqida tushincha…………………………………………………7
II. Amaliy qism
Linux operatsion tizimida proxy serverni o’rnatish va sozlash……………...9
Xulosa…………………………………………………………………………27
Foydalanilgan adabiyotlar.………………………………………….…………28
Foydalanilgan internet saytlari………………….……………………………..29
Kirish
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir davrda insonlarning kompyuter tarmoqlariga bo’lgan ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Shuni alohida qayd etib o’tishimiz mumkunki,axborot tizimlari va texnologiyalarining turli rivojlanish bosqichlarida kompyuterlar o’rtasida ma’lumotlar almashish jarayonlari ham turlicha usullarda amalga oshirilgan. Jumladan 1980 yillardan 1995 yillargacha bo’lgan davrlarda kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashish jarayonlari turli ma’lumot tashuvchi vositalar (5,25; 3,5 dyumli yumshoq disketalar, CD-R(RW) rusumli kompakt disklar, DVD disklar, strimmerli kassetalar, lentali qurilmalar va kartrijlar) yordamida amalga oshirilgan. Bunday ma’lumot tashuvchilardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud bo’lib ularni quyidagicha izohlab o’tish mumkin:
1. Ijobiy jihatlari: oldingi davrlarga nisbatan ixcham ma’lumot tashuvchi vositalarning yaratilishi va tadbiq etilishi, inson mehnatini yengillashtirish va kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashishning yangi vosilarining paydo bo’lishi.
2. Salbiy jihatlari: ushbu ma’lumot tashuvchi vositalarning xotiralari kichikligi, ma’lum muddatlardan keyin uzluksiz va noto’g’ri foydalanishlar natijasida tez ishdan chiqib qolishi, ma’lumot almashish uchun foydalanuvchilardan ortiqcha mehnatning talab qilinishi, zarurat tug’ilganda ularni xarid qilish, hamma kompyuterlarda ham CD-ROM(RW), DVD va STRIMMER qurilmalarining mavjud emasligi, ushbu ma’lumot tashuvchilarning viruslanib qolishi hamda ma’lumotlarning yo’qolib qolishiga olib kelishi, ularning texnik nosozliklari va boshqalar. 1990 yildan keyin (Respublikamizda esa 1995 yillardan boshlab) kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lishi natijasida sekin asta turli muammolarning barham topishiga olib keldi. Aynan 1994 yilgi O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 146-sonli qarori «Axborotlashtirish konsepsiyasi» ning qabul qilinishi natijasida kompyuter tarmoqlari ham rivojlanib bordi. Dastlab koksial simlar yordamida shinasimon ketma-ket ulanuvchi kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi va keyinchalik, o’rama juft simlar yordamida parallel ulangan tarmoqlarning tashkil etilishi natijasida foydalanuvchilar o’rtasida ma’lumotlarni almashishning mukammal tizimining paydo bo’lishiga olib keldi. Bu tizimning rivojlanishi butun dunyoda yuksalish bosqichiga chiqib bordi va 2000 yildan keyingi simsiz aloqa tizimining dunyoga kelishiga turtki bo’ldi. Respublikamizda bu jarayonning rivojlanishida hukumatimiz tamonidan ko’plab farmonlar, qarorlar va qonun hujjatlari qabul qilindi va hayotga tatbiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |