Kompyuterni tashkil etilishi Course Syllabus


Download 1.95 Mb.
Sana03.06.2020
Hajmi1.95 Mb.
#113750
Bog'liq
1-maruza1

Kompyuterni tashkil etilishi

Course Syllabus


Kodi

CAO1316

Nomi

Kompyuterni tashkil etilishi

Kreditlar

6

O‘quv yili

2019 – 2020

Semestr

4

Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot


O‘qituvchi

Mirzaxalilov Sanjar Serkaboy o’g’li - Katta o‘qituvchi

Amaliyot o‘qituvchilari

CAO002-1 – Zoxirov Qudrat Rafiqovich – Assistent

CAO002-2 - Ochilov Mannon Musinovich- Assistent



Kafedra

Kompyuter tizimlari

Tel:

+99899 869-66-17, 71-2386458

Manzil

D-bino, 3-etaj, 312-xona

e-mail

mirzahalilov86@gmail.com

Yuklama


Fa’oliyat

Soatlar

Ma’ruza

60

Amaliyot

30

Laboratoriya

-

Mustaqil ta’lim

90

Umumiy

180

Baholash


Bajariladigan ishlar

%

Talabaning semestr davomidagi ishlari

100%

Mustaqil ishlar (1 ta)

40%

Amaliy ishlar (10 ta)

50%

Oraliq nazorat (1 ta)

10%

Mustaqil ish

Mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 40% holatda olinib, u quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:

1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 4%

2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi: 4%

3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 10%

4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi: 8%

5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi: 4%

6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi: 10%

Oraliq nazorat

Oraliq nazorat o‘quv kursi davomida bir marta olinadi va ajratilgan baholash miqdori 10% tashkil etadi.

 

  • Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash foizi nolga (0 %) teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi.

Asosiy adabiyotlar

  • 1. David Patterson John Hennessy. Computer Organization and Design. 5th Edition. 2013.
  • 2. З.З.Мирюсупов, Ж.Х.Джуманов. «Компьютер архитектураси». /TATУ. 144 бет. Тошкент, 2017
  • 3. С.А.Орлов, Б.Я.Цилькер. Организация ЭВМ и систем: Учебник для вузов. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2011. — 688 с
  • 4. Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с
  • 5. Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. МЭИ. Москва, 2015.

1-MA’RUZA Mavzu: Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari

S.S.Mirzaxalilov


Reja:

1. Zamonaviy kompyurerlarning turlari.

2. Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilish tamoillari.

3. Kompyuterning asosiy ko‘rsatgichlari.

Kompyuter nima?

  • Kompyuter – dasturlash yordamida avtomatik ravishda arifmetik yoki mantiqiy ketma-ketliklarni bajarishga ko’rsatma beruvchi mashina.
  • Kompyuter - ma’lumotlarni qabul qilish, belgilangan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni yuqori tezlida barish va natijalarni ekranga chiqarish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
  • Kompyuter - ma’lumotlarni saqlash, qayta tiklash va ishlov berish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
  • Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) – xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to‘plami.

KOMPYUTER XOZIRGI KUNDA …

Raqamli elektron qurilmalar

Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun:

  • ishlash tamoili;
  • element asosi ;
  • vazifasi;
  • xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
  • o‘lchami va xisoblash quvvati;
  • imkoniyatlari;
  • dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.

Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun :

  • analogli (uzuluksiz),
  • raqamli
  • aralash (gibrid).

Xisoblash mashinalari

АХМ


RХМ

GХМ

Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:

  • 1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;
  • 2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);
  • 3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
  • 4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5–2sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
  • 5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
  • 6-avlod va keyingilari: parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlar taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
  • Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq.

1-avlod (1945-1955)

  • Dasturlash mashina tilida bajarilgan;
  • Operatsion tizim bo’lmagan;
  • Dasturlash va texnik xizmat ko’rsatish jarayoni bir guruh odamlar tomonidan bajarilgan;

2-avlod (1955-1965)

  • Transiztorli;
  • Ishonchli;
  • Faqat hukumat, universitet va katta tashkilotlar uchun mo’ljallangan.
  • Mobil perfokartali;
  • Ilmiy va texnik xisoblashlar uchun;

3-avlod (1965-1980)

  • Kichik o’lchamli electron elementlardan tashkil topgan va silikon chiplardan, yarimo’tkazgichlardan foyalanilgan;
  • 2-avlodga nisbatan tezkor;
  • Yuqori darajadagi dasturlashni qo’llab quvvatlaydi;
  • Magnit xotirali;

4-avlod (1980-1990)

  • Mikroprosessorli tizimlar;
  • Arzon;
  • Tezligi, aniqligi, ishonchligi yuqori;
  • Gabaridi kichik;
  • Sovutish tizimi qo’shilgan;
  • Quvvat kam sarflanadi;
  • Har bir foydalanuvchi uchun mo’ljallangan;

5-avlod (1990- )

  • Ko’p prosessorli;
  • Sun’iy ong bilan jihozlangan;
  • Sxemalari optic signalda ishlaydi;
  • Elementlar dasturga asoslangan;
  • Katta xotirali;
  • Magnitli chiplar;
  • Kompyuterning ish jarayonini boshqarish uchun har qanday tilda avtomatik ovoz bilan boshqarish mumkin.

Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni uch guruxga ajratish mumkun

  • universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
  • muammoga yo‘naltirilgan;
  • maxsuslashtirilgan.

O‘lchami va xisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlarni quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkun:

  • juda katta (supperkompyuterlar);
  • katta;
  • kichik;
  • juda kichik (mikrokompyuterlar).

Kompyuter turlari

  • Supercomputer.
  • Mainframe.
  • Server Computer.
  • Workstation Computer.
  • Personal Computer or PC.
  • Microcontroller.
  • Smartphone.

Avlodlar bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi tartibda guruxlarga bo‘linadi:

  • 1-avlod – 8-bitli protsessorlar ishlatilgan;
  • 2-avlod – 16-bitli protsessorlar ishlatilgan;
  • 3-avlod – 32-bitli protsessorlar ishlatilgan;
  • 4-avlod – 64-bitli protsessorlar ishlatilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling