O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 811-19 –guruh talabasi Xoldarov Zufarbek ning “KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI” FANIDAN BAJARGAN 1- LABORATORIYA ISHI
MAVZU: SHAXSIY KOMPYUTERLARNING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA QURILMALARI.
TOSHKENT 2021
SHAXSIY KOMPYUTERLARNING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA QURILMALARI.
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.
Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |