Kompyuterning asosiy qurilmalari. Tizimli plata


Download 38.76 Kb.
bet1/16
Sana13.01.2022
Hajmi38.76 Kb.
#329768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-мавзу
Bog'liq
Ахборот тизим ва технол, Математика-информатика-2018-19, Lecture №4, rasm, 1-Mavzu O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuq (1), Mavzu Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolyutsiyasi, Mavzu Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolyutsiyasi, 4-мавзу, 4-мавзу, Заключение Абдурахмонова Фархода Рахмоновича, 5 lecture, Mavzu 2, Mavzu 2, Mavzu 1

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuterinjiniring" fakulteti

“________________________________________” fanidan



Bajardi: 205-guruh talabasi
Pardayeva Umida

SAMARQAND – 2021

KOMPYUTERNING ASOSIY QURILMALARI. TIZIMLI PLATA.


Reja

  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari
  2. Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar


  3. Tizimli platalarning tuzilishi
  4. Tizimli platalarning ishlashidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari


  5. Tizimli platani tanlash


Kompyuterning asosiy qurilmalari
Qurilmalarning “asosiy” deyilishiga sabab–ular kompyuterning asosini tashkil qiluvchi qurilmalar bo’lib, yagona hisoblash tizimini tashkil qiladi. Shuning uchun ham, ularning birortasisiz kompyuter ishlamaydi yoki u bilan ishlash mumkin emas.

Quyidagi elektron qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning asosiy qurilmalarini tashkil qiladi:



  • Tizimli blok (System block);

  • Tizimli plata (Asosiy plata, Ona plata, Motherboad);

  • Prosessor(Mikroprosessor, Markaziy prosessor, Mikroprocessor, CPU – Central Processor Unit);

  • Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory);

  • Qattiq disk diskovodi (Vinchester, ROM – Read Only Memory);

  • Kompakt disk diskovodi (CD ROM – Compact Disk ROM);

  • DVD diskovodi (DVD – Degital Video Disk ROM);

  • Yumshoq disk diskovodi (FDD – Floppy Disk Drive);

  • Videokarta (Videoadapter, Video Card, Video Adapter);

  • Audiokarta (Ovoz kartasi, Audio Card, Sound Card);

  • Monitor (Displey, Display, Monitor);

  • Klaviatura (Keyboard);

  • « Sichqoncha» yoki monipulyatorlar (Mouse, Monipulator);

  • Ta’minlash bloki (PSU – Hower Supply Unit). Bu qurilmalar asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

Tizimli blok. Kompyuterning asosiy qurilmalari joylashtirilgan metall g’ilof (korpus) bo’lib, ahu ichki qurilmalarni tashqi zarblardan himoya qilishga hamda orqa tomonidagi uyachalari (portlari) yordamida tashqi qurilmalarni ichki qurilmalar bilan ulashga xizmat qiladi. Ko’pincha, kompyuter deyilganda, asosiy qurilmalar o’rnatilgan tizimli blokni ham tushunishadi.

Tizimli bloklarni bir-biridan farqlovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning tashqi ko’rinishlari (formfaktorlari) dir.

Shuning uchun ham, zamonaviy tizimli bloklar formfaktorlari Mini Tower (kichik minora shaklida), Middle Tower (o’rtacha minora shaklida) va Big Tower (katta minora shaklida) ko’rinishida bo’lgan turlarga bo’linadi. Tizimli plata. Fiberglas (shisha tolali) materialdan ishlangan yassi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi plata bo’lib, kompyuterning tizimli blokining ichiga o’rnatiluvchi platalarning eng kattasidir. Kompyuterning asosiy qurilmalarini bitta tizim qilib birlashtirib o’rnatishga va ulashga xizmat qiladi. Ya’ni, qurilmalarni o’rnatishga va ulashga xizmat qiluvchi maxsus uyachalardan (raz’yomlardan), hamda shu qurilmalarning ishlashini nazorat qilib boruvchi va ularning talabdagidek ishlashini ta’minlovchi mikrosxemalardan tashkil topgan platadir. Tizimli platalarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – uning aloqa uzatish tizimlarining (shinalarining) tezkorligidir. Bunday tezkorlik – ularning takt chastotalarida (MegoGerslarda

– MGs larda) ifodalanadi. Zamonaviy tizimli platalarda shinalarining tezkorligi 100 MGs dan 300 MGs gacha boradi. Ya’ni, bunday shinalar orqali tizimli plata o’ziga o’rnatilgan (ulangan) qurilmalar bilan kamida 100 MGs (100MGs = soniyasiga 100x1024 = 1024000 KiloGers (KGs) = 1024000x1024 = 104 857 600 Gers (Gs) tezlikda, yoki boshqacha qilib aytganda 104 857 600 signal/soniya) tezlikda ma’lumot almasha oladi.



Prosessor. Kompyuterning «miya»si hisoblanuvchi qurilmadir. Chunki kompyuter tomonidan bajarilayotgan barcha amallar (hisoblash, nazorat qilish, boshqarish kabi amallar) aynan shu qurilma tomonidan bajariladi. Kompyuterning eng zarur qurilmasi bo’lgani uchun ham, kompyuterning modeli (markasi) aynan unga o’rnatilgan prosessorning modeli (markasi)

bilan ataladi. Masalan, Intel Pentium IV prosessori o’rnatilgan kompyuter - Pentium IV kompyuteri deb ataladi. Prosessorlarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning takt chastotalaridir. Zamonaviy prosessorlarda bunday ko’rsatkich 1 GigoGers dan (ya’ni, 1024 MGs dan) 4 GigoGers gacha (ya’ni, 4096 MGs gacha) boradi.




Download 38.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling