Kondensatsion elektr stansiya


Download 3.4 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi3.4 Kb.
#830052
Bog'liq
Kondensatsion elektr stansiya-fayllar.org
Ko\'p o\'z. fun-si 2-Ma\'ruza, Каррали Инт-1, a24b7ec4aba0533a370a276a83ded3e6, Rivojiddin shaxsiy ish rejasi lotin, IES da suv tayyorlash va yoqilg\'i ishchi, Dars jadval Masumov, Uslubiy kursatma amaliyot, Ishchi dastur-yuqori xarorat 2021, 10-tajriba mashguloti, 15-amaliy ish, 4-маъруза, funktsionalnye-napitki-s-ispolzovaniem-nastoev-lekarstvennyh-rasteniy, 3-ma\'ruza, Axborot-resurs-markazlarida-axborotlashtirish, Ozgarmas-tok-generatorlari.Qisqa-tutashgan-va-faza-rotorli-dvigatellar.

Kondensatsion elektr stansiya

Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiyaKondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi.


  • Kondensatorlarning tuzilishi.

  • Kondensatorlar o‘zida zaryad to‘plovchi qurilmalar bo‘lib, zanjirlarda ketmaket, parallel, aralash kelishi mumkin. Ularning elektr zanjirlarda kelishiga qarab vazifalari belgilanadi. Kondensatorlar o‘zidan o‘zgaruvchan tokni yaxshi o‘tkazib, o‘zgarmas tokka to‘sqinlik qiladi. Ular elektr zanjirda ta’minot filtri, ajratuvchi filtr, yechuvchi filtr vazifalarini bajaradi.

    • Kondensatorlarning tuzilishi.

    • Kondensatorlarni multi-tester o‘lchov asbobida tekshirish uchun tester shchuplarini kondensator oyoqchalariga tegizamiz. Multi-testerning shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib, 100 E ga borib yana 0 gacha qaytadi, shchuplarning o‘rnini o‘zgartirib kondensator oyoqchalariga tegizamiz, multi-tester shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib boradi va 0 gacha qaytadi, bu kondensator ishlayotgan bo‘ladi. Kondensator sig‘imiga qarab multi-testerdagi vaziyatlar kaliti o‘zgartiriladi. X1, X10, X1K, X10K. Kondensator sig‘imi qancha katta bo‘lsa, vaziyatlar kaliti kamaytirib boriladi

    • Kondensatorlarning tuzilishi.

    • Elektr zanjirlarda yuqori yoki past chastotali signallarni ajratib olish va qaytadan tranzistor yoki mikrosxema yordamida kuchaytirish maqsadida RCL zanjirlaridan foydalaniladi. Rezistorlar, drossellar o‘zlaridan past chastotali signallarni yaxshi o‘tkazib, yuqori chastotali signallarni o‘tkazmaydi. Kondensatorlar esa o‘zidan yuqori chastotali signallarni yaxshi o‘tkazib, past chastotali signallarni o‘tkazmaydi (to‘sqinlik qiladi).


http://fayllar.org
Download 3.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling