Konferensiya bayonnomasi


Download 40.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1521553

KONFERENSIYA BAYONNOMASI
Men Tursunqulova Xushnozaxon pedagogik amaliyot yuzasidan bo`lgan konferensiyada ishtirok etdim.Konferensiya 2022-yilning 14-mart kuni 318-auditoriyada bo`lib o`tdi.Konferensiyada kafedra mudiri S.Otajonov, B.Karimov,
T.Axmedov, B.Razzoqov, Y.Usmonov, M.Axmedov, G.Safarova,va boshqalar qatnashdi.Konferensiyani S.Otajonov
olib bordi va B.Karimov B.Razzoqovlar pedagogik amalyot to`g`risida bizga ma`lumot berdi.Konferensiyada 20.15, 20.16, 20.16A guruhlar to`liq ishtirok etishti.S.Otajonov buyruqni o`qib kim qayerda amaliyot o`tash uchun yuborilganligini aytib berdilar.Maktabda amaliyot jarayonida o`zimizni tutishimiz tartib intizomga rioya qilishimiz nima uchun amaliyot o`tashimiz kerakligi haqida ustozlarimiz bizga aytib o`tishdi.Men Farg`ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb hunar maktabi tayinlandim.Menga amaliyotchi rahbar etib Salim Otajonov tayinlandi.biz yuborilgan amaliyot joyimizga ustoz Salim Otajonov bilan birga bordik .Biz maktabga kirdik u yerda domla maktabdagi direktor o`rinbosari bilan gaplashib chiqishti, keyin maktabdagi kiyimlarni loyihalash texnalogiyasi o`qituvchisi Egamberdiyeva Feruzaxon ustozga topshirib chiqishti.

Farg`ona Davlat Universiteti Fizika-texnika fakulteti Texnalogik ta`lim yo`nalishi 20.15 guruh talabasi Tursunqulova Xushnozani Farg`ona shahar shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb hunar maktabida malakaviy amaliyot davrida qilingan ishlar yuzasidan.

Hisoboti
Men Tursunqulova Xushnoza 14.03.2022 dan 9.04.2022 gacha Farg`ona shahar shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb hunar maktabida pedagogik amaliyotda bo`ldim Malakaviy amaliyot oldi konferensiyaga ishtirok etib ,amaliyot davrida qanday vazifalar bajarishimni bilib oldim . Konferensiyadan so`ng amaliyot rahbarim bilan amaliyot o`taydigan ta`lim muassasasiga yo`l oldik. Malakaviy amaliyot davrida qilgan ishlarimni kundalik daftariga yozib bordim. O`quv ish reja, ma`naviy- ma`rifiy ish reja va sinf rahbar ish rejasini tuzishni o`rgandim. Amaliyot davrida ushbu ish reja asosida dars o`tdim. Har bir rejamdagi mavzu bo`yicha konspekt yozdim.Ochiq darslarimni yangi ped texnalogiyalar asosida tashkil etdim. Ochiq darsimda electron versiyalardan va texnik vositalardan foydalandim.Har bir o`tgan darsim bo`yicha ko`rgazmalar tayyorladim va darslarni shu ko`rgazmalardan foydalanib o`tdim.Darsdan tashqari vaqtlarimda ta`lim muassasasidagi ochiq darslarni tahlil qilish uchun kirdim va darslarni kuzatish natijasida o`zimga kerakli bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ldim. Har bir tashkil etgan ochiq darsim uchun bayonnoma tuzdim. Jumladan aprel oyi amaliy fanlar oyligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etdim. Guruh tarkibini o`rgandim va guruhdagi o`quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdim. O`quvchining oilaviy ahvoli o`rgandim,o`quvchilarga tavsif yozdim. Amaliyot davridagi dars kuzatish jarayonida turli hil pedagogik mahoratlarni va har xil metodlarni o`rgandim.Amaliyot davomida men dars o`tish uslublari, o`quv qurollari va ko`rgazmali qurollardan foydalanishni hamda o`quvchilar bilan ishlashni o`rgandim. Shu bilan birga dars o`tishda vaqtni hisobga olishni 1)o`tgan mavzuni takrorlash 2)yangi mavzuni tushintirish 3)yangi mavzuni mustahkamlash, darsni to`g`ri tashkillashni va o`quvchilarni yosh psixalogiyasiga qarab munosabatda bo`lishni ham o`rgandim.Men dars o`tishda mavzularni tushintirish uchun ko`rgazmali qurollardan (mavzyga doir andozalar,turli hil shakllar,rasmlar nozmunchoqlar va hokazolar) dan foydalandim.Mavzuni tushintirish uchun hayotiy misollar keltirdim.Dars o`tish davomida darsga hamma o`quvchilarni e`tiborini qaratishga harakat qildim. Amaliyot davomida ochiq darslar o`tish orqali kasbiy mahoratlarga ham ega bo`ldim. Amaliyot davomida o`rganganlarim kelajakda ish faoliyatimda yetuk mutaxassis bo`lishimda yordam beradi deb o`ylayman. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam malakaviy amaliyot davrida kelgusida ish faoliyatim uchun kerak bo`ladigan barcha bilim, ko`nikma va malakalarni egalladim.

Hisobotchi: X.Tursunqulova


Amaliyot raxbari: S.Otajonov



Farg`ona Davlat Universiteti Fizika-texnika fakulteti Texnalogik ta`lim yo`nalishi 20.15 guruh talabasi Tursunqulova Xushnozani Farg`ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb hunar maktabida malakaviy amaliyot davrida qilingan ishlar yuzasidan.

TAVSIFNOMA


Berilgan ushbu tavsifnoma shu mazmundaki ‘imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb hunar maktabida’’ malakaviy amaliyot bo`lib Texnalogiya fani bo`yicha 1,2,3 –kurslarga dars berdi . Darslarni o`tish mobaynida yangi pedagogik texnalogiyalar va interfaol metodlardan foydalandi. Darsda amaliyotchi turli ko`rgazmalardan metodik qo`llanmalardan foydalandi va darslarni DTS asosida tashkilladi.Darslarda mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni paydo qila oldi va o`quvchilarni darsga qiziqtira oldi.Guruh rahbariga va kiyimlarni loyihalash texnalogiyasi o`qituvchisiga sinf ishlarida va darslarda yordam berdi. Guruhda har –bir o`quvchi bilan alohida –alohida mashg`ulot olib bordi.Kollejda o`tkazilgan amaliy fanlar oyligida faol qatnashdi.Mohir qo`llar togaragini tashkillashda faol qatnashdi
Bundan tashqari maktabda tashkillangan zakovat, turli tadbirlar, bayramlarni tashkillashda faol qatnashdi. Biz shuni ishonch bilan ta`kidlashimiz mumkinki, Tursunqulova Xushnoza amaliyot davrida o`ziga kerakli tajriba to`pladi,kelajakda o`qituvchilik faoliyatida tajribalarni qo`llab malakali pedagog bo`lib yetishadi.

Maktab direktori: U.Xolmatov


O`TIBDO`: Sh.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling