Konferensiya (konferentia – bir joyga to‘play man) – davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillari ning muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi. MillatlarLigasi


Download 25.77 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi25.77 Kb.
#131131
Bog'liq
GLOSSARIY


Konferensiya (konferentia – bir joyga to‘play man) – davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillari ning muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi.

MillatlarLigasi – Birinchi jahon urushidan ke yin tuzilgan xalqlarning tinchlik va xavfsizlikyo‘lidagi ham korligini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot.

Fashizm (birlashma) – Italiyada paydo bo‘lgan siyosiy oqim. Hokimiyat tepasiga kelgach, fashistlar zo‘ravon likning ashaddiy shakllarini qo‘llovchi va jamiyat ustidan yalpi nazorat o‘rnatuvchi terroristik diktaturani barpo etdilar.

Statut – asosan, Buyuk Britaniya huquqiy madaniyatiga xos bo‘lgan bayoniyxarakterdagi huquqiy hujjat, qaror.

Shovinizm – bir irqning boshqalardan ustunligini da’vo qiluvchi, millatlar o‘rtasida nizo urug‘ini sochuvchi o‘ta o‘ng, ashaddiy millatchilik.

O‘nglar – mavjud tuzumni keskin o‘zgartirmaslik, uni konstitutsiya doirasida rivojlantirish tarafdorlari.

So‘llar – mavjud tuzumni o‘zgartirish, keskin islohotlar tarafdorlari.

Patefon – plastinkaga yozib olingan musiqa va qo‘shiqni qayta eshittiruvchi qurilma.

Individualizm – alohida shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishga qaratilgan nazariya.

Liberalizmparlamentarizm, demokratik erkinliklar va xususiy tadbirkorlik tarafdorlarini birlashtirgan ijtimoiy-siyosiy oqim.

Neytralitet – davlatlar o‘rtasida olib borilayotgan urushga qo‘shilmaslik imkonini ta’minlovchi huquqiy maqom.

Izolatsionizm – biron-bir davlatning xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etishdan bosh tortish siyosati. Ko‘pincha, AQSHning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan siyosatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Fraksiya – biror-bir partiyaning parlamentdagi a’zolari yoki siyosiy partiya ichidagi alohida guruh.

Totalitarizm (umumiy, yalpi) – XX asr hodisasi bo‘ lib, butun siyosiy tizimning davlatga bo‘ysunishini, jamiyat hayoti va fuqarolar ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatilishini nazarda tutadi.

Anshlyus – qo‘shib olish, ittifoq. Tarixda, asosan, 1938-yili Germaniyaning Avstriyani qo‘shib olishiga nisbatan qo‘llaniladi.

Radikal (tubdan) – keskin choralar va harakatlarga intilish tarafdorlari.

Intervensiya – bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo‘ravonlik bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzishi.

«Harbiy kommunizm» – Sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosati. Unda tijorat taqiqlanadi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qo‘yiladi.

Natsionalizatsiya– xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo‘jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi.
Katolitsizm – xristian dinining asosiy mazhablaridan biri.

Avtoritarizm – siyosiy rejim, unda jamiyat davlat va uning boshlig‘iga bo‘ysundiriladi, hokimiyat tepasida turgan shaxs o‘zini o‘zi shu hokimiyatga haqli deb e’lon qiladi.

Kortes – Ispaniya va Portugaliyada parlamentning nomlanishi.

Dekret (decretum – qaror, decernere – qaror qilish) – davlat organi yoki lavozimdagi shaxsning huquqiy akti, qarori.

Plantatsiya – maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik.

Diktatura – hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.

Ekspansiya– bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati.

Militarizatsiyajamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo‘ysundirish.

Byurokratiya – xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi.

Paktxalqaro kelishuv, xalqaro shartnoma turi.

Suverenitet – davlatning ichki ishlar va tashqi siyosatdagi to‘liq mustaqilligi.

Provinsiya – ba’zi davlatlarda ma’muriy birlik, viloyat.

Konservatizm – an’anaviy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy va diniy tartiblar tarafdori bo‘lgan siyosiy oqim.

Sivilizatsiya – ijtimoiy taraqqiyot va moddiy madaniyat darajasining ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy tizimga xos bo‘lgan bosqichi.

Konvensiya – alohida masala bo‘yicha xalqaro kelishuv, xalqaro shartnoma turi.

Missionerlik– o‘zga din vakillari orasida xristian dinini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyat.

Iyerarxiya– pastdan yuqoriga qarab amal pillapoyasi bo‘yicha bo‘ysunish tartibi.
Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling