Konfliktlarni al sabablarini aniqlash f. Bekon qarashlarida nizolarning oldini olish konfliktli vaziyatlar


Download 35.52 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2022
Hajmi35.52 Kb.
#921836
  1   2
Bog'liq
ODILOVA YANGI
Shablon, 1 амалий DELPHIning grafik imkoniyatlari(1), 1-ma`ruza, Бирлик Енгил атлетика, Unitar va Yevklid fazolarda chiziqli operatorlar, tasks, 4 (1), compare-contrast-essay-media, 2 5192911053398218368, Azizova Dilnoza, 21-Ma\'ruza, Til-boyicha-bilimlar-Kann-Beschreibungen-ung-der-erforderlichen-Fahigkeiten, 610 11.08.2017, Mavzu O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarning o‘ziga x

KONFLIKTLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA MOTIVLARI
REJA

  1. KONFLIKTLARNI AL SABABLARINI ANIQLASH

  2. F. BEKON QARASHLARIDA NIZOLARNING OLDINI OLISH

  3. KONFLIKTLI VAZIYATLAR

  4. MOTIVLAR

Konflikt (nizo)larning asl sabablarini aniqlash hodisalar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.


Turli konfliktlardagi taraflar xatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o‘z manfaatlarini qondirishga bo‘lgan intilishlaridan kelib chiqishini tushunish qiyin emas. Xususan, g‘araz, o‘ch olish, hasadgo‘ylik, ko‘rolmaslik, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o‘zini moddiy yoki ma’naviy jihatdan ta’minlashga bo‘lgan intilish kabilar aksariyat turmush konfliktlariga sabab bo‘lib hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning motivlari bulardan farqlansa-da, ular ham o‘ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlik yoki liderlikka intilish, milliy g‘urur va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Konfliktlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, o‘z navbatida:

  • konfliktli vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish;

  • faqat asosiy yoki aniq ko‘rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash;

  • konflikt ishtirokchilarining nuqtai nazarlari va ularning o‘zaro munosabatlarini bilish;

  • konflikt negizida yotgan omillar va tendensiyalarni aniqlash;

  • muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish uchun zarurdir.

Ko‘p hollarda ijtimoiy notenglik konflikt manbai sifatida maydonga chiqadi. Ijtimoiy notenglikning asosiy belgilari bo‘lib, mulkchilik, hokimiyat, maqom munosabatlaridagi farqlar hisoblanib, ushbu xususiyatlar u yoki bu darajada jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasida aks etadi, ijtimoiy guruhlar, individlar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish, ularni ayirboshlash va taqsimlash yuzasidan bo‘ladigan ijtimoiy harakatlar ayrim holatlarda ijtimoiy guruhlar o‘rtasida tanglikka, muayyan sharoitlarda esa ochiq konfliktga olib kelishi mumkin.


Download 35.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling