Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning mazmuni va mohiyati


Download 40.33 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi40.33 Kb.
#1489889
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning mazmuni va mohiyati

Mamlakatimiz iqtisodiyotida eksport va import operatsiyalarini amalga oshiradigan, yirik ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxonalar, o’z shuba, qaram korxonalariga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi su’yektlarning ko’payishi, koorporativ boshqaruv va uning asosidagi operatsiyalarning amalda keng joriy etilishi, buxgalteriya hisobi va tahlil borasida ilg’or xorijiy usullarning qo’llanilishi, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarini umumlashtirish hamda hisobot shakllarining respublika va xorijiy foydalanuvchilarga aniq va tushunarli bo’lishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hisobot shakllarini konsolidatsiyalashgan (umumlashtirilgan) hisobot shaklida tuzish va taqdim etish masalalarini to’g’ri tashkil qilishning naqadar dolzarb ekanligini ifodalaydi.


Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda ta’kidlash mumkinki, har bir mamlakat iqtisodiy rivojida tashqi iqtisodiy faoliyat o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar, korporatsiya va konsernlarda olib borilayotgan buxgalteriya hisobini hisobotlarda umumlashtirilgan holda aks ettirish va mazkur hisobot shakllarini mavjud qonunchilik hamda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzuvchi korxonalar quyi korxonalarning barchasi bo’yicha hisobot ma’lumotlari umumlashtirilib, ularning ma’lumotlari birgina konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda o’z aksini topadi.
Milliy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi, korxona salohiyatining yuqori natijaviyligi ko’p jihatdan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining miqdoriy o’sishiga emas, balki ulardan olinadigan samarani oshirishga, ya’ni konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda aks ettirilgan mablag’larning har bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot hajmini ko’paytirishga, ayniqsa eksport hajmini kengaytirishga bog’liqdir.



Download 40.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling