Конституция РФ – основной закон страны


Download 400.08 Kb.
bet1/7
Sana07.01.2023
Hajmi400.08 Kb.
#1083218
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq

MAVZU:KONSTITUTSIYAVIY NAZARIYA ASOSLARI.

Reja:


1. Konstitutsiya va davlat
2. Konstitutsiyaning ta’rifi, mazmuni va mohiyati
3. Konstitutsiyaning prinsiplari va xususiyatlari
4.Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash.
5. Konstitutsiya-qonunchilik asosi
6. Konstitutsiyalarning turlari

1 §. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy huquq manbalari hamda huquq tizimidagi o’rni.


“Konstitutsiya” atamasi Konstitutsiya Asosiy qonun bo’lgunga qadar ham mavjud bo’lgan. Bu atama baynalminal atama bo’lib, lotin tilidan olingan va “o’rnataman”, “tasdiqlayman” degan ma’noni anglatadi. “Konstitutsiya” atamasi hozirda “tuzilish” degan ma’noda ham ishlatiladi. Yuridik jihatdan Rim imperatorlarining ko’rsatmalari ham konstitutsiya deb atalgan davrlar bo’lgan.
Davlatlar paydo bo’lgan davrdan boshlab davlat va shaxs o’rtasida munosabatlar mavjud bo’lgan va munosabatlar o’lchovida davlat manfaati doimo ustun bo’lib kelgan (ma’lum vaqtgacha). XVII-XVIII asrlarda fuqarolarning o’z erki uchun, huquq uchun kurashi nihoyatda kuchaygan. Feodal tuzum o’rnida vujudga kelgan burjua tuzumi ham shu kurashlar natijasidir. Ana shu davrlarda eski tuzum o’rniga kelgan burjua tuzumi progressiv xarakterda bo’lib, bu davrda, eng avvalo, insonlarning huquq va erkinliklarini qonunlarda mustahkamlash amalga oshirib borildi.
Shu davrdagi demokratik revolyutsiyalar natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni alohida qonunlar doirasida mustahkamlash zarurati tug’ildi. Bunday qonun sifatida konstitutsiya paydo bo’ldi. Dastlabki Konstitutsiya hisoblanuvchi AQShning 1787 yilgi Konstitutsiyasi davlatning asosiy qonuni sifatida o’rnatildi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni, cheklanmagan davlat hokimiyati xavfli ekanligini anglagan davlat falsafasining ma’lum elementidir
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati.
Konstitutsiya hokimiyat va erkinlik, davlat va shaxs o’rtasida mutanosib muvozanat bo’lishini ta’minlovchi vosita bo’lib maydonga chiqdi.
Tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya xalq (millat)ning umumiy irodasini ifodalovchi o’ziga xos ijtimoiy shartnomadir deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa Konstitutsiya bu oliy huquqiy normaning ifoda bo’lishidir deb tushunadilar.
Konstitutsiya deganda, davlatning oliy yuridik kuchga ega asosiy qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy printsiplarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil bo’lish tartibi, vakolatlari, o’zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabatlari asoslarini belgilovchi normalar yig’indisidan iborat bo’ladi.
Konstitutsiya davlat funktsiyasi doirasini, uning shaxs va jamiyat bilan aloqasi asoslarini o’rnatish bilan konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar turli shakllarda ifodalanganbo’lib, ular konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon va boshqa huquqiy hujjatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog’liq va biri ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, Konstitutsiya boshqa qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo’lsa, Prezident farmoni hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega.


Download 400.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling