Konstitutsiyaviy qonuni


Download 33.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2017
Hajmi33.71 Kb.
#22957

O zbekiston Respublikasining 

KONSTITUTSIYAVIY QONUNI 

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni 

modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida» 

 

(O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son, 151-modda; 2008 y., 52-son, 

510-modda; 2011 y., 16-son, 160-modda; 2014 y., 16-son, 177-modda) 

 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilingan 

Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan 

 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 

Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish 

hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat. 

Ushbu Qonun O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, 

shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga O zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun asosdir. 



2-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy 

partiyalar fraksiyalari 

Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya 

manfaatlarini O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash 

maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni 

egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. 

O z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda 

blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O zbekiston ekologik harakatidan 

saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. 

Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim 

yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek O zbekiston ekologik 

harakatidan saylangan deputatlar O zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. 

Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni 

amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. 

O zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda 

fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli 

masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; 

muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan O zining alohida fikrini O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha 

kelishuv komissiyasida O z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. 

Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik 

tomonidan kamsitilishi mumkin emas. 

Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin. 



3-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 

o‘rinbosarlarini saylash tartibi 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O z tarkibidan 

Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. 


O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari 

yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik 

palatasining vakolati muddatiga saylanadi. 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida tuzilgan siyosiy partiya 

fraksiyasi O z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida 

kafolatli huquqqa ega. 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini 

saylash uchun siyosiy partiya fraksiyasi, qoida tariqasida, O z fraksiyasi rahbarining nomzodini 

kiritadi. 

Siyosiy partiya fraksiyasidan taqdim etilgan nomzod O zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, siyosiy 

partiya fraksiyasi O z fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega. 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari 

Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin. 



4-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi 

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya 

yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya 

tomonidan taklif etiladi.  

O zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O zbekiston Respublikasi Bosh 

vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.  

Bosh vazir lavozimiga nomzod O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi 

ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq 

istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. 

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining 

yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.  

Agar ovoz berish vaqtida O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik 

ovozini ololmasa, O zbekiston Respublikasi Prezidenti O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar 

o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.  

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari 

umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 

rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma 

majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala 

kiritiladi.  

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 

umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. 

Bunday holatda O zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish 

to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun 

tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.  

Yangi O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston Respublikasi 

Prezidenti tomonidan O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha 

siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O zbekiston 


Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif 

etiladi.  

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 

lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O zbekiston Respublikasi Prezidenti 

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.  

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib 

yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.  



5-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi 

O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 

quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi: 

a) Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan; 

b) Bosh vazir O z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda; 

v) O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga 

tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir 

necha marta O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O zbekiston 

Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan 

taqdirda; 

g) O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar 

fraksiyalarining O zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan 

tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari 

qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 

O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qo‘yilganda 

tegishincha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati 

a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O zbekiston Respublikasi 

Prezidenti O zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul 

qiladi. 


d) O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh 

vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.  

O zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning O zida 

O zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi. 



6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi 

Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O zbekiston Respublikasi Prezidenti 

tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan 

maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga 

tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 

Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan 

viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. 

Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq 

deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O zbekiston 

Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha 

maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. 

Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi 

nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va 

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini 

tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 

saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. 



O zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar 

Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi. 



7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining 

viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari 

Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, 

Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga 

tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O zbekiston Respublikasi Prezidentiga 

asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya 

guruhlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, O zbekiston Respublikasi Prezidenti bu 

tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga 

muvofiq qaror qabul qiladi. 



8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi 

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. 

 

O zbekiston Respublikasining 

Prezidenti                                                                                                                   I.KARIMOV 

 

Toshkent sh., 



2007 yil 11 aprel, 

O RQ-88-son 



 

Download 33.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling