Ko`p bolali oilalarga nafaqalar(ikki boladan ko`p bo`lsa)


Download 13.74 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.74 Kb.
#219498
Bog'liq
maruza


JaHon tajribasida ijtimoiy Himoyaga muHtoj oilalarga yordam ko`rsatish tizimining qator muqobil shakllari mavjud. Ayniqsa Fransiya, Angliya, AQSH, va SHvetsiya, Yaponiya, Finlandiya davlatlaridagi ijtimoiy Himoyaga muHtoj oilalarga yordam ko`rsatish tajribasi ehtiborga molik bo`lib, o`larning ishlash mexanizmi va samaradorlik omillariga aloHida to`xtalish zarur.

Frantsiya ijtimoiy siyosatining 15 turdagi yo`nalishi oila va uning a’zolarining turli Hayotiy vaziyatlarda moddiy nafaqa shaklida qo`llab-quvvatlashdan iborat. Ular quyidagicha:



  • Ko`p bolali oilalarga nafaqalar(ikki boladan ko`p bo`lsa);

  • Onalarga nafaqalar (Homiladorlikning 5 oyidan boshlab farzand 3 oylik bo`lgunga qadar);

  • Ota-onalik nafaqasi (3 va undan ortiq bolali oilalar, agar ulardan biri 3 yoshdan kichik bo`lsa);

  • Ko`p bolali oilalarni qo`llab-quvvatlash uchun nafaqalar (3 va undan ortiq farzandi bor kam ta’minlangan oilalar uchun);

  • Yolg’iz ona yoki ota uchun nafaqa (3 yoshgacha bolasi bo`lsa)

  • Bolani maktabga tayyorlash uchun nafaqa (faqat kam ta’minlangan oilalar uchun)

Angliyada oila daromadi miqdoridan qathiy nazar katta farzandi uchun 20 funt sterling (32dollar) keyingi farzandi uchun 13 f.s (20dollar) Haftalik nafaqa olar edilar. Bu nafaqalar bolalar 19 yoshga tulgunga qadar ta’lim olishi sharti bilan to`lanar edi.

2015 yildan Angliya davlat budjetini tejash maqsadida Hukumat qarori asosida o`ziga to`q xonadonlarga bolalar nafaqasini to`lashni bekor qildi. Mazkur chora natijasida yiliga 1mlrd.funt sterling (1,6 mlrd dollar)byudjet mablag’i tejaldi.

AQSHda faqatgina o`zi va oilasini tahminlashga imkoni bo`lmaganlar davlat, Hamjamiyat yoki etnik guruHlar ko`magini olishi mumkin. Hukumat faqatgina eng nochor Holatda bo`lgan aHoli qatlamlariga yordam ko`rsatishni o`z zimmasiga oladi.

AQSH ijtimoiy ko`mak dasturi quyidagi yo`nalishlarni o`z tarkibiga oladi.

Himoyaga muHtoj oilalarga vaqtincha yordam berish – bu dastur 2 mln.ga yaqin oilalarni qamrab olgan. Ammo bu oilalarni qashshoqlikdan chiqarishni iloji bo`lmayapti. CHunki nafaqalar Hajmi kambag’allik chegarasidan ancha past. Himoyaga muHtoj oilalar vaqtincha yordam olishining sharti – meHnat faoliyati. Nafaqa olish muddati inson umri davomida umumiy 5 yil muddatni tashkil qiladi.

- MaHsulotlar bilan yordam – bunda dastlab maHsulot sotib olish uchun talon beriladi.Talonlarni belgilangan miqdordagi maHsulotlarga almashtirish mumkin. Talonlarning o`rtacha narxi oyiga kishi boshiga 86 dollorni yoki 4 kishilik oila uchun 506 dollorni tashkil etadi.

- Bepul imtiyozli maktab nonushta va tushliklari

Yaponiyada ijtimoiy xavf darajasini pasaytirish va ko`rilgan zararni qoplash maqsadida ancha qimmat turuvchi turli ko`rinishdagi sug’urtalar tizimi joriy etilgan. Masalan turmush o`rtog’ining vafot etishidan sug’urtalanish. Beva ayol farzandlarining voyaga yetguniga qadar oylik nafaqa oladi va uy uchun to`lanadigan soliqlardan ozod etiladi.



SHvetsiyada ko`p farzandli kam ta’minlangan oilalarga “ijtimoiy xizmat to`g’risida”gi qonunga binoan muHtoj fuqorolarga oziq ovqatlar, kiyim bosh va poyafzal, dam olish va Hordiq, sog’liq va gigiena, kundalik gazeta, telefon va televizordan foydalanish uchun soliqlarni to`lash Harajatlarini o`z ichiga oluvchi moddiy yordam yoki ijtimoiy nafaqalar beriladi. Ayrim vaziyatlarda qarzlarini to`lash uchun Ham nafaqalar olishlari mumkin.

Finlyandiyada kam ta’minlangan aHoli qatlami uchun nafaqa va ko`mak turlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

1 - ishsizlik bo`yicha nafaqa. 2- ishsizlik bo`yicha moddiy yordam.

3-moslashuv uchun nafaqa(asosan immigrantlar uchun)

4-farzand tug’ilishi bo`yicha nafaqa.(egizaklar tug’ilganda 2 barobar to`lanadi)



5- ota-onalik nafaqasi(agar ota-ona ishsiz deb Hisoblangan bo`lsa) 6- bola tug’ilgandan boshlab 17 yoshga to`lgunga qadar oyiga 100 yevro to`lanadi.Agar oilada 2-farzand dunyoga kelsa uning nafaqasi oyiga 110 yevro, 3-farzandga 131evro, 4-farzand uchun 151 yevro 5-va keyingilari uchun 172 yevroni tashkil qiladi. Yolg’iz ota yoki ona kuniga 36evro ustama oladilar.
Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling