Ko’p tyarmoqli fermer xo’jaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatii tashkil etish


Download 30.81 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi30.81 Kb.
#1537274
  1   2
Bog'liq
Ko’p tyarmoqli fermer xo’jaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatii tashkil etish


Ko’p tyarmoqli fermer xo’jaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatii tashkil etish

Reja:
Kirish



  1. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyati

  2. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligida sotish xizmati

  3. Ko’p tyarmoqli fermer xo’jaliklarida mahsulotlarni sotish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 50—60-yillarda esa rivojlangan. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.


Fermer xoʻjaliklari davlat buyurtmasi va erkin tadbirkorlikbilan shugʻullanuvchi subyekt shaklida faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatimizning iqlim sharoiti turli tabiat oʻzgarishlari shuni koʻsatadiki fermer xoʻjaligi asosiy tarmoqdan tashqari boshqa tarmoqlarni qoʻshib olib borish maqsadga muvofiqligini koʻrsatdi. Natijada fermer xoʻjaliklari ixtiyoriy ravishda asosiy tarmoqdan tashqari taʼminot, xizmat koʻrsatadigan, qayta ishlaydigan, saqlaydigan sohalar bilan ham shugʻullanib keldi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki fermer xoʻjaliklari asta–sekin koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylanib bordi. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida qoʻshimcha tarmoq faoliyati hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar fermer xoʻjaliklarining ichki isteʼmoliga yoʻnaltirilib va bozorga chiqarildi.Qoʻshimcha tarmoq iqtisodiy jihatdan tovarlilik darajasi yuqori koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligini rivojlantirishda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mos keladi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish maqsadi – fermer xoʻjaligi tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, sotish, xizmat koʻrsatishva isteʼmolchiga yetkazib berishhamda noqishloq tarmoqlarini qoʻshib olib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi bandligini taʼminlash, eksport hajmini oshirish bilan birga investitsiya miqdorini oshirishdan iborat.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilishning vazifasi fermerlik faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish yoʻnalishlarini ochib berishni;koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va rivojlantirish asoslarini ishlab chiqishni:koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish tajribasi va ragʻbatlantirish tizimini; qishloq aholisi bandligini taʼminlashda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining oʻrnini aniqlashni;fermer xoʻjaligi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash usullarini aniqlashni; asosiy tarmoq bilan bogʻliq boʻlmagan sohalarda qoʻshimcha tarmoqni tashkil etish yoʻnalishlarini; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida chorvachilik tarmoqlarini tashkil qilishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari rivojlantirishda himoyalangan maydonlarda sabzavotchilikni tashkil etish va boshqarishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida bogʻdorchilik va uzumchilikni tashkil etishni usullarini oʻrgatish;koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda servis xizmatlarini tashkil etishni;fermer xoʻjaliklarida noqishloq xoʻjalik faoliyatlarini rivojlantirishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etishdan iborat.
Bugungi kunda respublikada qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan tadbirlardan biri, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilishga qaratilgandir.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktyabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4478-sonli (farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan) farmonida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish yoʻllari koʻrsatib berildi.Bugungi kunda agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida qishloqda asosiy ish beruvchi hisoblanuvchi va qishloq xoʻjaligi tadbirkori deya nom olgan – fermer xoʻjaliklari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiiy barqarorligini taʼminlash va xoʻjalikda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish asosida bozor tamoyillariga mos xoʻjalik yuritish tizimini shakllantirish dolzarb masala boʻlib qolmoqda.
Fermer xoʻjaliklari negizida koʻp tarmoqli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi ustida amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Qishloq xoʻjaligida asosiy xoʻjalik yuritish shakli sifatida fermer xoʻjaliklari oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad barcha tadbirkorlar qatori – tabiat omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, moliyaviy barqarorlikka erishish hisoblanadi. Maqsadga erishish faqatgina qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali hal etilishi qiyin boʻlgan masala hisoblanadi. Chunki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish oʻzining qator xususiyatlariga bogʻliq holda odatda fermer xoʻjaliklariga nisbatan kam daromad keltiruvchi jarayondir.
Yuqoridagi holatlarda koʻzlangan foydalilik darajasiga erishish uchun fermer xoʻjaliklari ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va samarali sotish masalalarini yechimini talab etadi. Bunday faoliyat bilan shugʻullanayotgan fermer xoʻjaliklarini bugungi kunda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari deb atalmoqda.
Farmoni qabul qilinishi esa koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun huquqiy asos yaratib berdi. Koʻp tarmoqli fermer hoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan birgalikda ularni kayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga servis xizmati koʻrsatishi bilan koʻzga koʻrinmoqda.Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarishning qoʻshimcha tarmogʻi asosiy tarmoq bilan bogʻliq holda yoki asosiy tarmoq bilan bogʻliq boʻlmagan sohalarda tashkil etilishi mumkin. Qoʻshimcha tarmoqni asosiy tarmoq (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash sohalari) bilan bogʻliq boʻlmagan: suratxonalar tashkil qilish, choʻmilish havzalari, dam olish uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, umumovqatlanish shoxobchalari, avtomobillarga texnik yordam koʻrsatish kabi sohalarda tashkil etish mumkin. Umuman, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining asosiy xususiyati bu –har qanday fermer xoʻjaligi oʻz daromadini (sof foyda) oshirish maqsadida oʻz xohishiga koʻra ixtiyoriy ravishda qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligiga aylanishi mumkinligidir. Qoʻshimcha tarmoqlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish asosida fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joylarning oʻzida ortiqcha nobudgarchiliklarga yoʻl qoʻymasdan qayta ishlash, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarib hamda qishloqlarda qoʻshimcha ish joylari yaratib, qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xayot farovonligini yaxshilashga xissa qoʻshadi.
Bu koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish asosida jamiyat koʻradigan naf hisoblanadi.Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida qoʻshimcha tarmoq faoliyati hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar fermer xoʻjaliklarining ichki isteʼmoliga yoʻnaltirilishi va shuningdek bozorga chiqarilishi ham mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan qoʻshimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega boʻlishi maqsadga muvofiq. Bu koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligini rivojlantirishda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish yoʻnalishlarini ochib berishni;koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va rivojlantirish asoslarini ishlab chiqishni:koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish tajribasi va ragʻbatlantirish tizimini; qishloq aholisi bandligini taʼminlashda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining oʻrnini aniqlashni;fermer xoʻjaligi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash usullarini aniqlashni; asosiy tarmoq bilan bogʻliq boʻlmagan sohalarda qoʻshimcha tarmoqni tashkil etish yoʻnalishlarini; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida chorvachilik tarmoqlarini tashkil qilishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari rivojlantirishda himoyalangan maydonlarda sabzavotchilikni tashkil etish va boshqarishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida bogʻdorchilik va oʻzumchilikni tashkil etishni usullarini oʻrgatish;koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda servis xizmatlarini tashkil etishni;fermer xoʻjaliklarida noqishloq xoʻjalik faoliyatlarini rivojlantirishni; koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etishni ahmiyatini, rolini oʻrgatishdan iborat. Istiqbolda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va uning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5199 sonli Farmoni qabul qilindi. Bunda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish, ulaga zarur shart-sharoitlar yaratish, fermer va dehqonlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻllariboʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Mamlakatda fermerlik harakatini rivojlantirishning bosqichlari
Respublikamiz mustaqil davlat deb tan olingan kundan boshlab qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga asosiy eʼtibor qaratilib kelindi. Ishlab chiqarishning har xil shakllaritajribada sinab koʻrildi. Natijada xoʻjalik yuritishning shirkat, fermer va dehqon xoʻjaliklari tanlab olinib ularning huquqiy asosi yaratildi. Bu tarixiy ahamiyatga ega boʻlib oʻzining rivojlanish davrlarini bosqichma bosqich amalga oshirdi. Ayniqsa, fermer xoʻjaliklarini tashkil etilishi va rivojlanishini 4 bosqichga boʻlish mumkin.
Birinchi bosqich- (1993-1997 y.). 1992 yil avgust oyida “Dehqon (fermer) xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi qonunqabul qilinishi bilan mamlakatimizda 7244 ta dehqon (fermer) xoʻjaliklari tashkil etildi. Oʻsha paytda ularning ixtiyorida 70,6 ming gektar yer boʻlib, bir fermer xoʻjaligiga 9,7 gyektar yer toʻgʻri kelgan. Keyingi yillarda fermer xoʻjaliklari soni koʻpayib, sifat koʻrsatkichlari oʻsib bordi. Xususan, 1993-1997 yillarda ularning soni 3-marta, yer maydoni 5,8-marta, xoʻjalikda band boʻlgan ishchilar soni 4,6-marta, bir xoʻjalikka toʻgʻri keladigan yer maydoni va ishchilar soni tegishlicha 2 va 1,5-martaga koʻpaydi. Xoʻjalikda band boʻlgan bir ishchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yer maydoni 3,07 gektarni tashkil etib, oʻsish surʼati 26,3 %ni tashkil etdi.
Ikkinchi bosqich- (1998-2002 y.). 1998-yili fermer xoʻjaligi alohida uklad sifatida tan olindi va uning huquqiy asosi yaratildi, aniqrogʻi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu bosqichda ham fermer xoʻjaliklarini tashkil etish jadal surʼatlar bilan oʻsib bordi. Natijada ularning soni 2002-yilning oxiriga kelib 72406 tashkil etdi. Ularga berkitilgan yer maydoni 1367,7 ming gektarga teng boʻldi, ishchilar soni esa 505,9mingni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichlar 1998-yil koʻrsatkichlariga nisbatan 3,1martaga koʻpdir.
4.1.1-jadval
Respublikada fermer xoʻjaliklarining rivojlanish bosqichlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari*

Yillar

Xoʻjalik-lar, soni

Yer maydoni, ming ga

Xoʻjalikda band boʻlgan ishchilar soni, ming kishi

Bir xoʻjalikka toʻgʻri keladigan

Bir ishchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yer maydoni, ga

yer maydoni, ga

ishchilar soni, kishi

Birinchi bosqich

1993

7244

70,6

29,0

9,7

4,0

2,43

1994

14236

193,1

58,4

13,6

4,1

3,31

1995

17142

307,9

94,0

18,0

5,5

3,27

1996

18848

351,5

102,3

18,6

5,4

3,43

1997

21416

413,3

134,4

19,2

6,3

3,07

Ikkinchi bosqich

1998

23048

446,5

163,1

19,4

7,1

2,74

1999

31090

665,7

176,5

21,4

5,7

3,77

2000

43759

889,6

294,9

20,3

6,7

3,02

2001

55445

1054,7

386,2

19,0

7,0

2,73

2002

72406

1367,7

505,9

18,9

7,0

2,70

Uchinchi bosqich

2003

87552

2148,1

603,0

24,0

6,9

3,56

2004

103921

2935,3

765,3

27,5

7,4

3,83

2005

125668

3775,3

954,2

30,0

7,6

3,95

2006

189235

4953,2

1396,8

26,3

7,5

3,49

2007

217095

5787,8

1621,4

26,7

7,5

3,57

Toʻrtinchi bosqich

2008

105033

5860,1

1710,2

56

7,8

3,42

2012



















Beshinchi bosqich

2013



















2017

160......
















Jadval:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari

Ikkinchi bosqichda (1998-2002y.) fermer xoʻjaliklari asosiy tovar ishlab chiqaruvchi xoʻjalik subyekti sifatida shakllanib, agrar sohani isloh qilishdagi oʻrni va mavqei oʻsib bordi. Mulkka egalik qilish hissiyoti tarkib topdi, mulkdan samarali foydalanish koʻnikmasi paydo boʻlib, xoʻjalikni boshqarish tajribasi mustahkamlandi.


Ushbu bosqichning oʻziga xos yana bir xususiyati shundan iborat boʻldiki, fermer xoʻjaliklari oʻz-oʻzini boshqarish va barqaror rivoj topishi uchun zarur boʻlgan tashqiliy-iqtisodiy va huquqiy asosga ega boʻldi. Davlat bosh islohotchi sifatida fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirib bordi. Natijada qishloq xoʻjaligida asosan xususiy mulkchilikka asoslangan xoʻjalik subyektlarining taraqqiy topishiga zamin yaratildi.
Uchinchi bosqich (2003-2007y.). Ryespublikamizda bozor sharoitiga moslashaoladigan samarali faoliyat yuritaoladigan haqiqiy mulkdorlarga aylanib ulgurgan fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor berildi. Xususan bir qator hukumat qarorlari qabul qilinib,ularning natijasida fermer xoʻjaliklarikeskin koʻpayib bordi, unga mos ravishda yer maydoni va xoʻjalikda band boʻlgan xodimlar soni oʻsishda davom etdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu bosqichda fermer xoʻjaliklari asosan past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan shirkat xoʻjaliklari negizida tashkil etildi. Tugatilgan shirkat xoʻjaligining eng faol, dehqonchilik madaniyatini biladigan, fermer xoʻjaligini boshqarishni orzu qilgan, malakali va shijoatli aʼzolari fermer xoʻjaliklarida oʻz faoliyatini davom ettiraboshladi. Shu bilan birga fermerlarning kelajakka ishonchi, mulkdan samarali foydalanishga qiziqishi ham mustahkamlanib bordi.
Toʻrtinchi bosqich (2008 -2012-y.) Bu bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktyabrdagi 3077-sonli Farmoyishi bilan respublikamizda fermer xoʻjaliklari yer maydonlarini maqbullashtirishning izchil jarayoni boshlandi. Natijada 2009-yil 1-yanvar holatiga yiriklashtirish jarayonida respublikada fermer xoʻjaliklari soni 105mingtani, ishchilar soni 1710,2 ming kishini, ularga ijaraga berilgan yer maydoni 5860,1 ming gektarni tashkil etdi, yaʼni bitta xoʻjalikka toʻgʻri keladigan yer maydoni 56 gektarga teng boʻldi. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan davrga nisbatan qariyb 2,1-marta koʻpdir.
Beshinchi bosqich (2013-yildan) Bu bosqichdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktyabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gt PF-4478 –sonli Farmoniga asosan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini koʻptarmoqli fermer xoʻjliklariga oʻtkazish jarayoni davom etmoqda (4.1.1-jadval).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktyabrdagi F-3077 sonli “Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoyishga koʻra quyidagi vazifalar amalga oshirildi: yer uchastkasini biriktirish yuzasidan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijara shartnomalarini tuzish ishlarini yakunlash. Shartnomalar tuzilgandan keyin yer resurslari boʻyicha tumanlar xizmati vakillari bilan fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida ijaraga berilgan yer uchastkalarining chegaralari dalolatnomalar asosida (fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini koʻrsatish dalolatnomasi) rasmiylashtirildi; yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xoʻjaliklari boʻyicha tumanlar hokimlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni viloyatlar hokimi qarorlari bilan tasdiqlash oxiriga yetkazildi; fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi va taʼminot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda uning ijrosi boʻyicha qatʼiy va muntazam monitoring yuritish yoʻlga qoʻyildi;yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xoʻjaliklarining debitor va kreditor qarzlari toʻliq uning vorisi zimmasiga oʻtkazildi;fermer xoʻjaliklari hududidagi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ishchi holatda saqlashni taʼminlash, bunda ularni oʻz vaqtida tozalash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hisobiga yerlarning meliorativ holatini yaxshilab borish yoʻlga qoʻyildi; tutzor va yakka qatordagi tut daraxtlari fermer xoʻjaliklari balansiga oʻtkazildi; mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, butun mavsum davomida suv taqsimoti qonun-qoidalariga toʻliq rioya etish, zamonaviy suvni tejash texnologiyalarini joriy etib borish yoʻlga qoʻyildi.


XULOSA
Xulosa qilib, Qishloq xo’jaligida qolgan sohalarga nisbatan investitsiyalarga ko’proq muhtoj deya ayta olamiz. Biz intellektual texnologiyalar asrida yashayotganimiz hammaga ma'lum. Bu investitsiyalar hamma joyda, har bir mavzuda, har bir yo'nalishda bo'lishi kerak. Bizning hayot tarzimizni ta'minlaydigan gadjetlarsiz yashash qulayroq ekanligini tasavvur qila olmaymiz. Bundan tashqari, ular qandaydir tarzda qishloq xo'jaligi sohasida "tezlik" olishga yordam beradi. Masalan, XIX asrda dehqonchilikni yalang qo'ldan ko'ra tezroq etishtirishga yordam beradigan traktor va kultivatorlar yo'q edi. Biroq, gavjum shaharlarda bizda katta muammolar mavjud. Qishloq xo'jaligida erishilgan yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo'ylab ko'p odamlar hali ham och qolishadi. Nega? Buning birinchi sababi yerdan hali ham unumli foydalanmayotganimizda. Chunki, fermerlar dehqonchilik texnologiyasini, yil davomida necha marta ishlov berishini bilishmaydi. Bundan tuproq va mahsulotlarning darajalari juda kamayib bormoqda. Masalan, atom va gidrobombalar hozirgi kunga qadar sanoqsiz marta qo'llanilgan. Bu yerga ham zarar keltiradi. Ikkinchi muhim sabab shundaki, dunyo hamjamiyati faqat yirik korxonalarga e'tibor qaratmoqda. Natijada aholi kichik biznesdan ham voz kechmoqda. Chunki kichik biznes yirik korxonalar oldida muhim rol o’ynamaydi va unga sarmoya kiritilmaydi. Bu bilan yirik korxonalar tomonidan yetkazib berilayotgan barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlari yuqori sifatli, deb ayta olmaymiz.
Agrobiznes qishloq xo'jaligi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Uning maqsadi iste’mol bozorini yetarli darajada sifatli va yangi qishloq xo’jaligi mahsulotlari, agrosanoatni esa xomashyo bilan ta’minlashdan iborat. Garvard biznes maktabining ikki professori Jon Devis va Rey Goldenberg shunday dedilar: “Agrobiznes - bu qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish bilan bog'liq barcha operatsiyalar yig'indisi; fermer xo'jaligidagi ishlab chiqarish operatsiyalari; va qishloq xo'jaligi tovarlari va ulardan tayyorlangan buyumlarni saqlash, qayta ishlash va tarqatish ". Agrobiznesdagi asosiy narsalardan biri sug'orishdir va unga kiritilayotgagan investitsiya hamda innovatsiyalardir. Sug'orish - ekinlarni etishtirishga yordam berish uchun erga nazorat qilinadigan suv miqdorini sun'iy ravishda qo'llash jarayoni. Sug'orish. qurgʻoqchil hududlarda va oʻrtacha yogʻingarchilikdan kam yogʻadigan davrlarda ekinlarni yetishtirish, landshaftlarni saqlash va buzilgan tuproqlarni qayta tiklashga yordam beradi.Sugʻorish oʻsimlik yetishtirishda sovuqdan himoya qilish, gʻalla maydonlarida begona oʻtlarning oʻsishini bostirish va tuproqning mustahkamlanishini oldini olish kabi boshqa maqsadlarga ham ega. aksincha, faqat to’g‘ridan-to’g‘ri yog‘ingarchilikka asoslangan qishloq xo’jaligi yomg‘irli deb ataladi. Sug‘orish tizimlari chorva mollarini sovutish, changni bostirish, oqova suvlarni utilizatsiya qilish va tog‘-kon qazish uchun ham qo’llaniladi



Download 30.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling