Ko’phadlarning umumiy ko’rinishi P(X) = a
Download 20.23 Kb.
|
2-maruza
2-Ma’ruza:Ayniy shakl almashtirishlar.Ayniyatlar va tengsizliklarni isbotlash.Ratsional ifodalar ustida ayniy shak almashtirishlar. Ko’phadlarning umumiy ko’rinishi P(x) = anxn +an-1xn-1+…….+a2x2 + a1x+a0 shaklda bo’ladi. Agar x=1 qiymatni P(x) ko’phadga qo’ysak P(1) = an 1n +an-1 1n-1+…….+a2 12 + a1 1+a0 = an +an-1+an-2+……+a2 + a1 + a0 (1) ko’rinishda bo’ladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki ko’phadning koeffitsientlari yig’indisini topish uchun P(1) ko’phadning qiymatini hisoblash kerak ekan. Faraz qilaylik agar n juft son bo’lsa, x=-1 qiymatda P(-1) = an (-1)n +an-1 (-1)n-1+…….+a2 (-1)2 + a1 (-1)+a0 = an -an-1+an-2+……+a2 - a1 + a0 (2) shaklda bo’ladi. Agar yuqoridagi (1) va (2) ifodalarni qo’shib yuborsak P(1)+P(-1) = 2an + 2an-2 + ……+2a2 +2a0 (3) shakl hosil bo’ladi. Bu yuqoridagi (3) ifodani quyidagicha shaklda yozib olamiz. an + an-2 + ……+a2 +a0 = (P(1)+P(-1)) . Bu hosil bo’lgan tenglik P(x) ko’phaddagi x ning juft darajalari oldidagi koeffitsiyentlari yig’indisi deyiladi. Agar yuqoridagi (1) va (2) ifodalarni ayirib yuborsak P(1) – P(-1) = 2an-1 + 2an-3 +…..+2a3 +2a1 (4) tenglik hosil bo’ladi. Bu yuqoridagi (4) ifodani quyidagicha shaklda yozib olish mumkin. an-1 + an-3 +…..+a3 +a1 = (P(1)-P(-1)) . Bu hosil bo’lgan tenglik P(x) ko’phaddagi x ning toq darajalari oldidagi koeffitsiyentlari yig’indisi deyiladi. Biz n son juft bo’lgan holatdagi ko’phad bo’yicha ko’rib chiqdik. Yuqoridagi hosil bo’lgan natijaviy shartlar n toq son bo’lgan holatda ham o’rinli bo’ladi. Bunga o’zingiz mustaqil ravishda ishonch hosil qilib ko’ring. Sizga algebraik ifodalarning boshlang’ich nazariyasidan qisqa ko’paytirish formulalarining oddiy shakllari ya’ni (a b)2 va (a b)3 ko’phadlar yoyilmasi shaklda yozish ma’lumdir. Bu qisqa ko’paytirish formulalarni ko’phad yoyilmasi shaklda yozishda siz darajada qaysi son turgan bo’lsa, shuncha ko’paytuvchilarga ajratib so’ngra ko’paytmani hisoblash kerak edi. Ya’ni (a b)2 = (a b) (a b) = a2 2ab+b2 (a b)3 = (a b) (a b) (a b)= a3 3a2b+3ab2 b3 Siz bu amallarni har doim takrorlamasligiz uchun oxirida hosil bo’lgan ko’phad yoyilmasini yod olishga majbur edingiz. Lekin siz bu yuqoridagi amallarni darajasi 2,3 yoki ko’pi bilan 4 bo’lgan holatda bajara olishingiz mumkin. Siz bilan birgalikda umumiy holatda (a+b)n ko’phad yoyilmasi shaklda yozishda 2 ta buyuk matematik Paskal va Nyutonning ishlarini ko’rib chiqamiz. Paskal aniqlagan usul. 1 1 1 1 2 1 1 3 3 1 4 6 4 1 1 5 10 10 5 1 1 6 15 20 15 6 1 ………………………. Bu yuqoridagi ajoyib uchburchak matematikada Paskal uchburchagi deb nom olgan. Bu uchburchakning har bir qatoridagi son o’zidan oldingi turgan qatorning o’sha o’rindagi va bitta oldingi sonning yig’indisiga teng. Ya’ni 6 – qatorning 3 o’rnida 10 soni turibdi. Bu son 5 - qatorning 3 o’rnidagi va 2 o’rnidagi sonlar yig’indisiga tengdir. Bu uchburchakning har bir qatoridagi sonlar (a+b)ndarajani ko’phad yoyilmasi shaklda yoyishdagi koeffitsiyentlarga tengdir. Misol: (a+b)5 va (a-b)5 darajalarni Paskal uchburchagi yordamida ochib chiqamiz. (a+b)5 = a5+5a4b+10a3b2+10a2b3+5ab4+b5 (a-b)5 = (a+(-b))5 = a5 +5a4(-b)+10a3(-b)2+10a2(-b)3+5a(-b)4+(-b)5= a5-5a4b+10a3b2-10a2b3+5ab4-b5 2)Nyuton aniqlagan usul. Bu Nyuton tomonidan aniqlangan usul Nyuton binomi deyiladi. - binomial koeffitsiyent deyiladi va tenglik orqali hisoblanadi. Misol: (x+y)6 darajani Nyuton binomi usulida ochib chiqamiz. =x6+6x5y+15x4y2+20x3y3+15x2y4+6xy5+y6 Ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajrating. 1.1) x4+x2+1 1.2) x16-1 1.3) x8+x4+1 1.4) 2x4+x3+4x2+x+2 1.5) x4-12x3+47x2-60x 1.6) x5+x4+1 1.7) y2z2(y2-z2) + x2z2(z2-x2)+x2y2(x2-y2) 1.8) x(y2-z2)+y(z2-x2)+z(x2-y2) 1.9) (b-c)(b+c)2+(c-a)(c+a)2+(a-b)(a+b)2 1.10) a(b-c)3+b(c-a)3+c(a-b)3 1.11) x(y+z)(y2-z2) + y(z+x)(z2-x2)+z(y+x)(x2-y2) 1.12) x6+27 1.13) x4+3x2+4 1.14) (x+2)(x+3)(x+4)(x+5)-24 1.15) x4+4y4 1.16) 27x3-27x2+18x-4 1.17) (x+1)(x+3)(x+5)(x+7)+15 1.18) x3+y3+z3-3xyz 1.19) (x2+x+1)2 + 3x(x2+x+1)+2x2 1.20) x2y2-x2+4xy-y2+1 1.21) [a(x+y)+b(x-y)]2-[a(x-y)+b(x+y)]2 1.22) x6-y6+x4+x2y2+y4 1.23) 9x3+7x2-7x-9 1.24) 2x4+7x3-2x2-13x+6 1.25) x(x+1)(x+2)(x+3)+1 1.26) a4+b4+c4-2a2b2-2a2c2-2b2c2 1.27) (x2+x-1)(x2+3x-1)+x2 1.28) x4+5x2+9 1.29) (x+1)4 +2(x+1)3+x(x+2) 1.30) x3+9x2+11x-21 1.31) x2-3xy+2y2-2x+4y 1.32) x3+2y3-3xy2 1.33) (x+y)4 +x4+y4 1.34) x2y + xy2+x2z+xz2+y2z+yz2+2xyz 1.35) x5+x+1 1.36) x5+x4+1 1.37) a4(b-c) + b4(c-a)+c4(a-b) 1.38) (x-y)(y+z)(z+x)+(y-z)(z+x)(x+y)+(z-x)(x+y)(y+z) 1.39) x9 + 5x5+ x4+4x+4 2. Quyidagi darajalarni ko’phad shaklni aniqlang. 2.1) (x+2y)6 2.2) (x-2y)6 2.3) 2.4) 2.5) 2.6) 2.7) 2.8) 3. Berilgan binom yoyilmasida x qatnashmagan had koeffitsiyentini toping. 4. Agar binom yoyilmasida beshincha had x ga bog’liq bo’lmasa, n ning qiymatini aniqlang. 5. (1+x-3x2)2018 ifodada qavslarni ochib, o’xshash hadlari ixchamlagandan so’ng hosil bo’lgan ko’phadning koeffitsiyentlari yig’indisini toping. 6. (1+x-3x2)2018 ifodada qavslarni ochib, o’xshash hadlari ixchamlagandan so’ng hosil bo’lgan ko’phadning juft darajalari oldidagi koeffitsiyentlari yig’indisini aniqlang. 7. (1+x-3x2)2018 ifodada qavslarni ochib, o’xshash hadlari ixchamlagandan so’ng hosil bo’lgan ko’phadning toq darajalari oldidagi koeffitsiyentlari yig’indisini aniqlang. 8. (1+x)n +(1+x)n+1 yoyilmaning koeffitsiyentlari yig’indisi 1536 ga teng bo’lsa, x6 ning oldidagi koeffitsiyentini aniqlang. 9. (x+3)100 = a0+a1x +……+a100x100 shaklda bo’lsa, quyidagilarning qiymatini aniqlang. 9.1) a45 9.2) a0+a1 +……+a100 9.3) a0-a1+a2-a3+……+a100 Download 20.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling