Koreya milliy taomi


Download 13.65 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi13.65 Kb.
#1008228
Bog'liq
Koreya milliy taomi


Koreya milliy taomi
Koreya taomi uziga xosligi bilan qolaversa shifobaxsh taomlariga ega .koreya davlatida bo’lsangiz ajoyib mazalli taomlarni ta’tib ko’rishingiz mumkin . Ammo koreyaning ba’zi taomlarini uzimizni davlatda ham topishiniz mumkin. Masalan ;kimbap,kimchi va bir nechta taomlarni. Kimbap – koreyaning mashhur taomidir.O’zbekistonda qolaversa boshqa joyda ham ma’lum va mashhur .U guruch va quritilgan dengiz o’tlari choyshablariga o’ralgan holda tayyorlanadi. Kimpab yo’lda ovqatlanish uchun juda qulay .Damaju (Tteokbokki)- 1950-yillarda ishlab chiqarilgandan beri teokbokki Koreyadagi eng mashhur ko’cha taomilaridan biriga aylangan Bu taom achchiq sousidan va yumshoq guruch tayoqchalari va qaynatilgan tuxumdan iborat mazali, tuyumli ovqat . Agar siz Koreyada farhez taom yemoqchi bo’lsangiz chemikni yeb ko’rganiz ma’qul .Bu Koreyada juda mashhur atama bo’lib ,KFC ( xalqaro tovuqli tez ovqatlanish tarmog’I ) dan tovuq go’shti pishirishning pivo bilan kombinatsiyasini tavsiflaydi. Koreyada pishirish an’anasi farq qilaydi ,tovuq Koreyada ikki marta qovuriladi.Bu taomga tiniq ,kamroq yog’li bo’lishiga yordam beradi. Bibimbap ko’pchilik tomonidan sevib e’stimol qilinadi va parhez taom hisoblanadi. Tayyorlanishi unaqa qiyin emas . Bibimbap sabzavotlardan, to’g’ralgan go’sht bilan guruch ,ustiga qovurilgan tuxum va biroz chili pastasi qo’shiladi. Koreyslar issiq havoda pabingsuni yeyishadi. Pabingsu maydalangan muzdan va odatda qizil loviya va yangi meva , quritilgan sutdan tayyorlanadi. Bu shirin koreys shirinligi hisoblanadi. Koreys oshxonasi dengiz mahsulotlari bilan va turli xil ko’katlari bilan odamlar e’tiborini tortib keladi. Bundan tashqari xilma xil ovqatlari mavjud. Koreys oshxonasi hozirgi shaklda 16- asr oxirida Yaponiya bilan urush paytida rivojlangan. Yaponiya Koreyaga yangi meva va sabzavotlar olib kelishgan , ularning ko’pchiligini qizil qalampir tashkil etgan . Aynan shu tufayli koreys taomlarining ko’pini ,, achchiq va issiq ‘’ dep ta’riflash mumkin. Ammo baribir bu oshxonaning asosiy xususiyati muvozanatdir . Yangi sabzavotlar, soya va ko’katlarning ko’pligi ,dengiz mahsulotlari ,cheklangan go’sht iste’moli bularning barchasi koreys taomlarini ham sog’lom qiladi. Koreyada ko’chada ovqatlanish odatiy holdir,chunki narxlari ham ancha mos .U yerda ovqatlanishingizga to’g’ri kelib qolsa , siz avvalo past stollardan ovqatlanishni o’rganishingizga kerak bo’ladi, Koreyada hamma pollar isitiladi. Siz o’zingiz bilan sayyohlik gilamini olishingiz shart emas .stolning o’rtasida turli xil ovqatlarni tayyorlash uchun gazli pech bo’lishi mumkin. Ko’pincha tashrifchilar hamma narsani o’zlari pishirishadilar. An’anaviy restorantga kirsangiz poyabzalingizni yechib kirishingizga to’g’ri keladi. Agar havo sovuq paytida qalin kiyimingizni sumkaga solib quysangiz ham bo’ladi. Ular bu yerda beriladi. Ayniqsa chet elliklar bu joylarda ovqat pishirishni yaxshi ko’radi ,ustki kiyimiga tutun hidi bo’lib qolsa ham .Go’sht pishirmoqchi bo’lsangiz temir qaychi bilan go’shni kesib olasiz va sarimsoqlarni ustiga terasiz va bu taomni albatta tuzlangan karam, kimchi bilan tanovul qilasiz. Koreyslar o’zining tashqi ko’rinishiga ko’proq e’tibor berganligi uchun deyarli ovqatlarni bir chimdimdan yeydi. Hatto koreys yigitlarining 90%i kosmetikadan foydalanadi. Koreyslar metall tayoqchalardan yoki yog’och tayoqchalardan ovqatlanishda foydalanishadi. Koreys taomlari achchiqligi bilan ajralib turadi shuning uchun sizga ovqatdan so’ng bepulga suv berishi mumkin. Koreys ovqatlanish muassalarida faqat bir yoki ikkita taomni tayyorlaydi .koreyslar guruch mahsulotlarni nonushta ,tushlik va kechki ovqat sifatida iste’mol qiladi. Koreyslar go’sht borasida mol go’shtini kam va cho’chqa va tovuq go’shtini ko’proq iste’mol qiladi. Bundan tashqari baliq va dengiz mahsulotlari ham bor ammo dengiz mahsulotlardan go’sht mahsulotini afzal ko’rishadi .Lekin dengiz mahsulotlaridan ko’p foydalanishga to’g’ri keladi. Va ichimliklar borasida qahvadan ko’ra choyni yaxshi ko’radi. Qahvaxonalar har 50-100 metrda uchraydi. Shunday qilib koreys oshxonasi juda ham turli xiligini yana ovqatlanish madaniyati ,ovqatlari, ichimliklari bilan tanishib chiqdik . Koreys ovqatlarini tanish bilan bir qatorda koreys madaniyati bilan hayoti ham tanishib chiqdek.
Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling