Корхона ва ташкилотларни шакллантиришда инсон омили


Download 74.44 Kb.
bet1/6
Sana12.05.2022
Hajmi74.44 Kb.
#667357
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 maruza
matlab 1 lab, uy vazifa ko'm., 01 03, 13, 01 03, maruza (1), 9-Nаzоrаt savollariga javoblar, KompArx MI 1, Turdaliyev Jasurbek.610-19 MT va A 26-labaratoriya, gh, 16e217c1-c4b3-497b-b836-a7f60db501ba 22567, Matematik sistemalar 57825, Ámeliyat jumısı 36723, 1-Ámeliyat jumısı. 16967, A Placement Report

1-Mavzu Korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili
Reja:
1. Hozirgi jamiyat hayotida korxona va tashkilot tushunchasi va uning ahamiyati
2. Korxonadagi tashkiliy tuzilish va tashkiliy madaniyat
Z. Korxona va tashkilot tashqi muhit sharoitida
4. Tashkiliy resurslar. Inson resurslarini boshqarish
xususiyatlari

Agar XIX asr fikran buyuk shaxslar - Napoleon, Edison, Pushkin nomlari bilan bog‘lik bo‘lsa, tugab borayotgan XX asr bizning xotiramizda inson xayotining moddiy asosini tubdan o‘zgartirib yuborgan “supertashkilotlar” bilan ko‘proq esda qoladi. Haqiqatan ham, XX asrda insonning sayyoralararo fazoga parvozi amalga oshirildi. Mustaqil O‘zbekistonda ham dastlab ofislar, keyin esa xonadonlarimiz kompyutyerlashtirilmoqda, Andijonning Asaka shahrida ishlab chiqarilayotgan DEU avtomobillari zeb-ziynat buyumidan ommaviy harakat vositasiga aylanmoqda. Tupolev bilan Boing konstruktorlik byurolari transatlantik parvozlarni Toshkentdan Samarqandga safar qilish kabi oddiy voqyeaga aylantirmoqdalar.


Amalda XX asrning har bir muhim yutuqlari ortida yakka-yolg‘iz daho emas, balki korxona va tashkilotning kuch-qudrati turadi. Biz rangli televizor yoki mikroto‘lqinli pechning ixtirochisi nomini eslamasak ham, ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar - Soni, Panasonik,Filips nomlarini yaxshi bilamiz. Xuddi shu gapni avtomobillar, kompyuyetrlar, mobil telefonlar va boshqa foydali ko‘pgina buyumlar haqida xam aytish mumkin. Ular nafaqat O‘zbekistonda, balki umuman hozirgi zamon kishisining xayotini ancha-muncha osonlashtiradi. Lekin bu degan so‘z ayrim shaxsning iste’dodi va tajribasi o‘zining jamiyatdagi ahamiyatini yo‘qotdi, degan ma’noni anglatmaydi. Ayrim shaxsning iste’dodi va tajribasi avvalgidek uning taraqqiyotining asosida yotadi. Biroq bu jamiyatning moddiy madaniyati shu qadar murakkab bo‘lib qoldiki, bundan keyingi taraqqiyot resurslarining haddan tashqari to‘planishini talab qiladi. Yuzlab va hatto minglab iste’dodli hamda yuqori malakali kishilarning kuch-g‘ayratini birlashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hozirgi zamon korxona va tashkiloti doirasidagina o‘tmish daholari orzu qilgan loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ldi. La-Mansh ostidan tunnel o‘tkazish g‘oyasi ko‘p asrlar muqaddam vujudga kelgan bo‘lsa ham, u faqat 1994 yildagina bir guruh fransuz va britaniyalik quruvchilar kompaniyalari tomonidan ro‘yobga chiqarildi. Siolkovskiy 1894 yildayoq raketaning uchishiga doir dohiyona hisob-kitoblar qilgan edi, birinchi sun’iy yo‘ldosh esa Yer orbitasiga faqat 1957 yilda chiqdi. Bu ko‘plab kishilar iste’dodi bilim va mehnatlarining natijasi bo‘ldi.
O‘zbekistonda asrimizning 20 - yillarda ihtiro etilgan televizor 50-yillarning oxirlarida boshqa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladi.
Korxona va tashkilotlar insonni uning butun xayoti mobaynida qamrab oladi. Bizning har birimiz ko‘p vaqtimizni korxona va tashkilotlarda-bolalar bog‘chalarida, maktablarda, institut va Universitetlarda, muassasalarda, klublar va partiyalarda o‘tkazmaydi. Korxona va tashkilotlar mahsulotlar ishlab chiqaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, kishilik jamiyati ularni iste’mol qilib yoki ulardan foydalanib, hayot kechiradi va rivojlanadi; korxona va tashkilotlar jamiyatidagi hayot tartibini belgilab beradi, bu tartibga kanday rioya etilayotganini nazorat qiladi; jamoat tashkilotlari esa bizning qarashlarimiz va manfaatlarimizni ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. XX asrning oxirlarida korxona va tashkilot jamoat hayotining xaqiqiy universal shakli bo‘lib qoldi. Agar XIX asrdagi ma’naviy va siyosiy inqiloblar insonni eskicha qarashlardan ijtimoiy qarashlarga ega bo‘lgan mavjudotga aylantirgan bo‘lsa, hozirgi asrimizdagi inqiloblar, avvalo texnologiya sohasidagi inqilob, insonni korxona va tashkilot odamiga aylantirdi.
Muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi an’anaviy ravishda korxona va tashkilot deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasining korxonalar to‘g‘risidagi qonunida esa bu borada quyidagi ta’rif berilgan: “Xuquqiy shaxs xuquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik xuquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt korxona hisoblanadi”1 Masalan, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universityeti, Shahrisabzdagi “Oqsaroy” mehmonxonasi, Asakadagi “O‘zavtodeu” aksiyadorlik jamiyati, futbol bo‘yicha o‘smirlar komandasi va hokazolar korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Bu sanab o‘tilgan tashkilotlar o‘zlarining miqyosi, faoliyat turlari bilan qanchalik farq qilishiga qaramay ularning bir nechta umumiy belgilari ham borki, ular quyidagilardan iborat:

  1. Faoliyati maqsadining mavjudligi.

  2. Korxona va tashkilot a’zolari o‘rtasida barqaror aloqalarning va bu o‘zaro

Munosabatlar tartibini belgilab beradigan qoidalarning (tashkiliy tuzilish va
madaniyat) mavjudligi.

  1. Atrof (tashqi) muhit bilan doimiy o‘zaro aloqadorlik.

  2. Tashkiliy maqsadlarga erishish uchun resurslardan foydalanish va boshqalar.

Korxona va tashkilotlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, ularni odamlar o‘zlarining muayyan maqsadlarga erishish uchun vosita sifatida vujudga keltiradilar (tashkil etadilar). Odatda korxona va tashkilotni tuzish vaqtida uning asoschilari
tomonidan belgilangan maqsadlar ancha oddiy va bir necha banddan iborat takliflar shaklida ifodalangan bo‘ladi. Korxona va tashkilot rivojlanib borgan sari maqsadlari murakkablashib va ko‘p hollarda esa o‘zgarib ham boradi.
Tashkiliy maqsadlarning o‘zgarishi ko‘pgina omillar: chunonchi, korxona va tashkilot miqyoslarining kengayib borishi, tashqi muhitning o‘zgarishi, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, ijtimoiy ongning o‘zgarishi, korxona va tashkilot asoschilarining yangi rahbarlar bilan almashinishi kabi omillar ta’sirida ro‘y beradi. Iqtisodiy jihatdan korxona va tashkilotlarni tekshirgan tadqiqotchilardan ko‘plarining bu tashkilotlar maqsadlarini shakllantirishga bevosita nimalar ta’sir qilishi xaqidagi fikrlari o‘xshashdir. Korxona va tashkilotga avvalo uchta omil ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan birinchisi - mijozlar (iste’molchilar yoki bozor), ikkinchisi - mulk egalari (korxona va tashkilotga mablag‘ qo‘shgan kishilar), uchinchisi - xodimlardir. Ba’zan bu omillarga to‘rtinchisini - rahbarlarni ham kiritadilar, ular, bir tomondan mulk egalarining vakillari bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, boshqa xodimlar singari yollangan xodimlar hisoblanadilar.
Sanab o‘tilgan guruhlardan har birining maqsadni aniqlashga ta’sir ko‘rsatish darajasi tashkilotdan tashkilotga o‘tib boradi va har bir korxona va tashkilotda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. O‘z faoliyatida avvalo iste’molchilarga qarab mo‘ljal oladigan tashkilotlar va aksincha xodimlar va rahbarlarning manfaatlarini ustun qo‘yadigan korxona va tashkilotlar ham mavjuddir. Korxona va tashkilotning maqsadlarida barcha asosiy guruhlarning manfaatlarini aks ettirishda eng maqbul mutanosiblikka erishish korxona va tashkilotning rivojlanishidagi eng muhim shartlardan biridir. Boshqalarning manfaatlarini inkor etish hisobiga boshqa guruhning manfaatlarini qondirish odatda nihoyatda yomon oqibatlarga olib kyeladi.
Korxona va tashkilotlar o‘z faoliyatlarida mazmun jihatdan ham, shuningdek vaqt istiqboli nuqtai nazaridan ham farq qiladigan maqsadlar majmuiga amal qiladilar. Tashkiliy maqsadlarning vujudga kelishini uchta pog‘onaga ajratib ko‘rsatish mumkin: tayanch qadriyatlar, strategik vazifalar va qisqa muddatli rejalar.
Tayanch qadriyatlar korxona va tashkilot faoliyatining asosiy maqsadlarini belgilab beradi va o‘ziga xos raison d’etre bo‘lib, uni kishilarning har bir uyushmasi amalga oshiradi. Keyingi o‘n yilliklar mobaynida /arbdagi ko‘pgina yirik korxona va tashkilotlar, avvalo industrial korporasiyalar o‘zlarining kredolarini (nuqtai nazarlarini) ishlab chiqa boshladilar. Bu kredo kompaniya mavjudligining asosiy maqsadlarini bayon qilib beradigan qisqacha bayonotdir. Amerikaning Xьyulett-Pakkard korporasiyasi o‘zining kredosini to‘rtta qoidadan iborat qilib qo‘yadi:1.“Kompaniya o‘zi sotadigan narsalar xajmini va oladigan foyda miqdorini doimiy ravishda ko‘paytirib borishi lozim: 2.kompaniya texnologik yangiliklarni joriy qilish hisobiga foyda olishi lozim: Z.kompaniya har bir xodimning ko‘shadigan hissasini munosib baholashi va adolatli taqdirlashi hamda xodimning o‘ziga xos qadr-qimmatini hurmat qilishi: 4.kompaniya jamiyatning ma’suliyatli a’zosi sifatida harakat qilishi lozim”. Kredo tashkilot tayanch qadriyatlarining rasmiy ifodasi hisoblanadiki, biroq uning yo‘qligi aslo tashkilotning bunday maqsadlari yo‘qligini anglatmaydi.
Tayanch maqsadlari ancha barqaror bo‘lib, uzoq muddat mobaynida o‘zgarmasdan keladi, korxona va tashkilot rivojlanishining vorisiyligi hamda barqarorligini ta’minlaydi.
Strategik vazifalar korxona va tashkilot tomonidan tashqi muhit imkon bergan rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish va tashkilot mavjudligining tayanch maqsadlarini xisobga olgan holda korxona va tashkilotning o‘z potensialini (salohiyatini) tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi. Aslida bu tashkilot faoliyatining muayayn sharoitida uning tayanch maqsadlarini ro‘yobga chiqarish rejalaridir. Strategik vazifalar o‘ziga pirovard maqsadni, vaqt oralig‘ini va maqsadga erishish usulini qamrab oladi. Bu vazifalar asosiy maqsadlarga nisbatan korxona va tashkilot uchun tashqi bo‘lgan muhitga ko‘proq darajada bog‘liq bo‘ladi va vaqti-vaqti bilan yangilab turishni talab qiladi. Shu bilan birga strategik vazifalarning korxona va tashkilotdagi asosiy maqsadlarga qarama-qarshiligi chuqur tashkiliy tanglikka olib kelishi mumkin, Amerikaning Ay-Ti-End-Ti telefon kompaniyasi bilan xuddi shunday ahvol yuz berdi. Bu kompaniya 1900 yilda shunday strategik vazifani qo‘ygan edi: 1996 yilga borib, En-SI-AR kompaniyasini sotib olish hisobiga shaxsiy kompyutyerlar bozorida yetakchilardan biri bo‘lib qolish. Bu strategik vazifani amalga oshirish natijasida Ay-Ti-End-Ti qariyb 5 mlrd. dollardan mahrum bo‘ldi, 100 dan ortiq oliy rahbarlari, 10.000 xodimidan ajraldi, chuqur tashkiliy tanglikka uchradi va shaxsiy kompyuterlar bozorida ishlash g‘oyasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Bunga sabab shuki, kompaniya tayanib ish ko‘rgan prinsiplar (liberalizm, xaridorga diqqat-e’tibor, buyurtmachilar bilan yo‘lga qo‘yiladigan uzoq muddatli munosabatlar) shaxsiy kompyuterlar bozori hususiyatlariga to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu hususiyatlar esa korxona va tashkilotdan tezkorlikni, qattiq qo‘llikni, intizomga qat’iy rioya qilishni, tejamkorlikni, mahsulot sotadigan mahsus kanallarga ega bo‘lishni talab qilar edi.
Qisqa muddatli rejalar korxona va tashkilotning strategik vazifalarini amalga oshirishning aniq dasturlaridan iborat bo‘lib, ancha muayyan va batafsil tashkiliy maqsadlar hisoblanadi hamda korxona va tashkilotning barcha xodimlariga dahldor bo‘ladi. Qisqa muddatli rejalarga ko‘p milliardli kompaniyaning yillik biznes rejalari xam, pissi sotuvchilar yoki taksi haydovchilarining kundalik pul ishlash rejalari ham kiradi. Qisqa muddatli rejalarning muhimligi shundan iboratki, ular ish o‘rnidagi xodimlarning xulq-atvorini boshqaradi va binobarin, korxona va tashkilotning qo‘lga kiritadigan natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasini korxonalar to‘g‘risidagi qonunida belgilanganidek: “Korxona o‘z faoliyatini mutsqil rejalashtiradi va xom ashyo resurslari va materiallarining mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarini hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilashdi”.2

Download 74.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling