Koronavirus -bilim olishimizga xalaqit berolmaydi!!!


Download 2.39 Kb.
Sana12.08.2020
Hajmi2.39 Kb.
#126047
Bog'liq
Maqola


KORONAVIRUS -BILIM OLISHIMIZGA XALAQIT BEROLMAYDI!!!

Videodars mashg`ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo`yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy -ijodiy guruh ish boshladi.Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, koronavirusning tarqalishi va unga qarshi ko`rilayotgan choralar bo`yicha ta`lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha o`tkazilgan, matbuot anjumanida xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ma`lum qildi.

Dars-maktab ta`limining asosiy tashkiliy shakli.Dars insoniyat tomonidan yillar davomida orttirilgan hayotiy tajribalarni o`quvchilarga belgilangan vaqt oralig`ida o`rgatishning eng samarali usuli.

Covid-19 pandemiyasi tufayli ayni paytda darslar onlayn tartibda olib borilmoqda.Televideniya orqali efirga uzatilayotgan har bir dars maktabdagi dars mavzulari asosida o`rgatilmoqda.Buo`quvchilarga ham ,ota-onalar va o`qituvchilar uchun ham juda qulay.O`qituvchilar ota- onalar bilan hamkorlikda telefon yoki internet texnologiyalaridan foydalangan holda o`quvchilarga ta`til paytida bilim olishlari uchun tavsiyalar berib borishmoqda.O`quvchilar berib borilayotgan har bir topshiriqni e`tibordan chetda qoldirmay, sog`lom raqobat asosida tengdoshlari bilan o`zaro bellashmoqda.Shu tufayli ko`pchilik o`quvchilar turli xildagi sertifikat va diplomlar sohibi bo`lmoqda.Respublika ,viloyat ,tuman bosqichida o`tkazilayotgan onlayn tanlovlar buning yaqqol isboti bo`lib xizmat qiladi.

Bunda ota-onalar farzandlariga darslarni o`zlashtirishga yordam berish bilan bir qatorda tarbiyani ham birgalikda amalga oshiradi.Farzandining erishgan yutuqlariga o`z hissasini qo`shgan har bir ota-ona ich-ichidan suyunadi ,faxrlanadi.Oila davrasida turli munozaralarga boy ,tahlil-u tanqidlarga asoslangan mulohazalar darslarni chuqurroq o`zlashtirishga va bilimimizni mustahkamlashga yordam beradi.

Uyda qolib, kattalar ko`magida dars qilish, sizni barcha muammolarga yechim topishingizga ko`maklashadi.



BUXORO VILOYATI G`IJDUVON TUMANIDAGI 18 -MAKTABNING BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI BAKRULLAYEVA SABOAT UBAYDULLAYEVNA.

.
Download 2.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling