Korrupsiya illat, korrupsiya taraqqiyot kushandasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash qator chora tadbirlar kompleksi ishlab chiqilib, samarali amalga oshirilib kelinmoqda


Download 31 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi31 Kb.

«Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko‘p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o‘zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog‘liqdir».

I.Karimov

Ma’lumki, korrupsiya har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini hamda jamiyatning ma’naviy-ahloqiy asoslarini yemiradi, dekmokratik institutlar va qonunustivorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikni, terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam beradi.

Bejiz emaski, muhtaram yurtboshimiz ushbu muammoga doimo katta ahamiyat berib kelmoqdalar va mamlakatimiz hayotiga tahlika solayotgan turli xavf-xatarlar haqida gap yuritib, birinchi galda amaldorlar orasidagi korruptsiya, poraxo‘rlik, tamagirlik kabi jinoyatni ichidan yemiradigan, yaramas illatlarni yo‘q qilishga alohida e’tibor berish zarurligini bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar.

0764.JPG

Korrupsiya – illat, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash qator chora tadbirlar kompleksi ishlab chiqilib, samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xabardorligi darajasini oshirish va ularga axborot berish maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida “Xavfsizlikka tahdid : korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat targ‘ibot markazi”ning huquqiy targ‘ibotlar bo‘yicha katta inspektori Muhammadali Eshnazarovning ma’ruzasi tinglandi.

- O’zbekistonda ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilingan bo‘lib, korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi milliy qonunchilik tizimi yaratilgan, deydi Muhammadali Eshnazarov. - O’zbekiston bu borada qat’iy qadam tashlab bormoqda. Xususan, 1997-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konseptsiyasida korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e’tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008-yil 7-iyulda BMTning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Konventsiyasiga qo‘shildi. Davlatimiz rahbarining 2012-yilning 29-oktabrda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari dasturi haqida”gi Farmoyishi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan choralarni yanada kuchaytirdi.

Ma’ruzachi, korrupsiyaning demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqida fikr yuritib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mustahkam huquqiy baza va aniq tizim shakllanganligini ta’kidladi.

Aytish joizki, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum.

0762.JPG

Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinayotir. O’tgan davr mobaynida korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOSning Korruptsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konventsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda.

Qachon davlat xizmatchilariga to‘g‘ri ishlash tamagirlik qilib ishlashdan qulay bo‘ladi?

O‘zbekistonda davlat xizmatchisiga yaratilgan shart-sharoit uning to‘g‘ri yashashiga yetarlimi?

Moliya vazirligining yillar davomida yuritgan noto‘g‘ri siyosati tufayli davlat xizmatchilarining oyliklari va boshqa rag‘batlantirishlari kesilib kelingan. «Moliyachi»larning fikricha, davlat xizmatchilari uchun 1–1,5 million so‘m oylik maosh — normal holat. Bundan turli soliqlar ajratib tashlansa, xizmatchining qo‘lida qancha qoladi? Hozirgi sharoitda bu summa oila tebratish — uy-joy, kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, farzandlarning yaxshi bilim olishi va hokazolar uchun yetarlimi?

Maoshi past bo‘lgan aksariyat davlat xizmatchilari ro‘zg‘or tebratish uchun «qing‘ir» yo‘llarni qidira boshlaydi. Avvaliga noilojlikdan, vijdoniga qarshi borib bu ishga qo‘l ursa, bora-bora nafsi hakalak otib, «tilla baliqcha»ga ega chiqqandek «hoyu havas»lariyam ulkanlashib boraveradi. Uning buzuq nafsi ortidan qanchalab kishi jabr chekadi, mamlakat iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘radi.

Infografika: «Xabar.uz»

Bunga o‘zimiz sharoit yaratganmiz

«Corruption Index 2016» reytingida O‘zbekiston 156-o‘rinda qayd etilgan. Yashirishning hojati yo‘q, deyarli har birimiz u yoki bu ko‘rinishda tamagirlik holatlariga duch kelganmiz. Imkon tug‘ildi deguncha vaziyatdan unumli foydalanishga, ko‘ziga ko‘ringan pulni (davlatning mulki, o‘zgalarning rizqi va mehnati mahsuli bo‘lsa ham) o‘zlashtirishga urinuvchilar juda ko‘p oramizda.

Bu illat qaysidir ma’noda qon-qonimizga singib ham ketgan. Shuning uchun ko‘pincha ko‘z yumib qo‘yaveramiz. Chunki bunga o‘zimiz sharoit yaratganmiz. Undan xalos bo‘lish uchun endi ancha ter to‘kilishi kerak bo‘ladi. Qiyin bo‘lsa-da, bunga erishgan mamlakatlar ko‘p.

Xorijda bu illat qanday yo‘qotilgan, bizda ahvol qanaqa?

Jahon tajribasida korrupsiya bilan kurashishning minglab uslublari ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, korrupsiya yuzaga kelishining bir qancha sabablari bor. Shulardan birinchisi — oylik maoshning ozligi.

Bu muammoni yechish uchun Singapurda vazirlar va boshqa amaldorlarning oylik maoshi xususiy sektordagi kompaniya va tashkilotlar rahbarlari maoshi darajasigacha ko‘tarib qo‘yilgan. Xodimlar masalasida ham shunday. Xususiy sektorda rahbar va xodimlar daromadi oshib borishi barobarida parallel ravishda davlat xizmatchilari oyliklari ham ko‘tarilib boradi.

Singapurda davlat xizmatida ishlash va karera qilish uchun ko‘p vaqt va jiddiy mehnat talab qilinadi. Shuning uchun davlat xizmatchilari pora olish va tamagirlik qilishdan o‘zlarini tiyishadi, aks holda nafaqat mashaqqat bilan erishgan ishidan ajraladi, balki yuqori oylik va ijtimoiy kafolatlardan ham quruq qolishadi.

Albatta, faqatgina katta maosh tayinlash bilan korrupsiyani yo‘qotib bo‘lmaydi. Singapurda bu holat uchun qat’iy moliyaviy va ma’muriy jazolar belgilangan. Va albatta, davlat idoralariga yetuk kadrlarni yetishtirib beruvchi murakkab va mukammal mexanizm yaratilgan. Bu endi alohida bir mavzu.

Foto: «Xabar.uz»

Bizda yosh iqtidorli kadrlar davlat idoralariga ishga borishdan ko‘ra, xususiy sektor yoki xorijga ketishni tanlaydi. Chunki u yerda yaxshi to‘lashadi. Ishlash uchun shart-sharoitlar ham soz, motivatsiya ham kuchli.

O‘zimizga qaytsak. Bizda yosh iqtidorli kadrlar davlat idoralariga ishga borishdan ko‘ra, xususiy sektor yoki xorijga ketishni tanlaydi. Chunki u yerda yaxshi to‘lashadi. Ishlash uchun shart-sharoitlar ham soz, motivatsiya ham kuchli.

Natijada davlat organlariga asosan «kazo»larning tanishlari (orqa baquvvat bo‘lsa, tamagirlik qilib ishlashiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi); tezroq amalga erishib, o‘rnini «yog‘li» joyga aylantirish «orzusi»dagilar; yoki institut va universitetni zo‘rg‘a tamomlagan, iqtidorsiz kadrlar boradi. 100 foiz emas, albatta. Iqtidorli, ishga chanqoq va vatanparvar davlat xizmatchilari ham bor. Lekin ulardagi ishchanlik va intilish u muhitda uzoq cho‘zilishiga kafolat yo‘q. Maqsadi sarobga aylanishini sezishi bilan yaxshiroq taklif tushgan (xususiy sektor yoki xorij) joyga o‘tib ketadi.

Singapur tajribasidan bizda ham foydalanish mumkin-ku!

Ya’ni ma’lum sohaning rahbari (vazir), o‘sha sohadagi eng katta kompaniyalar boshqaruvchilaridan kam bo‘lmagan oylik va yillik rag‘batlantirishga ega bo‘lsa. Xodimlar ham shunga yarasha.

Amallab ishga kirvolib, katta oylikni olib yuraversa-chi, degan savol tug‘ilishi mumkin sizda. Singapur tajribasi namuna qilib olindimi, uning faqat oylik belgilash qismi emas, davlat xizmatchilariga qo‘yiladigan talablari ham shunga yarasha belgilanadi. Masalan, Singapurda davlat xizmatchisiga oylik maosh 60+40 shaklida belgilanadi. Ya’ni maoshning 40 foizi xodimning ish unumiga qarab to‘lanadi. Ishida unum bo‘lmasa, ololmaydi deyarli teng yarmini. Agar bu hol davom etaversa, u ishidan ajraladi. Yaxshi va samarali xizmat qilish uchun motivatsiya bu.



Singapurda shu tariqa korrupsiya minimal darajaga tushirilgan va tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgan. O‘zimizda esa haligacha «nam delayut vid chto platyat, a mi delayem vid chto rabotayem» qabilida ish tutib kelinyapti.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling