Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz


Download 67.5 Kb.
bet1/5
Sana21.11.2022
Hajmi67.5 Kb.
#917793
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Insho Nizom oxirgisi (1)
asdDavlat ta’lim standarti nechta prinsiplarga asoslangan holda, o\'z-o\'zini2, Abdullayeva S. TEXNOLOGIYA MALAKA, 9talik slayd, 9talik, biologiya malaka oshirish, Texnologiya fani o‘qituvchilari (1), 111111, 8-dekabr tadbir, Huquqiy madaniyat (2)

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda – Hududiy kengashlar deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya va xalq ta’limi vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya hamda xalq ta’limi boshqarmalari tanlov tashkilotchilari hisoblanadi.


2-bob. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar
3. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – o‘quvchilar va yoshlarda korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash hamda yoshlarning mazkur illatga qarshi kurashishga keng jalb qilishdan iborat.
4. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;
- yoshlarning korrupsiya va uning o‘ziga xos xususiyati, uning oldini olish masalalari yuzasidan bilim, ko‘nikmalarini oshirish;
- o‘quvchilar va talabalarning “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi ijodiy ishlarini munosib baholab, ularni taqdirlash.
5. Tanlov quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) Tanlovni o‘tkazish haqida e’lon qilish;
b) Tanlov hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
f) Tanlov ishtirokchilaridan insholarni qabul qilish;
g) Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblarni aniqlash;
j) Tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarni taqdirlash.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling