Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida


Download 32.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi32.5 Kb.
#191559
Bog'liq
Tojimurod


O’RQ-419-son 03.01.2017 yil “Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” qonunning 3-modda. Asosiy tushunchalar, Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.1 Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun orqali korrupsiya to’g’risida tushuncha va korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning vakolatlari va tushunchalar yetarlicha yoritib berilgan. O’RQ-419-son 03.01.2017 yil “Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” qonunning 7-moddasida, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quydagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. Bundan tashqari, PQ-4761-son 29.06.2020 yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tshkil etildi. Hozirgi kunda biz bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tarzda olib bormoqda. Biz yuqorida keltirib o’tgan vakolatli organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha imkoniyatlariga to’xtalsak.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Ushbu organlar, o’z vakolatlari darajasida imkoniyatlari cheksizdir.2Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.



1 O’RQ-419-son 03.01.2017 yil “Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” qonunning 3-modda.

2 PQ-4761-son 29.06.2020 yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoniga.

Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling