Korxona faoliyatida strаtеgik bоshqаruv va rejalashtirish Tayanch so’z va iboralar


Download 28.06 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi28.06 Kb.
#161594
Bog'liq
Қўшимча маълумот


Korxona faoliyatida strаtеgik bоshqаruv va rejalashtirish
Tayanch so’z va iboralar: Strategiya. Strategiya turlari. Strategik boshqaruv. Strategik reja. Strategiyani tanlash. Biznes reja.
Strategiya grekcha («strategos») so’z bo’lib, «general san'ati» degan ma'noni bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta uylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda kul kelgan.o’zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi:

«yirik» harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san'ati;

«ijtimoiy-siyosiy ko’rashga rahbarlik qilish san'ati va ilmi» ma'nosida talqin etilgan.

harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori kumondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san'ati ma'nosida ishlatiladi.


Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun stratеgiya zarurdir.


Strategiya – bu:

  • istiqbolni tadqiq qilish, turli stsenariyalarni tahlil qilish san'ati;

  • istiqbolda raqobat korashida afzallik beruvchi goya;

  • korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va haqozo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir.

Strategiya o’z harakat doirasiga ko’ra quyidagi turlarga bulinadi (16-chizma)


Puxta uylangan

stratеgiya

Amalga Paydo buladigan

oshmagan stratеgiya



stratеgiya Stratеgiya turlari.

Mo’ljallangan strategiya

Amalga oshirilgan stratеgiya



16-chizmadagi bosh staregiya korxona vazifalarini ruyobga chiqarishning asosiy usulidir.

Bundan tashqari korxonada quyidagi strategiyalar ham bulishi mumkin:

  • maxsus strategiya;

  • funktsional strategiya;

  • mujassamlashtirilgan strategiya;

  • diversifikatsiyalashgan strategiya;

Maxsus strategiya bu sodir bulishi mumkin bo’lganturli holatlarni, masalan, bankrotlar holatini bartaraf etish maqsadida uzoq muddatga to’ziladigan strategiyadir.

Funktsional strategiya korxonaning bulim va xizmatlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yullarini ifodalaydi. Bu ishchi strategiyadir.

Mujassamlashtirilgan strategiya bu korxonaning yaxlit faoliyatini o’zida jamlagan mo’ljaldir.

Diversifikatsiyalashgan strategiya korxona (firma)ning faoliyati sohasi va ishlab chikariladigan mahsulotlar turlarini ko’paytirish kabi vazifalarni amalga oshirishni yo’llarini ifodalaydi.
Xush, strategik boshqaruv o’zi nima? Strategik boshqaruv – bu korxona (firma)ning istiqbol maqsadi va imkoniyatini xodimlar manfaati bilan uygunlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli boshqaruv usulidir. Boshqacha qilib aytganda, strategik boshqaruv – bu strategik maqsadni amalga oshirishga yunaltirilgan boshqaruv faoliyatidir.

Strategik boshqaruv usulining paydo bulishi va amaliyotga kullanish zaruriyati obektiv sabablar bilan bog’liq bo’lib, bunda, eng avvalo korxonaga ta'sir qiluvchi tashqi muhitning uzgaruvchanligi muhim rol uynaydi. Bu usulning rivojlanishi bir necha bosqichni uz ichiga oladi.

Bajaruvchanlikni nazorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu bosqichda korxonada o’zgarishlarga nisbatan javob ta'sir (reaktsiya) voqea sodir bo’lgandan sung paydo bo’ladi. Bu reaktiv moslashuv bo’lib, zamon bilan birga kadam tashlamaydigan rahbarlarga xos. Ammo, tez sur'at bilan sodir bo’ladigan uzgarishlar sharoitida bunday usul hech ham kul kelmaydi.

Ekstrapolyatsiya qilish asosida boshqarish usuli. Bunda uzgarish sur'ati tezlashadi. Ammo istiqbol (kelajak)ni faqat oldingi davr uzgarishlari tendentsiyasiga asoslanib ekstropolyatsiya qilish yo’li bilan belgilash mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish).

O’zgarishlarni oldindan prognoz qilish asosida boshqarish usuli. Bu usul uzgarishlar sur'ati tezlashib, kutilmagan xodisa sodir bulishini nazarda tutib ishlab chiqilgan strategiyani ishlab chiqish yordamida amalga oshiriladi (strategik rejalashtirish).

Shoshilinch ixcham qarorlarni qabul qilish asosida boshqarish usuli. Bunday usul bozor talablariga javoban korxona faoliyatini tezkorlik bilan o’zgartirish lozim bo’lgan hollarda qullaniladi. Bozor munosabatlari barcha sohalarga shiddat bilan kirib kelayapti. Shunday sharoitda turli-tuman vazifalar tezkor paydo bo’ladi. Ular faqat uzoqni kuzlagan holda rejalashtiriladi va boshqarilish amalga oshiriladi (strategik boshqaruv).

Umuman olganda, strategik boshqaruv evolyutsion tarzda strategik rejalashtirish zamini paydo bo’ladi va uning tub mohiyatini aks ettiradi.
Strategik reja – bu korxona (firma) oldidagi uzoq muddatga muljallangan vazifalar majmui bo’lib, u korxona kulamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlangich nukta xizmatini utaydi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh,un yil va undan ko’proq mudatga muljallangan rejalardir.

  • Strategik rejaning uta muhim va zururligi quyidagilar bilan izohlanadi. U:

  • korxonaning aniq maqsadini belgilashga va shakllantirishga imkon beradi;

  • korxonani tashqi muhitga moslashtirishga yordam beradi;

  • samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi;

  • korxona tarkibidagi barcha bo’ginlar faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit tugdiradi;

  • korxonaning barcha resurslarini, ya'ni ishchi kuchi, moliyaviy, aylanma va asosiy fondlarni samarali taqsimotini ta'minlaydi va haqozo.
    Tashqi muhitni tahlil qilish

    Kuchli va kuch-siz tomonlarni tahlil qilish



Maqsad va vazifalar



Stratеgiyani amalga oshirishni boshqarish

Stratеgiyani baholash


Muqobillik variantini taxlil qilish va stratеgiyani tanlash



17-chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni.

Korxona maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama kompleks ishlab chiqilgan reja stretegik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi. Stretegik reja, odatda korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Uni xayotga tadbiq qilishda korxonaning barcha xodimlari ishtirok etishadi.

Stretegik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichilarni uz ichiga oladi (17-chizma).
Strategiyani tanlash – bu strategik rejalashtirishning markaziy masalasi hisoblanib, u bir necha bosqichdan iborat bo’ladi:

  • muqobil strategiyalarni aniqlash;

  • aniqlangan muqobil strategiyani qiyomiga yetkazish;

  • qiyomiga yetkazilgan strategiyaga baxo berish.

Amaliyotda bu bosqichlarni bir-biridan ajratish kiyin. Zero ular yaxlit tahlil jarayonining turli darajasidagi tadbirlardir. Faqat turli bosqichlarda turli usullar qullaniladi.

Birinchi bosqichda korxona oldiga quyilgan maqsadni amalga oshirishni ta'minlovchi strategiya belgilab olinadi.

Ikkinchi bosqichda – tanlangan strategiyalar qayta ishlanadi va korxonaning rivojlanish maqsadiga monand keluvchi ko’p qirrali umumiy strategiya shakllantiriladi.

Uchinchi bosqich – tanlab olingan umumiy strategiya doirasidagi muqobil (variant)lar tahlil qilinadi va uning bosh maqsadini yechishdagi yaroklilik darajasi baholanadi.

«Strategik variantlarda qaysi birini tanlash kerak» degan savolga javob izlashga kirishadi. Menejment sohasidagi tadqiqotchilar muqobilning quyidagi turlarini e'tirof etishadi:

cheklangan usish;

usish;

kamayish;

har uchala strategik muqobilni o’zida aks ettiruvchi variant.

Cheklangan usish. Bu strategiyani, asosan barqaror texnologiyaga ega bo’lgan korxonalar rahbarlari tanlashadi. Bunda rivojlanishdagi maqsad «erishilgan daraja»ga asoslanib o’rnatiladi va sharoit o’zgarishiga qarab unga tuzatishlar kiritiladi (masalan, inflyatsiya sharoitida). Agar rahbariyat korxonadagi mavjud holatdan konikadigan bo’lsa, u holda istiqbolda ham shunday strategiyani (muqobilni) tanlagan bo’ladi. Chunki, bu eng oddiy va xatarli kam yo’ldir.

usish. Bu tanlovga eng ko’p tushadigan muqobildir. Uni texnologiyani tez-tez uzgartirib turadigan va korxonani rivojlantirishda erishilgan daraja kulamida tuxtab qolishni emas, balki undan ham yuqori darajaga erishishni mo’ljallaydigan rahbarlar tanlaydi.

Agar korxona barqaror rivojlanish sharoitida ishlamayotgan bo’lsa, bankrotlikka uchrashi hech gap emas.

Kamayish.Bu juda kamdan-kam tanlanadigan muqobildir. Chunki, bunda yoki korxonani kichraytirish, yoki ishlab chiqarish xajmini kamaytirish nazarda tutiladi. Bu strategiyani ko’pincha sunggi vosita deb atashadi. Chunki, korxona faqat nochor holga tushgan sharoitdagina bu strategiyani tanlashga majbur bo’ladi. Aniqrogi, korxona rahbarlari quyidagi vaziyatlarda bunday strategiyani tanlashga majbur bulishadi:

  • iqtisodiy tanazzul davrida;

  • korxona juda ogir sharoitga tushib, uning axvoli yomonlashib borayotgan sharoitda;

  • ishlab chiqarishni kamaytirish hisobiga.

Bunday hollarda korxona butkul tugatilishi yoki uning ayrim bulimlarini birlashtirish sodir bo’ladi.

Turtinchi muqobil yukoridagihar uchala muqobilni o’zida mujassamlashtiradi. Yirik (turli tarmoqlarni uz ichiga kamrab olgan) korporatsiyalarda amalga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida mazkur korparatsiya doirasida bir turdagi faoliyatni qisqartirish, boshqasini esa kengaytirish yoki ko’paytirish strategiyasi kullanilishi mumkin.
Biznes reja –bu shunday xujjatki, firmaning unda uz ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishni samarali yurgo’zish va tovarlarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qullashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk)ni kamaytirish, sarf-harajat darajasi va foyda olishi, raqobat ko’rashida yutib chiqish kabi ko’rsatkichlarning loyixasi uz aksini topadi.

Biznes-reja bozor extiyojlarini hisobga olgan holda firmaning faoliyatini qisqa va uzoq muddatga muljallash, shuningdek zaruriy resurslarni olish maqsadida to’ziladi. U tadbirkorga quyidagi vazifalarni bajarishga, ya'ni:

  • firma faoliyatidagi aniq yunalishni, maqsadli bozorlar va u bozorlarda firmaning o’rnini aniqlashga;

  • firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadni belgilash va ularni amalga oshirish taktikasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga. har bir strategiyani ijrosini ta'minlovchi mas'ul, javobgar shaxslarni belgilashga;

  • tovar va xizmat turlarini tanlash va iste'molchilarga qilinadigan taklif tarkibini belgilashga, ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan harajatlarini baholashga;

  • firma maqsadini amalga oshirish uchun mavjud qadrlar saloxiyatining hamda mehnat motivatsiyasining talab darjasida ekanligini baholashga;

  • bozorni o’rganish, reklama, sotishni rag’batlantirish, narx-navo, sotish shaxobchalari va haqozolar bo’yicha firma merketingi faoliyati tarkibini aniqlashga;

  • firma maqsadini amalga oshirishda mavjud moliyaviy va moddiy resusrlarning muvofiqligini baholashga;

  • biznes-rejani bajarishga halakit beruvchi, kuzda tutilmagan qiyinchiliklar, tuganoklarni oldindan ko’ra bilishga yordam beradi.

Biznes-rejani nazarga ilmagan tadbirkor kutilmagan noxushliklarga duch kelishi tabiiy. Bu noxushliklar nafaqat tadbirkorning o’ziga, shu bilan birga uning boshlagan yoki yurgizayotgan faoliyatiga qattiq zarba berishi mumkin. Shu sabbali vaqtni ayamasdan biznes-rejani to’zishga (uni to’zishga 200 odam-soatgacha vaqt talab qilinadi), sungra faoliyatini boshlashga jazm etmok zarur. xattoki bozorda o’zgaruvchanlik intensiv bo’lgan holarda ham uni to’zishdan voz kechmaslik darkor.


Biznеs-rеja-ning loyixa-sini ishlab chikish bo’yicha qarorni qabul qilish

Biznеs-rеjani ishlab chiqish buyicha qarorni qabul qilish

Biznеs-rеjani moliyalashtirish tizimini ishlab chiqish va moliyalashtirishni amalga oshirish

Biznеs-rеjani ishlab chiqish chiquvchi guruxni tashkil qilish

Biznеs-rеja maqsadini aniqlash

Boshlang’ich ma'lumot-larni yigish

xisoblash mеtadologiya-sini tanlash

Zaruriy tеxnik-iqtisodiy xisoblashlarni o’tkazish

Tashqi eksportlarni jalb qilib, biznеs-rеjani ekspеrtizadan o’tkazish

Ixtisoslashgan firmalar tug’risida axborot va xizmatlarni jalb qilish

Biznеs-rеjani xomaki variantini tasdiqlash

Biznеs-rеja taqdimnomasini tashkil qilish

Biznеs-rеjani amalga oshiruv-chi potеntsial partnyorlar bilan muzoko-ralar olib borish



Biznеs-rеjani amalga oshiruvchi partnyorlar ulushini aniqlash

Partnyorlar taklifini inobatga olgan holda biznеs rеjaga o’zgartirishlar kiritish



Biznеs-rеjani bajarish buyicha tadbir-choralar dasturini ishlab chiqish

Biznеs-rеjani tasdiqlash

Partnyorlar bilan shart-noma tuzish va shartnomalarni kеlishib olish



18-chizma. Biznes – rejani ishlab chiqishning taxminiy tartibi.

Firma faoliyatini biznes-reja vositasida rejalashtirish quyidagi afzalliklarga ega:

  • firma rahbarlarini firma istiqboli bilan shug’ullanishga majbur qiladi;

  • firma maqsadini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarni aniq muvofiqlashtirishga imkon beradi;

  • firma faoliyatini nazorat qilish ko’rsatkichlarni o’rnatishga yordam beradi;

  • firma rahbari va mas'ul xodimlar majburiyatlarini yanada aniqroq o’rnatishga, ularning javobgarligini oshirishga majbur qiladi;

  • firmani bozor vaziyatiga har doim tayyorlab boradi.

Qisqasi, biznes-reja tadbirkorga mazkur faoliyat uchun pul sarflash kerakligi, bu sarf daromad olib keladimi, olingan daromad sarflangan harajatni ko’plab firma rentabilligini ta'minlay oladimi degan savollarga javob beradi.
O’zini-o’zi tekshirish uchun savollar

  1. Strategiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Strategiyaning turlari qanday?

  3. Strategiyani ishlab chiqish uchun qanday dastlabki ma'lumotlar zarur bo’ladi?

  4. Strategiyani ishlab chiqish uchun korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishdan maqsad nima?

  5. Strategik boshqaruv nima?

  6. Strategik boshqaruv qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?

  7. Strategik rejani ahamiyati nimadan iborat?

  8. Strategik reja qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?

  9. Strategiya qanday tanlanadi va rejalashtiriladi?

  10. Biznes reja nima?

  11. Biznes rejani ishlab chiqarish uchun qanday talablar quyiladi?

Download 28.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling