Korxonada kadrlar zaxirasini shakllantirish asoslari va uni rivojlantirish bo'yicha ishlar


Download 228.63 Kb.
bet6/16
Sana10.09.2022
Hajmi228.63 Kb.
#803826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
KORXONADA KADRLAR ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO\'YICHA ISHLAR
Favqulodda vaziyatlar ta, 2 5262935169400051075
II BOB. KORXONADA RAHBAR KADRLAR ZAXIRASI BILAN ISHLASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

2.1. Umumiy qoidalar


1.1. Rahbar kadrlar zahirasini shakllantirish va u bilan muntazam ishlashni tashkil etish korxona kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
1.2. Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv ishlari uchun va shu asosda korxonani boshqarish tizimining izchilligi, uzluksizligi, boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan xodimlar guruhini shakllantirishdan iborat.
Zaxirani yaratish maqsadlari quyidagilardan iborat:
xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish;
xodimlarda korxona va uning jamoa a’zolariga nisbatan sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish va mustahkamlash; avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarda nizolarsiz, bosqichmabosqich o‘zgarishlarni amalga oshirib borish, natijada korxonadagi an’analar, urf-odatlar, innovatsion texnologiyalarga intilish va jamoa madaniyatini saqlab qolish.
1.3. Zaxira bilan ishlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan tashkil topadi:
yuksak professional daraja, ishchanlik harakatlari, shaxsiy fazilatlar va yoshiga doir zaxira tarkibidagi nomzodlarga ko‘rsatilgan talablarga mosligi; zaxira tarkibidagi nomzodlarning zamonaviy sharoitlarda boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligi, kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarni atroflicha o‘rganish va baholashning xolisonaligi; nomzodlarni zaxira tarkibiga kiritishda kollegiallik va oshkoralik, mehnat jamoasining fikrini hisobga olish; ishning uzluksizligi va zaxira bilan ishlash jarayonini nazorat qilishning muntazamligi; zaxiradagilarni faol holatga keltirish;
real va qobiliyatli zaxirani tayyorlash uchun rahbar va uning o‘rinbosarlari mas’uliyatliligi; turli sabablarga, shu jumladan, jinsi, millati, dini, oilaviy sharoitiga ko‘ra zaxiradagilarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik.
1.4. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashning o‘ziga xos asosiy tarkibiy elementlari, tartibi va izchilligini belgilaydi.
1.5. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali vakant rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus shakllangan va tayyorlangan xodimlar guruhidir9.

Download 228.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling