Korxonada kadrlar zaxirasini shakllantirish asoslari va uni rivojlantirish bo'yicha ishlar


Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari


Download 67.8 Kb.
bet8/16
Sana10.09.2022
Hajmi67.8 Kb.
#803826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
KORXONADA KADRLAR ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO\'YICHA ISHLAR
Favqulodda vaziyatlar ta, 2 5262935169400051075

2.3. Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari


3.1. Zaxiraning tuzilishi korxona tuzilishiga muvofiqlashgan holda belgilanadi va korxonaning kadrlar reyestriga (nomenklaturasiga) kiritilgan lavozimlardan tashkil topadi. Kadrlar reyestriga asosan korxona rahbari tomonidan tasdiqlanuvchi o‘zgartirish uchun zaxira tashkil etiladigan lavozimlar ro‘yxati tuziladi.
3.2. Zaxirani aniq lavozimlarga yoki bir xil lavozim guruhlariga shakllantirish manbalarini korxona rahbari (yoki uning o‘rinbosarlari), tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, Shuningdek, kadrlar xizmati boshliqlari belgilaydi.
Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlari sonidan, Shuningdek, boshqa tashkilotlardagi boshqaruvning quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in lavozimlaridan shakllanadi.
3.3. Zaxira quyidagilar uchun shakllanishi mumkin: muayyan rahbarlik lavozimiga;
bir xil darajadagi bo‘g‘in rahbarlik lavozimlariga; boshqaruv tizimining bir xil darajadagi lavozimlariga.
3.4. Korxona kadrlar reestrining rahbarlik lavozimlariga bo‘lgan zaxira nomzodlar mavjudligidan kelib chiqib, odatda, eng kamida ikki nomzoddan iborat etib belgilanadi.
3.5. Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflar korxona tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar, attestatsiya komissiyasi tomonidan yozma shaklida kadrlar xizmatiga kiritiladi. Ushbu hujjatlar ishlab chiqarish faoliyati, ishbilarmonlik faolligi natijalari, shaxsiy fazilatlarni ish sharoitida namoyon etish xususiyatlari, Shuningdek zaxiraga nomzodning anketa ma’lumotlari aks ettirilgan bevosita rahbar tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish bo‘linmalari (xizmatlari) tavsifnomasini o‘z ichiga oladi.
Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi takliflar xodimlar tomonidan ham kiritilishi mumkin.

2.4. Zaxirani shakllantirish bosqichlari


4.1. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash uchta asosiy blokdan iborat: kadrlar zaxirasini shakllantirish;
zaxiraga kiruvchi xodimlarni taxmin qilingan lavozimda ishga tayyorlash;
xodimni mavjud vakant yuqori lavozimlarga tayinlash.
4.2. Bu ish bloklari, o‘z navbatida, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi.

  1. bosqich – korxona rahbari tomonidan kadrlar reyestrini tuzish to‘g‘risida qarorni qabul qilish va unga asosan lavozimlar ro‘yxatini nomma-nom shakllantirish to‘g‘risida, ularni o‘zgartirish uchun zaxira tuziladi. Bu bosqichda rahbarlar tarkibida mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni prognoz qilish, rahbarlik lavozimlarining zaxira bilan ta’minlanganligini aniqlash o‘z ichiga oladigan zaxiraga bo‘lgan talab tahlil qilinadi. Bunday tahlilning natijasi zaxiraga bo‘lgan kasbiy va malakaviy talabni aniqlashdir.

  2. bosqich – rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibiga nomzodlarning malakaviy va shaxsiy xususiyatlarga taalluqli bo‘lgan dastlabki (majburiy, minimal) maqbul talablarni ishlab chiqish.

  3. bosqichzaxira manbalarini aniqlash, turli shakl, usullardan foydalanish asosida dastlabki zaxirani ko‘rsatish va shakllantirish hamda uni tanlov komissiyasiga taqdim etish.

  4. bosqich – zaxira tarkibiga eng yaxshi nomzodlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi va qabul qilinishi.

  5. bosqich – individual professional rivojlanish dasturi asosida (mustaqil o‘qish) rejalangan, eng yuqori rahbarlik lavozimni egallash uchun rahbar kadrlar zaxirasini o‘qitishni tashkil etish.

  6. bosqich – zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi vakant lavozimga tayinlash.

4.3. Zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish bosqichiga ko‘ra zaxiradagi shaxslar dastlabki va qat’iy zaxiraga ajratiladi.
Dastlabki zaxira zaxiraga kiritish uchun tanlovda ishtirok etishi uchun ko‘rsatilgan xodimlar tarkibidir.
Qat’iy zaxira- bu zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan va korxona rahbari qarori bilan zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar tarkibi hisoblanadi.


Download 67.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling