Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish


Download 0.72 Mb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1037632
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxonalar moliyasini boshqarish (2)

KORXONALAR MOLIYASINI BOSHQARISH

  • Guruh: MM 57-2
  • Bajardi:Rasulov M
  • Iqtisodiyotda sodir bo'ladigan moliyaviy munosabatlar tarkibida korxonalar moliyasi boshlang'ich, hal qiluvchi o'rin egallaydi. Korxonalar moliyasi mamlakatda yaratiladigan moliyaviy resurslarning aksariyat qismini shakllantiruvchi iqtisodiyotning muhim bo'g'inidir.
  • Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko'rsatiladi.
  • Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarida va ularning lv vosita ishtirokida quyidagi turdagi moliyaviy munosabatlar shakllari bo'ladi, bu munosabatlar korxonalar moliyasining asosiv mazmunini tashkil qiladi.
  • Korxonalar moliyasi — xo'jalik subyektlarining pul daromadlari va jamg'armalarini tashkil qilish va taqsimlash, ulardan moliyaviy majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarishni kengaytirish, xodim lar uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish va moddiy rag'batlantirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan pul munosabatlari tizimidir.

MODDIY ISHLAB CHIQARISH SOHASI MOLIYASINING QATOR O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI MAVJUD:

  • — moddiy ishlab chiqarishda turli tuman, ko'p qirrali moliyaviy munosabatlar yuz beradi, bunga turli mulk shakllarining mavjudligi tarmoq xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitlari kabi omillar ta’sir etadi;
  • — moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi ishlab chiqarish fondlarining shakllanishi, doimiy to'lib borishi, yangilanishi va o'sishini ta'minlaydi;
  • — moddiy ishlab chiqarish korxonalari moliyasi mamlakat moliya tizimining boshlang'ich asosini tashkil qiladi;
  • — moddiy ishlab chiqarish moliyasi yuqori aktivlikka, xo'jalik yuritishning barcha tomonlariga ta'sir etishning keng imkoniyatlariga ega. Noishlab chiqarish sohasida sodir bo'ladigan moliyaviy munosa­batlar ham turli tuman bo'lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin. Barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, noishlab chiqarish sohasi muassasa va tashkilotlarining bir qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat hisobi asosida ish yuritadilar.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling